Tashishni tashkil etish va transport logistikasi


Download 275.5 Kb.
bet5/8
Sana10.11.2021
Hajmi275.5 Kb.
#442040
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Amaliy Mash
ЯН ИТЭТ талабаларга (1), ЯН ИТЭТ талабаларга (1), id161800, Optika va Tolqin, Optika va Tolqin, Optika va Tolqin, Optika va Tolqin, Optika va Tolqin, Geodeziya, kartografiya, geografiya, улкашунослик, 11-15 ozb 8, Boshqaruvning zamonaviy tuzilishi, tekstlar bilan ishlash, Labaratoriya 2021
Amaliy mashg’ulot№ 2

Mavzu: Yo’nalishlar tizimi.


1.Ishdan maqsad:

Yo‘nalishlar tizimi bilan tanishish va ularning turlari hamda vazifalarini o’rganish.



2.Ishning mazmuni:

Talabalarga yo’nalish tarmog’i ko’rsatgichlari va yo’nalish turlari bo’yicha kerakli ma’lumotlarga ega bo’ladi.



3.Jihozlar:

1. Avtomobil transporti vositalari.

2. Yo’nalish turlari.

3. Adabiyotlar.



4.Ishning bajarilish tartibi:
Yo‘nalishlar tizimi deyilganda shahar, tuman, yoki viloyat hududidagi barcha umumfoydalanish transporti yo‘nalishlari yig‘indisi tushuniladi.

Yo’lovchi tashish transporti tarmoqlarida yo’lovchilarning qulay harakatlanishi , barcha turdagi transportlarning o‘zaro muvofiq ishlashi yo‘nalishlar tiziminining takomillashganligiga bog‘liq.

Shahar yo’lovchi transporta yo‘nalishlari transport turlari (avtobus, tramvay, trolley­bus, metro va h.k), yo‘nalishlar tarmog‘idagi harakatyo‘nalishlari, harakat tezligi va ish rejimlariga binoan tasniflanadi.

Ishlash vaqtiga ko‘ra avtobus yo‘nalishlari doimiy va vaqtinchalik bo‘lishi mumkin. Doimiy yo‘nalishlarda yil davomida va haftaning barcha kunlarida transport vositalari bir xil miqdorda qatnaydi. Vaqtinchalik yo‘nalishlar esa mavsumda yoki muayyan zaruratga ko‘ra (masalan shanba yoki yakshanba kunlari dam olish uchun) tashkil qilinishi mumkin.



Avtobus yo‘nalishi deyilganda avtobus va yo‘nalishli taksilarning boshlang‘ich va so‘nggi bekatlar oralig‘ida belgilangan harakat yo‘llari tushuniladi. Shahar avtobus yo‘nalishlari shahar hududidagi harakat yo‘llariga binoan ajratiladi.

Diametral yo‘nalish shaharning bir chetini ikkinchi cheti bilan shahar markaziy hududlarini kesib o‘tib, shahar markazini chetlari bilan hamda shahar chetki hududlarini o‘zaro bog‘laydi.

Radial yo‘nalish shahar chetidagi so‘nggi nuqtadan markaz tomon yo‘nalgan bo‘ladi bunday yo‘nalishlar Shahar chetlarini markaz bilan, chekka joylarni tuman markazlari yoki metro yo‘nalishlari bilan bog‘laydi.

Yarim diametral yo‘nalish shahardagi ikki tuman markazlarini o‘zaro bog‘laydi.

Halqasimon yo‘nalishlar aylana yoki berk siniq, chiziqdan iborat buo‘lib, shaharning o‘zaro aloqaga muhtoj tarqoq nuqtalarini birlashtiruvchi yo‘nalishdir.

Tangensial yo‘nalishlar Shaharning ayrim tumanlarini markazga kirmay o‘zaro bog‘laydi.

Aralash yo‘nalishlar yuqorida keltirilgan yo‘nalishlarning bir necha elementlarini o‘z ichiga oladi.

Shahar markazini chetki tumanlar bilan birlashtiruvchi asosiy yo‘nalishlar diametral va radial yo‘nalishlar hisoblanadi. Mazkur yo‘nalishlarda aksariyat yo’lovchilar tashiladi.

Diametral yo‘nalishlarda avtobuslar iloji boricha bir xil mikdorda yo’lovchilar bilan to‘lishi maqsadga muvofiqdir. Agar ular yo’lovchilar bilan tekis yuklanmasa, transport vositalaridan notekis foydalaniladi. Bunday kamchilikning oldini olish maqsadida diametral yo‘nalishga boshqa yo‘nalishlar qo‘shiladi. Masalan, yo’lovchilar ko‘pbo‘laklarga yordamchi radial yo‘nalish tashkil etish bi­lan notekis yuklanishni bartaraf etish mumkin.

Shahar ichi tumanlarida harakatlanuvchi avtobuslar yo’lovchilar bilan tekisroq yuklanadi. Ayniqsa, Shahar markazi yaqinida halqasimon yo‘nalish tashkil etilgan bo‘lsa, u ish bilan bog‘langan qatnovlarni o‘z ichiga olib, "tig‘iz" soatlarni ancha yumshatadi.

Avtobus yo‘nalishlarini belgilash - ratsional trassani, harakat yo‘nalishini, oraliq va oxirgi bekatlarni tanlash va asoslash puxta va zarur texnik-iqtisodiy asoslangan holda amalga oshirilishi kerak. CHunki avtobus yo‘nalishlari yo’lovchilarni tashish sharoitlari va qulayligiga, ularning tezligi va harakat xavfsizligiga, haydovchilar jamoasi ish rejimiga hamda avtobuslardan foydalanish samaradorligiga ham ham sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Avtobuslar harakat yo‘nalishini, shuningdek, oraliq va oxirgi bekatlar aholining tashishga bo‘lgan ehtijidan kelib chiqqan holda tanlanadi. Bunda yo’lovchilar oqimi yo‘nalish uzunligi davomida barqaror bo‘lishi hisobga olinishi kerak.

Avtobus yo‘nalishlarining optimal variantini tanlashda va uni asoslashda quyidagi asosiy talablar hisobga olinadi: davlatning vakolatli organining ana shunday vakillarini o‘z ichiga oladigan O‘zbekistan avtomobil va daryo transporti agentligi va hududidan yo‘nalish o‘tishi mo‘ljallanayotgan davlatning vakolatli organining qarori asosida tashkil etiladigan komissiyalar tomonidan bajariladi.



5. Xulosa. Talaba tomonidan bugungi kunda Andijon shahar ichida yo’nalish sxemasi tanlab olinadi va sxema asosida ma’lmotlar olib xulosa tayyorlanadi.



Download 275.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling