Tayyor dori turlari texnologiyasi


Tayyor  maxsulotning  tavsifi


Download 1.56 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/11
Sana28.09.2020
Hajmi1.56 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11

Tayyor  maxsulotning  tavsifi.  Qo„ng„ir  rangli,  o„ziga  xos    xidli,  chuchmal-shirin  mazaga  ega 
quyuq  massa  bo„lib,  suv  bilan  chayqatilsa  tez  ko„pirib,  kolloid  eritma  xosil  bo„ladi.  Namligi  25%  dan 
ortiq, glitserrizin kislotasi 14% dan kam bo„lmasligi lozim. 
Saqlanishi.  SHisha  idishlarda  po„kak  qopqoq  bilan  yopilgan  va  parafinlangan  xolda  quruq 
joyda saqlanadi. 
Ishlatilishi.  Constituens  sifatida  xab  dori  tayyorlashda  ishlatiladi,  shuningdek  chuchukmiya 
ildizi sharbati tarkibiga kiradi. 
CHuchukmiya quyuq ekstraktining chinligini aniqlash. 
10 ml preparat eritmasiga (1:10) 1 ml sulfat kislota qo„shilsa, cho„kma xosil bo„ladi.  U ammiak 
eritmasida eriydi (glitserrizin kislotasi).  
Namligi. 25% dan ko„p bo„lmasligi kerak. 
Tozaligi. Preparatda og„ir metall tuzlari 0,01% dan ko„p bo„lmasligi kerak. 
Miqdorini  aniqlash.  Glitserrizin  kislota  spektrofotometrik  usulda  aniqlanadi.  Uning  miqdori 
14% dan kam bo„lmasligi kerak. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 

 
79 
Laboratoriya ishini qadamma-qadam bajarish tartibi 
 
 
 
 
Олинди 
Бажарилган иш 
Хосил бўлди 
48 соатга қолдириш 
Чучукмия илдизи 
Баҳолаш 
Қадоқлаш 
Тайѐр махсулот 
Қадоқловчи 
материал 
0,25% ли аммиак 
эритмаси 
Ажратма олиш 
Тиндириш 
Сузиш 
Буғлатиш 
1-ажратма  
0,25% ли аммиак 
эритмаси 
Ажратма олиш 
24 соатга қолдириш 
12 соатга қолдириш 
Ажратмаларни 
бирлаштириш 
2-ажратма  
Қайнатиш 
Тозаланган сув 
Аралаштириш 

 
80 
21-mavzu. Belladonnaning quruq ekstraktini tayyorlash texnologiyasi 
Maqsad: 
Dorivor  o„simlik  xom  ashyolaridan  ekstraktlarni  olish  usullari  va  ularni 
tayyorlashdagi  o„ziga  xos  tomonlar  bilan  tanishish.  Dorivor  o„simlik  xom  ashyolaridan  suyuq,  quyuq, 
quruq va moyli ekstraktlarni olish, ularni olishda ishlatiladigan usullarni qiyosiy baxolash. Ekstraktlarni 
sifat ko„rsatkichlari: quruq qoldiq miqdori, og„ir metall tuzlari, chinligi va miqdorini taxlil qilish. 
Mavzuning  ahamiyati:  Ekstraktlar  nafaqat  TDV  balki  boshqa  turdagi  dori  vositalarini 
tayyorlashda  ham  keng  ko„lamda  ishlatilishi  bilan  ahamiyatlidir.  Shuning  uchun  ham  ularni  tayyorlash 
texnologiyasini  o„zlashtirish  va  kengaytirish  katta  amaliy  ahamiyatga  ega.  Shunday  ekan  ularning 
nomenklaturasini  ishlab  chiqarish  amaliyotida  ko„paytirish  katta  amaliy  ahamiyat  kasb  etadi.  Barcha 
TDV lari kabi ekstraktlar ham qator sifat ko„rsatkichlari bo„yicha baxolanadi.  
Amaliy  mashg„ulot  mavzusini  yoritishda  “Sen  menga,  men  senga”  pedagogik  texnologiya 
usulidan foydalaniladi  
 
 
Vaziyatli masalalar: 
1.  Quruq ekstrakt tayyorlashda uning namligini yo„qotish qiyinlashdi. 
2.  Quruq ekstrakt tayyorlashda uning namligini yo„qotish ancha qiyin bo„ldi. 
3.  Bug„latish natijasida olingan suyuqlik tiniq emas. 
Talabalar bilimini tekshirish uchun savollar:: 
1.  Qarama-qarshi oqimda ajratma olish usullarini sanang. 
2.  Likopchali diffuzion asbobda ajratma olish mohiyati. 
3.  Prujina kurakchali asbobning ishlash tartibi qanday?  
4.  Quyuq ekstraktlar olishdagi usullarning bir-biridan afzallik va kamchilik tomonlari nimada? 
Quruq ekstraktlarga ta‟rif bering. 
5.  Quruq ekstraktlar tayyorlashda qanday ajratuvchilardan foydalaniladi? 
6.  Quruq ekstraktlar ishlab chiqarishni qanday o„ziga xos afzallik va kamchiliklari bor? 
7.  Quruq ekstraktlar olishni texnologik jarayonlarini sanang. 
8.  Ekstraktorlar batareyasida ajratma olish qanday bajariladi? 
Ўқитувчи 
1-талаба  
савол: Суюқ экстрактларни 
тайѐрланиш нисбатлари 
жавоб: перколяция, ВНИИФ ва 
реперколяция 
2-талаба  
жавоб: 1:1 
савол: Суюқ экстрактларни 
тайѐрлаш усуллари 
 
3-талаба  
савол:  
жавоб:  
4-талаба  
жавоб: 
савол: 
 
5-талаба  
савол:  
жавоб:  
6-талаба  
жавоб: 
савол: 
 

 
81 
9.  Aylanma (sirkulyasion) usulda ajratma olish nima? 
10.  Sokslet apparati yordamida ajratma olish jarayoni nimalardan iborat? 
11.  Xladonlar yordami ajratma qanday olinadi? 
12.  Suyultirilgan  gazlar  yordamida  ajratma  olishda  ishlatiladigan  asbobning  ishchi  qismlarini 
sanang. 
1-laboratoriya ishi 
Belladonna quruq ekstrakti 
Extractum Belladonnae siccum 
Vazifa 
1. 
30,0 g xom ashyodan reperkolyasiya usulida belladonna quruq ekstraktini tayyorlang. 
2. 
Laboratoriya ishini qadamma-qadam bajarishni chizing. 
3. 
Tayyor maxsulotning sifatini tekshiring. 
Tarkibi 
Maydalangan belladonna bargi  va er ustki qismi, 
20% li etil spirti - etarli miqdorda. 
Kerakli asbob-usukunalar va yordamchi materiallar. 
1. 
30,0 g belladonna xom ashyosi. 
2. 
Hajmi 100 ml bo„lgan, og„zi zich yopiladigan 3 ta shisha idish. 
3. 
Perkolyator - 4 ta. 
4. 
Yig„gich kolba - hajmi 200 ml bo„lgan. 
5. 
SHisha tayoqcha, filtr qog„ozi, doka va chinni bo„lakchalari. 
6. 
Bug„latgich. 
7. 
20% li etil spirti - etarli miqdorda. 
Ishni bajarish tartibi: 
30,0 g maydalangan (1-8 mm kattalikda) belladonna bargi va er ustki qismi teng 3 qismga 10,0 
g dan bo„linib, og„zi zich berkitiladigan 3 ta shisha idishga alohida-alohida solinadi va xar birining ustiga 
5  ml  dan  20%  li  etil  spirti  solinadi.  So„ngra  yaxshilab  aralashtirilib,  og„zi  yopiladi  va  4-6  soatga 
bo„ktirish uchun xona haroratida qoldiriladi. Belgilangan vaqt o„tgandan so„ng idishlardagi bo„kkan xom 
ashyo tagiga 3-4 qavat doka qo„yilgan 3 ta perkolyatorlarga miqdoran o„tkaziladi va xom ashyo shisha 
tayoqcha yordamida shibbalanadi. Xom ashyoning ustiga filtr qog„ozi qo„yilib, shisha bo„lakchalari bilan 
bostiriladi  va  birinchi  perkolyatorning  ustiga  toza  ajratuvchi  tushib  turishini  ta‟minlovchi  bo„sh 
perkolyator, uchinchi perkolyatordan tayyor ajratmani yig„ib oluvchi idish o„rnatiladi. 
Ajratma olish tezligi quyidagi tenglama orqali xisoblaniladi: 
V  =  K


Bu erda  
V  - ajratma olish tezligi 
K  - doimiy son, u 0,5 ga teng 
S  - perkolyatorga solingan xom ashyo miqdori 
Bo„sh  perkolyatorga  20%  li  etil  spirti  solinib,  birinchi  perkolyatorga  “oynasimon  yuza”  xosil 
bo„lgunga  qadar  perkolyasiya  qilinadi.  So„ng  birinchi  perkolyatorning  jo„mragi  ochilib  ikkinchi 
perkolyatorga,  ikkinchi  perkolyatorda  “oynasimon  yuza”  xosil  bo„lgandan  so„ng  esa  bevosita  uchinchi 
perkolyatorga  perkolyasiya  qilinadi.  Uchinchi  perkolyatorda  “oynasimon  yuza”  xosil  bo„lgandan  so„ng 
perkolyatorning  jo„mragi  ochilib,  ajratma  yig„ib  olina  boshlaydi.  Ajratma  olish  tezligi  hamma 
perkolyatorda ham bir xil bo„lishi shart. 
Birinchi  perkolyatorga  xar  doim  toza  ajratuvchi  tushib  turganligi  sababli  unda  birinchi  bo„lib 
ta‟sir  etuvchi  modda  tugaydi.  SHunda  birinchi  perkolyator  ishdan  chiqarilib,  toza  ajratuvchi  ikkinchi 
perkolyatorga o„tkaziladi. Ma‟lum vaqt o„tgandan so„ng mana endi ikkinchi perkolyatordagi asosiy ta‟sir 
etuvchi  modda  ham  tugaydi.  SHundan  so„ng  toza  ajratuvchi  tushib  turishini  ta‟minlovchi  perkolyator 
endi bevosita uchinchi perkolyatorga to„g„rilanadi. Va nihoyat uchunchi perkolyatorda ham asosiy ta‟sir 
etuvchi modda tugagandan so„ng olingan ajratma  spirt yordamida yot moddalardan tozalanadi. 

 
82 
Ajratma vakuum bug„latgich asbobiga o„tkazilib, mo„„tadil bosimda spirt xaydab olinadi, suvli 
qismi  esa  vakuum  ostida  olingan  xom  ashyo  miqdorining  50%  ni  tashkil  etgunga  qadar  (15  ml) 
bug„latiladi. Quyuq ajratma sovutilib, og„zi zich berkitiladigan idishga solinadi va unga 2 baravar ko„p 
miqdorda (30ml) 96% li spirt qo„shib, aralashtiriladi va 10
o
S haroratda 3 kunga qoldiriladi. Belgilangan 
muddat o„tgandan so„ng tiniq suyuqlik quyib olinib, spirt qismi xaydaladi.  
Qoldiq  vakuum  bug„latgich  asbobida  quyuq  xolatga  keltiriladi  va  alkaloidlar  miqdori 
aniqlanadi.  Quruq  ekstrakt  tarkibida  alkaloidlar  miqdori  0,7-0,8%  bo„lgunga  qadar  sut  qandi  qo„shib 
aralashtiriladi  va  namlik  5%  bo„lgunga  qadar  vakuum  quritgichda  quritiladi.  Quruq  ekstrakt 
maydalanadi, elanadi, kerak bo„lsa sut qandi bilan me‟yoriga keltiriladi. 
30,0  g  belladonna  bargi  va  er  ustki  qismidan  qancha  quruq  ekstrakt  tayyorlash  mumkinligini 
nazariy xisoblash: 
100,0 g xom ashyoda - 0,3 g alkaloid bo„lsa 
30,0 g  xom ashyoda  - X g alkaloid bo„ladi. 
09
,
0
100
3
,
0
30



Х
 g alkaloid bo„ladi. 
100,0 g quruq ekstraktda - 0,75 g alkaloid bo„lsa 
X g quruq ekstraktda        - 0,09 g alkaloid bo„ladi. 
12
100
20
6



Х
 g quruq ekstrakt 
Tayyor maxsulotning tavsifi. Och qo„ng„ir rangli, shirin mazali o„ziga xos xidga va suv tortish 
xususiyatiga  ega  bo„lgan  kukun.  Namligi  5%  dan  ortiq  bo„lmasligi  kerak,  alkaloidlar  miqdori 
giossiaminga nisbatan 0,7-0,8% oralig„ida bo„lishi lozim. 
Qadoqlash. 25-50,0 kg dan og„zi zich berkitiladigan shisha idishlarda chiqariladi.  
Saqlanishi. Ehtiyotlik bilan “B” ro„yxati bo„yicha quruq, qorong„i joyda saqlanadi.  
Ishlatilishi. Me‟da yallig„lanishi, 12 barmoqli ichak, xoletsistit kasalliklarida og„riq qoldiruvchi 
va  mushak  tarangligini  bo„shashtiruvchi  modda  sifatida  ishlatiladi.  Belladonna  quruq  ekstrakti  talqon, 
tabletka va shamchalar tarkibiga kiradi. Quyuq ekstraktga nisbatan 2 baravar ko„p miqdorda ishlatiladi. 
Bir martalik qabul qilish miqdori 0,1 g. Bir kunlik miqdori esa 0,3 g. 
Belladonna quruq ekstraktining chinligini aniqlash. 
0,2  g  preparat  0,5  ml  suvda  eritilib,  3  tomchi  kuchli  ammiak  eritmasi  bilan  aralashtiriladi. 
Aralashma  15  ml  xloraform  bilan  chayqatilib,  suvsizlantirilgan  natriy  sulfat  bilan  ishlanadi.  Eritma 
alyuminiy  oksid  orqali  suzib  olinib,  bug„latiladi.  Qoldiqqa  3-4  tomchi  0,5  mol/l  li  kaliy  ishqorining 
spirtli eritmasi va 5-8 tomchi atseton qo„shilsa, binafsha rang xosil bo„ladi (atropin).  
0,2  g  preparatga  5  ml  xloraform,  2  tomchi  suv,  1  tomchi  ammiak  eritmasi  qo„shilsa, 
mingdevona  ekstraktidan  farqli  o„laroq,  eritma  ultrabinafsha  nurida  xavo  rang  jilo    berib  tovlanadi 
(xrizotrop kislotasi). 
Namligi. 5% dan ko„p bo„lmasligi kerak. 
Tozaligi. Preparatda og„ir metall tuzlari 0,01% bo„lishi mumkin. 
Miqdorini  aniqlash.  Preparatdagi  alkaloidlarning  miqdori  neytrallanish  usulida  aniqlaniladi. 
Ularning miqdori (giossiaminga nisbatan xisoblaganda) 0,7-0,8% oralig„ida bo„lishi kerak.  
 
 
 
 
 
 
 
 

 
83 
Laboratoriya ishini qadamma-qadam bajarish tartibi 
 
 
Қуритиш 
Олинди 
Бажарилган иш 
Хосил бўлди 
4-6 соатга бўктириш 
Белладонна барги ва ер 
устки қисми 
Баҳолаш 
Қадоқлаш 
Тайѐр махсулот 
Қадоқловчи 
материал 
20% этил спирти 
4-6 соатга бўктириш 
 
Белладонна барги ва ер 
устки қисми 
20% этил спирти 
Ўтказиш 
Ажратма олиш 
Перколятор 
Перколятор 
Ўтказиш 
Ажратма олиш 
4-6 соатга бўктириш 
 
Белладонна барги ва ер 
устки қисми 
20% этил спирти 
Перколятор 
Ўтказиш 
Ажратма олиш 
Ажратма  
Ажратма  
Буғлатиш 
Майдалаш ва элаш 

 
84 
22-mavzu. Mingdevonaning moyli  ekstraktini tayyorlash texnologiyasi 
Maqsad: 
Dorivor  o„simlik  xom  ashyolaridan  ekstraktlarni  olish  usullari  va  ularni 
tayyorlashdagi  o„ziga  xos  tomonlar  bilan  tanishish.  Dorivor  o„simlik  xom  ashyolaridan  suyuq,  quyuq, 
quruq va moyli ekstraktlarni olish, ularni olishda ishlatiladigan usullarni qiyosiy baxolash. Ekstraktlarni 
sifat ko„rsatkichlari: quruq qoldiq miqdori, og„ir metall tuzlari, chinligi va miqdorini taxlil qilish. 
Mavzuning  ahamiyati:  Ekstraktlar  nafaqat  TDV  balki  boshqa  turdagi  dori  vositalarini 
tayyorlashda  ham  keng  ko„lamda ishlatilishi  bilan  ahamiyatlidir.  SHuning uchun  ham  ularni  tayyorlash 
texnologiyasini  o„zlashtirish  va  kengaytirish  katta  amaliy  ahamiyatga  ega.  SHunday  ekan  ularning 
nomenklaturasini  ishlab  chiqarish  amaliyotida  ko„paytirish  katta  amaliy  ahamiyat  kasb  etadi.  Barcha 
TDV lari kabi ekstraktlar ham qator sifat ko„rsatkichlari bo„yicha baxolanadi.  
Amaliy  mashg„ulot  mavzusini  yoritishda  “Sen  menga,  men  senga”  pedagogik  texnologiya 
usulidan foydalaniladi  
 
 
Vaziyatli masalalar: 
1.  Bug„latish natijasida olingan suyuqlik tiniq emas. 
2.  Moyli  ekstrakt  uchun  tanlab  olingan  dorivor  o„simlik  xom  ashyosining  tarkibida  moy 
umuman yo„q. 
3.  Mingdevona moyli ekstrakti loyqa va unda mayda-mayda pufakchalar mavjud. 
Talabalar bilimini tekshirish uchun savollar:: 
1.  Ekstraktorlar batareyasida ajratma olish qanday bajariladi? 
2.  Aylanma (sirkulyasion) usulda ajratma olish nima? 
3.  Sokslet apparati yordamida ajratma olish jarayoni nimalardan iborat? 
4.  Xladonlar yordami ajratma qanday olinadi? 
5.  Suyultirilgan  gazlar  yordamida  ajratma  olishda  ishlatiladigan  asbobning  ishchi  qismlarini 
sanang. 
6.  Suyultirilgan karbonat angidridi yordamida ajratma olish qanday amalga oshiriladi? 
7.  Moyli ekstraktlar deb nimaga aytiladi? 
Ўқитувчи 
1-талаба  
савол: Суюқ экстрактларни 
тайѐрланиш нисбатлари 
жавоб: перколяция, ВНИИФ ва 
реперколяция 
2-талаба  
жавоб: 1:1 
савол: Суюқ экстрактларни 
тайѐрлаш усуллари 
 
3-талаба  
савол:  
жавоб:  
4-талаба  
жавоб: 
савол: 
 
5-талаба  
савол:  
жавоб:  
6-талаба  
жавоб: 
савол: 
 

 
85 
8.  Moyli ekstraktlar olish uchun qanday moylardan foydlaniladi? 
9.  Sanoatda moyli ekstraktlar tayyorlash jarayoni qanday bosqichlardan iborat? 
10.  Moyli ekstraktlar tayyorlashda qanday ajratuvchilardan foydalaniladi? 
11.  Mingdevona moyli ekstraktining  tarkibini ayting. 
12.  Mingdevona moyli ekstraktining tayyorlanish texnologiyasi. 
1-laboratoriya ishi 
Mingdevona moyli ekstrakti 
Extractum Hyoscyami oleosum 
Vazifa 
1. 10,0 g mingdevona bargidan mingdevona moyli ekstraktini tayyorlang. 
2. Laboratoriya ishini qadamma-qadam bajarishni chizing. 
3. Tayyor maxsulotning sifatini tekshiring. 
Tarkibi. 
Quritilgan, yirik maydalangan mingdevona bargi  - 100,0 g. 
95 yoki 70% li etil spirti    
 
 
- etarli miqdorda. 
Ammiak eritmasi    
 
 
 
- etarli miqdorda. 
Kungaboqar moyi    
 
 
 
- 1000,0 g. 
Kerakli asbob-uskunalar va yordamchi materiallar. 
1. Quritilgan, yirik maydalangan mingdevona bargi.  
2. 95 va 70% li etil spirtlari. 
3. Ammiak eritmasi.  
4. Kungaboqar moyi. 
5. Og„zi keng shisha idish. 
6. Chinni kosacha va shisha tayoqcha. 
7. Suvsizlantirilgan natriy sulfat. 
8. Suv xammomi. 
Ishni bajarish tartibi. 
Og„zi keng shisha idishga 10,0 g yirik maydalangan mingdevona bargi solinadi va ustiga 9,66 
ml  95%  li  etil  spirti  va  3  qism  10%  li  ammiak  eritmalaridan  tayyorlangan  aralashma  quyiladi.  Massa 
shisha tayoqcha bilan aralashtiriladi va 12 soat uy xaroratida qoldiriladi. So„ng massa chinni kosachaga 
o„tkazilib,  ustiga  100,0  g  kungaboqar  moyi,  2,5  g  suvsizlantirilgan  natriy  sulfat  solinadi  va  suv 
xamomida spirt, ammiak  va suv to„liq bug„laguncha  aralashtirilib turiladi. Spirt, ammiak va suv to„liq 
uchib ketganda ajratma tiniq bo„lib qoladi va bargni barmoq orasiga olib ezganda qisirlaydi. So„ng moyli 
ajratma  2 qavatli doka orqali suzilib, xom ashyo siqib olinadi, ajratma issiq xolda quruq idishga suziladi. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 

 
86 
Laboratoriya ishini qadamma-qadam bajarish tartibi 
 
Tayyor maxsulotning sifatini tekshirish. 
Tayyor  maxsulotning  tavsifi.  YAshil  yoki  qo„ng„ir  yashil  rangli  tiniq  moysimon  suyuqlik 
bo„lib, o„ziga xos hidga ega. 
Chinligi.  Preparat  xlorid  kislota  bilan  benzin  aralashmasida  chayqatiladi.  Suvli  qatlam  ajratib 
olinadi.  Unga  xloraform  va  pikrin  kislota  qo„shib  qattiq  chayqatiladi,  so„ng  xloraform  qavati  tindirib 
qo„yiladi, bunda pikratlar shu qavatga o„tib sariq rang xosil qiladi (atropin gruppasi alkaloidlari). 
Qadoqlash. 15-20 kg dan shisha idishlarda chiqariladi. 
Saqlanishi. Zich berkitilgan idishlarda, salqin qorong„i joyda saqlanadi. 
Ishlatilishi.  Faqat  og„riq  qoldiruvchi  dori  vositasi  sifatida  nevralgiya  va  bod  kasalliklarida 
liniment dori shaklida beriladi. 
 
 
 
 
 
 
 
 
Икки қаватли дока 
Сузиш 
Олинди 
Бажарилган иш 
Хосил бўлди 
Аралаштириш  
Мингдевона барги  
Баҳолаш 
Қадоқлаш 
Тайѐр махсулот 
Қадоқловчи 
материал 
20% этил спирти 
10% аммиак эритмаси 
Спирт-аммиакли 
аралашма 
Бўктириш 
Кунгабоқар мойи 
Сувсизлантирилган 
натрий сульфат 
Аралаштириш  
Буғлатиш 

 
87 
23-mavzu. Plantaglyutsid novogalen preparatini tayyorlash texnologiyasi 
Maqsad: Novogalen preparatlari xaqida umumiy ko„nikmalarga ega bo„lish va ularni o„ziga xos 
tayyorlanish texnologiyalari bilan tanishish. 
Mavzuning  ahamiyati:  Novoganlen  preparatlari  Galen  preparatlaridan  o„ta  tozalanganligi  va 
standarti  bo„yicha  tubdan  farq  qiladi.  SHunday  ekan  ularni  nafaqat  ichish  uchun  balki  in‟eksiya  qilish 
mumkin bo„lganligi bilan ham ahamiyatlidir. 
Amaliy  mashg„ulot  mavzusini  yoritishda  “Qorbo„ron”  pedagogik  texnologiya  usulidan 
foydalaniladi  
 
 
 
Vaziyatli masalalar: 
1. Rutinni olish uchun yapon saforasining g„unchalari o„rniga gullari bor. 
2. Olingan ajratmada rutinni cho„kmaga tushishi juda ham sekin. 
3. Texnik fitin 10% li nitrat kislotasining eritmasida erimadi.  
Talabalar bilimini tekshirish uchun savollar:: 
1. Novogalen preparatlarining tarixi. 
2. Novogalen preparatlarini Galen preparatlaridan farqi. 
3. Novogalen preparatlarini tayyorlash bosqichlarini sanang. 
4. Novogalen preparatlari qanday usullar bo„yicha tayyorlanadi? 
5. Novogalen preparatlarini tayyorlashda ishlatiladigan ajratuvchilar. 
6. Novogalen preparatlarining turg„unligi qanday ta‟minlanadi? 
7. Adonizidni tarkibi va tayyorlanish texnologiyasi. 
8. Lantozidni  tarkibi.  
1-талаба: 
1-ўта тозаланганлиги 
2-тозаланган сув, ҳар хил қувватли этил 
спирти, органик ва ноорганик эритувчилар 
3-рутин 
4-қовурилган гуруч кепагидан 
5-1:1 
 
5-талаба: 
Плантаглюцидни 
олишдаги хом ашѐ ва 
ажратувчининг 
нисбати 
2-талаба: 
Новогален 
препаратларини 
тайѐрлашда 
ишлатиладиган 
ажратувчилар 
Ўқитувчи: 
Новогален 
препаратларини 
Гален 
препаратларидан 
фарқи 
4-талаба: 
Фитин нимадан олинади? 
3-талаба:  
Япон сафораси ғунчаларидан 
олинадиган препарат номи 

 
88 
9. Perforatsiya qurilmasini ishlash tartibi. 
10.  Novogalen preparatlarining dori shakllari va  nomenklaturasi. 
1-laboratoriya ishi 
Plantaglyusid. 
Plantaglucidum. 
Vazifa 
1. 50,0 g katta zubturum o„simligining bargidan plantaglyusid tayyorlang. 
2. Laboratoriya ishini qadamma-qadam bajarishni chizing. 
Tarkibi. 
Maydalangan zubturum o„simliging bargi  - 50,0 g. 
Tozalangan suv  
 
 
 
 
- etarli miqdorda. 
96% li etil spirti  
 
 
 
- etarli miqdorda. 
Kerakli asbob-uskuna va yordamchi materiallar. 
1. 50,0 g katta zubturum o„simligining bargi. 
2. Hajmi 500 ml bo„lgan kolba. 
3. Gaz gorelkasi va bug„latgich. 
4. Byuxner voronkasi (nutch filtri). 
5. Etil spirti (91-93% va 96% li ). 
6. Filtr qog„ozi va bo„z mato. 
Ishni bajarish  tartibi. 
50,0  g  maydalangan  katta  zubturum  o„simligining  bargi  shisha  idishga  solinib,  ustiga  500  ml 
tozalangan suv quyiladi va 45 daqiqa davomida past olovda qaynatiladi. So„ng ajratma quyib olinib, xom 
ashyo  ustiga  yana  300  ml  tozalangan  suv  solinib,  30  daqiqa  mobaynida      qaynatiladi.  Ajratmalar 
birlashtirilib,  filtr  qog„ozi  orqali  Byuxner  voronkasida  (nutch  filtr)  suziladi,  so„ngra  bug„latish  idishiga 
solinib,  oldingi  hajmining  1/10  qismi  qolguncha  quyultiriladi.  Quyultirilgan  ajratmani  shisha  idishga 
solib, 40
o
S gacha sovutgach, 3 baravar ko„p miqdorda 91-93% li etil spirti qo„shib aralashtiriladi va 30 
daqiqaga qoldiriladi. So„ngra suyuqlik ehtiyotlik bilan quyib olinib, cho„kma Byuxner voronkasida bo„z 
mato orqali suziladi va 15-25 ml 95-96% li etil spirti bilan  yuviladi. Aniq massadagi chinni kosachaga 
suyuqlik solinib, quritgich javonida 50-70
o
S haroratda quritiladi va maydalanadi. 
Download 1.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling