Tasdiqlayman


V. Mustaqil ta’lim va mustaqil ishlar


Download 47.32 Kb.
bet10/13
Sana11.11.2021
Hajmi47.32 Kb.
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
V. Mustaqil ta’lim va mustaqil ishlar
Fan bo’yicha talabaning mustaqil ta’limi shu fanni o’rganish jarayonining tarkibiy qismi bo’lib, uslubiy va axborot resurslari bilan to’la ta’minlangan. Talabalar auditoriya mashg’ulotlarida professor - o’qituvchilarning ma’ruzasini tinglaydilar, amaliy topshiriqlar bajaradilar. Auditoriyadan tashqarida talaba darslarga tayyorlanadi, adabiyotlarni konspekt qiladi, uy vazifa sifatida berilgan topshiriqlarni bajaradi.

Bundan tashqari ayrim mavzularni kengroq o’rganish maqsadida qo’shimcha adabiyotlarni o’qib referat (taqdimot)lar tayyorlaydi hamda mavzu bo’yicha testlar yechadi. Mavzuga doir masalalar, keys-stadi va o’quv loyihalarini Axborot resurs markazi manbalari hamda izlanish ob’ekti bo’lmish korxona va tashkilotlarning ijtimoiy-iqtisodiy ko’rsatkichlari hamda O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasi ma’lumotlarini to’plagan holda bajaradi. Mustaqil ta’lim natijalari reyting tizimi asosida baholanadi.

Uyga berilgan vazifalarni bajarish, yangi bilimlarni mustaqil o’rganish, kerakli ma’lumotlarni izlash va ularni topish yo’llarini aniqlash, Internet tarmoqlaridan foydalanib ma’lumotlar to’plash va ilmiy izlanishlar olib borish, ilmiy to’garak doirasida yoki mustaqil ravishda ilmiy manbalardan foydalanib ilmiy maqola (tezis) va ma’ruzalar tayyorlash kabilar talabalarning darsda olgan bilimlarini chuqurlashtiradi, ularning mustaqil fikrlash va ijodiy qobiliyatini rivojlantiradi.

Shuning uchun ham mustaqil ta’limsiz o’quv faoliyati samarali bo’lishi mumkin emas. Uy vazifalarini tekshirish va baholash amaliy mashg’ulot olib boruvchi o’qituvchi tomonidan, konspektlarni va mavzuni o’zlashtirish darajasini tekshirish va baholash esa ma’ruza darslarini olib boruvchi o’qituvchi tomonidan har darsda amalga oshiriladi.

“Xalqaro mehnat bozori va migratsiya” fanidan mustaqil ish majmuasi fanning barcha mavzularini qamrab olishi lozim. Shuningdek, namuna sifatida quyidagi mavzular tavsiya etiladi:


  1. "Xalqaro mehnat bozori va migratsiya" fanining ‘redmeti va vazifalari Qorxona vauning ‘ersonali

  2. Xalqaro mehnat bozorining shaqllanishi

  3. Xalqaro mehnat bozorining rivojlanish omillari

  4. Mintaqaviy mehnat bozori -xalqaro mehnat bozorining bir qiem i sifatida

  5. Xalqaro mehnat bozorining shaqllanishida xalqaro migratsiya jarayonlari personalii rivojlantirish

  6. Noqonuniy migratsiyaning rivojlanishi va unga qarshi qurashish

  7. Xalqaro mehnat migratsiyasining tartibga solinishi

  8. Ishchi quchini import qiluvchi mamlaqatlarda migratsiya siyosati \

  9. Ishchi quchini eqsport qiluvchi mamlaqatlarda migratsiya siyosati

  10. Evropa mehnat bozori

  11. AQSH mehnat bozori

  12. Fors ko`rfazi mehnat bozori

  13. O`zbekistonning xalqaro mehnat bozorida ishtiroki

Mustaqil o`zlashtiriladigan mavzular bo`yicha talabalar tomonidan referatlar tayyorlash va uni taqdimot qilish tavsiya etiladi.


Download 47.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling