Tashishni tashkil etish va transport logistikasi


Download 0.56 Mb.
bet21/24
Sana10.11.2021
Hajmi0.56 Mb.
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24
Laboratoriya ishi № 11

Mavzu: Avtobus bekatlari va avtomobil-taksilar to’xtash joyining jihozlanishi


1.Ishdan maqsad:

Avtobus va Yengil taksi avtomobillarining ichki va tashqi jihozlanishiga bo‘lgan talablarni o‘rganish



2.Ishning mazmuni:

Talabalarga avtobus va yengil taksi avtomobillarining ichki va tashqi jihozlari to’g’risida ma’lumotlar berish.


3.Jihozlar:

1. Avtomobil transport vositalari.

2. Avtomobillarining ichki va tashqi jihozlari

3. Adabiyotlar.



4.Ishni bajarish tartibi:

Avtobus transportida to‘xtash bekatlari yuqori va quyi taxtachalar bilan jihozlanadi.

Yuqori taxtachada avtobus transportini bildiruvi «A» harfi ko‘rsatiladi. Bu belgiga qarab yo’lovchilar va haydovchilar avtobus to‘xtash joyini mo‘ljalga oladilar. SHuningdek, bu belgiga qarab boshqa turdagi transport haydovchilari ham bekatdan o‘tishda yo’lovchilarning to‘planishidan xabardor bo‘lib, undan o‘tishda ehtiyotkor bo‘lishadi.


Taxtachaning pastki qismida yo’lovchilarga shu bekatdan o‘tuvchi avtobuslar harakati, sutka soatlari bo‘yicha harakat intervali, har bir yo‘nalish bo‘yicha birinchi va oxirgi avtobuslarning o‘tish vaqtlari haqida axborot beriladi.

Harakat intervali 20 minutdan ortiq bo‘lgan Shahar atrofi yo‘nalishlari bekatlarida taxtachada harakat intervali o‘rniga shu bekatdan o‘tuvchi avtobuslar harakat jadvali ko‘rsatiladi. Agar Shaharlararo yo‘nalishda avtovokzal, avtostansiya yoki kassa apparatlari bo‘lmasa ham yuqoridagi axborotlar keltiriladi.

Doimiy yo’lovchi oqimi bo‘lmagan ayrim yo‘nalish bekatlarida «Yo’lovchilar talabiga ko‘ra to‘xtash» ko‘rsatkichi, yo’lovchilarnig chiqishi va tushishi uchun ajratilgan maydonchalarga ega oxirgi bekatlarda esa «CHiqishga ruxsat etilmaydi» ko‘rsatkichi qo‘yiladi.

Yo‘nalishlarning boshlang‘ich punktlarida va avtovokzal maydonlarida «Avtobuslarga chiqish joyi» ko‘rsatkichi qo‘yiladi. Taksi yo‘nalishlari to‘xtash joylarida “T” belgisi va shaxmat ifodasi ko‘rsatilgan taxtacha qo‘yiladi.
















5. Xulosa. Laboratoriya ishi bo’yicha talaba o’zining mustaqil xulosasi va takliflarini keltiradi.


Download 0.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling