Tayanch so`z va atamalar


Download 33.76 Kb.
bet1/2
Sana12.05.2022
Hajmi33.76 Kb.
#667376
  1   2
Bog'liq
baholash usullari mezonlari va asosi
Чирокчи туман халқ таълими булими тасарруфидаги 82, Maftun cw, OAT 10, 10 A, 2 5368342759289654125, TES T-2020 030920135155, иш режа - копия(1), Fizika 2 LAb, Variantlar (11), 6-mavzu, 6-mavzu, ReadMe UzTransLit, 1.Funksional va-WPS Office, 1.Differensial-WPS Office, ekalogiya .Hayot faoliyati 3 amaliy

Aim.uz

Baholash usullari, mezonlari va asosiy vazifalari . Nazoratning asosiy maqsadi va unga qo`yilgan talablar. Nazorat turlari. Nazorat jarayonida foydalaniladigan testlarning turlari va ularga qo`yiladigin talablar. Test tarixi va test sinovlarining nazorat samaradorligini oshirishdagi axamiyati. Test topshiriqlariga qo`yiladigan talablar. Testlarning turlari.






Tayanch so`z va atamalar
Nazoratning asosiy maqsadi. Nazoratga qo`yilgan talablar. Nazorat turlari. Joriy nazorat. Ichki nazorat. Oraliq nazorat. Test. Test tarixi. Test turlari. Test tuzishga qo`yiladigan talablar.


O`qituvchi darsni o`quvchilar o`rganayotgan materialni anglabgina qolmay, uni aniq, takrorlab bera oladigan, bilimlarni kelgusi o`quv ishlarida va amalda qo`llay oladigan yo`sinda tashkil etishi kerak.


Bilimlarni mustahkamlash va takomillashtirishda o`quv­chilar ularni qanday o`zlashtirishgan bo`lsalar, xuddi shunday aytib berishlari, ularga aniqlik, mukammallik kiritishlari lozim. Ta`limiy ishning ana shu bosqichida yangi o`quv materiali bilan ilgari o`zlashtirilgan materiallarni o`zaro chambarchas, o`quvchilar yaqqol tushunadigan yo`sinda bog`lash ularning fandan olgan bilim, ko`nikma va malakalarini boyitadi, kengaytiradi va yanada shakllantiradi.
O`quvchilarning bilim, o`quv hamda malakalarini nazorat qilish, ularning o`zlashtirishini hisobga olish, o`quv jarayonining eng muhim qismlaridan biridir. O`quvchilarning o`rganilayotganlarni qanchalik idrok etayotganligi, tushunayotganligi va eslab qolayotganligi, o`z bilimlaridan amaliy masalalarni yechishda qanday foydalanayotganligi hisobga olinmasa, o`qitish jarayoni mukammal bo`la olmaydi. Nazoratning eng asosiy vazifasi o`quvchilarning nimani va qanday o`zlashtirayotganligini, o`quv jarayoniga qanday munosabatda ekanligini aniqlash hamda baholashdan iborat. Bu yerda o`qituvchining vazifasi o`quvchilarning o`qishdagi muvaffaqiyatlarini qayd qilish bilangina cheklanmaydi, bunda u nazorat natijalariga tayanib, o`quvchilarning bilimlarni mustahkam o`zlashtirishlari- uchun zarur bo`lgan vazifalar belgilaydi va o`tkazadi. Nazorat tufayli o`qituvchi bilan o`quvchilar orasida o`ziga xos «Qayta aloqa» o`rnatiladi, bu aloqa o`qish davomida o`quvchilarning aqliy va amaliy ishlarini boshqarishga imkon beradi. «Qayta aloqa» qanchalik to`liq bo`lsa, shunchalik ko`p o`quvchi nazorat qilinadi va uning uzluksizligi qanchalik uzoq vaqt ta`minlansa, o`qitish jarayonini boshqarish imkoniyati shunchalik keng bo`ladi. Bir tomondan, «qayta aloqa»ning takrorligini oshirish zarurligi, ikkinchi tomondan, buning uchun ajratilgan vaqtning cheklanganligi o`quvchilar bilim, uquv va malakalarini nazorat qilish hamda o`zlashtirishini hisobga olishning usul va vositalarini takomillashtirish zaruratini tug`diradi.
O`quvchilarning bilim, o`quv hamda malakalarini nazorat qilish o`z vaqtida va sistemali ravishda o`tkazilgandagina zarur o`quv va tarbiyaviy samara beradi. O`qituvchi har bir o`quvchining muvaffaqiyatlari qanday ekanligini hamma vaqt bilishi kerak, shundagina u o`quvchilarning xatosini o`z vaq­tida aniqlashi va uni tuzatishi, tegishli yordam ko`rsatish mumkin bo`ladi. O`quvchilarning o`qishdagi muvaffaqiyatlarini nazorat qilish ular uchun o`quv mehnatining motivlarini ko`p jihatdan belgilaydigan rag`batlantiruvchi faktor bo`ladi.
O`qituvchi o`quvchilarning bilim, uquv hamda malaka­larini nazorat qilib, ularga baho qo`yadi. Qo`yiladigan baho ob`ektiv va haqqoniy bo`lishi kerak. To`g`ri qo`yilgan baho o`quvchilarga o`z imkoniyatlarini baholashga yordam beradi. Bahoning tarbiyaviy roli ana shularda namoyon bo`ladi.
O`quvchilarning o`qishdagi muvaffaqiyatlarini nazorat qilish va baholashda ularning individual xususiyatlari e`tiborga olinishi kerak. Tabiiyki, gruppadagi hamma o`quvchilarga bilimlarning hajmi va sifati jihatidan bir xil talablar qo`yiladi. Ammo, shu bilan birga, ba`zi hollarda ayrim o`quvchilarning jur`atsizlik yoki tortinchoqlik, sust fikrlash, o`ziga ortiqcha ishonish, jismoniy kamchilik kabi xislatlarini ham e`tiborga olish zarur. Biror uzrli sababga ko`ra ayrim o`quvchilarning vaqtincha qiyinchilikka tushib qolishini ham e`tiborga olish kerak.
O`quvchilarning o`qishdagi muvaffaqiyatlari darajasini aniqlash yo`llaridan biri tekshirib ko`rish bo`lsa, boshqa yo`li-kundalik kuzatishlardir.
O`quvchilarning o`zlashtirishini hisobga olish natijalari ma`lum darajada o`qituvchi pedagogik mahoratining ko`rsatkichi bo`lib, o`qituvchi ishini tashkil etishga va o`quvchilarni o`qitish sifatini yaxshilashga yordam beradi.

Download 33.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling