Tashqi ishlar vazirligi jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti


Download 30.18 Kb.
Sana14.11.2020
Hajmi30.18 Kb.
#145797
Bog'liq
Mantiqda baxs


TASHQI ISHLAR VAZIRLIGI


JAHON IQTISODIYOTI VA DIPLOMATIYA UNIVERSITETI

“ Xalqaro munosabatlar “ fakulteti

“ Ijtimoiy siyosiy fanlar “ kafedrasi

Qayta topshirishga ruhsat etildi


Professor o’qituvchi: Farmonov R
----------------------------------------
----- “ -------- 2020 y

Mavzu: Mantiq fanining bahs mavzusi va ahamiyati

Bajardi:

JAHON IQTISODIYOTI VA DIPLOMATIYA UNIVERSITETI
“ Xalqaro munosabatlar “ fakulteti 2 kurs talabasi
Hamdamov Botir Zokir O’g’li



Qayta topshiruv tahliliy ishi kafedra dastlabgi himoyasidan o’tdi
------ sonli bayonnoma “----“ ------ 2020 y

Toshkent – 2020




Mavzu: Mantiq fanining bahs mavzusi va ahamiyati

Reja:



Kirish
1 Mantiq fanining vujudga kelishi


2 Mantiq fanida bahs mavzusi


3 Mantiq fanida bahs ahamiyati

Hulosa




Mantiq fan sifatida miloddan avvalgi IV asrda Qadimgi Gretsiyada vujudga kelgan bo‘lib, u yerda bu fan «logika» nomi bilan yuritilgan. Dastlab logika grekcha – «logos», ya’ni «so‘z», fikr», aql», «qonuniyat» degan ma’nolarni anglatgan. «Logika» tushunchasini ilmiy atama sifatida birinchi bor Demokrit o‘zining «Mantiqiylik yoki qoidalar haqida» asarida muomàlaga kiritgan O‘zbekcha «mantiq» so‘zi esa arabchadan kelib chiqqan bo‘lib, «tafakkur shakli va qonunlari haqidagi fan»ni anglatadi. Bu o‘rinda yana shuni aytish mumkinki, hozirgi zamon ilmiy muloqotida «mantiq» atamasining mazmuni ancha boyigan bo‘lib, u turli ma’nolarda ishlatiladi. Chunonchi, «mantiq» atamasi bilan narsa va hodisalar taraqqiyotidagi o‘zaro bog‘lanish yoki tafakkur yordami bilan vujudga keladigan tushunchalar aloqasi va bog‘lanishi ifodalanadi. Agar so‘z narsalarning tartibi, bog‘lanishi, izchilligi xususida borsa –obyektiv mantiq, aksincha, fikrlar bog‘lanishi, izchilligi, asoslanganligi, tafakkurningtaraqqiyoti va qonuniyatlari haqida boradigan bo‘lsa, tafakkur mantig‘i yoki subyektiv mantiq tushuniladi. Shuningdek, Mantiq deyilganda, tafakkur qonunlari va shakllarini o‘rganuvchi fan ham tushuniladi. Bizning ham keyingi mulohazalarimizda aynan shu ma’nodagi mantiq haqida so‘z boradi. Mantiq ilmining asoschisi Arastu hisoblanib, u o‘zigacha mavjud bo‘lgan mantiqqa oid barcha bilimlarni tartiblashtirgan va o‘zi yaratgan yangi ta’limotlar bilan boyitib, muayyan tizim darajasiga ko‘tara olgan mutafakkirdir. Tafakkurning shakl va qonunlarini o‘rganuvchi mazkur ilmni fan tarixida formal mantiq yoki an’anaviy mantiq, yoxud Arastu mantig‘i deb ham atashadi. Fan taraqqiyotida formal mantiq bilan birga yana dialektik mantiq hamda matematik mantiq va uning negizidaintuitsionistik mantiq, konstruktiv mantiq, modal mantiq kabi mantiqning yangi tarmoqlari paydo bo‘lib, rivojlana bordi. Mazkur yangi tarmoqlarning rivojlanishi natijasida an’anaviy mantiq ilmiga matematik usul va ramziy belgilarning kirib borishi tobora kuchayib bordi. Bu esa Arastu yaratgan mantiqning dialektik mantiq yoki matematik mantiq kabi boshqa yangi paydo bo‘lgan tarmoqlardan ajralib qolishiga olib kelgani yo‘q, aksincha, hozirgi kunda formal mantiq yanada rivojlanib, o‘zining maxsus formallashgan tili, muayyan metod va usullariga ega bo‘lgan fan sifatida o‘z ahamiyatini oshirib bormoqda va buning isbotini mazkur fanning oliy ta’lim tizimida mustaqil kurs sifatida o‘qitilishida yaqqol ko‘rishimiz mumkin. Mantiq fanining o‘rganish obyekti tafakkur hisoblanadi.Tafakkurni esa, o‘z navbatida, falsafa, psixologiya, kibernetika kabi boshqa ko‘pgina fanlar ham o‘rganadi. Falsafatafakkurning borliqqa, dunyoga bo‘lgan munosabati bilan shug‘ullanadi. Shu ma’noda falsafa inson ongi, tafakkuridagi dunyo to‘g‘risidagi bilimlar, qarashlar tizimini o‘rganishi bilan kishilarning dunyoqarashi haqida ta’lim beradi. Fiziologiyatafakkurning tabiiy asosini, ya’ni inson miyasi faoliyatidagi fikrlash jarayonining mexanizmini tahlil qiladi. Fiziologik jarayonsiz inson miyasida sezish, idrok, tasavvur, xotira,xayol, hissiyot, fikrlash kabi hech qanday jarayon yuz bermaydi. Psixologiyaesa tafakkurning normativ rivojlanishi, uning vazifalarini boshqa ruhiy holatlar (sezgi, idrok, tasavvur, xotira, xayol, diqqat va shu kabilar) bilan aloqasini inson faoliyatining natijasi sifatida o‘rganadi. Psixologiya (ruhiyat) fikrlashning taraqqiyoti, yuzaga kelish qonuniyatlarini, turli bosqichlardan iborat ruhiy jarayonlarning aloqasini o‘rganadi. Demak, u ruhiyat tafakkurini jarayon sifatida o‘rganish bilan birga, undagi boshqa ruhiy holatlarni, ongli va ongsiz bosqichlarniham o‘rganadi. Mantiq esa boshqa fanlardan farqli o‘laroq, tafakkurning shakl va qonunlarini o‘rganadi. Demak, mantiq, ya’ni biz o‘rganayotgan formal mantiq– tafakkurning shakllari va qonunlarini o‘rganuvchi fan sifatida bilish jarayoni bilan bog‘liq masalalarni ham tahlil qiladi. Shu o‘rinda insonning bilish jarayoni o‘z mohiyati va tabiati jihatidan o‘zaro farq qiluvchi ikki bosqichdan iborat ekanligini ko‘rsatib o‘tish maqsadgamuvofiq bo‘ladi. Dastavval inson dunyoni sezgi, idrok, tasavvur kabi hissiy bilish shakllariorqali taniydi. Keyingi bosqich aqliy bilish bilan bog‘liq bo‘lib, u tafakkurning tushuncha, hukm va xulosa kabi shakllarida namoyon bo‘ladi. Yuqorida ta’kidlanganidek, hissiy bilishning asosiy shakllari uchta bo‘lib, ular sezgi, idrok va tasavvurdir. Hissiy bilishning bu uch zaruriy ko‘rinishi muhim xususiyatlarga ega. Sezgilarolam narsalarining ayrim tomonlarini aks ettiradi. Chunonchi, olamni sezgilar vositasida aks ettirganimizda uning ba’zi tomonlari sariq, qizil, ko‘k rangda ekanligi, dumaloqligi ko‘z o‘ngimizda gavdalanadi. Idroksezgiga nisbatan ancha murakkab bo‘lib, u sezish asosida vujudga keladi. Idrokda predmetlarning ayrim xossalari emas, balki butun holi aks etadi. Masalan, daraxtni ko‘rganimizda uning qanday bargliligi, qaysi daraxt turiga mansubligi, mevalimi, mevasizmi va shu kabilar haqida o‘ylasak-da, lekin u baribir tasavvurimizda yaxlit holda, ya’ni faqat daraxt sifatida aks etadi. Hissiy bilishning yuqori bosqichi – tasavvur. Tasavvur – narsalar va narsalarning xususiyatlarini bevosita ular bilan bog‘liq holda aks ettirish. Tasavvurda kishining olam voqea-hodisalari bilan hissiy bog‘lanishi bir qadar vositali, ya’ni tafakkur yordamida amalga oshadi. Chunonchi, eng yaqin do‘stingiz yoki ota-onangizni tasavvur qilganingizda ularning barcha jihatlari – yuz tuzilishi, rangi, xatti-harakatlari, bo‘yining past-balandligi, yurish-turishi va boshqa tomonlari xotirangizda gavdalanadi. Demak, tasavvur hissiy bilishning shunday ko‘rinishiki, unda biz narsalar bilan nafaqat odatdagidek (sezgi va idrokdagidek) hissiy munosabatda bo‘lamiz, balki aql, xotira kabi ong turlari vositalari bilan ham bog‘lanishda bo‘lamiz. Hissiy bilish orqali biz narsa va hodisalarning bevosita tashqi ko‘rinishi, xususiyatlari hamda tashqi aloqalarini bilamiz. Biroq ular bizga narsalarning mohiyati, ichki bog‘lanishi, rivojlanishqonunlari va zaruriy bog‘lanishlarini ochib bera olmaydi. Biz bunga tafakkur va aqliy bilish orqali erishamiz. Hissiy bilish va sezgilar inson bilishining quyi bosqichini tashkil qilsa, bu bosqich asosida, ijtimoiy mehnat jarayonida ikkinchi yuqori bosqich – aqliy bilish, ya’ni «tafakkur» paydo bo‘ladi. Sezgilar orqali obyektiv reallikdan olingan ma’lumotlarni qayta ishlash, ularning munosabatlari hamda ichki xususiyatlarini aniqlash, muhim va asosiy tomonlarini ajratib olish, qonuniyatlarini ochish aqliy bilish – tafakkurda amalga oshiriladi. Hissiy va aqliy bilish inson bilishining o‘zaro bog‘langan ikki bosqichi bo‘lib, biri ikkinchisisiz namoyon bo‘lmaydi. Tafakkurning shakllarida namoyon bo‘luvchi aqliy bilish hissiy bilishdan quyidagi xususiyatlari bilan farqlanadi: tabiatidan mavhumlashtirib, uning muhim belgilarini nomuhimlaridan ajratib, umumlashgan obrazlar shaklida aks ettiradi. Masalan, huquqshunoslikda davlat deganda, tafakkurda o‘ziga xos alohida takrorlanmas belgilarga ega bo‘lgan aniq bir davlat emas, balki barcha davlatlar uchun xos bo‘lgan umumiy va muhim belgilari umumlashtirilib, majburlash vositasi va usullariga ega bo‘lgan, jamiyatni boshqaruvchi siyosiy tashkilot sifatidagi mavhumlashgan obraz yaratiladi. Ikkinchidan,tafakkur voqelikni faqatgina sezgilar orqali emas, balki muayyan tajriba va bilimlar orqali chuqurroq bilishdir. Masalan, jinoyatni bevosita kuzatmasdan, mavjud dalillarga asoslanib, jinoyatning tabiati haqida xulosa chiqarish mumkin. Uchinchidan,inson aqlida hosil bo‘lgan har qanday fikr faqat tilda (so‘z va gaplar shaklida) o‘z moddiy ifodasini topishi mumkin. To‘rtinchidan,tafakkur voqelikni ijodiy va faol aks ettiruvchi jarayondir. Tahlillarimizdan ko‘rinib turganidek, tafakkur– bilishning yuqori bosqichi bo‘lib, unda narsa va hodisalar hamda ular o‘rtasidagi umumiy, muhim bog‘lanishlar nomuhimlaridan ajratilib, mavhumlashtirilgan holda tushuncha, hukm va xulosalarda aks ettirilib, tilda namoyon bo‘ladi. Lekin shu o‘rinda tafakkurning muhim belgilarini hamda hissiy bilishning sezgi, idrok va tasavvur kabishakllaridan farqini ajratib ko‘rsatish shartligini, albatta, ta’kidlab o‘tish zarurdir. Chunki real bilish jarayonida hissiy bilish ham, tafakkurning shakllari ham bilish jarayonining ajralmas ikki tomoni sifatida namoyon bo‘ladi. Jumladan, hissiy bilish aqliy bilishga o‘tish uchun asos yaratib bergani singari, tafakkur ham qanchalik katta ahamiyatga ega bo‘lmasin, sezgi organlaridan olingan ma’lumotlarga bevosita suyangan holdagina harakat qila oladi. Yuqoridagi tahlillardan ma’lum bo‘lishicha, bilish aslida hissiy va aqliy bosqichlardan iborat bir butun jarayon bo‘lib, uning dialektik birligini falsafa o‘z bahs mavzui doirasida tahlil qiladi. Lekin biz formal mantiq fanida bilish jarayonininq barcha jihatlarini emas, balki uning aqliy bilish bosqichi bilan bog‘liq bo‘lgan jihatini, ya’ni tafakkurning shakl va qonunlari doirasida o‘rganishni o‘z oldimizga maqsad qilib qo‘ydik. Tafakkurning aynan shu o‘ziga xos jihatlarini mazkur kursda o‘rganib chiqishga harakat qilamiz.
„Mantiqning ,,bahs“ mavzusi nima, u qanday muammolarni o‘z ichiga oladi“, degan savollarga o ‘tgan uch ming yil davomida hammaga ma’qul bo'ladigan yagona javob topilgan emas. Bu savollarga har bir tarixiy davrda berilgan javoblar inson bilimlarining o‘sha davrdagi darajasi va imkoniyatlari chegarasida bolgan.

Qadimgi Xitoyda Konfutsiy, birinchilardan bo‘lib, ,,bahs“ mavzusi masalasini ancha mukammal yoritib berdi. Konfutsiy yashagan davrda falsafa kishilaming borliq haqidagi barcha bilimlarini o‘z ichiga olgan edi. Bu bilimlar tizimida inson, uning mohiyati, hayoti masalasi asosiy o ‘rin olgan. Konfutsiyning „bilish— insonni bilishdir", fikri qadimgi Xitoy falsafasining bosh mavzusini ifodalaydi. Uning: „Inson o ‘z mohiyatini axloqiy fazilatlar va ma’naviyat asosida namoyon etadigan jonzotdir"; „agar axloq zaiflashsa, insonda tabiiy ehtiyojlar ta’siri kuchayadi, unda odamlar jamoasini hayvonlar podasidan ajratib bo‘lmay qoladi“; „Inson har ishida, xatti-harakatida, har so‘zida boshqalar oldidagi burchi va mas’uliyatini bilishi — axloqdir“; „dunyoni odam jannat qiladi“; „agar yerdagi hayot yomon bo'Isa, inson osmonga emas, qalbiga murojaat qilishi kerak“; „axloqli odam о ‘ziga ravo ko‘rgan narsani boshqalarga ham ravo ko‘radi“; „komil inson hammaga bir xil munosabatda bo'ladi, odamlardan yaxshi fazilatlarni o‘rganadi, yaxshilikka intiladi, hammani teng ko‘radi, biror xatoga yo‘l qo‘ysa, avval o ‘zini ayblaydi“, degan fikrlari qadimgi Xitoy falsafasi asosida yotgan ma’naviy qadriyatlardir. Konfutsiy millat, mamlakat taraqqiyoti negizida yotgan uch asosiy ma’naviy omilni, ya’ni Xitoy xalqi milliy g‘oyasining asoslarini ham yaratib berdi. Bu — ,,0‘tmishga hurmat, mustahkam oila, odamlar o‘rtasida melir-muruvvat, rahm-shafqat“, degan fikrlardir. Bular jamiyat hayoti va taraqqiyotini mukammal anglashga imkon beradigan falsafiy g‘oyalardir.Buddachilik falsafasida ham hammaga yaxshilik qilish, nafratga, g‘azabga berilmaslik, shafqatsizlik, adolatsizliklarga yo‘l qo‘ymaslik — inson hayotining asosiy mohiyati sifatida qaraladi.. Xalq maqollarida ifodalangan: „Achchiq savol berib, shirin javob kutma“; „birovga kesak otsang, u senga tosh otadi“ ; „yomonni yaxshi qilganqarab oyoq uzat“, degan so‘zlar, donolarning hikmatlari, diniy g‘oyalarda (masalan, Hadislarda) aytilgan: „Kim yaxshilikka boshlasa, uni ustoz deb bil“; „yaxshi odam yaxshilik qilishi bilan yaxshi“; ,,o‘zingga ravo ko'rganni boshqalarga ham ravo ko‘r “; „amirning sovg‘a olishi harom, qozining pora olishi esa dindan chiqishdir“ kabi fikrlar inson hayoti, insoniy munosabatlarning ko‘p yillik tajribasini o ‘rganish va umumlashtirishdan kehb chiqqan xulosalardir. Bular o ‘tgan davrlar sabog‘igina bo‘lib qolmay, balki inson ma’naviy kamoloti, jamiyat taraqqiyotini belgilab beradigan ma’naviy omillar hamdir. Bu maqollar, hikmatlarda hayot haqiqati, uning saboqlari o ‘zining chuqur mantiqiy ifodasini topgani uchun hozir ham o‘z ahamiyatini yo‘qotgani yo‘q.Sharq she’riyatida ham hayot voqeligi saboqlarini о’rganish va insonparvarlik qadriyatlari asosida umumlashtirishdan kelib chiqqan, kishilar o ‘z hayotiy maqsad va manfaatlarini oqilona amalga oshirishiga imkon beradigan teran falsafiy g‘oyalar katta o‘rin olgan. Firdavsiy, Xusrav Dehlaviy, Bedil, Navoiy, Jomiy, Bobur, Mashrab, Furqat, Muqimiy she’rlarini o‘qigan odamlar ulardagi ajoyib qofiyalar jarangdorligiga e’tibor beribgina qolmay, har bir misrada ifodalangan teran fikrlardan ibrat oladilar, o'ylaydilar, mulohaza qiladilar.
Alisher Navoiyning: „Odami ersang demagil odami, Oningkim yo‘q erur xalq g‘amidin g ‘ami , Muqimiyning: „Charxi kajraftorning bir shevasidan dog'man, Ayshni nodon surib, kulfatni dono tortadur “.Ushbu misralarda asrlar davomida insonlar faoliyatiga ta’sir etib kelgan g'oyalar o‘z aksini topgan. Demak, mantiq ma’naviyatli inson hayoti va aqliy salohiyatining ajralmas tarkibiy qismidir. „Qari bilganni pari bilmas“, degan hikmatli so‘zda ham keksa odamlar hayotda ko‘p narsa ko'rgani uchun chuqur xulosalar qilish imkoniga ega ekani ko'rsatilgan.Mantiq Sharqda ,,hikmat“ so‘zi bilan ma’nodosh ifodalanib, bu — dono, hayotiy, ibratli fikrlar, ilmiy umumlashmalar, degan ma’noni anglatadi. Shu ma’noda olib qaraganimizda, mantiq asosida insoniyatning amaliy faoliyati, fan, madaniyat rivoji natijalariga tayanib borliqni yaxlit, mukammal bilishga, yangicha, mustaqil fikrlaydigan insori shaxsini tarbiyalashga intilish yotgan. Bu davrda mantiqning о ‘zi ham aniq bir fan sifatida shakllanmagan edi

Qadimgi yunon faylasuflaridan biri Pifagor ,,donolik“ so‘zini birinchi marta Xudoga nisbatan qo'llagan. Uning fikricha, donolik Xudoning xususiyatidir. Odamlar esa, donolikni sevish fazilatiga ega. Arastu bo‘lsa, mantiqni borliq haqidagi umumiy bilimlar tahlili sifatida ifodalagan. U borliq haqidagi bilimlarning umumiy prinsiplarini, ya’ni kategoriyalarini yaratishga, konkret fanlar bergan bilimlarni mantiqiy kategoriyalardan farqlashga harakat qildi. Shundan keyin mantiq boshqa fanlardan farq qiluvchi, borliq haqida yaxlit bilimlar hosil qiluvchi mustaqil fan sifatida qarala boshlandi. Olamni bilishning tajribaga asoslangan usullari hali shakllanmagani sababli, olimlar bir-biriga qarama- qarshi fikrlar, muammolarni qo‘yib, shular ustida bahs uyush- tirganlar. Bahs natijasida muhokama etilgan qarama-qarshifikrlarning biri inkor etilib, ikkinchisi tasdiqlanmagan, balki shu ikki fikrning ijobiy, tan olingan, mantiqiy isbotlangan tomonlari bir-biri bilan qo'shilib, yangi xulosaga kelingan. Bahs yo'li bilan haqiqatni izlash, har qanday muxolif fikrlar, qarashlarga nisbatan bag‘rikenglik asosida munosabatda bo'lish, mantiqiy bahslar madaniyati mezonining asosiy shartlaridan biri hisoblangan.Qadimgi Yunonistonda mantiqning bahs mavzusiga munosabat har doim bir xil bo'lmagan. Shundan keyin falsafaning bahs mavzusi muammolari doirasiga inson mohiyati va ehtiyojlari bilan bog'langan borliq va yo'qlik, materiya va uning shakllari, inson ongli faoliyati, erki, irodasi bilan bog'liq bo'Igan insoniy munosabat masalalari kirib keldi.O'rta asrlarga kelib, Yevropada mantiq borliq, inson, insoniy munosabatlar masalasini dunyoviy jihatdan o'rganishdan ancha uzoqlashib ketdi. 1500-yil davomida Yevropa faylasuflari asosan Xristian dini aqidalarini nazariy asoslash bilan shug'ullandilar. Bu davrda inson hayoti, jamiyat muammolarini dunyoviy jihatdan o'rganish, deyarli e’tibordan chetda qolib ketdi.



Forobiyning fikricha, mantiq muayyan narsalar va hodisalarni emas, balki ular haqidagi bilimlarni umumlashtirish bilan shug'ullanadi. Bu jarayonni u uch bosqichga bo'ladi. Birinchi bosqich — narsalar, hodisalar haqida bilim hosil bo‘lishi, ikkinchi bosqich — shu bilimlar inson miyasida umumlashtirilishi, uchinchi bosqich —-shu umumlashmalar asosida „miyada bir turli ishonch va tasavvur, ya’ni umumiy xulosalar shakllanishidir. Forobiy falsafiy umumlashmalar asosida m a’naviy qadriyatlar yotishini, o ‘z xalqining r a ’yi va axloqini egallagan kishilargina mantiqni rivojlantirish va targ'ib etish imkoniga ega bo‘lishini ham asoslab berdi. Bu — butun insoniyat tarixida falsafaga berilgan eng mukammal ta’riflardan biridir.Sharqdagi mantiq siyosiy kurash va ehtiroslardan olis bo‘lib, insonparvarlik qadriyatlari bilan chuqur bog‘langani sababli, uning g‘oyalari uzoq vaqtlar davomida jamiyatning ijtimoiy va ma’naviy taraqqiyotiga muntazam faol ta’sir etib keldi.Yevropada mantig’ining mohiyati va bahs mavzusini o'rganishga nisbatan yangicha munosabat XIV—XVI asrlarda, ya’ni Uyg'onish davrida Shakllandi. Asosiy e’tibor qadimgi falsafani o ‘rganishga, uning yangi davr uchun bo‘lgan ahamiyatini ko‘rsatishga qaratildi.Bu davrdagi falsafiy ta’limotlarda xristianchilik aqidalarining o‘rnini yangi dunyoviy qadriyatlar egallay boshladi. Xristian ruhoniylarining falsafa ustidan boigan hukmronligini tanqid qiluvchi ta’limotlar ham kelib chiqdi. Inson muammosini dunyoviy tahlil etish falsafiy ta’limotlaming asosiy mavzusi sifatida qarala boshlandi. Faylasuflar Arastuning: „Inson aqlida sezgilar bergan ma’lumotdan boshqa hech narsa yo‘q“, degan fikrini asos qilib oldilar. XVIII asrdagi fransuz ma’rifatchilari mantiqni jamiyatda ro‘y berayotgan siyosiy qarashlar bilan bog‘lab, undan feodal tuzumiga qarshi kurashda keng foydalandilar. Shu asosda ular tabiiy huquq va ijtimoiy shartnoma kabi muammolarning falsafiy tahliliga asosiy e’tibor berdilar. Bu davrga kelib iqtisod, siyosat, huquq, madaniyatmasalalari ham falsafiy ta’limotlar mavzusida katta o'rin ola boshladi. Xususan, falsafiy ta’limotlarda (JYJ. Russo, D. Didro, Gelvetsiy, P. Golax) inson yashashi va olamda o ‘z o‘rnini cgallashiga asos bo'ladigan tabiiy huquqqa egaligi, davlat esa odamlar o'rtasidagi ijtimoiy shartnoma asosida tuzilgan tashkilot, degan masala alohida o'rin ola boshladi. Bundan siyosiy xulosa qilgan fransuz ma’ri- fatchilari qirolni ijtimoiy shartnoma shartlarini buzishda ayblab, uning hokimiyatini zo'rlik bilan ag'darish masalasini kun tartibiga qo'ydilar. Bu — mantiqning siyosat bilan tobora ko'proq bog'lanib borayotganining belgilaridan biri edi. Borliq va tafakkur o'rtasidagi munosabatlar tahliliga asosiy e’tibor berila boshlandi. Kantning „Sof aql tanqidi", „Amaliy aql tanqidi" nomli asarlari mantiqiy tafakkurning ichki mohiyatini tahlil etishga yo'naltirilgan edi. Xullas, mantiqni murosasiz siyosiy kurashlar bilan bog'lash, odamlarni qarama-qarshi guruhlarga bo'lib, ular o'rtasidagi munosabatlarni keskinlashtirish, bu — fanning yetuk axloq va qadriyatlariga butunlay zid edi.Yevropada XVIII asrda boshlangan texnogen sivilizatsiya ham falsafaning mohiyati, bahs mavzusini tushunishga ta’sir etdi. Ya’ni, fan va texnika taraqqiyotida katta yutuqlar qo'lga kiritildi. Lekin inson, uning hayoti, ma’naviyati, manfaatlari butunlay soyada qolib ketdi. XX asrga kelib, inson aqli va qo'li bilan yaratilgan kashfiyotlar uning istiqbolini, bu yorug' olamda yashashi masalasini ham xavf-xatar ostida qoldirdi. Insonning insondan, jam iyatdan, tabiatdan begonalashuvi kuchaydi, ma’naviy buhronlar tobora keng ko'lamda avj ola boshladi, milliy, diniy, ijtimoiy-siyosiy ziddiyatlar kuchaydi, turli xavfli kasalliklar keng tarqala boshladi, nashavandlik, alkogolizm,fohishabozlk, uyushgan jinoyatchilik, korrupsiya misli ko‘ril- magan darajada keskinlashib ketdi, antropogen xarakterdagi ekologik fojialar avj oldi.Umuman, XIX, XX asrda G ‘arb taraqqiyotiga, uning muammolarini belgilashga ta’sir etgan omillar qatoriga:

  1. mantiqning muammolari va bahs mavzusiga siyosiy andozalar asosida yondashish natijasida turli mantiqiy qarashlarning keskin qutblanishi;
    2) butun insoniyatning faoliyati va aqliy salohiyatini borliqni o‘zgartirishga qaratilgan jarayon, deb tushunish;
    3) tabiatni inson manfaati, faoliyati uchun kerak bo'lgan bir resurs sifatida qarash;
    4) mantiq mavzuini tor siyosiy, sinfiy kurashlar manfaati nuqtayi nazaridan baholash;
    5) yangilik yaratishning har qanday shaklini qadriyat sifatida e’tirof etish;
    6) jamiyatdagi ziddiyatlar kuchayishi natijasida insonlar begonalashuvi, individualizm va egoizm kuchayishihi mantiqiy asoslash va oqlashga urinish kabi xususiyatlarni kiritish mumkin.
    Bular mantiqiy ta’limotlar doirasida umuminsoniy qadriyatlar, insonparvarlik g‘oyalaridan chekinish boshlanganini ko‘rsatadi. Mantiq siyosat, tor guruhiy manfaatlar talqini bilan cheklanib qolgani sababli, ayrim ta’limotlar tezda tarix sahnasidan tushib, 0‘rniga yangilari kelib chiqdi.Bunday sharoitda inson, insoniyatning mohiyati, istiqboli, tabiat bilan jamiyat o'rtasidagi munosabatlar tizimini yangicha falsafiy tahlil etish zaruriyati yuzaga keldi. Butun dunyoda insonparvarlik g'oyalari bilan sug4orilgan Sharq falsafasi an’analariga qaytish hollari kuchaydi. Bu yo‘l — insonni yorug‘ olamdagi eng buyuk qadriyat, deb bilish, borliq muammolariga uning oqilona m anfaatlarini e ’tiborga olib, umuminsoniy qadriyatlarga tayanib yondashish kuchayib borayotganining belgisi edi.Demak, butun insoniyat tarixi davomida ko‘pchilik faylasuflarinson, uning mohiyati, manfaatlari, borliqqa munosabatimuammosini falsafaning bosh masalasi sifatida qarab kelganlar.Mantiqning bahs mavzusi esa, inson mohiyatini bilish, uning kundalik amaliyoti, fan, texnika taraqqiyoti natijasida erishgan bilimlarini bir-biri bilan bog‘lash, muayyan qadriyatlarga tayanib umumlashtirish, borliqni yaxlit tushunishga imkon yaratishdir.Falsafa boshqa fanlar singari borliqning aniq yoki kichik sohasini o'rganmaydi, balki barcha fanlarning yutuqlarini nazariy um um lashtirib, bir tizim ga keltirib, borliqning umumiy mohiyatini, qonunlarini ochadi. Umuman, mantiq bilimlar haqidagi bilimdir, fanlar ichidagi fandir, muayyan an’ana va qadriyatlarga tayangan tafakkur madaniyatidir.Dastavval, mantiq kishilarning borliq haqidagi barcha bilimlarini o'z ichiga olgan . Mantiqdan ajralib chiqqan aniq fanlar o'zlarining dastlabki bosqichlarida asosan dalillar to'plash, ularni tartibga solish va umumlashtirish, ma’lum turlarga, guruhlarga ajratish bilan shug'ullanadi. Boshqacha aytganda tabiat, inson va jamiyat muammolarining har bir sohasini alohida-alohida, boshqa sohalar bilan bog'lanmagan holda o'rganadilar.XVII—XVIII asrlarda mantiqning bahs mavzusi dunyoning turli tomonlarini alohida-alohida o'rganayotgan aniq fanlar o'rtasidagi aloqadorlik va bog'lanishlarni o'rganish, ularning istiqbolini belgilaydigan metodologik yo'llanmalar yaratishdan iborat, deb qarala boshlandi. Bu davr faylasuflari barcha aniq fanlarni yana qaytadan guruh-guruh qilib birlashtirib (integratsiyalashtirib), inson bilimlarining hammasini o'zida qamrovchi mantiqiy qarashlar tizimlarini tuza boshladilar. Natijada, mantiqga fanlar qomusi sifatida qarala boshlanadi. XIX asr oxiri, XX asr o ‘rtalarida aniq fanlar sohalarida buyuk ilmiy kashfiyotlar qilindi, tabiat, inson va jamiyat o ‘zaro aloqadorligining yangi tomonlari ochildi. Fanlarning minglab yangi sohalari, yo'nalishlari yuzaga kelishi, inson bilimlarini mantiqiy umumlashtirish ehtiyojini kuchaytirdi. Bu esa mantiqning o'zi uchun ham, boshqa barcha aniq fanlar uchun ham, ijobiy ahamiyatga ega edi.

Demak, mantiq insoniyat tarixiy taraqqiyoti davomida yaratilgan ma’naviy madaniyatning bir qismi bo'lib, insonning o'zi va borliq to'g'risidagi bir butun bilimlar tizimidan iboratdir. O'z mohiyati va mazmuniga ko'ra, mantiqiy bilimlar milliy ma’naviyatlarni ham o‘zida mujassamlashtirgan umuminsoniy ma’naviy qadriyatlar tizimiga kiradi.

Hulosa qilib shuni aytishim mumkunki : Mantiq boshqa fanlar singari, o`zgarib, rivojlanib turadigan fandir.

Hozirgi zamon mantig`i : Dialektik mantiq Tafakkurni jarayon kabi tadqiq qiladi.Tafakkur rivojini ilmiy falsafaning asosiy qonunlari-
materiya va ongning bog`liqligi miqdor va sifat o`zgarishlarining o`zaro munosabatlaridir.
Rasmana mantiq esa Umuman inson ongida sodir bo`ladigan barqaror tafakkur yuritish tajribasini umumlashtirib, shu asosiy,zaruriy jihatlarni fan darajasida eng muhim qonuniyatlar kabi tadqiq qiladi, tushuntiradi.
Kishilarning onggida olam voqea va hodisalari aks etishi bir qadar umumlashgan bo`ladi.
Masalan,”daraxt” tushunchasini oladigan bo`lsak, u holda mevali va mevasi,tut va olma daraxtlari ko`z o`ngimizda gavdalanadi .

Narsa holat va jarayonlar ongimizga faqat tashqi, aniq tomonlar ila akslansa, biz ularni xis-tuyg`ular- xissiyot orqali aks ettirgan bo`lamiz.Agar barcha bir turdagi narsalar, jarayonlar onggimizda o`zining muayyan zaruriy tomonlari ila akslansa, unda biz olamni mavhum tafakkur qolaversa, umuman tafakkur orqali anglagan bo`lamiz. Bir so’z bilan aytganda mantiqda bahs mavzusi mana shularni o’zida birlashtiradi hamda doimiy ravishda davom etib shakllanib boradi .

Foydalanilgan adabiyotlar :

1. Mavlyanov Abduraxim Abduvaxidovich , O’quv qo’llanma.


2. Wikipedia
3. Ziyonet.Uz

.



Download 30.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling