Tayanch so’zlar va iboralar


Download 0.9 Mb.
bet1/4
Sana03.02.2023
Hajmi0.9 Mb.
#1152858
  1   2   3   4
Bog'liq
11.Menzula syomkasining mohiyati








Tayanch so’zlar va iboralar: menzula syomka, kiprigel, koordinata to’ri, trigonometric nivelirlash, qiyalik burchagi, no’l o’rni, relefni syomka qilish, geodezik asos, raqamli model, matematik model, planga olish.


1.Menzulaviy plan olish mohiyati va qo‘llanilish sharoiti
Menzula bilan plan olishning boshqa plan olish usullaridan farqi shuki, bunda topografik plan joyda o‘lchash ishlarini olib borish bilan bir qatorda chizila boradi, planga tushirilayotgan maydon hamma vaqt plan tuzuvchining ko‘z oldida bo‘ladi, bu esa planni joy bilan taqqoslashga va joydagi tafsilotlarni, relef xususiyatlarini planda aniq va mukammal tasvirlashga imkon beradi. Plan olishning bu usulida grizontal burchaklar grafik usulda yasalganligidan uni grafik usulda plan olish deb ham atashadi. Bu usulda plan olishni tushuntirish uchun 10.17 shaklni ko‘rib chiqamiz. Qog‘oz yopishtirilgan taxta joydagi AVS burchakning V uchiga qimirlamaydigan qilib o‘rnatilgan va qog‘ozga A nuqtaning bitta vertikal chiziqda yotgan tasviri a tushirilgan deylik. Agar VA va BS yo‘nalishlarda vertikal tekisliklar o‘tkazilgan deb faraz qilinsa, tekisliklarning taxta bilan kesishishi natijasida joyda AVS burchakning gorizontal proeksiyasi hosil bo‘ladi. Agar B nuqtadan A va S nuqtalargacha bo‘lgan masofalarni o‘lchab, ularning gorizontal proeksiyalarini berilgan masshtabda kichraytirib VA va VS yo‘nalishlar bo‘yicha qo‘ysak, taxtadagi qog‘ozga joydagi A va S nuqtalar tasviri a va s ni tushirgan bo‘lamiz. A va S nuqtalarning V nuqtaga nisbatan balandligini trigonometrik nivelirlash usulida aniqlab V nuqta otmetkasiga qo‘shsak, joydagi A va S nuqtalarning otmetkalari kelib chiqadi. Demak, grafik usulda plan olish uchun taxta, lineyka va qiyalik burchagini o‘lchaydigan vertikal doirali asboblar kerak. Menzula va kipregel ana shunday asboblardir.



Download 0.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling