Taym menejment haqida tushuncha


Download 14.03 Kb.
bet1/4
Sana15.02.2023
Hajmi14.03 Kb.
#1200578
  1   2   3   4
Bog'liq
Taym menejment haqida tushuncha

Taym menejment haqida tushuncha


Vaqtni boshqarish, vaqtni tashkil qilish, taym-menejment (angl. time management) – vaqtni tashkil qilish va vaqt bilan effektiv foydalanish texnologiyasi
Vaqtni boshqarish – ma’lum ishni bajarishda uning samaradarligi oshirish uchun ketgan vaqtni ongli nazorat qilish yo‘li. Vaqtni boshqarish. Vaqt boshqarish muyayan vazifalar, loyihalar va maqsadlarni amalga oshirish uchun foydalaniladigan ko‘nikmamalar, uskunalar va texnik majmuini olish uchun yordam berishi mumkin. Bu esa juda keng ko‘lamli faoliyatni ya’ni rejalashtirish maqsadlarni ketma-ketligi tuzish, vaqtni ishlatish taxlili, monitoring, tashkil qilish, ro‘yxatlarni tuzish kabilani o‘z ichiga oladi. Oldindan boshtarish faqatgina tadbirkorlik yoki ish faoliyatga mo‘ljallangan, lekin keyinchalik shaxsiy faoliyatga mo‘ljallangan. Vaqtni boshqarish bir necha bosqichlarni, instrumentlarni texnika va metodlarni o‘z ichiga oladi.
XX asrning 20 yillarida mehnat ilmiy tashkilotini rivojlanish davrida A. K Gastev-markaziy mehnat institutini direktori tashkil qilish samaradorligi shaxsiy samaradorlikdan ya’ni shahsish vaqtdan samarali foydalanishdan boshlanishi haqidagi g‘oyani ilgari suradi. Vaqt uchun kurashish ijtimoiy harakati “Vaqt” ligasini tashkil qiliniyaga olib kelti, uining rahbari P.M Kerjensev. Mahaliy gazetalarda “Vaqt uchun kurash” lavhalari paydo bo‘lishni boshlaladi. 1970-nshd io‘qrdfkshvf D. Granin “Eto strannaya jizn” kitobi chop etilgandan A.A. Lyubisheva-xronometraj biolog usuli bilan mashxurlikka ega bo‘ldi. Shaxsiy vaqt bilan unumli foydalanish sistemasiga asoslanshgan edi. 2007 yil Moskva moliya sanoat universiteti “Sinergiya” da birinchi marta taymg‘menejment kafedrasi ochildi.
Muvaffaqiyatli odamlarning bari anchayin samaradorligi bilan ajralib turadi. Ular juda ko‘p ishlashadi va ko‘p narsaga ulgurishadi. Unutmangki, samardorlik deganda, birinchi navbatda natija ko‘zda tutiladi, jarayon emas. Agar samaradorlikni oshirishni istasangiz, bunga qat’iy qaror qiling. Ko‘pchilik aynan qarori qat’iy bo‘lmagani uchun ham vaqtini behuda sarflab qo‘yadi.
Xullas, ahdingiz jiddiy bo‘lsa, muvaffaqiyatlilar siri bilan tanishing: vaqtni to‘g‘ri taqsimlash samaradorlikning asosiy garovidir. Taym-menejment biznes yoki karerangizni yutuqlar sari yetaklaydigan eng muhim omillardan biri sanaladi.
10/90 qoidasi Hayotida muvaffaqiyatga erishganlar ko‘p vaqtini rejalashtirishga sarflaydi. Kunlik rejalashtirish samaradorlikni orttirish va vaqtdan unumli foydalanish uchun zarur. Esingizda bo‘lsin: to‘g‘ri rejalashtirish salbiy ko‘rsatkichlarning oldini oladi. Eng yaxshisi, rejalarni qog‘ozga tushiring. Bu sizga yo‘ldan adashmaslik uchun o‘ziga xos xarita vazifasini o‘tab beradi.
Qo‘lingizdagi ro‘yxat bilan birinchi kundanoq samaradorlik 25 foizga oshadi. Ertangi qiladigan ishlaringiz ro‘yxatini bugun kechqurun tuzib qo‘ying. Ishga kelganingizda, nimadan boshlashni bilasiz. Kun davomida ishni rejaga muvofiq olib boring: yangi ish chiqib qolsa, muhimligiga qarab rejaga kiritib qo‘yaverasiz. Amalga oshgan vazifalarni albatta ro‘yxatdan o‘chirib tashlang. Bu sizga qoniqish hissini beradi, sizga kuch va g‘ayrat bag‘ishlaydi.

Rejani ishlarning mushkulidan osoniga, uzoq muddatlisidan qisqa muddatlisiga qarab tuzing. Har bir vazifaga muayyan vaqt belgilang.
Biror narsaga kirishishdan oldin 10/90 qoidasini yodda tuting: rejalashtirishga sarflangan 10 foiz vaqt vazifani bajarishda 90 foiz vaqtni iqtisod qilishga yordam beradi.

Download 14.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling