Tashishni tashkil etish va transport logistikasi


Download 0.56 Mb.
bet8/24
Sana10.11.2021
Hajmi0.56 Mb.
#442047
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   24
Bog'liq
Labaratoriya 2021
ЯН ИТЭТ талабаларга (1), ЯН ИТЭТ талабаларга (1), id161800, Optika va Tolqin, Optika va Tolqin, Optika va Tolqin, Optika va Tolqin, Optika va Tolqin, Geodeziya, kartografiya, geografiya, улкашунослик, 11-15 ozb 8, Boshqaruvning zamonaviy tuzilishi, tekstlar bilan ishlash, Amaliy Mash
5. Xulosa. Yo’nalishda ishlovchi avtobuslar soni bo’yicha quyidagi 3 ta ko’rsatgich hisoblanadi:

1.Yo’nalishda avtobusning bir aylanish vaqtini hisoblash.

2.Sutka soatlari bo‘yicha avtobuslar sonini hisoblash

3.Sutka soatlari bo‘yicha harakat intervalini aniqlash.



Quydagi jadvaldan talabalar o’zlariga kerakli ko’satgichlarni olishadi va yakunda talabalar o’zlarining mustqil xulosalarini keltirishadi.



T/R

Qmax













qn

(yo’lovchi)



lm

(km)


nob

dona


tob

min;


tox

(min)


1.

370

10

5

1,3

4

45

2.

365

14,5

7

1,23

5

20

3.

369

18,5

9

1,5

3

35

4.

380

19

9

2

5

42

5.

358

8

4

1,1

4

38

6.

375

16

8

1,4

3

39

7.

380

17,5

9

2,5

5

47

8.

361

14

7

1

4

50

9.

372

14,5

8

1,57

5

38

10.

360

15

7

1,45

3

33

11.

366

15,6

7

2,25

5

43

12.

359

14,7

7

1,25

3

53

13.

379

19

8

1,44

4

47

14.

388

21

10

1,33

4

41

15.

377

15.5

8

1,23

5

54

16.

379

20

10

1,11

3

55

17.

374

18

9

2,35

5

56

18.

362

17

8

2,45

4

44

19

368

17,8

9

1,5

3

40

20

386

18,5

9

1.43

4

50

VT - texnik harakat tezligi 70 km/soat;




Laboratoriya ishi№ 6

Mavzu: Avtomobil transportida yo’lovchilar va



bagajni tashish
1.Ishdan maqsad:

Avtomobil transportida yo’lovchi tashishda avtotransport vositalarining texnik holati va yurish shartlari o’rganiladi.


2.Ishning mazmuni:

Talabalarga avtomobil transportida yo’lovchi va bagajni tashsh bo’yicha ma’lumotlar beriladi. Qo‘l yuki va bagajni tashishga ta’sir etuvchi omillar tahlil qilinadi.



3.Jihozlar:

1. Avtomobil transporti vositalari.

2. Adabiyotlar.

4.Ishni bajarish tartibi:

Avtomobil transportida yo’lovchi tashishda avtotransport vositalarining texnik holati va anjomlari tegishli standartlar hamda texnik foydalanish qoidalari talablariga javob berishi kerak.

Avtotransport vositalari Dst 974/20000 O‘zbekiston davlat standartiga muvofiq anjomlarga ega bo‘lishi kerak.

Muntazam katnovlarni amalga oshiruvchi avtobuslar va yo‘nalishli taksilar haydovchilari yo‘nalishda ishlayotganda:

- tender kontraktiga muvofiq ushbu yo‘nalishda ishlash huquqini tasdiqlovchi guvohnomaga;

- tegishli litsenziyaga (litsenziya kartochkasiga);

- yo‘nalish hujjatlariga;

- yo‘l varaqasi va chiptalarni hisobga olish varaqasiga;

- yo‘l varaqalarida yo‘lga chiqishdan oldin belgilangan tartibda o‘tkaziladigan avtotransport vositasining texnik ko‘rikdan va haydovchilarning tibbiy ko‘rikdan o‘tganligi haqidagi qaydlarga;

- qatnov jadvaliga va yo‘nalish sxemasiga (Shahar atrofida, Shaharlararo va xalqaro yo‘nalishlarda - unda aholi yashash joylaridan o‘tish vaqti, ovqatlanish, dam olish, tungi uxlash vaqti va joyi ko‘rsatilgan holda) ega bo‘lishi kerak.

Shahar yo’lovchilar tashish transporti yo‘nalishlari quyidagi turlarga bo‘linadi:

a) Shahardagi oddiy, tezkor, ekspress va tig‘iz paytlardagi


qo‘shimcha yo‘nalishlar;

b) Shahar chetidan ko‘pi bilan - 2 km chetga chiquvchi Shaharda


qatnovchi yo‘nalishlar;

v) yo‘nalishli taksilar.

Shahardagi yo‘nalishlar Shahar (Shaharcha)dagi turar joy va sanoat hududlarini madaniy-maishiy va sport-sog‘lomlashtirish tashkilotlari, vokzallar, aeroportlar, avtostansiyalar, metro stansiyalari, temir yo‘l platformalari, pristanlar va shu kabilar bilan transport aloqasini ta’minlashi kerak.

Aholiga xizmat ko‘rsatish xususiyatiga muvofiq Shahardagi yo‘nalishlar bir nechta ish rejimiga ega bo‘lishi mumkin:

a) sutka, hafta kunlari, oyning belgilangan davri mobaynida
amal kiladigan doimiy yo‘nalishlar;

b) dam olish hududlari, sport-sog‘lomlashtirish


komplekslari, yarmarkalar va shu kabilar faoliyat ko‘rsatadigan
davrda tashkil etiladigan mavsumiy yo‘nalishlar;

v) maxsus yo‘nalishlar;

g) ko‘cha-yo‘l shahobchalarida favqulotda vaziyatlar paydo
bo‘lganda, ayrim uchastkalar, transport yo‘llari va maydonlar
yopilganda joriy etiladigan vaqtinchalik yo‘nalishlar.
Yo‘l haqini yo‘lkira kartochkalari bilan to‘lash

Yo‘l kira kartochkalarini oldindan sotish maxsus tashkil etilgan sotish shahobchalarida, shuningdek savdo tashkilotlari va bevosita tashuvchi orqali amalga oshiriladi.

Yo‘lkira kartochkasi bagajni bepul tashish huquqini bermaydi.

Yo‘lkira kartochkalari seriyalari, transport turlari bo‘yicha bo‘linadi va yo’lovchilarning barcha toifalari uchun, imtiyozli kartochkalar esa - pensionerlar, nogironlar, talabalar va o‘quvchilar uchun haqiqiy xisoblanadi.

Shahar transportida foydalaniladigan barcha seriya va turdagi yo‘l kartochkalari taksilar, Shahar, Shahar atrofidagi va Shaharalararo (viloyatlararo va xalkaro) yo‘nalishlar uchun haqiqiy hisoblanmaydi.
Transportda yurish shartlari

Yo’lovchilarni transportga chiqarish va undan tushirish faqat to‘xtab o‘tish manzillarida amalga oshirilishi mumkin. Yo‘nalishda «talabga ko‘ra» to‘xtash joylari mavjud bo‘lganda yo’lovchi avtotransport vositasini to‘xtatish zarurligi to‘g‘risida ma’lum qilishi kerak.

Yo‘nalishli yoki yo‘nalishsiz taksilar yo’lovchilarini va tushirish yo’lovchilar talabiga ko‘ra, yo‘llarda harakatlanish xavfsizligi qoidalariga rioya qilgan holda amalga oshiriladi.

Yo‘l kartochkasi yohud avtobusda yurish huquqini i boshqa hujjati bo‘lgan yo’lovchi uni avtobusga chiqish vaqtida ko‘rsatishi shart.

Shahardagi avtobus yo‘nalishlarida yo’lovchi etti yoshgacha bolalarni o‘zi bilan birga bepul olib yurish huquqiga ega. Maktabgacha yoshdagi bolali yo’lovchilar, homilador ayollar, nogironlar va keksa fuqarolar uchun avtobus salonida, uning yo’lovchi sig‘imiga qarab, 6 ta oldingi joylar ajratiladi. Ushbu joylarni egallagan boshqa yo’lovchilar ularni mazkur shaxslar uchun bo‘shatishlari kerak.

Haydovchi avtobusni to‘xtash joyidan faqat eshiklarni yopgan holda, yo’lovchilar to‘liq tushirib va chikarib bo‘lingandan so‘ng yurgizishi, bekatlarni aniq va to‘g‘ri e’lon qilishi, qatnov yo‘nalishi o‘zgargan taqdirda esa bu to‘g‘rida har qaysi bekatda e’lon qilishi shart. Avtobus salonini avtobusning muayyan turi uchun belgilangan umumiy sig‘imidan ortiqcha to‘ldirishga yo‘l qo‘yilmaydi.



Download 0.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling