Tashqi iqtisodiy faoliyat statistikasi


Download 9.67 Kb.
bet1/4
Sana17.05.2022
Hajmi9.67 Kb.
#676310
  1   2   3   4
Bog'liq
Tashqi iqtisodiy faoliyat statistikasi-fayllar.org
Реферат Русский язык в мире, задания 9а, 2 5269681545114815019, 1esap, Hujjat

Tashqi iqtisodiy faoliyat statistikasi

TASHQI IQTISODIY FAOLIYAT STATISTIKASI

Reja:


  • 1. Tashqi iqtisodiy faoliyat to’g’risida tushuncha

  • 2. Tashqi iqtisodiy faoliyatni tavsiflovchi ko’rsatkichlar

  • 3. Milliy hisoblar tizimida tashqi iqtisodiy faoliyat statistikasi

1. Tashqi iqtisodiy faoliyat to’g’risida tushuncha


  • Tashqi iqtisodiy aloqa - bu turli mamlakatlar o’rtasidagi iqtisodiy munosabatlar bo’lib, iqtisodiy naf ko’rish maqsadida olib boriladi. Bu munosabatlar quyidagi shakllarda bo’ladi:

  • xalqaro savdo-sotiq;

  • ishlab chiqarish kooperatsiyasi;

  • kapital migratsiyasi;

  • ishchi kuchi migratsiyasi;

  • o’zaro to’lovlar va hisob valyuta operatsiyalari va boshqalar.

  • Savdo-sotiq xalqaro iqtisodiy munosabatlarda etakchi o’rinda turadi va bu jahon bozorida o’z ifodasini topadi.

  • Bugungi kunda jahon savdosiga faqatgina yuqori o’sish sur’atlarigina emas, balki tarmoq va hududiy tuzilishidagi o’zgarishlar ham xosdir. Bu o’zgarishlarni ikkita holat bilan izohlash mumkin.

  • Birinchidan, xalqaro savdo tarkibida xom ashyo, yonilg’i, oziq-ovqat mahsulotlarining hissasi kamaymoqda. Ilm talab sohalarining mahsulotlari va xizmatlarining hissasi esa ortib bormoqda.

  • Ikkinchidan, tayyor mahsulotlar va xizmatlar bozoridagi o’rinlar nisbati o’zgarmoqda. Jahon yalpi eksportida AQSh hissasining pasayishi va aksincha, Yaponiya, Germaniya, yangi industrial davlatlar hamda ayrim rivojlanayotgan davlatlar hissalarining ortib borishida namoyon bo’lmoqda.

Ishlab chiqarishning xalqaro kooperatsiyalashuvi xalqaro mehnat taqsimotining asosiy rivojlanish yo’nalishlaridan hisoblanadi. Bunday kooperatsiyaning asosi bo’lib ishlab chiqarish kuchlarining o’sish darajasi va mamlakat ichida yoki tashqarisida bo’lishidan qat’iy nazar alohida korxonalar o’rtasida barqaror xo’jalik aloqalarining shakllanishidir.


  • Ishlab chiqarishning xalqaro kooperatsiyalashuvi xalqaro mehnat taqsimotining asosiy rivojlanish yo’nalishlaridan hisoblanadi. Bunday kooperatsiyaning asosi bo’lib ishlab chiqarish kuchlarining o’sish darajasi va mamlakat ichida yoki tashqarisida bo’lishidan qat’iy nazar alohida korxonalar o’rtasida barqaror xo’jalik aloqalarining shakllanishidir.

  • Xalqaro iqtisodiy aloqalarda davlatlararo kapital migratsiyasi, uni taqsimlash barqaror o’sishni faol omili bo’lib xizmat qiladi. Iqtisod baynalmilallashgan sari kapital faoliyati milliy doiradan chiqib xalqaro mazmun kasb etadi. Mamlakatlararo kapital eksporti yuz beradi.

Download 9.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling