Tashkilot hujjatlari va ularni tahlil qilish Tashkilotlar ish yuritishida hujjatlarni


Download 19.07 Kb.
Sana23.12.2022
Hajmi19.07 Kb.
#1044349
Bog'liq
7. TASHKILOT HUJJATLARI VA ULARNI TAHLIL QILISH


7. TASHKILOT HUJJATLARI VA ULARNI TAHLIL QILISH
Reja:

  1. Tashkilot hujjatlari

  2. Tashkilot hujjatlari va ularni tahlil qilish

  3. Tashkilotlar ish yuritishida hujjatlarni

Tashkilotlar ish yuritishida hujjatlarni tashkil etish bo‘yicha ichki meyoriy va uslubiy hujjatlarni ishlab chiqish va ularning hujjatlar bilan ishlash bo‘yicha faoliyatini o‘rganish.


tashkilotlar ish yuritishida hujjatlarni tashkil etish bo‘yicha ichki meyoriy va uslubiy hujjatlarni ishlab chiqish va ularning hujjatlar bilan ishlash bo‘yicha faoliyatini o‘rganish bo‘yicha ishlar quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
tashkilotning ish yuritish va arxiv ishini hamda idoraviy arxivni yalpi o‘rganish;
tashkilotlardagi arxiv ishi va ish yuritishni tashkil etish bo‘yicha konsalting xizmati ko‘rsatish;
tanlangan mavzu bo‘yicha idoraviy arxiv faoliyatining ayrim yo‘nalishlari va tashkilotning ish yuritish xizmatini o‘rganish va yanada takomillashtirish yuzasidan tashkilotga tavsiyalar, maslahatlar berish;
sohaviy va tarmoq (xujjatlarni saklov muddati kursatilgan) ro‘yxatlarini tuzish;
namunaviy, taxminiy va alohida yig‘majildlar nomenklaturasini tayyorlash;
ish yuritish bo‘yicha yo‘riqnoma ishlab chiqish;
tashkilotning idoraviy arxivi va ekspert komissiyasi to‘g‘risida nizomlarni ishlab chiqish;
davlat saqloviga topshirilishi lozim bo‘lgan hujjatlarning ro‘yxatini tayyorlash;
davlat saqloviga topshirilishi lozim bo‘lgan ilmiy-texnikaviy hujjatlar, loyihalar, muammolar (mavzu) ro‘yxatini tayyorlash;
tashkilotlarda O‘zbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondi hujjatlarining idoraviy saqlovini tashkil etilishi to‘g‘risida statistik hisobotlarni tuzish.
1.2. Xizmatning natijasi:
ko‘rsatilgan xizmat natijasida tashkilotlarga tegishli uslubiy ko‘rsatmalar beriladi va ichki meyoriy, uslubiy hujjat tayyorlab beriladi. Muddati - cheksiz.
1.3. Xizmat ko‘rsatuvchi organ va blanklar olish joyi:
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “O‘zarxiv” agentligi (keyingi o‘rinlarda Agentlik deb yuritiladi) tizimidagi xizmatlar nomenklaturasida mazkur xizmat turi kiritilgan davlat arxivlari.
1.4. Huqukiy asoslar:
O‘zbekiston Respublikasining 2010 yil 15 iyundagi “Arxiv ishi to‘g‘risida”gi Qonuni;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mhkamasining 1999 yil 12 yanvardagi “Ijro intizomini mustahkamlash to‘g‘risida”gi 12-son qarori;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mhkamasining 1999 yil 29 martdagi “O‘zbekiston Respublikasi davlat hokimiyati va boshqaruv organlarida ish yuritish va ijro nazoratini tashkil etish bo‘yicha normativ hujjatlarni tadiqlash haqida”gi 140-son qarori;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 30 oktabrdagi “Arxiv ishi bo‘yicha meyoriy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi 482-son qarori;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008 yil 26 avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasida arxiv ishini yanada rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 194-son qarori;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 5 apreldagi “O‘zbekiston Respublikasida arxiv ishini takomillashtirish to‘g‘risida”gi 101-son qarori;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 22 apreldagi “Arxivlarning asosiy ish turlari bo‘yicha vaqt va ishlab chiqarish namunaviy normalari to‘g‘risida”gi 100-son qarori;
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2014 yil 12 sentabrda 2615-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan “Arxivlar va idoraviy arxivlar tomonidan pulli asosda ko‘rsatiladigan xizmatlar nomenklaturasini tuzish va tasdiqlash tartibi to‘g‘risidagi Nizom”.
1.5. Xizmatni oluvchilar:
yuridik shaxslar (keyingi o‘rinlarda buyurtmachilar).
1.6. So‘rov taqdim etish muddati:
so‘rovlarni taqdim etish muddatlari, qoida tariqasida belgilanmaydi.
1.7. So‘rovni ko‘rib chiqish muddati:
rasmiy xatlar davlat arxiviga kelib tushgan kundan e’tiboran 15 kun ichida ko‘riladi;
qo‘shimcha o‘rganish va (yoki) tekshirish, qo‘shimcha hujjatlarni so‘rab olish talab etilganda esa 1 oygacha bo‘lgan muddatda ko‘rib chiqiladi;
so‘rovni ko‘rib chiqish muddati uzaytirilsa bu haqda murojaat etuvchiga xabar qilinadi;
takliflar davlat arxiviga kelib tushgan kundan e’tiboran bir oygacha bo‘lgan muddatda ko‘rib chiqiladi;
qo‘shimcha o‘rganishni talab etadigan takliflar bundan mustasno, bu haqda taklifni kiritgan yuridik shaxsga o‘n kunlik muddatda yozma shaklda xabar qilinadi.
2. Xizmat oluvchilarni xabardor qilish
2.1. Ma’lumot tarkibi va hajmi
har bir murojaat qilgan shaxsga quyidagi ma’lumotlar taqdim etilishi kafolatlanadi:
xizmat ko‘rsatuvchi organning joylashgan joyi, uning ish vaqti jadvali,
hujjatlarni qabul kilish tartibi;
xizmat olish uchun zarur bo‘lgan hujjatlar ro‘yxati;
arizani ko‘rib chiqilganligi uchun yig‘im to‘lash tartibi;
xizmat olish tartibi;
xizmat ko‘rsatish muddati;
xizmatning reglamenti mavjudligi va reglament bilan tanishish usullari.
2.2. Keng xabardor qilish:
tashkilotlar ish yuritishida hujjatlarni tashkil etish, ichki meyoriy va uslubiy hujjatlarni ishlab chiqish va ularning hujjatlar bilan ishlash bo‘yicha faoliyatini o‘rganish yuzasidan ma’lumotlarni Agentlikning rasmiy veb-saytidan (www.archive.uz) va davlat arxivlarining jismoniy va yuridik shaxslarni qabul qilish xonalari e’lonlar taxtasidan olish mumkin.
2.3. So‘rov bo‘yicha xabardor qilish:
xizmat oluvchi yoki uning vakili ma’lumot olish uchun quyidagi usullarda murojaat kilishi mumkin:
yozma ravishda: soat 9-00 dan 17-00 gacha bevosita yoki pochta aloqasi vositasi orkali amalga oshiriladi. Xat shakli, zarur ma’lumotlar tarkibi ko‘rsatilgan holda, ixtiyoriy ravishda tuziladi;
telefon orqali: soat 9-00 dan 18-00 gacha xizmat olish buyicha savollar yuzasidan og‘zaki xabardor qilish (5 daqiqadan ortiq bo‘lmagan xolda). Tushlik vaqti soat 13-00 dan 14-00 gacha;
elektron pochta orqali 9-00 dan 17-00 gacha (dushanbadan juma kunlarigacha) turli xil yozma (DOC, RTF, PDF) shaklda.

2.4. Xizmat ko‘rsatish joyida xabardor qilish:


manzil: 100043, Toshkent shahri, Chilonzor 2;
mo‘ljal: “O‘zbekfilm” kinostudiyasi binosi oldida;
jamoat transporti bekati: Chorsudan 84 va 103-son avtobuslar “Kinostudiya” avtobus bekati, "Milliy bog‘" metro bekati.
Foydalaniladigan xujjatlar blanklari (shakllari):
Agentlik tizimidagi tegishli davlat arxivi direktori buyrug‘i bilan tasdiqlangan shakl bo‘yicha shartnoma rasmiylashtiriladi.
3. Xizmat ko‘rsatish
3.1. Ish vaqti:
ish kunlari soat: 9-00 dan 18-00 gacha, dushanbadan jumagacha.
tushlik vaqti soat: 13-00 dan 14-00 gacha.
3.2. Kutish shartlari:
kelishuv asosida belgilanadi.
4.Xizmat ko‘rsatish tartibi
4.1.Zarur hujjatlar:
buyurtmachi davlat arxiviga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
rasmiy xat;
yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli;
tashkilot joylashgan joyi (pochta manzili);
bank muassasasining nomi va bankdagi hisob raqami;
yuridik shaxs tartibga keltirilishi mo‘ljallanayotgan hujjat turlari va miqdori xatta ko‘rsatilgan holda.
4.2. Xizmat to‘lovi:
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008 yil 26 avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasida arxiv ishini yanada rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 194-son qarori, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2014 yil 12 sentabrdagi 2615-son bilan davlat ro‘yxatiga olingan “Arxivlar va idoraviy arxivlar tomonidan pulli asosda ko‘rsatiladigan xizmatlar nomenklaturasini tuzish va tasdiqlash tartibi to‘g‘risidagi Nizom” hamda “O‘zbosharxiv” boshqarmasi va O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan 1999 yil 26 iyulda tasdiqlangan “Davlat arxiv jamg‘armasi hujjatlaridan foydalanish bo‘yicha ishlar va xizmatlar asosiy turlarining bahosi” Preyskurant U-18-04-71 III-qism (26.07.1999) va Agentlikning 2014 yil 2 fevraldagi 01-04/116-son ko‘rsatmasiga asoslangan holda ko‘rsatilgan tartibda to‘lov undiriladi.
To‘lov pul mablag‘larini davlat arxivlarining tegishli bank hisob raqamiga o‘tkazish yo‘li bilan quyidagi rekvizitlar buyicha amalga oshiriladi:
oluvchining nomi:
oluvchining xisob rakami:
oluvchining banki nomi:
oluvchining bank kodi:
shaxsiy xisob rakam:
STIR:
To‘lov maqsadi: tashkilotlarda ichki meyoriy va uslubiy hujjatlarni ishlab chiqish va ularning hujjatlar bilan ishlash bo‘yicha faoliyatini o‘rganish bo‘yicha davlat xizmatini amalga oshirganligi uchun to‘lov.
4.3. Davlat xizmatini ko‘rsatish bosqichlari:
davlat arxiviga taqdim etilgan hujjatlar 15 kun ichida ko‘rib chiqiladi;
murojaat buyicha davlat xizmati ko‘rsatish uchun shartnoma tuzish yoki rad etish to‘g‘risida rasmiy javob beriladi;
davlat xizmatini ko‘rsatish uchun shartnoma tuzish to‘g‘risida qaror qilinganligi yuzasidan buyurtmachiga bank hisob raqami rekvizitlari, davlat boji to‘lash muddati, xizmat turi va bajarish shartlari ko‘rsatilgan holda yozma shaklda shartnoma imzolash uchun (topshiriladi) yuboriladi.
4.4. Davlat xizmatini ko‘rsatish bo‘yicha ichki idoraviy jarayon:
jarayon: buyurtmachining barcha zarur hujjatlar bilan so‘rov qabul qilib olingan kundan davlat arxivi rahbariyati tomonidan tegishli bo‘limga ko‘rib chiqish uchun kiritiladi.
jarayon: kelib tushgan hujjatlar ro‘yxatga olinganidan so‘ng, davlat arxivi rahbariyati uch kun muddatda tegishli bo‘lim xulosasi asosida xizmat ko‘rsatish yoki rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
4.5. Rad etish asoslari:
xizmat ko‘rsatishni rad etish uchun quyidagilar asos bo‘ladi:
buyurtmachi hujjatlarni o‘rnatilgan tartibda rasmiylashtirmay taqdim etishi;
taqdim etgan hujjatlarda noto‘g‘ri yoki buzib ko‘rsatilgan ma’lumotlarning mavjudligi;
hujjatlarni tartibga keltirish to‘g‘risidagi shartnoma talablari va shartlariga nomuvofiqligi;
boshqa asoslarga ko‘ra shu jumladan, tashkilotlar ish yuritishida hujjatlarni tashkil etish, ichki meyoriy va uslubiy hujjatlarni ishlab chiqish, ularning hujjatlar bilan ishlash bo‘yicha faoliyatini o‘rganish maqsadga muvofiq emas degan vaj bilan xizmat ko‘rsatishni rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi;
buyurtmachi davlat arxivining xizmat ko‘rsatishni rad etish to‘g‘risidagi qarori ustidan, shuningdek mansabdor shaxsning harakati (harakatsizligi) ustidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilishga haqli;
xizmat ko‘rsatishni rad etilishi to‘g‘risida qaror qabul qilingan taqdirda rad etish to‘g‘risidagi bildirishnomada buyurtmachiga rad etishning aniq sabablari, ko‘rsatib o‘tilgan kamchiliklar bartaraf etish bo‘yicha hujjatlarni takroran ko‘rib chiqishga taqdim etishi uchun yetarli bo‘lgan muddat ko‘rsatilgan holda yozma shaklda yuboriladi (topshiriladi). Xizmat ko‘rsatishni rad etish haqidagi xabarnomada ko‘rsatilgan muddat kamchiliklarni bartaraf etish uchun zarur bulgan vaqtga mutanosib bo‘lishi kerak.
Buyurtmachi xizmat ko‘rsatishni rad etilishiga asos bo‘lgan sabablarni bartaraf etgan taqdirda, hujjatlarni takroran ko‘rib chiqish buyurtmachining so‘rovi barcha zarur hujjatlar bilan birgalikda olingan kundan boshlab un kundan ortiq bo‘lmagan muddatda ko‘rib chiqiladi.
Buyurtmachining so‘rovi qayta ko‘rib chiqilgan taqdirda xizmat ko‘rsatishni rad etish to‘g‘risidagi bildirishnomada ilgari ko‘rsatilmagan yangi asoslar bo‘yicha rad etilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
5. Sifatni ta’minlash
5.1. Sifatsiz xizmat ustidan shikoyat kilish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 5 apreldagi “O‘zbekiston Respublikasida arxiv ishini takomillashtirish to‘g‘risida”gi 101-son qarori; O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2014 yil 12 sentabrdagi 2615-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan “Arxivlar va idoraviy arxivlar tomonidan pulli asosda ko‘rsatiladigan xizmatlar nomenklaturasini tuzish va tasdiqlash tartibi to‘g‘risidagi Nizom”ga muvofiq buyurtmachi davlat arxivini xizmat ko‘rsatishni rad etish to‘g‘risidagi qarori ustidan, shuningdek davlat arxivi mansabdor shaxsining harakati (harakatsizligi) ustidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilishga haqli.
Download 19.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling