Tashishni tashkil etish va transport logistikasi


Download 0.56 Mb.
bet20/24
Sana10.11.2021
Hajmi0.56 Mb.
#442047
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24
Bog'liq
Labaratoriya 2021
ЯН ИТЭТ талабаларга (1), ЯН ИТЭТ талабаларга (1), id161800, Optika va Tolqin, Optika va Tolqin, Optika va Tolqin, Optika va Tolqin, Optika va Tolqin, Geodeziya, kartografiya, geografiya, улкашунослик, 11-15 ozb 8, Boshqaruvning zamonaviy tuzilishi, tekstlar bilan ishlash, Amaliy Mash
Laboratoriya ishi № 10

Mavzu: Transport vositalarining ichki va tashqi jihozlanishi


Ishdan maqsad:

Avtobus va Yengil taksi avtomobillarining ichki va tashqi jihozlanishiga bo‘lgan talablarni o‘rganish



2.Ishning mazmuni:

Talabalarga avtobus va yengil taksi avtomobillarining ichki va tashqi jihozlari to’g’risida ma’lumotlar berish.


3.Jihozlar:

1. Avtomobil transport vositalari.

2. Avtomobillarining ichki va tashqi jihozlari

3. Adabiyotlar.



4.Ishni bajarish tartibi:


  1. Avtobuslar va yengil taksi avtomobillarining ichki va tashqi jihozlanishi haqida tushunchalar

  2. Avtobuslar va yengil taksi avtomobillarining ichki va tashqi jihozlanishi namunalarini keltirish

Umumiy tushunchalar

Yo’lovchi tashuvchi avtomobil transportida avtobusning tashqi va ichki jihozlari yo‘nalish bekatlari, harakat tartibi, yo‘lkira haqi, avtobus va yengil taksi avtomobilidan foydalanish tartibi haqida yo’lovchilarga axborot berishga mo‘ljallangan.

Transport vositasini jihozlashda yagona tartibga rioya qilish hamda yo’lovchilarning foydalanishida qulay bo‘lishi uchun yozuvlar, jadvallar va boshqa ma’lumotlar bir me’yorda belgilangan.

Avtobusning tashqi jihozlariga uning old oynasining yuqori qismiga joylashtirilgan avtobus yo‘nalishining tartib raqami, boshlang‘ich va oxirgi bekatlar nomi kiradi. Agar avtobus ekskursion, buyurtma yoki turistik maqsadlarda foydalanilsa, unda old oynasiga «Ekskursion», «Buyurtmali» yoki «Turistik» degan yozuvlar osib qo‘yiladi. Avtobus old oynasining pastki o‘ng tomonida uning garaj nomeri yozilgan bo‘ladi. Avtobusning yon tomonida uning tartib raqami, boshlang‘ich va so‘nggi hamda ayrim yirik bekatlar ko‘rsatiladi. Avtobusning orqa tomoni oynasida avtobusning tartib raqami ko‘rsatiladi. Avtobusning ichki jihozlariga haydovchi va konduktorning familiya va ismi-sharifi yozilgan taxtacha, Shaharlararo yo‘nalishlarda o‘rindiqlar tartib raqami, yosh bolali yo’lovchilar joyi, avtobus yo‘nalili sxemasi, avtobuslardan foydalanish va yo‘lkirahaqini to‘lash qoidalari va boshqalar kiradi. Yo‘nalishsiz taksilar uchun yagona tanish belgilari va ularning ishlarini tashkil etishga qo‘yiladigan talablar to‘g‘risidagi Nizom O‘zbekiston Respublikasi hududida yo‘nalishsiz taksilarning tashqi ko‘rinishiga va ichki ma’lumotlar bilan jihozlanishiga, shuningdek yo‘nalishsiz taksilarning haydovchilariga nisbatan yagona talablarni belgilaydi.

Passajir avtomobil transportida avtobusning tashqi va ichki jihozlari marshrut bekatlari, harakat tartibi, yo‘lkira haqi, avtobus va Yengil taksi avtomobilidan foydalanish tartibi haqida passa-jirlarga axborot berishga mo‘ljallangan.

Transport vositasini jihozlashda yagona tartibga rioya qilish hamda yo’lovchilarning foydalanishida qulay bo‘lishi uchun yozuvlar, jadvallar va boshqa ma’lumotlar bir me’yorda belgilangan.

Avtobusning tashqi jihozlariga uning old oynasining yuqori qismiga joylashtirilgan avtobus marshrutining tartib raqami, boshlang‘ich va oxirgi bekatlar nomi kiradi. Agar avtobus ekskursion, buyurtma yoki turistik maqsadlarda foydalanilsa, unda old oynasiga «Ekskursion», «Buyurtmali» yoki«Turistik» degan yozuvlar osib qo‘yiladi. Avtobus old oynasining pastki o‘ng tomonida uning garaj nomeri yozilgan bo‘ladi.

Avtobusning yon tomonida uning tartib raqami, boshlang‘ich va so‘nggi hamda ayrim yirik bekatlar ko‘rsatiladi. Avtobusning orqa tomoni oynasida avtobusning tartib raqami ko‘rsatiladi.

Avtobusning ichki jihozlariga haydovchi va konduktorning familiya va ismi-sharifi yozilgan taxtacha, shaharlararo marshrutlarda o‘rindiqlar tartib raqami, yosh bolali yo’lovchilar joyi, avtobus yo‘nalishi sxemasi, avtobuslardan foydalanish va yo‘lkira haqini to‘lash qoidalari va boshqalar kiradi.


5. Xulosa. Laboratoriya ishini bajarishda talabalar turli rusumdagi avtobuslarning ichki va tashqi jihozlari va ularning vazifalari bilan tanishadilar va xulosalarini bildirishadi.


Download 0.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling