Tavil va ariz bahrlari tavil bahri


Download 0.52 Mb.
bet1/3
Sana19.12.2022
Hajmi0.52 Mb.
#1032746
  1   2   3
Bog'liq
portal.guldu.uz-Aruz nazariyasi-1

TAvIL VA ARIZ BAHRLARI

Tavil bahri

  • Tavil bahri arab she’riyatida eng ko‘p tarqalgan uch bahrning biri. U johiliya davri she’riyatida keng ishlatilgan. Tavil deb atalishiga ikki sabab bor:
  • 1) tavil harflar soniga nisbatan eng uzun bahr, boshqa biror bahrda bunchalik ko‘p emas; 2) tavil raknlari vataddan boshlanadi, vatad esa sababdan uzun bolganligi uchun ham, u bilan boshlangan bahr cho‘ziqlik prioritetiga ega bo‘ladi
  • Shuningdek, arablar bu bahmi “rakub” (egarlangan) deb ham atashgan.
  • Bu bahr faqat musamman shaklida uchraydi.

Maqolada Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Boburning ariz bahri xususidagi yondashuvlari tadqiq etilishi barobarida, bu bahr haqidagi dastlabki qarashlar Shayx Ahmad Taroziyning “Funun ul-balogʻa” risolasida uchrashi haqida toʻxtalib oʻtiladi. Alisher Navoiyning “Navodir ush-shabob” devonidagi 322-gʻazal aynan ariz bahrida yaratilganligi aniqlanadi.

  • Maqolada Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Boburning ariz bahri xususidagi yondashuvlari tadqiq etilishi barobarida, bu bahr haqidagi dastlabki qarashlar Shayx Ahmad Taroziyning “Funun ul-balogʻa” risolasida uchrashi haqida toʻxtalib oʻtiladi. Alisher Navoiyning “Navodir ush-shabob” devonidagi 322-gʻazal aynan ariz bahrida yaratilganligi aniqlanadi.
  • Mumtoz sheʼrshunoslik ilmi aruz vazni bilan chambarchas bogʻliq. Mumtoz ijodkorlarimiz bu ilmni amaliyot bilan birga qoʻshib olib borganlar, zero shoirlarning badiiy mahorati muayyan maʼnoda ularning oʻz sheʼrlarida aruz qonun-qoidalariga qay darajada rioya qilishlari bilan ham belgilangan.
  • Shayx Ahmad Taroziyning “Funun ul-balogʻa”, Alisher Navoiyning “Mezon ul-avzon”, Zahiriddin Muhammad Boburning “Risolai aruz” asarlari XV-XVI asrlarda turkiy aruzshunoslik alohida soha sifatida rivojlanganligini koʻrsatadi. Ayniqsa, Boburning “Risolai aruz” asari aruzning nazariy asoslari ancha batafsil bayon qilib berilganligi bilan aruzshunoslik tarixida alohida mavqega ega. Risolada anʼanaviy 19 bahrga qoʻshimcha tarzda ariz va amiq bahrlari ham tahlilga tortilgan.
  • Bobur oʻz risolasida ariz bahri haqida maʼlumot keltirar ekan, bu bahrning arab aruzida mavjud emasligini, balki fors shoirlarining ixtirosi ekanligini alohida taʼkidlaydi: “Bu vaznda toziy (arabcha – D. Yu.) sheʼr topmaydurlar. Bu bahrni ajam shuʼarosi paydo qilib maqlubi tavil (tavilning ziddi – D. Yu.) debturlar, ariz ham derlar”.[1] Shuningdek, Bobur ariz bahrining mafoiylun fauvlun mafoiylun fauvlun (chizmasi: V–– – | V–– | V–– – | V–– ) ruknlarining takroridan vujudga kelishi haqida ham aytib oʻtadi.
  • Shu oʻrinda bahrning “maqlubi tavil” deb ham atalishiga toʻxtalib oʻtsak. Maʼlumki, tavil bahri arab aruziga xos boʻlib, fauvlun mafoiylun fauvlun mafoiylun (V–– | V–– – | V–– | V–– – ) ruknlari asosida hosil boʻladi. Agar eʼtibor qaratilsa, ariz bahri aynan shu ruknlarning teskari – oʻrin almashinib kelgan holdagi takroriga asoslanadi, yaʼni arizda avval mafoiylun rukni, soʻng fauvlun rukni keladi.
  • Shu bois ushbu bahr forsiy aruzshunoslikda maqlubi tavil deb atalgan
  • Shayx Ahmad Taroziy oʻzining “Funun ul-balogʻa” asarida muxtalif ul-ajzo (turli asl ruknlardan hosil boʻluvchi) tarkibiga kiruvchi 32 bahrni sanab oʻtar ekan, bu bahrlar bir-birining aksi, yaʼni teskari holdagi takroridan hosil boʻlishini aytadi: “Bilgilkim, bu oʻttuz ikki bahrkim, muxtalif ul-ajzodur, har ikki bahr bir-birining aksidur…” (151-b.) Taroziy dastavval tavil degan bahr nomini keltirib, uning mafoiylun fauvlun mafoiylun fauvlun ruknlari takroriga asoslanishini taʼkidlab oʻtadi. Bu ruknlarning aksi, yaʼni fauvlun mafoiylun fauvlun mafoiylun tarzida takrorlanuvchi bahr nomini esa jazil deb koʻrsatadi. Bu oʻrinda biz tahlil qilayotgan ariz bahri “Funun ul-balogʻa” asarida tavil nomi bilan kelayotganligini koʻrishimiz mumkin. Arab va fors adabiyotshunosligida tavil nomi bilan mashhur boʻlgan bahr esa jazil nomi ostida berilyapti. Demak, ariz bahri turkiy aruzshunoslikda Bobur risolasidan ilgari ham maʼlum boʻlib, faqat u tavil nomi bilan keltirilgan.
  • Bobur risolaning bahrlar tahliliga doir qismida ariz bahridan hosil boʻluvchi toʻrt mustaʼmal (isteʼmoldagi) vazn haqida maʼlumot berib, bu vaznlarning ikkitasi mustaʼmali matbuʼ (isteʼmoldagi yoqimli) ekanligini taʼkidlaydi. Ulardan biri – arizi musammani solim vazniga oʻzining

  • Download 0.52 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling