Tashkil etish


Download 411.76 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/4
Sana21.09.2023
Hajmi411.76 Kb.
#1683355
  1   2   3   4
Bog'liq
lug-at-ustida-ishlash-mashg-ulotlarida-mustaqil-ishlarni-tashkil-etish



SCIENTIFIC PROGRESS
VOLUME 2 ǀ ISSUE 6 ǀ 2021 
ISSN: 2181-1601
Uzbekistan
 
www.scientificprogress.uz
 
Page 1339
LUG‘AT USTIDA ISHLASH MASHG‘ULOTLARIDA MUSTAQIL ISHLARNI 
TASHKIL ETISH 
 
Nodiraxon Adxamjon qizi Erkaboyeva 
O‘zbekiston tumani 5-umumiy o‘rta ta’lim maktabi boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi 
Erkaboyevhusniddin9@gmail.com
 
 
ANNOTATSIYA 
Maqolada o‘quvchilarning bog‘lanishli nutqini o‘stirish, o‘zlashma so‘zlar 
ma’nosini tushunishda lug‘at ustida ishlash mashg‘ulotlarining ahamiyati haqida 
ta’kidlangan. Lug‘at ishini tashkil etish bo‘yicha boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari uchun 
amaliy ko‘rsatma va tavsiyalar berilgan.
Kalit so'zlar: og‘zaki nutq, so‘z ma’nosi, o‘zlashma so‘zlar, lug‘at ishi, 
etimologiya, orfogragik savodxonlik, orfoepik savodxonlik. 
ORGANIZATION OF INDEPENDENT WORK IN DICTIONARY 
WORKSHOPS 
 
ABSTRACT
The article highlights the importance of vocabulary training in developing 
students' connected speech and understanding the meaning of the words they are 
learning. There are practical guidelines and recommendations for elementary school 
teachers on how to organize vocabulary work.
Keywords: oral speech, word meaning, vocabulary, vocabulary, etymology, 
orthographic literacy, orthoepic literacy. 
Boshlang‘ich ta’lim bilimli, yetuk, komil insonlarni voyaga yetkazishda 
mustahkam poydevor bo‘lib xizmat qiladi. Ta’lim va tarbiyaning shu bosqichidan 
boshlab o‘quvchilar mustaqil, erkin fikrlashga o‘rgatiladi. O‘quvchilarning mustaqil 
fikrlash ko‘nikma va malakalarini shakllantirishda o‘quv rejada belgilangan barcha 
fanlar, shuningdek, ona tili, o‘qish darslari o‘zining maqsad va vazifalariga ko‘ra asosiy 
o‘rinni egallaydi. 
Umumiy o‘rta ta’limning boshlang‘ich sinflari o‘quv rejasidagi adabiyot fani – 
“O‘qish” predmeti og‘zaki va bog‘lanishli nutqini o‘stirishga, lug‘atini boyitishga, 
to‘g‘ri va ifodali o‘qishga o‘rgatish bilan ularda kitobxonlik va nutq madaniyatini 
hamda mustaqil fikrlash qobiliyatini shakllantirishga xizmat qiladi. Boshlang‘ich 
sinflardayoq o‘quvchilarning matnni o‘qish va uni tushunish darajasini aniqlash 
bo‘yicha Xalqaro tadqiqot metodlari (PIRLS) doirasida o‘qish savodxonligini 
rivojlantirishda mazkur fan muhim ahamiyatga ega. 


SCIENTIFIC PROGRESS
VOLUME 2 ǀ ISSUE 6 ǀ 2021 
ISSN: 2181-1601
Uzbekistan
 

Download 411.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling