Tashqi iqtisodiy faoliyat va savdo statistikasi Boshqarmasi Quyidagilar Boshqarmaning asosiy vazifalari hisoblanadi


Download 159.64 Kb.
Pdf ko'rish
Sana15.03.2020
Hajmi159.64 Kb.
background image
Tashqi iqtisodiy faoliyat va savdo statistikasi Boshqarmasi 

Quyidagilar Boshqarmaning asosiy vazifalari hisoblanadi: 

 

Respublikada  tashqi  iqtisodiy  faoliyat  va  savdo  sohasida  sodir  bo`layotgan  ijtimoiy-



iqtisodiy jarayonlarni kuzatish va rasmiy statistika ko`rsatkichlarini shakllantirish; 

 

 



tashqi  iqtisodiy  faoliyat  va  savdo  statistikasi  sohasida  respublikaning  milliy 

xususiyatlarini  inobatga  olgan  holda,  jahon  standartlari  va  qoidalariga  mos  keladigan,  ilmiy 

asoslangan uslubiyotni ishlab chiqish va amaliyotga tadbiq etish;

 

 



tashqi  iqtisodiy  faoliyat  va  savdo  statistikasi  axborotlarini  tayyorlashda  statistika 

ko`rsatkichlarining ishonchliligi, haqqoniyligi, tezkorligi va tizimliligini ta`minlash;

 

 

tashqi  iqtisodiy  faoliyat va savdo statistikasi axborotlarini  yig`ish, qayta  ishlash, taqdim 



etish, umumlashtirish va saqlash tizimini takomillashtirish;

 

 



O`zbekiston  Respublikasining  asosiy  makroiqtisodiy  ko`rsatkichlarini  hisoblash  uchun 

zarur bo`lgan tashqi iqtisodiy faoliyat va savdo statistikasi ko`rsatkichlarini tayyorlash;

 

 

Davlat  statistika  ishlari  dasturida  belgilangan  vazifalarni  Boshqarma  faoliyatiga  tegishli 



qismlarini to`liq va sifatli bajarilishini ta`minlash.

 

Boshqarma  o`ziga  yuklangan  vazifalarni  bajarish  uchun  quyidagi  funktsiyalarni 



amalga oshiradi:  

 

Tashqi iqtisodiy faoliyat va savdo statistikasi axborotlarini tayyorlash bo`limining o`ziga 



yuklatilgan  vazifa  va  funktsiyalarini  samarali  amalga  oshirish  bo`yicha  faoliyatini  tashkil  etadi 

va muvofiqlashtiradi;

 

 

tashqi  iqtisodiy  faoliyat  va  savdo  statistikasi  sohasidagi  davlat  statistikasi  hisobotlarini, 



ularni to`ldirish bo`yicha tushuntirishlar ishlab chiqadi va takomillashtiradi;

 

 



tashqi  iqtisodiy  faoliyat  va  savdo  statistikasi  hisobotlari  asosida  rasmiy  statistika 

ma`lumotlar bazasini yaratish va yagona axborot hududini tashkil etish ishlarini amalga oshiradi;

 

 

statistika to`plamlari va ma`ruzalarga tashqi iqtisodiy faoliyat va savdo statistikasiga oid 



ma`lumotlarni tayyorlaydi; 

 

 



rahbariyat  topshiriqlari  asosida  tashqi  iqtisodiy  faoliyat  va  savdo  statistikasiga  oid  bir 

martalik ma`lumotlarni tayyorlaydi; 

 

 

tashqi  savdo  statistikasini  shakllantirishda  Davlat  bojxona  qo`mitasi  bilan  hamkorlikni 



ta`minlaydi;

 

 



xalqaro 

tashkilotlar 

bilan 

hamkorlikda 



olib 

boriladigan 

statistika 

ishlarini 

takomillashtirish loyihalarida ishtirok etadi;

 

 



Boshqarma  vakolatiga  kiradigan  masalalar  bo`yicha  tizimlashtirilgan  elektron 

ma`lumotlar  bazasining  yaratilishi  va  yuritilishini,  uning  muntazam  ravishda  to`ldirilib  va 

yangilanib borilishini ta`minlaydi;

 

background image


 

Boshqarmaga tegishli metodologiya, iqtisodiy, tashkiliy va statistika ishlari rejasini tuzish 



va belgilangan muddatlarda ularni bajarilishini ta`minlaydi.

 


Download 159.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling