Tashishni tashkil etish va transport logistikasi


Yo‘nalishli taksilarda yo‘lovchilar tashishni tashkil etish


Download 0.56 Mb.
bet18/24
Sana10.11.2021
Hajmi0.56 Mb.
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   24
Yo‘nalishli taksilarda yo‘lovchilar tashishni tashkil etish

Yo‘lovchi tashuvchi avtokorxonalar davlat tasarrufida bo‘lgan davrlarda yo‘nalishli taksilar asosan yo‘lovchilar oqimi kichik bo‘lgan yo‘nalishlarda avtobuslardan foydalanish samarasiz bo‘lgani uchun qo‘llanilar va ularda tashilgan yo‘lovchilar miqdori 1% ni ham tashkil etmas edi.

U paytlarda yo‘nalishni taksilarda yo‘lovchilarni tashish asosan Shahar va Shahar atrofi yo‘nalishlarida tashkil qilinib, bugungi kunda yo‘nalishli taksilardan Shaharlararo va xalqaro yo‘nalishlarda ham keng foydalanilayapti.

Bugungi kunda bozor iqtisodiyoti sharoitida xususiy yo‘lovchi tashuvchilar soninng ortib ketishi shunga olib keldiki, yo‘nalishli taksilar yo‘lovchilar oqimi katta bo‘lgan yo‘nalishlarda ham keng qo‘llanilib, avtobuslarni siqib chiqarayapti.

Yo‘nalishli taksilarning avtobuslarni siqib chiqarishi ularni o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqayapti.

Katta tezlik, yuqori darajadagi shinamlik, yo‘lovchilarning talabi bo‘yicha istalgan joyda to‘xtay olishi aholi o‘rtasida yo‘nalishli taksilarga bo‘lgan talabningoshishiga olib keldi. Yana shuni eslatib o‘tish joizki,bugungi kunda RAF, FORD, Mersades-Bens kabi mo‘‘jaz avtobuslar bilan birqatorda, “Otoyol” va “ISUZU” rusumli avtobuslar ham yo‘nalishli taksi sifatida qo‘llanilayapti. Bu avtobuslarda yo‘l haqini boshqa avtobuslarga nisbatan deyarli kamfarq qilishi ularga bo‘lgan talabni yanada oshirayapti.

Yo‘nalishli taksilar harakatini tashkil qilish uchun yo‘lovchilar oqimini o‘rganish, yo‘nalishni tanlash, harakat intervalini aniqlash, kerakli bo‘lgan ish tartibini belgilash, harakat tezligini me’yorlash va harakat jadvalini tuzish kerak bo‘ladi.

Buning uchun tender e’lon qilinganidan keyin, har bir tenderda ishtirok etmoqchi bo‘lgan tashuvchi berilgan boshlang‘ich ma’lumotlar asosida kerakli avtomobillar sonini, tig‘iz vaqtlardagi harakat intervalini aniqlaydi va ular asosida harakat jadvalini ishlab chiqadi. So‘ngra bu ma’lumotlar tender xujjatlari paketiga solinib tender komissiyasiga havola etiladi.

Yo‘nalishli taksilar sonini aniqlashda avtobuslar sonini aniqlashda foydalanilgan formulalardan foydalaniladi. Kelgusida zarur bo‘ladigan taksilar soni esa marketing tadqiqotlari natijasida aniqlanishi mumkin.


5. Xulosa. Talabalar yengil taksilarda tashilgan yo’lovchilar hajmi bo’yicha hisob kitob ishlarini amalga oshirishadi. Olingan natijalar va yuqorida o’rganilgan ma’lumotlar asosida xulosa tayyorlaydilar.



Download 0.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling