Tayyorladi: Abdug'afforova Marjona 20/1 pep reja "Pedagogik diagnostika va korreksiya"ning o‘quv fani sifatida shakllanishi


Download 1.12 Mb.
Sana23.04.2023
Hajmi1.12 Mb.
#1384120
Bog'liq
diagnostika slayddd


Pedagogik Diagnostika va korreksiya
Mavzu: Pedagogik diagnostika Pedagogikada ilmiy va amaliy soha
Tayyorladi: Abdug'afforova Marjona 20/1 PEP
REJA
1. “Pedagogik diagnostika va korreksiya”ning o‘quv fani sifatida shakllanishi
hamda rivojlanishi.
2. “Pedagogik diagnostika” tushunchasining mohiyati.
4. “Pedagogik diagnostika va korreksiya” o‘quv fanining asosiy tushunchalari.
Pedagogik diagnostikaning rivoji psixologik diagnostika bilan bog‘liq
va
bevosita uning negizida yuzaga kelgan. Psixologik diagnostikaning o‘zi XIX
asrning oxiri va XX asrning boshlarida psixologiya sohasida olib borilgan qator
tadqiqotlarning g‘oyalariga asoslangan holda mustaqil fan sifatida shakllana
boshladi.
Bu davrda Vilgelm Maksimilian Vundt (1832-1920) va Vilyam Shtern (1871-
1938 yy.) tomonidan amalga oshirilgan tadqiqotlarda nafaqat yuqori psixologik
funksiyalarni ifodalovchi holatlarga asoslanuvchi umumiy psixologik qonuniyatlar,
balki shaxsning individual xususiyatlari (idrok, xotira, diqqat, ta’sirlanish tezligi va
sh.k.) keng ko‘lamda o‘rganildi. Biroq, bilish sohasida “psixologik diagnostika”
tushunchasining qo‘llanilishi German Rorshax (1884-1922 yy.) bilan bog‘liq.
Psixologik tahlil (psixoanaliz) masalalari bilan qiziqqan hamda
Shveysariyaning nufuzli tibbiyot vakillari orasida tobora mashhur bo‘lib
borayotgan psixologik tahlil metodini yoqlovchi faollardan biriga aylangan
German Rorshax til iste’molida ilk marta “psixologik diagnostika” tushunchasini
qo‘lladi.
German Rorshax tomonidan 1921 yilda “Psixologik diagnostika:
idrokka asoslangan tashxislovchi test” nomli asarning e’lon qilinishi
“Psixologik diagnostika” tarixining aynan shu nom bilan rivojlanib
borishini ta’minladi6.
Bugungi kunda o‘qituvchi kasbiy faoliyatining muhim tarkibiy qismiga
aylanib borayotgan “Pedagogik diagnostika”ning tarixida nemis olimi Karlxayns
Ingenkampning alohida o‘rni bor.
Aynan Karlxayns Ingenkamp 1968 yilda ta’lim sohasida “pedagogik
diagnostika”7
tushunchasini qo‘llash taklifini ilgari surgan.
Muallif tashxisga asoslanuvchi pedagogik faoliyat negizida sifatning zarur
Muallif tashxisga asoslanuvchi pedagogik faoliyat negizida sifatning zarur
ilmiy mezonlarini saqlab qolgan holda o‘qituvchi tomonidan o‘quvchilar
faoliyatini anketa yordamida kuzatish, nazorat va so‘rovlar natijalarini qayta
ishlash orqali xatti-harakatlari mohiyatidan ularni xabardor kilish, natijalar uchun
negiz bo‘lgan sabablarni yoritish va istiqbolni izohlash
jarayonini tushungan edi.
“Diagnostika” (tashxislash) tushunchasi yunon tilidan tarjima
qilinganda lug‘aviy jihatdan “bilish”, “aniqlash”, nazariy jihatdan
esa “aniqlashga qodirlik”, “aniqlashga imkon berish” ma’nolarini
anglatadi.
E’tiborli jihati so‘nggi o‘n yilliklarda “pedagogik diagnostika” tushunchasi
ko‘plab tadqiqotchilarning e’tiborini o‘ziga tortmoqda. Garchi mazkur tushuncha
ular tomonidan shaklan turlicha talqin qilinayotgan bo‘lsa ham nazariy jihatdan
umumiy mazmunga ega.
K.Ingenkampning nuqtai nazariga ko‘ra, pedagogik tashxislash
zarur o‘lcham (ko‘rsatkich)lardan foydalanish asosida hodisalar
mohiyatini anglash va ularning muayyan vaziyatlardagi holatiga baho
berish jarayonidir. Muallif, pedagogik tashxislashning o‘ziga
xosliklaridan kelib chiqqan holda uni mohiyati, maqsad va vazifalarini
belgilash orqali pedagog tomonidan tashkil etialdigan faoliyatning
mustaqil turi ekanligiga ham urg‘u berdi9.
Yaxlit tizim sifatida pedagogik jarayonining barcha bosqichlarida uni tarkibiy
elementlari holatini aniqlash orqali istiqbolni belgilash, ta’lim strategiyalarini
ishlab chiqish zamonaviy pedagogik diagnostika oldida turgan muhim vazifalar
sanaladi. Mazkur tushuncha shunga ko‘ra ham nazariy jihatdan tavsiflanadi.
Pedagogik diagnostika – pedagogik tizimning turli elementlari holati va
uni barcha bosqchilarda bashoratlash, mo‘tadil rivojlanish
tendensiyalarining buzilishini bartaraf etish uchun ularni amalga
oshirish sharoitlarini tavsiflovchi belgilarini aniqlanash va o‘rganish
ta’lim va tarbiya natijasini baholashda shaxsning
ma’lum bir xususiyatlarini aniqlash uchun mo‘ljallangan pedagog va
pedagogik
kollektivlarning
o‘ziga
xos
faoliyatining
tizimi.
Maqsad, vazifa, tashxis shakllari, metodlari, vosita yoki jihozlari, tashxisni
amalga oshiruvchining ma’lumoti, malaka darajasi, ish tajribasi, tashxis mezonlari
va ko‘rsatkichlari, tashxis bosqichlari, tashxis natijalari, korresiyalovchi metodika
pedagogik tashxisning muhim asoslari bo‘lib, har qanday vaziyatda ham ular yaxlit
holda inobatga olinishi zarur.
V.Uruskoy esa pedagogik tashxislash o‘z mohiyatiga ko‘ra ikki maqsadga
erishishga xizmat qiladi, deb hisoblaydi. Ular: 1) o‘qituvchining kasbiy darajasini
o‘rganuvchi metod, vositalarning tizimi sifatida kasbiy faoliyatdagi
qiyinchiliklarni o‘rganish, ularni barataf etishning samarali yo‘llarini izlash
zaruriyatini anglash; 2) pedagogik faoliyatni tashkil etishning individual uslubiga
ko‘ra o‘qituvchining kuchli tomonlarini aniqlash, ularni mustahkamlash hamda
rivojlantirishning aniq yo‘llari va vositalarini aniqlash.
Yanada aniqroq qilib aytganda, pedagogik diagnostika – aniq
maqsaddan kelib chiqqan holda muayyan holat (fazilat, bilimlarni
o‘zlashtirish) bo‘yicha o‘rganiluvchi shaxs faoliyatini kuzatish,
tekshirish va baholashga oid statistik ma’lumotlarni yig‘ish, ularni tahlil
qilish, dinamik rivojlanishni aniqlashga qaratilgan nazorat yoki
monitoringning tarkibiy qismi13; ta’lim oluvchilar, pedagog yoki ta’lim
muassasasi rahbarining faoliyati darajasida jarayon yoki hodisani bir
vaqtning o‘zida tezkor o‘rganish, baholash, yo‘naltirish va to‘g‘rilash14
demakdir.
O‘z mohiyatiga ko‘ra ma’lum jarayon, hodisa yoki ob’ekt bo‘yicha
pedagogik
tashxis qo‘yishga qaratilgan faoliyat esa pedagogik tashxislash sanaladi. Chunki
tashxislash negizida shaxs yoki avtomatik qurilma tomonidan amalga
oshiriladigan real harakat yotadi.
“Pedagogik diagnostika va korreksiya” o‘quv fanining maqsadi –
pedagogik ahamiyatga ega ma’lumotlarni aniqlash va ulardan foydalanish
asosida o‘quvchi shaxsini har tomonlama rivojlantirish, tarbiyalash,
o‘quv hamda kasbiy faoliyatga psixologik jihatdan samarali tayyorlash
uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishdan iborat.
Ma’lumki, har bir fan yoki o‘quv fani kabi “Pedagogik diagnostika va
korreksiya” ham o‘zining tayanch tushunchalari (asosiy kategoriyalari)ga ega.
Quyidagilar “Pedagogik diagnostika va korreksiya” o‘quv fanining tayanch
tushunchalari (asosiy kategoriyalari) sanaladi:
Tashxis (pedagogikada) – o‘zida tadqiqot (o‘rganish) ob’ekti sifatida
tanlangan shaxs yoki ijtimoiy guruh (masalan, o‘quvchilar sinfi)ga xos
muayyan xususiyatlarni, shaxslararo o‘zaro ta’sirni, o‘zaro
munosabatlarni, o‘zaro bir-birlarini tushunishni tavsiflaydigan
pedagogik faoliyatning yakuniy natijasi. Tashxis – tashxislashning,
ya’ni, tashxislash jarayonining natijasi, shuniningdek, ma’lum xususiyat,
sifat, holat va shu kabilarning tasdiqlanishi sanaladi.
Tekshirish (yoki tekshiruvdan o‘tkazish) – tadqiqot ob’ekti bo‘lgan
shaxs yoki jarayonga oid dalillarning tashxis ma’lumotlari bilan o‘zaro
solishtirish va ularning tasdiqlanishini ta’minlovchi jarayon.
Metod (qad. yun. “μέθοδος”– yo‘l, usul; yun. “methodos” – tadqiqot
yo‘li, usuli) – muayyan maqsadga erishish uchun ma’lum yo‘lni, tartib
yoki tizimga solingan faoliyat usulini tanlash16
. Mazkur tushuncha
turlicha talqin qilinadi. Jumladan, 1) faoliyat usuli; 2) qandaydir
faoliyat usullarining majmui; 3) harakat usuli yoki ko‘rinishi; 4) harakat
tizimi; 5) ta’sir ko‘rsatish yo‘li; 6) maqsadga erishish uchun tashkil
etilayotgan harakat.
Tashxislovchi metodlar – olingan natijalar asosida psixologik hamda
pedagogik jarayonning mohiyatini, muayyan shaxsga yoki shaxslar
guruhi (masalan, o‘quvchilar sinfi)ning o‘ziga xos xususiyatlarni
ifodalovchi ko‘rsatkichlarni o‘lchash, ularni o‘zaro solishtirish va
tasdiqlashga xizmat qiladigan metodlar. Odatda, tashxis metodlari
Test metodi (ingl. “test” – sinash, tekshirish) – o‘rganilayotgan
shaxsning aqliy rivojlanish darajasi, qobiliyati, muayyan ish-harakat,
faoliyatni bajarishga doir ko‘nikma, malakalari, shaxsiy va irodaviy
sifatlari, ruhiy xususiyatlari, shaxslar guruhi (masalan, o‘quvchilar
sinfi)ga xos xususiyatlarni aniqlash va baholashda qo‘llaniladigan qisqa
standart tekshirish yoki sinov usuli.
.
Tashxislovchi texnika – pedagog yoki mutaxassis tomonidan samarali
o‘zlashtirilib, o‘rganilayotgan shaxs (o‘quvchi, tarbiyalanuvchi) yoki
shaxslar guruhi (masalan, o‘quvchilar sinfi)ga pedagogik ta’sir
ko‘rsatish metodlarini amalda samarali qo‘llashga imkon beradigan
bilim, ko‘nikma, malaka va tajribalar yig‘indisi.
Me’yor (tashxislovchi me’yor) – 1) tashxislash jarayonining avvali
(boshi) va yakuni (oxiri) da qo‘lga kiritilgan natijalarni o‘zaro
solishtirish uchun xizmat qiladigan standartlashtirilgan o‘lchov
birliklari, ko‘rsatkichlar; 2) o‘rganilayotgan shaxs yoki shaxslar guruhi
(masalan, o‘quvchilar sinfi)ga xos bo‘lgan xulq-atvor, ma’lum xattiharakatni tashkil qilish, shuningdek, ma’lum jarayonga xos
xususiyatlarni tadqiq qilish uchun namuna, andoza.
Standart (davlat ta’lim standarti – DTS; ingl. “standard” – meyor,
namuna) – uzluksiz ta’lim bosqichlarining asosiy ta’lim dasturlari
mazmunining zaruriy minimumini, o‘quvchilarga yuklanadigan o‘quv
yuklanmalarning maksimal hajmini, ta’lim muassasasi bitiruvchilarining
tayyorgarlik darajasini, ta’lim jarayonini ta’minlash (uning moddiytexnik, o‘quv-laboratoriya, axborot-metodik, kadrlar taminoti)ning
asosiy talablarini aniqlab beradigan meyor va talablar18
. Diagnostika
nazariyasida “standart” tushunchasi quyidagi uch jihatga ko‘ra
qo‘llaniladi: 1) o‘lchash, o‘zaro solishtirish, tahlil qilish va baholash
uchun asos bo‘ladigan ko‘rsatkich; 2) psixologik-pedagogik ko‘rsatkich
(shkala)larni shakllantirish uchun asos bo‘ladigan ixtiyoriy etalon
(namuna); 3) muayyan jamiyat tomonidan e’tirof qilingan ijtimoiy axloq
mezoni.
Nazorat savollari:
1. “Pedagogik diagnostika” tushunchasi ilk marta kim tomonidan
qo‘llanilagan?
2. “Pedagogik diagnostika va korreksiya”ning o‘quv fanining rivojlanishiga
kimlar hissa qo‘shgan?
3. “Diagnostika” va “pedagogik diagnostika” tushunchalari qanday ma’noni
anglatadi?
4. “Pedagogik diagnostika va korreksiya” o‘quv fani qanday maqsadni ko‘zlaydi?
5. O‘quv fanining asosiy vazifalari nimalardan iborat?
Test topshiriqlari:
1. Pedagogik diagnostika ... ning asosida shakllangan.
a) ijtimoiy diagnostika;
b) psixologik diagnostika;
c) iqtisodiy diagnostika;
d) texnik diagnostika.
2. Psixologik diagnostika ... da shakllangan.
a) XIX asrning oxiri va XX asrning boshi;
b) XVIII asrning oxiri va XIX asrning boshi;
c) XVII asrning oxiri va XVIII asrning boshi;
d) XVI asrning oxiri va XVII asrning boshi.
3. ... “pedagogik diagnostika” tushunchasini ilk bor qo‘llagan.
a) German Rorshax;
b) Vilgelm Vundt;
c) Vilyam Shtern;
d) Karlxayns Ingenkamp
4. Nazariy jihatdan esa “aniqlashga qodirlik”, “aniqlashga imkon berish”
ma’nolari qaysi tushuncha yordamida ifodalanadi?
a) tashxis (diagnoz);
b) tashxislash (diagnostika);
c) shkala;
d) shkalalash.
5. Ta’lim oluvchilarning faoliyati darajasida jarayon yoki hodisani bir
vaqtning o‘zida tezkor o‘rganish, baholash, yo‘naltirish va to‘g‘rilash. Ushbu ta’rif
qaysi tushunchaga tegishli?
a) ijtimoiy diagnostika;
b) psixologik diagnostika;
c) pedagogik djiagnostika;
d) texnik diagnostika.
6. Pedagogik ahamiyatga ega ma’lumotlarni aniqlash va ulardan foydalanish
asosida o‘quvchi shaxsini har tomonlama rivojlantirish, tarbiyalash, o‘quv hamda
kasbiy faoliyatga psixologik jihatdan samarali tayyorlash uchun zarur shartsharoitlarni yaratish – bu “Pedagogik diagnostika va korreksiya” o‘quv fanining ...
a) ob’ekti;
b) predmeti;
c) vazifasi;
d) maqsadi;
Foydalanish uchun adabiyotlar:
1. Ингенкамп, Карлхайнц. Педагогическая диагностика / Пер. с нем. –
М.: Педагогика, 2001. – С. 16-17.
2. Pedagogik diagnostika / Ma’ruza matnlari. Tuzuvchi: X.Raxmatova. –
Namangan: Namangan DU, 2014. – 100 b.
3. Овсянникова С.К. Педагогическая диагностика и коррекция в
воспитательном процессе / Учебно-метод.пособие. – Нижневартовск: Изд-во
Нижневарт.гуманит.унив-а, 2011. – 243 с.
E'TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!
Download 1.12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling