Tayyorladi: abdulaxatov dilshodbek


Download 21.27 Kb.
Pdf ko'rish
Sana08.03.2023
Hajmi21.27 Kb.
#1248443
Bog'liq
Abu Nasr Farobiyning pedagogikaga oid qarashlari...!



Abu Nasr Farobiyning
pedagogikaga oid
qarashlari
TAYYORLADI: ABDULAXATOV DILSHODBEK




Abu Nasr Farobiy – o’rta asr sharqining mashhur mutafakkiri, 
qadimgi yunon falsafasining Sharqdagi eng yirik davomchisi va
targ’ibotchisidir. U Sirdaryo bo’yidagi O’tror (Forob) shahrida 873 
yilda tug’ilib, Shosh (Toshkent), Buxoro shaharlarida o’qidi, so’ng
xalifligining markazi Bag’dod shahriga borib, u yerda ko’p yil
istiqomat qildi. Yunon faylasuflarining asarlarini mutolaa qilish, 
turli tillarni o’rganishbilan shug’ullandi. Umrining so’nggi
yillarida Damashqda yashadi. 950 yilda vafot etdi. U turli
sohalarga oid ilmiy asarlar qoldirdi. U o’z davrining faylasufi, 
musiqachisi, shoiri, qomusiy olimi sifatida shuhrat qozondi. U 
“Aql haqidagi risola” “Falsafadan oldin nimani o’rganish kerak”, 
“Falsafa manbalari”, “Masalalar manbalari” kabi 160 dan ortiq
risolalar yaratdi.



Fan va madaniyat olamida o‘z o‘rni va mavqeiga ega
bo‘lgan ulug‘ mutafakkir, zabardast olim, buyuk allomalardan
biri, shubhasiz, Abu Nasr Muhammad ibn Muhammad ibn 
Uzlug‘ Tarxon Forobiydir (873—950). Dunyo fani va
madaniyati, uyg‘onish davrining ko‘zga ko‘ringan vakillaridan
biri bo‘lgan Forobiy qadimgi yunon fani va madaniyatining
insoniyat tsivilizatsiyasida tutgan o‘rnini yuksak baholab, butun
ilmiy faoliyati davomida nafaqat unga suyandi, 
cheksiz hayratlandi va ilhomlandi, balki
kishilik tarixida o‘chmas iz qoldirgan yunon olimlarining, 
ko‘proq Arastuning asarlarini targ‘ib qildi, ularning ko‘plarini
arab tiliga tarjima qildi, sharhlar yozdi.



Farobiy yosh avlodni kamolga yetkazishda u yashayotgan
jamiyatdagi muhit, hayotiy tajriba, talim-tarbiyaning ta`siri va bu
ta`sir natijasida ular o`zlaridagi ijobiy yoki salbiy xislat-fazilatlarni
namoyon qilishlarini aytadi. “Insonlar tug`ilganda kamolotli bo`lib
tug`imaydi, ularni orasida aslida farq ham bo`lmaydi, ularning
xulqi, faoliyati, hayoti o`xshash bo`ladi, keyinchalik esa o`zgaradi, 
ya`ni ijtimoiylashuv jarayonida jamiyatda odamlar ming yillardan
beri amal qilib kelayotgan qadiriyatlarni va me`yorlarni qabul
qiladilar.




Inson jamiyatdagi qarama –qarshiliklarni o`ziga singdira boshlaydi, har
xil mushkulotlarga duch keladi. Inson faoliyatining adolatga yaqinligi
yoki uzoqligi uning aqliga, xulqiga, yashagan jamiyatiga bog`liq.
Agar unda yomonlik fikrlari ozroq bo`lsa, adolatga yaqin bo`ladi, agar
ko`proq bo`lsa adolatdan, insofdan uzoqroq bo`ladi. Xulq albatta
insonning yaxshi yoki yomon xislatlarining nisbatiga bog`liqdir”.
Jamiyatda adolat asosiy mezon bo`lsa, uning a`zolari ham insof va
diyonatli, mehr-oqibatli bo`ladilar. Inson jamoasi to`g`risidagi
ta`limotning asosini kishilarning ongli harakatini ,xulq-odatlari, tabiy
–mayillari, istak va malakalarini, faoliyatlari va turmush darajalarini
o`rganish masalalari tashkil etadi. 



Farobiy ta`lim tarbiyaga bag`ishlangan asarlarida ta`lim –
tarbiyaning muhumligi, unda nimalarga e`tibor berish zarurligi, ta`lim –
tarbiya usullari va uslubi haqida fikr yuritadi. «Fozil odamlar shahri»,
«Baxt saodatga erishuv to`g`risida», «Ixso – al - ulum», «Ilmlarning
kelib chiqishi», «Aql ma`nolari to`g`risida» kabi asrlarida ijtimoiy –
tarbiyaviy qarashlari o`z ifodasini topgan.
Farobiy o`z ishlarida ta`lim – tarbiyani uzviy birlikda olib borish
haqida ta`lim bergan bo`lsa ham, ammo har birining insonni kamolga
yetkazishda o`z o`rni va xususiyati bor ekanligini alohida ta`kidlaydi.



Bunga Forabiy ta`lim – tarbiyani to`g`ri yo`lga qo`yish orqali
erishish mumkin, deydi. Chunki maqsadga muvofiq amalga oshirilgan
ta`lim – tarbiya insonni ham aqliy, ham axloqiy jihatdan komolga
yetkazadi, xususan, inson tabiat va jamiyat qonun-qoidalarini to`g`ri
bilib oladi va hayotda to`g`ri yo`l tutadi, boshqalar bilan to`g`ri
munosabatda bo`ladi, jamiyat tartib qoidalariga rioya etadi.
Demak, Farobiy ta`lim – tarbiyaning asosiy vazifasi jamiyat
talablariga javob bera oladigan va shu jamiyat uchun xizmat qiladigan
yetuk insonni tarbiyalashdan iborat deb biladi.



Farobiy ta`lim va tarbiyaga birinchi marta ta`rif bergan olim
sanaladi. Ta`lim – degan so`z insonga o`qitish, tushuntirish asosida
nazariy bilim berish; tarbiya – nazariy fazilatni, ma`lum xunarni egallash
uchun zarur bo`lgan xulq normalarini va amaliy malakalarni
o`rgatishdir, deydi olim.
Abu Nasr Farobiy yana aytadi: «Ta`lim – degan so`z xalqlar va
shaharliklar o`rtasida nazariy fazilatni birlashtirish, tarbiya esa shu
xalqlar o`rtasidagi tug`ma fazilat va amaliy kasb hunar fazilatlarini
birlashtirish degan so`zdir.
Ta`lim faqat so`z va o`rgatish bilangina bo`ladi. Tarbiya Aesa,
amaliy ish tajriba bilan, ya`ni shu xalq, shu millatning amaliy
malakalardan iborat bo`lgan ish - harakat, kasb - hunarga berilgan
bo`lishi, o`rganishidir»



Farobiy nazariy bilimlarni egallashga kirishgan har bir kishi xulq –
odobda ham qay darajada pok bo`lishi kerakligini «Falsafani
o`rganishdan oldin nimani bilish kerakligi to`g`risida»gi risolasida
shunday ta`riflaydi: «Falsafani o`rganishdan avval o`zingizni hirshavaslardan
shunday tozalashingiz lozimki, sizda maishiy va shahvoniyat kabi notug`ri
tuyg`ularga emas, balki kamolotga bo`lgan hirs-havas qolsin.
Bunga xulq axloqni faqat so`zdagina emas, balki haqiqatda
(amalda) tozalash orqali erishish mumkin. Shundan so`ng xato va
adashishdan saqlovchi, haqiqat yo`lini tushunib olishga boshlovchi
(notiq – so`zlovchi, fikrlash ma`nosida) nafsini, jonini, ruhini tozalash
zarur»



E’tiboringiz uchun rahmat

Download 21.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling