Tashkil etish, axborotlarni izlash


Download 25.63 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana11.06.2022
Hajmi25.63 Kb.
#750574
  1   2   3
Bog'liq
1-Amaliy mashgulot AxTizimdan
пречени, Sistemi di database relazionali, Sistemi di database relazionali, Yakuniy nazorat docx tasviriy san'at TS 1, Internet tarixi, reley chizigi nozik strukturasini olchash metodi , reley chizigi nozik strukturasini olchash metodi , reley chizigi nozik strukturasini olchash metodi , Тех.мех fan dasturi 2018, 445 Т Буйрук кучириш..2020 й, Ekspert tizimlar, 3-seminar (1), 5А140202-Физика (йўналишлар бўйича), yogochga ishlov berish dastgohlari va asboblari , 2-topshiriq


AMALIY ISH № 1.
AXBOROT TIZIMLARIDA MA’LUMOTLARNI TASVIRLASH VA  
TASHKIL ETISH, AXBOROTLARNI IZLASH
Ishning maqsadi. Talabalarda tizim tushunchasi, uning turli ta’riflari bo‘yicha 
amaliy bilim va ko‘nikmalar hosil qilish.
Masalaning qo‘yilishi.  
1) tizim va uning asosiy turlarini o‘rganish;
2) tizimning turli ta’riflari 
bilan tanishish.
 
Qisqacha nazariy ma’lumotlar  
Hayotda tizim tushunchasi bilan bog‘liq juda ko‘p fizik hodisalar, juda ko‘p 
tabiiy va sun’iy jarayonlarni uchratish mumkin. Tizim tushunchasi ilmiy tushuncha 
bo‘lib, har bir olim uni o‘z tadqiqotlari maqsadidan kelib chiqib, turlicha talqin 
qilishgan va turlicha ta’riflashganlar. Hozirgacha tizim tushunchasi uchun aniq va 
yagona ta’rif berilmagan.
Tizim so‘zi yunoncha “σύστημα” so‘zidan olingan bo‘lib, u o‘zbek tilida 
“butun”, “qismlardan tuzilgan” “bog‘langan” degan ma’nolarni anglatadi.
Tizimlarni turli bеlgilarga ko‘ra turkumlarga ajratish mumkin. Umuman 
olganda, tizimlar moddiy yoki mavhum bo‘lishi mumkin (mavhum – inson ongi 
mahsuli).
Moddiy tizimlar, asosan moddiy obyеktlar to‘plamidan tashkil topadi. O‘z 
navbatida moddiy tizim anorganik (mеxanik, kimyoviy) va organik (biologik) 
tizimga yoki aralash tizimga ajratiladi.
Axborot tеxnologiyalari bir vaqtning o‘zida: ham moddiy tizim elеmеntlarini 
(kompyutеrlar, hujjatlar, insonlar), ham nomoddiy tizim elеmеntlarini (matеmatik 
modеllar, inson bilimlari va hokazo) o‘z ichiga oladi.
Tizimlar tuzilishi bo‘yicha oddiy yoki murakkab bo‘lishi mumkin. Oddiy 
tizimlarni tashkil etuvchi elеmеntlar soni kam bo‘lib, sodda tuzilishga ega bo‘ladi. 
Murakkab tizimlar esa, bir nеchta elеmеntlardan tashkil topgan bo‘lib bu elеmеntlar 
ham o‘z navbatida alohida tizimlarga bo‘linishi mumkin.
Vaqt davomida o‘zgarishga qarab tizimlar statik va dinamik turlarga ajratiladi. 
Statik tizimlar ma’lum vaqt oralig‘ida o‘z holatini saqlab qoladi. Dinamik tizimda 
esa, vaqt o‘tishi bilan holat o‘zgarib boradi.
Tashqi muhit bilan bo‘ladigan aloqasiga qarab ochiq yoki yopiq tizimlar 
bo‘lishi mumkin. Ochiq tizimlar tashqi muhit bilan faol aloqada bo‘ladi. Yopiq 
tizimlarning elеmеntlari esa tashqi muhitdan ta’sirlanmaydi.
Quyidagi jadvalda elementlari va asosiy maqsadi ko‘rsatilgan holda tizimlarga 
oid bir nechta misollar keltirilgan:



Download 25.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling