Tayyorladi: Abdug'afforova Marjona 20/1 pep reja "Pedagogik diagnostika va korreksiya"ning o‘quv fani sifatida shakllanishi
Download 1.12 Mb.
|
diagnostika slayddd
Pedagogik Diagnostika va korreksiya Mavzu: Pedagogik diagnostika Pedagogikada ilmiy va amaliy soha Tayyorladi: Abdug'afforova Marjona 20/1 PEP REJA 1. “Pedagogik diagnostika va korreksiya”ning o‘quv fani sifatida shakllanishi hamda rivojlanishi. 2. “Pedagogik diagnostika” tushunchasining mohiyati. 4. “Pedagogik diagnostika va korreksiya” o‘quv fanining asosiy tushunchalari. Pedagogik diagnostikaning rivoji psixologik diagnostika bilan bog‘liq va bevosita uning negizida yuzaga kelgan. Psixologik diagnostikaning o‘zi XIX asrning oxiri va XX asrning boshlarida psixologiya sohasida olib borilgan qator tadqiqotlarning g‘oyalariga asoslangan holda mustaqil fan sifatida shakllana boshladi. Bu davrda Vilgelm Maksimilian Vundt (1832-1920) va Vilyam Shtern (1871- 1938 yy.) tomonidan amalga oshirilgan tadqiqotlarda nafaqat yuqori psixologik funksiyalarni ifodalovchi holatlarga asoslanuvchi umumiy psixologik qonuniyatlar, balki shaxsning individual xususiyatlari (idrok, xotira, diqqat, ta’sirlanish tezligi va sh.k.) keng ko‘lamda o‘rganildi. Biroq, bilish sohasida “psixologik diagnostika” tushunchasining qo‘llanilishi German Rorshax (1884-1922 yy.) bilan bog‘liq. Psixologik tahlil (psixoanaliz) masalalari bilan qiziqqan hamda Shveysariyaning nufuzli tibbiyot vakillari orasida tobora mashhur bo‘lib borayotgan psixologik tahlil metodini yoqlovchi faollardan biriga aylangan German Rorshax til iste’molida ilk marta “psixologik diagnostika” tushunchasini qo‘lladi. German Rorshax tomonidan 1921 yilda “Psixologik diagnostika: idrokka asoslangan tashxislovchi test” nomli asarning e’lon qilinishi “Psixologik diagnostika” tarixining aynan shu nom bilan rivojlanib borishini ta’minladi6. Bugungi kunda o‘qituvchi kasbiy faoliyatining muhim tarkibiy qismiga aylanib borayotgan “Pedagogik diagnostika”ning tarixida nemis olimi Karlxayns Ingenkampning alohida o‘rni bor. Aynan Karlxayns Ingenkamp 1968 yilda ta’lim sohasida “pedagogik diagnostika”7 tushunchasini qo‘llash taklifini ilgari surgan. Muallif tashxisga asoslanuvchi pedagogik faoliyat negizida sifatning zarur Muallif tashxisga asoslanuvchi pedagogik faoliyat negizida sifatning zarur ilmiy mezonlarini saqlab qolgan holda o‘qituvchi tomonidan o‘quvchilar faoliyatini anketa yordamida kuzatish, nazorat va so‘rovlar natijalarini qayta ishlash orqali xatti-harakatlari mohiyatidan ularni xabardor kilish, natijalar uchun negiz bo‘lgan sabablarni yoritish va istiqbolni izohlash jarayonini tushungan edi. “Diagnostika” (tashxislash) tushunchasi yunon tilidan tarjima qilinganda lug‘aviy jihatdan “bilish”, “aniqlash”, nazariy jihatdan esa “aniqlashga qodirlik”, “aniqlashga imkon berish” ma’nolarini anglatadi. E’tiborli jihati so‘nggi o‘n yilliklarda “pedagogik diagnostika” tushunchasi ko‘plab tadqiqotchilarning e’tiborini o‘ziga tortmoqda. Garchi mazkur tushuncha ular tomonidan shaklan turlicha talqin qilinayotgan bo‘lsa ham nazariy jihatdan umumiy mazmunga ega. K.Ingenkampning nuqtai nazariga ko‘ra, pedagogik tashxislash zarur o‘lcham (ko‘rsatkich)lardan foydalanish asosida hodisalar mohiyatini anglash va ularning muayyan vaziyatlardagi holatiga baho berish jarayonidir. Muallif, pedagogik tashxislashning o‘ziga xosliklaridan kelib chiqqan holda uni mohiyati, maqsad va vazifalarini belgilash orqali pedagog tomonidan tashkil etialdigan faoliyatning mustaqil turi ekanligiga ham urg‘u berdi9. Yaxlit tizim sifatida pedagogik jarayonining barcha bosqichlarida uni tarkibiy elementlari holatini aniqlash orqali istiqbolni belgilash, ta’lim strategiyalarini ishlab chiqish zamonaviy pedagogik diagnostika oldida turgan muhim vazifalar sanaladi. Mazkur tushuncha shunga ko‘ra ham nazariy jihatdan tavsiflanadi. Pedagogik diagnostika – pedagogik tizimning turli elementlari holati va uni barcha bosqchilarda bashoratlash, mo‘tadil rivojlanish tendensiyalarining buzilishini bartaraf etish uchun ularni amalga oshirish sharoitlarini tavsiflovchi belgilarini aniqlanash va o‘rganish ta’lim va tarbiya natijasini baholashda shaxsning ma’lum bir xususiyatlarini aniqlash uchun mo‘ljallangan pedagog va pedagogik kollektivlarning o‘ziga xos faoliyatining tizimi. Maqsad, vazifa, tashxis shakllari, metodlari, vosita yoki jihozlari, tashxisni amalga oshiruvchining ma’lumoti, malaka darajasi, ish tajribasi, tashxis mezonlari va ko‘rsatkichlari, tashxis bosqichlari, tashxis natijalari, korresiyalovchi metodika pedagogik tashxisning muhim asoslari bo‘lib, har qanday vaziyatda ham ular yaxlit holda inobatga olinishi zarur. V.Uruskoy esa pedagogik tashxislash o‘z mohiyatiga ko‘ra ikki maqsadga erishishga xizmat qiladi, deb hisoblaydi. Ular: 1) o‘qituvchining kasbiy darajasini o‘rganuvchi metod, vositalarning tizimi sifatida kasbiy faoliyatdagi qiyinchiliklarni o‘rganish, ularni barataf etishning samarali yo‘llarini izlash zaruriyatini anglash; 2) pedagogik faoliyatni tashkil etishning individual uslubiga ko‘ra o‘qituvchining kuchli tomonlarini aniqlash, ularni mustahkamlash hamda rivojlantirishning aniq yo‘llari va vositalarini aniqlash. Yanada aniqroq qilib aytganda, pedagogik diagnostika – aniq maqsaddan kelib chiqqan holda muayyan holat (fazilat, bilimlarni o‘zlashtirish) bo‘yicha o‘rganiluvchi shaxs faoliyatini kuzatish, tekshirish va baholashga oid statistik ma’lumotlarni yig‘ish, ularni tahlil qilish, dinamik rivojlanishni aniqlashga qaratilgan nazorat yoki monitoringning tarkibiy qismi13; ta’lim oluvchilar, pedagog yoki ta’lim muassasasi rahbarining faoliyati darajasida jarayon yoki hodisani bir vaqtning o‘zida tezkor o‘rganish, baholash, yo‘naltirish va to‘g‘rilash14 demakdir. O‘z mohiyatiga ko‘ra ma’lum jarayon, hodisa yoki ob’ekt bo‘yicha pedagogik tashxis qo‘yishga qaratilgan faoliyat esa pedagogik tashxislash sanaladi. Chunki tashxislash negizida shaxs yoki avtomatik qurilma tomonidan amalga oshiriladigan real harakat yotadi. “Pedagogik diagnostika va korreksiya” o‘quv fanining maqsadi – pedagogik ahamiyatga ega ma’lumotlarni aniqlash va ulardan foydalanish asosida o‘quvchi shaxsini har tomonlama rivojlantirish, tarbiyalash, o‘quv hamda kasbiy faoliyatga psixologik jihatdan samarali tayyorlash uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishdan iborat. Ma’lumki, har bir fan yoki o‘quv fani kabi “Pedagogik diagnostika va korreksiya” ham o‘zining tayanch tushunchalari (asosiy kategoriyalari)ga ega. Quyidagilar “Pedagogik diagnostika va korreksiya” o‘quv fanining tayanch tushunchalari (asosiy kategoriyalari) sanaladi: Tashxis (pedagogikada) – o‘zida tadqiqot (o‘rganish) ob’ekti sifatida tanlangan shaxs yoki ijtimoiy guruh (masalan, o‘quvchilar sinfi)ga xos muayyan xususiyatlarni, shaxslararo o‘zaro ta’sirni, o‘zaro munosabatlarni, o‘zaro bir-birlarini tushunishni tavsiflaydigan pedagogik faoliyatning yakuniy natijasi. Tashxis – tashxislashning, ya’ni, tashxislash jarayonining natijasi, shuniningdek, ma’lum xususiyat, sifat, holat va shu kabilarning tasdiqlanishi sanaladi. Tekshirish (yoki tekshiruvdan o‘tkazish) – tadqiqot ob’ekti bo‘lgan shaxs yoki jarayonga oid dalillarning tashxis ma’lumotlari bilan o‘zaro solishtirish va ularning tasdiqlanishini ta’minlovchi jarayon. Metod (qad. yun. “μέθοδος”– yo‘l, usul; yun. “methodos” – tadqiqot yo‘li, usuli) – muayyan maqsadga erishish uchun ma’lum yo‘lni, tartib yoki tizimga solingan faoliyat usulini tanlash16 . Mazkur tushuncha turlicha talqin qilinadi. Jumladan, 1) faoliyat usuli; 2) qandaydir faoliyat usullarining majmui; 3) harakat usuli yoki ko‘rinishi; 4) harakat tizimi; 5) ta’sir ko‘rsatish yo‘li; 6) maqsadga erishish uchun tashkil etilayotgan harakat. Tashxislovchi metodlar – olingan natijalar asosida psixologik hamda pedagogik jarayonning mohiyatini, muayyan shaxsga yoki shaxslar guruhi (masalan, o‘quvchilar sinfi)ning o‘ziga xos xususiyatlarni ifodalovchi ko‘rsatkichlarni o‘lchash, ularni o‘zaro solishtirish va tasdiqlashga xizmat qiladigan metodlar. Odatda, tashxis metodlari Test metodi (ingl. “test” – sinash, tekshirish) – o‘rganilayotgan shaxsning aqliy rivojlanish darajasi, qobiliyati, muayyan ish-harakat, faoliyatni bajarishga doir ko‘nikma, malakalari, shaxsiy va irodaviy sifatlari, ruhiy xususiyatlari, shaxslar guruhi (masalan, o‘quvchilar sinfi)ga xos xususiyatlarni aniqlash va baholashda qo‘llaniladigan qisqa standart tekshirish yoki sinov usuli. . Tashxislovchi texnika – pedagog yoki mutaxassis tomonidan samarali o‘zlashtirilib, o‘rganilayotgan shaxs (o‘quvchi, tarbiyalanuvchi) yoki shaxslar guruhi (masalan, o‘quvchilar sinfi)ga pedagogik ta’sir ko‘rsatish metodlarini amalda samarali qo‘llashga imkon beradigan bilim, ko‘nikma, malaka va tajribalar yig‘indisi. Me’yor (tashxislovchi me’yor) – 1) tashxislash jarayonining avvali (boshi) va yakuni (oxiri) da qo‘lga kiritilgan natijalarni o‘zaro solishtirish uchun xizmat qiladigan standartlashtirilgan o‘lchov birliklari, ko‘rsatkichlar; 2) o‘rganilayotgan shaxs yoki shaxslar guruhi (masalan, o‘quvchilar sinfi)ga xos bo‘lgan xulq-atvor, ma’lum xattiharakatni tashkil qilish, shuningdek, ma’lum jarayonga xos xususiyatlarni tadqiq qilish uchun namuna, andoza. Standart (davlat ta’lim standarti – DTS; ingl. “standard” – meyor, namuna) – uzluksiz ta’lim bosqichlarining asosiy ta’lim dasturlari mazmunining zaruriy minimumini, o‘quvchilarga yuklanadigan o‘quv yuklanmalarning maksimal hajmini, ta’lim muassasasi bitiruvchilarining tayyorgarlik darajasini, ta’lim jarayonini ta’minlash (uning moddiytexnik, o‘quv-laboratoriya, axborot-metodik, kadrlar taminoti)ning asosiy talablarini aniqlab beradigan meyor va talablar18 . Diagnostika nazariyasida “standart” tushunchasi quyidagi uch jihatga ko‘ra qo‘llaniladi: 1) o‘lchash, o‘zaro solishtirish, tahlil qilish va baholash uchun asos bo‘ladigan ko‘rsatkich; 2) psixologik-pedagogik ko‘rsatkich (shkala)larni shakllantirish uchun asos bo‘ladigan ixtiyoriy etalon (namuna); 3) muayyan jamiyat tomonidan e’tirof qilingan ijtimoiy axloq mezoni. Nazorat savollari: 1. “Pedagogik diagnostika” tushunchasi ilk marta kim tomonidan qo‘llanilagan? 2. “Pedagogik diagnostika va korreksiya”ning o‘quv fanining rivojlanishiga kimlar hissa qo‘shgan? 3. “Diagnostika” va “pedagogik diagnostika” tushunchalari qanday ma’noni anglatadi? 4. “Pedagogik diagnostika va korreksiya” o‘quv fani qanday maqsadni ko‘zlaydi? 5. O‘quv fanining asosiy vazifalari nimalardan iborat? Test topshiriqlari: 1. Pedagogik diagnostika ... ning asosida shakllangan. a) ijtimoiy diagnostika; b) psixologik diagnostika; c) iqtisodiy diagnostika; d) texnik diagnostika. 2. Psixologik diagnostika ... da shakllangan. a) XIX asrning oxiri va XX asrning boshi; b) XVIII asrning oxiri va XIX asrning boshi; c) XVII asrning oxiri va XVIII asrning boshi; d) XVI asrning oxiri va XVII asrning boshi. 3. ... “pedagogik diagnostika” tushunchasini ilk bor qo‘llagan. a) German Rorshax; b) Vilgelm Vundt; c) Vilyam Shtern; d) Karlxayns Ingenkamp 4. Nazariy jihatdan esa “aniqlashga qodirlik”, “aniqlashga imkon berish” ma’nolari qaysi tushuncha yordamida ifodalanadi? a) tashxis (diagnoz); b) tashxislash (diagnostika); c) shkala; d) shkalalash. 5. Ta’lim oluvchilarning faoliyati darajasida jarayon yoki hodisani bir vaqtning o‘zida tezkor o‘rganish, baholash, yo‘naltirish va to‘g‘rilash. Ushbu ta’rif qaysi tushunchaga tegishli? a) ijtimoiy diagnostika; b) psixologik diagnostika; c) pedagogik djiagnostika; d) texnik diagnostika. 6. Pedagogik ahamiyatga ega ma’lumotlarni aniqlash va ulardan foydalanish asosida o‘quvchi shaxsini har tomonlama rivojlantirish, tarbiyalash, o‘quv hamda kasbiy faoliyatga psixologik jihatdan samarali tayyorlash uchun zarur shartsharoitlarni yaratish – bu “Pedagogik diagnostika va korreksiya” o‘quv fanining ... a) ob’ekti; b) predmeti; c) vazifasi; d) maqsadi; Foydalanish uchun adabiyotlar: 1. Ингенкамп, Карлхайнц. Педагогическая диагностика / Пер. с нем. – М.: Педагогика, 2001. – С. 16-17. 2. Pedagogik diagnostika / Ma’ruza matnlari. Tuzuvchi: X.Raxmatova. – Namangan: Namangan DU, 2014. – 100 b. 3. Овсянникова С.К. Педагогическая диагностика и коррекция в воспитательном процессе / Учебно-метод.пособие. – Нижневартовск: Изд-во Нижневарт.гуманит.унив-а, 2011. – 243 с. E'TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT! Download 1.12 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling