Tashishni tashkil etish va transport logistikasi


Download 275.5 Kb.
bet6/8
Sana10.11.2021
Hajmi275.5 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8
Amaliy mashg’ulot№ 3

Mavzu: Yo’lovchilar oqimi va uning o’rganish usullari



1.Ishdan maqsad:

Yo’lovchilar oqimini kuzatish usullari bilan tanishish va uning sutka soatlari bo‘yicha taqsimlanishini tahlil qilish.



2.Ishning mazmuni:

Talabalarga yo’lovchi oqimi va yo’lovchi oqimini o’rganish usullari bo’yicha kerakli ma’lumotlarga ega bo’ladi.



3.Jihozlar:

1. Avtomobil transporti vositalari.

2. Yo’nalish oqimini aniqlash jadvalli.

3. Adabiyotlar.



4.Ishning bajarilish tartibi:

Yo’lovchilar oqimi deyilganda bir yo‘nalish bo‘yicha qatnayotgan yo’lovchilar miqdori tushuniladi. Yo’lovchilar oqimi epyura shaklida berilib, ma’lum yo‘nalish bo‘lagi, yo‘nalish va yo‘nalish, tumandagi yo’lovchilar tashish keskinligini bildiradi.

Yo’lovchilar oqimi tarkibining o‘zgarishi sanoat korxonalari, savdo tashkilotlari, ma’muriy idoralarda belgilangan ish rejimlari hamda o‘quv yurtlardagi dars jadvali vaqtlari bilan bog‘liqdir.

Yo’lovchilar oqimining yo‘nalishlarga ko‘ra o‘zgarishiga Shahar planirovkasi (ob’ektlarning joylashuvi), yo‘llarning joylashuvi va xarakteri, yo’lovchilar hosil etuvchi va yo’lovchilarni qabul etish punktlarining ayrim sabablariga kura (masalan, xalq sayli, sport musobakasi va h.k.) o‘zgarib turishi ko‘p jihatdan ta’sir etadi.


  1. Yo’lovchilar oqimlarini kuzatish usullari bilan tanishish

  2. Sutka soatlari bo‘yicha yo’lovchilar oqimi epyurasini chizish va notekislik koeffitsientini aniqlash

Sutka soatlari bo‘yicha yo’lovchilar oqimi notekislik koeffitsienti quyidagi formula orqali aniqlanadi:



bu erda: Qmax – yo’lovchilar oqimi «tig‘iz» vaqtidagi yo’lovchilar soni;



Qo‘rt – bir soatga to‘g‘ri keluvchi yo’lovchilar o‘rtacha soni: Qo‘rt = SQ/n
Sutka soatlari bo‘yicha yo’lovchilar oqimining taqsimlanishi


T/R

Sutka soatlari

To‘g‘ri yo‘nalish

Orqa yo‘nalish

Jami

foiz

pass.

foiz

pass

1.

5-6

1




1







2.

6-7

4,5




3,5







3.

7-8

8,5




8







4.

8-9

12




9







5.

9-10

8




7







6.

10-11

6




5,5







7.

11-12

5




4







8.

12-13

4




4







9.

13-14

4,5




4,5







10.

14-15

5




5,5







11.

15-16

6




6,5







12.

16-17

7




8







13.

17-18

9




10







14.

18-19

7




9







15.

19-20

5.5




6







16.

20-21

4




4,5







17.

21-22

2




2,5







18.

22-23

1




1,5










n = 18

100




100




Σ Q =



5. Xulosa. Talabalarga berilgan jadval asosida variantlar tarqatilib va o’zlari mustaqil ravishda berilgan topshiriqni bajaradi . Talabalar ishlagan topshirig’i asosida yo’lovchilar oqimi epyurasini chizida. Qilingan ish yuzasidan qisqacha xulosa tayyorlshadi.

Amaliy mashg’ulot№ 4

Mavzu: Avtobuslar ishining texnik-ekspluatatsion



ko‘rsatkichlari
1.Ishdan maqsad:

Avtobuslar ishining texnik-ekspluatatsion ko‘rsatkichlarini tahlil

qilish. Avtobuslarni asosiy ish ko’rsatgichlarini aniqlash

2.Ishning mazmuni:

Talabalarga avtobusning asosiy ish ko’rsatgichlari bayon etiladi. Texnik ekspluatatsion sharoitda avtobuslarga ta’sir etuvchi omillar o’rganiladi



3.Jihozlar:

1. Avtobus transporti vositalari.

2. Avtobusning asosiy ish ko’rsatgichi to’g’risidagi ma’lumotlar.

3. Adabiyotlar.



4.Ishning bajarilish tartibi
Transport vositalari miqdor ko‘rsatkichlari barcha avtotransport saroylari uchun umumiy bo‘lib, ular quyidagi elementlardan iboratdir:

Ah - hisobdagi yoki inventar kitobida hisoblanib boriluvchi avtomobillarning umumiy soni.

Hisobdagi avtomobillar o‘z texnik holatiga ko‘ra ekspluatatsiya qilishga tayyor (Aet) va kun davomida ta’mirda yoki texnik xizmat ko‘rsatishda turuvchi avtomobillarga (Att) bo‘linadi, ya’ni

Ah = Ae + Att

Amalda ekspluatatsiyaga tayyor avtomobillar ba’zi bir sabablarga ko‘ra to‘la ishlatilmaydi. Ularning bir qismi har xil sabablarga ko‘ra (Att - ta’mirda turuvchilardan tashqari): ekspluatatsion materiallar (yonilg‘i, moy, avtoshina, akkumulyator) yo‘qligi, haydovchi (shofyor)lar yo‘qligi yoki betobligi, yo‘llardan foydalanib bo‘lmasligi va h.k larga ko‘ra bekor turishlari mumkin.

Aytilganlarga ko‘ra,

Aet = Ae+ Abt

Demak, saroy hisobidagi avtomobillar

Ah = Ae + A tt+ A bt

iborat bo‘ladi.

Har bir saroydagi avtobus, avtomobil, tirkama hamda yarim tirkama ma’lum davr (rejadagi yoki hisobiy) ichida ekspluatatsiyada, bekor turishda va ta’mirda turishlari mumkin. Shuning uchun, saroydagi barcha avtomobil-kunlar o‘z navbatida

Ak=AKe + AKbt + AKtt

dan iborat bo‘ladi.

Avtomobil saroyining texnik tayyorgarlik koeffitsienti Avtomobil transporti saroyining ishga tayyorgarlik darajasini aniqlanishi uchun, texnika jihatdan saroyning ishga tayyorgarlik koeffitsienti (at) aniqlanishi lozim.

Texnik tayyorgarlik koeffitsienti

a) bitta avtomobiluchun kalendar kunlardagisi



b) avtomobil saroyidagi barcha avtomobillar uchun bir kunlik



v) avtomobil saroyidagi barcha avtomobillar uchun kalendar kunlardagisi



Avtomobil saroyidan foydalanish koeffitsienti

Avtomobillarni texnik jihatdan ishga tayyorgarlik koeffitsienti ularning texnika holatiga ko‘ra ishga yaroqligini, ya’ni buzuq emasligini belgilovchi koeffitsientidir. Ammo bunday avtomobillarni ekspluatatsiya qilishga zarur bo‘lgan ba’zi birsabablarga ko‘ra ishlatila olmaslik holatlari amalda bo‘lib turadi. Masalan, haydovchilar, yonilg‘i-moy materiallari, avtoshina, akkumulyator va shu kabilar yoki yo‘l holati va iqlimiy sharoitlar va hokazo.

Avtomobil saroyidan foydalanish koeffitsienti

a) bitta avtomobil uchun kalendar kunlardagisi

b) avtomobil saroyidagi barcha avtomobillar uchun bir kunlik



v) avtomobil saroyidagi barcha avtomobillar uchun kalendar kunlardagisi



ASda avtomobillardan foydalanish koeffitsientiga yana haftalik ish kunlari (5 yoki 6 kun) yoki hafta davomida to‘xtamasdan 7 kun ishlashlari (yo‘nalishda ishlovchi avtobuslar uchun) katta ta’sir ko‘rsatadi.

Avtobusning sig‘imi deyilganda ularda bir vaqtda ma’lum miqdorda yo’lovchi tashish olish qobiliyati tushuniladi. Bunda avtomobilning konstruksiyasida ko‘zda tutilgan qulayliklarga amal qilinishi lozim.

Avtotransport saroy i yo’lovchi sig‘imi turlicha bo‘lgan turli rusumdagi avtomobillardan tashkil topganligini hisobga olgan holda avtobusning o‘rtacha sig‘imi quyidagi formula orqali aniqlanadi:



qo‘rt=

bu erda ∑Aqnavtotransport saroyidagi barcha avtobuslarning umumiy sig‘imi.

Avtobus sig‘imidan foydalanish koeffitsienti

Avtobuslar qat’iy jadval asosida harakat qilganligi sababli ular sig‘imidan notekis foydalaniladi. Bundan tashqari vaqt mobaynida, yo‘nalish uchastkalari, to‘g‘ri va orqa yo‘nalishlarda yo’lovchilar oqimining notekisligi avtobuslar sig‘imidan notekis foydalanishga olib keladi.

Avtobuslar sig‘imidan foydalanish darajasini belgilashda avtobus sig‘imidan foydalanish koeffitsienti ishlatiladi. Avtomobil-taksilar ish unumi haq to‘lanuvchi masofa orqali aniqlanganligi uchun unda bu koeffitsient hisobga olinmaydi.

Avtobus sig‘imidan foydalanish statik koeffitsienti amalda tashilgan yo’lovchilar sonini avtobus sig‘imiga nisbati bilan aniqlanadi.

Bir reys uchun avtobus sig‘imidan foydalanish koeffitsienti:



Kun davomida bu koeffitsientning o‘rtacha miqdori quyidagicha aniqlanadi:



Avtobus sig‘imidan foydalanish dinamik koeffitsienti amalda bajarilgan transport ishini bajarilishi lozim bo‘lgan transport ishiga nisbati bilan aniqlanadi




Avtobus sig‘imidan foydalanish koeffitsienti muhim ko‘rsatkichlardan biri hisoblanib, u avtobus ish unumdorligiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Avtobus sig‘imidan foydalanish koeffitsienti qancha yuqori bo‘lsa, uning ish unumi ham shuncha yuqori bo‘ladi. Lekin bu koeffitsientning yuqori bo‘lishi yo’lovchilarni tashish sharoitining yomonlashishiga olib keladi. Ertalabki va kechki reyslarda avtobus sig‘imidan foydalanish darajasi juda past bo‘ladi, lekin bu reyslar albatta bajarilish lozim. Uning o‘rni ertalabki va kechki yo’lovchilar oqimi tig‘iz bo‘lgan vaqtlar bilan to‘ldiriladi. Transportjarayonini to‘g‘ri tashkil eti shva yo’lovchilarga ma’lum qulayliklarni ta’minlash uchun bu ko‘rsatkich Shahar avtobus yo‘nalishlarida 0,5—0,6 atrofida bo‘lishi lozim.

Shahar atrofi va Shaharlararo yo‘nalishlarda avtobuslar harakat jadvali asosida ishlaganligi uchun bu ko‘rsatkich 0,70—75 ni tashkil etadi.
5. Xulosa. Avtobuslar ishining texnik-ekspluatatsion ko‘rsatkichlariga bo’yicha formulalar va koeffitsientlari tahlil qilinadi. Misollar asosida yanada mustahkamlanib, talabalar o’zlarining mustqil xulosalarini keltirishadi.

Amaliy mashg’ulotuchun variantlar




Variantlar

Texnik holatiga ko‘ra ekspluatatsiya qilishga tayyor avtomobillar soni (Ae)

Ta’mirda yoki texnik xizmat ko‘rsatishda turuvchi avtomobillar soni (Att)

Bo’sh turgan avtomobillar soni (Abt)

Lm, km

1

53

5

23

15

2

60

9

25

16

3

58

6

15

11

4

62

6

21

13

5

63

10

19

12

6

65

3

22

14

7

64

6

20

13

8

66

4

25

16

9

70

8

26

17

10

71

9

30

19

11

55

5

34

20

12

62

11

35

21

13

74

7

34

20

14

72

7

37

23

15

52

5

33

22

16

52

5

37

24

17

62

6

40

15

18

54

5

42

16

19

64

6

42

18

20

62

6

22

14

21

65

6

20

13

22

70

7

25

16

23

78

8

28

18

24

67

9

30

19

25

85

13

32

20

26

90

12

36

21

27

85

11

38

23

28

86

12

40

24

29

69

7

42

15

30

72

7

20

13

Vt = 35 km/soat; qn = 95 pass.; tob = 0,5 min; tox = 5 min.




Download 275.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling