Tashishni tashkil etish va transport logistikasi


Download 0.56 Mb.
bet19/24
Sana10.11.2021
Hajmi0.56 Mb.
#442047
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24
Bog'liq
Labaratoriya 2021
ЯН ИТЭТ талабаларга (1), ЯН ИТЭТ талабаларга (1), id161800, Optika va Tolqin, Optika va Tolqin, Optika va Tolqin, Optika va Tolqin, Optika va Tolqin, Geodeziya, kartografiya, geografiya, улкашунослик, 11-15 ozb 8, Boshqaruvning zamonaviy tuzilishi, tekstlar bilan ishlash, Amaliy Mash
Laboratoriya ishi № 9

Mavzu: Avtoshohbekatlar va avtoboshbekatlar ishini tashkil etish



tashish
1.Ishdan maqsad:

Shahar avtobus yo‘nalishlarida yo’lovchilarga va transport vositalariga xizmat ko‘rsatuvchi avtoshohbekatlar va avtoboshbekatlar ishi bilan tanishish.



2.Ishning mazmuni:

Talaba o‘zi qatnaydigan avtobus yo‘nalishining so‘nggi manzillari (avtoshohbekat yoki avtoboshbekat)nig kerakli ish ko’rsatgichlarini tahlil qilish.


3.Jihozlar:

1. Avtoshohbekat sxeasi.

2. Adabiyotlar.

4.Ishni bajarish tartibi:

Avtovokzallar, avtostansiyalar Shahar, Shahar atrofi, Shaharlararo va xalqaro avtomobil katnovi yo‘nalishlarida yo’lovchilar tashish harakatiga tezkor rahbarlik qilish maqsadida yo’lovchilarga xizmat ko‘rsatish uchun Shaharlar, axoli yashash manzillari va avtomobil yo‘llari trassalarida, yo’lovchilar to‘planadigan va oxirgi to‘xtash manzillarida tashkil etiladi.

Har bir avtovokzal va avtostansiya avtovokzalning toifasi va avtostansiyaning darajasini tavsiflovchi o‘z pasportiga ega

bo‘lishi kerak. Pasportni olish uchun avtovokzal, avtostansiyani tashkil etuvchi xo‘jalik yurituvchi sub’ekt, O‘zbekiston avtomobil va daryotransporti agentligiga mazkur Nizomga ko‘ra talab etilgan shakl bo‘yicha ariza beradi, unga quyidagilar ilova kilinadi:

a) davlat ruyxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomaning nushasi;

b) avtovokzal, avtostansiya tarxlari;

avtovokzal uchun-ma’muriy binoning tarxi, avtostansiya uchun xizmat xonalarining tarxi;

yo’lovchilar avtobuslarga chikariladigan maydonchalar ko‘rsatilgan xolda umumiy tarx;

v) avtovokzal, avtostansiyaning qisqacha tavsifi. O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi tegishli ariza berilgan kundan boshlab 15 kun mobaynida mazkur Nizomga ko‘ra talab etilgan shakl bo‘yicha pasport beradi yoki pasport berishni rad etadi.

Agar ariza beruvchi tomonidan mazkur Nizomda keltirilgan hujjatlar taqdim etilmasa, yohud agar arizada ko‘rsatilgan avtovokzal mazkur Nizomdagi avtovokzallarga qo‘yiladigan talablarga muvofiq bo‘lmasa, avtostansiya arizada ko‘rsatilgan eng kam darajali avtostansiya klassiga qo‘yiladigan talablarga muvofiqbo‘lmasa, pasport berish rad etilishi mumkin. Boshqa sabablarga ko‘raa rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi.Ariza beruvchi O‘zbekiston avtomobil va dare transporti agentligining sabablari ko‘rsatilgan rad javobidagi mulohazalar bartaraf etilgandan keyin pasport olish uchun tegishli hujjatlarni takroran taqdim etishgahaqlidir.

Pasportda ko‘rsatilgan avtovokzal, avtostansiya tavsifi o‘zgargan takdirda yangi pasport beriladi. Bunda yangi pasport olish uchun O‘zbekiston avtomobil va dare transporti agentligiga oldin berilgan pasport va avtovokzal, avtostansiyaning tegishli tavsifi o‘zgarganligini tasdiqlovchi boshqa hujjatlar ilova qilingan xolda ariza beriladi.

Talabalar quydagi topshiriqlarni bajaradilar:




  1. Avtoshohbekat (avtoboshbekat) sxemasini tuzish

  2. Avtoshohbekat (avtoboshbekat)lar o‘tkazuvchanlik qobiliyatini aniqlash

  3. Avtoshohbekat (avtoboshbekat) nozimlik xizmati va hujjatlashtirish ishlari bilan tanishish

Ishni bajarish bosqichlari:





  1. Talabalar avtobus yo‘nalishlari bo‘yicha avtobuslarning so‘nggi bekatlari (avtoshohbekat yoki avtoboshbekat) dagi avtobuslarning to‘xtab turish sxemalarini tuzadilar.




  1. Avtoshohbekat (avtoboshbekat) da bir sutka davomida nechta avtobusga xizmat ko‘rsatilishi, ya’ni uning o‘tkazuvchanlik qobiliyatini aniqlaydilar.

3.Avtoshohbekat (avtoboshbekat) da nozimlik xizmati bilan tanishib, yuritiladigan nozimlik hujjatlarini to‘ldirish va qayta ishlashni o‘rganadilar.


Laboratoriya ishini bajarish talaba o‘zi qatnaydigan avtobus yo‘nalishining so‘nggi manzillari (avtoshohbekat yoki avtoboshbekat) da amalga oshiriladi.
5. Xulosa. Laboratoriya mashg’ulotida berilgan topshiriqlar bo’yicha talaba o’zi mustaqil izlanadi. Ish yakunida ish bo’yicha xulosasi yoziladi.


Download 0.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling