Tayyorladi: Do’stmurodov Murodjon Olimjon o’g’li
Download 435.24 Kb. Pdf ko'rish
|
MURODJON
Mavzu:Bulung’ur xalq og’zaki ijodi, xalq o’yinlari, marosim va bayramlari. Tayyorladi:Do’stmurodov Murodjon Olimjon o’g’li. Tel raqami: +998335015356 BULUNG’UR DOSTONCHILIK MAKTABI. “Bugun biz yodgor baxshi va Tilla kampir,Jossoq shoir va Amin baxshi,Shernazar baxshi va Ergash Jumanbulbul,Fozil Yo’ldosh va Pulkan shoir,Islom shoir va Abdulla shoir, Saidmurod Panox va Bekmurod Jo’raboy o’g’li, Berdi baxshi va Rahmatulla Yusuf o’g’li,Qodir shoir va Shoberdi baxshi kabi dostonchilarning nomlarini ehtieom bilan tilga olamiz.” ISLOM KARIMOV Bulung’ut tumani Samarqand viloyatidagi baxshichilik san’ati markazlaridan biri xisoblanadi.Bu maktabga mansub baxshilar qaxramonlik dostonlarini ijro etish bilan mashxur bo’lganlar. Bu maktab repertuaridagi dostonlar soddaligi, o’ta an’anaviy va nisbatan arxaikligi bilan ajralib turadi. 19-20-asrlaeda yashagan Amin baxshi, Muhammad shoir, Chinni shoir, Tovbuzar shoir, Qurbonbek shoir, Jo’ra shoir,Fozil Yo’ldosh o’g’li kabi o’nlab yirik dostonchilarni birlashtirgan bu maktab vakillari Bulung’ur , Jonboy, Poyariq, G’allarol, Zomin Jzzax atroflarida dostonchilik qilib yurganlar.Ular dostonlarni asosan do’mbira, ba’zan qo’biz jo’rligida ijro etganlar. Bu maktab vakillaridan yozib olingan “Alpomish” “Yodgor” “Yusuf bilan Ahmad” “Mashriko” “Zevarxon” va boshqa dostonlar badiiy uslubiy jihatidan Bulung’ur dostonchilik maktabiga xos xususiyatlarni o’zida mujassam etgan.Bulung’ur dostonchilik maktabi vakillari Farg’ona vodiysidagi o’zbek dostonchilari, jumladan Yangiqo’rg’on tumanidagi Qulbuqon dostonchilari ijodi shakllanishiga ijobiy tasir ko’rstgan. XALQ OG’ZAKI IJODINING oqsoqoli. Birinchi prezidentimiz Islom Karimov o’zining “Alpomish” dostonining 1000-yilligiga bag’ishlangan tantanalarda so’zlagan nutqida Fozil Yo’ldosh o’g’lining nomini ulug’ dostonchilarimiz nomlari bilan bir qatorda ehtirom bilan tilga oldi. Fozil Yo’ldosh o’g’li(1872-1955) o’zining 83yillik umri davomida XIX asr oxiri va XXasrning birinchi yarmidagi ijtimoiy-siyosiy voqealarning guvohi bevosita ishtirokchisi sifatida adabiy merosimizni to’plash va saqlash bilan birga, ozi yashagan tarixiy davr muammolarini, xalqimizning orzu-umidlari va ozodlik uchun kurashini oz dostonlari va termalarida aks ettirdi. Baxshi shoir 1872-yilda xozirgi Bulung’ur tumanining Loyqa qishlog’ida (hozirdz Loyqa qishlog’I Baxmal tumaniga qaraydi) tug’ilgan.O’zining kunlarim dostonida aytilishicha, turmush tashvishlari sabab, yoshlik va o’smirlik yillarida G’allarol hududidagi Nayman , Moltob, Sarbazor qishloqlarida 10-yil cho’ponlik qiladi.Fozil shoir kuylagan mashxur “Alpomish” dostoni o’zbek davlatchiligining ilk davrlari tarixini, mustaqil davlat yaratish haqidagi, xalqimizning azaliy orzu – umidlari to’g’risidagi ulkan epic asar bo’lib, uning millatimiz tarixiy xotirasini tiklashdagi ahamiyati va umumbashariy qadriyar sifatidagi qiymati beqiyosdir. Birinchi prezidentimiz bu haqida takidlaganidek: “Alpomish dostoni bizga insonparvarlik fazilatlaridan saboq beradi. Odil va haqgo’y bo’lishga, o’z yurtimizni, oilamiz qo’rg’onini qo’riqlashga, do’st – yorimizni, or – nomusimizni, ota- bobolarimizning muqaddas mozorlarini har qanday tajavuzdan ximoya qilishga o’rgatadi”. Shoirnig “Jizzax qo’zg’aloni” dostoni Trkiston xalqlarining chor Rossiyasi mustamlakachilik zulmi va mahalliy aholini mardikorlikka olishga qarshi 1916-yilda ko’tarilgan milliy ozodlik ko’rinishlariga bag’ishlangan. “Ochil dov” dostoni esa milliy istiqliol kurashlarining yorqin obrazlari yaratilgan. Bugun mustaqillik bergan imkoniyatlar Fozil shoir asarlarini chuqurroq o’rganishga ehtiyoj tug’dirmoqda. Mustaqilligimizning 11-yilligi arafasida, 2002-yil avgust oyida, Fozil Yo’ldosh o’g’li tavalludining 130-yilligini nishonlash to’g’risidagi Samarqand viloyar hokimining qarori milliy adabiyotimiz va madaniyatimiz uchun tengsiz xizmatko’rsatgan buyuk baxshi-shoir xurmatini joyiga qo’yish borasidagi muhim qadamdir. FOZIL SHOIR HAQIDA. XX asr boshida o’zining oqinlari bilan Samarqand viloyatida epic san’atning muhim chashmalari bo’lgan: Ikki baxshichilik maktabi- Bulung’ur va Nurato maktablari mavjud edi. Bu maktablarda davrimizning ikki ulig’ oqini Fozil Yo’ldosh o’g’li va Ergash Jumanbulbul o’g’li yetishib chiqdi. Fozil ota aytatrtgan dostonlar ichida eng ulug’I va badiiy ishlanishi tomonidan eng mukammali, shubxasiz,”Alpomish” dostonidir. G’AFUR GULOM. “Taajjubli yodlash kuchga ega bo;lgan Fozil ota bilan va aytgan dostonlari o’zining tematik boyligi kompozitsyaviy silliqligi va texnalogik ravonligi bilan sifatlanadi”. MAQSUD SHAYXZODA. QAYTA O’RGANISH EHTIYOJI. (Men ozgalar kuni bilan yozilgan tarixni, tarix sanamayman.Hech bir bosqinchi oz mustamlakasi to’g’risida to’g’ri fikr bildirmagan.) Birinchi prezidentimiz I.A. KARIMOV. Bulung’ur azaldan dostonchilikda nom chiqargan, bu sohada o’ziga xos maktab yaratgan yurt. Ayniqsa qahramonlik mavzusidagi dostonlari bilan mashxur bo’lgan Bulung’ur dostonchilik maktabining yirik vakillaridan biri esa shubxasiz Fozil Yo’ldosh o’g’lidir. Taniqli folklorshunos olim Xodi Zaripov bu mashxur baxshi- shoir to’g’risida shunday degan edi:Fozil shoir o’tmish adabiy merosidan 40 ga yaqin dostonni bilishi bilan ajralib turadi.” Baxshi shoirning “Jizzax qo’zg’loni dostoni 1916-yildagi qo’zg’alon tasvirlangan. FOZIL SHOIRDAN YOZIB OLINGAN DOSTONLAR: 1. “ALPOMISH” dostoni 1928-yil Maxmud Zarifiy yozib olgan 2. “Avazxon” dostoni 1945-yil G’ulom Karimov yozib olgan. 3. “Balagardon”dostoni, 1935-yilda Buyuk Karimov yozib olgan. 4. “Baxrum va Gulandon” dostoni 1940-yil Jamol Asomiddinov yozib olgan 5. “Buxoro podshosi Muzaffarxon”dostoni, 1947-yil Jamol Asomiddinov yozib olgan. 6. “Go’rog’li “ dostoni ,1939-yil Maxmud Zaripov yozib olgan 7. “Go’rog’li Avazni olib kelishi”dostoni, 1937-yil M. Toshpo’latov 8. “Yodgor “ dostoni, 1937-yil Xodi Zaripov yozib olgan. 9. “Jaxongir”dostoni 1937-yil Xodi Zaripov yozib olgan 10. “Zevarxon” dostoni, 1954-yil Muzayna Alaviya yozib olgan. 11. “Zulfiya bilan Avaz” dostoni 1927-yil Maxmud Zaripov yozib olgan. 12. “Intizor “dostoni 1928-yil Maxmud Zaripov yozib olgan. 13. “Yo’lbars terisini yopingan polvon “ dostoni 1939-yil Mansur Afzalov yozib olgan. 14. “Kunlarim “ dostoni, 1949-yil Muazanna Alaviya yozib olgan. 15. “Layli va Majnun “ dostoni, 1939-yil Mansur Afzalov yozib olgan. 16. “Malikayi ayyor “ dostoni, 1927-yil Muxammad Iso Ernazarov yozib olgan. 17. “Mamatkarim polvon” dostoni 1937-yil Maxmud Zaripov yozib olgan. 18. “Mashriko “ dostoni 1937-yil Buyuk Karimov yozib olgan. 19. Mulla G’olib” dostoni 1934-yil Xodi Zaripov yozib oplgan. 20. “Murodxon “dostoni 1928-yilMuxammad Iso Ernazarov yozib olgan. XALQ O’YINLARI. Bulung’urda ham boshqa viliyatlarda bo’lgani kabi turli xalq oyinlari mavjud. O’yinlardan “chillik”, “Beshtosh”, “Futbol” o’yinlarini sevib o’ynashadi. Navruz hayit,to’ylar va turli xil marosimlar udumlar kurashsiz, kopkarisiz poygasiz va boshqa milliy o’yinlarsiz o’tmaydi. Bulung’urda harakatli o’yinlardan “quloq cho’zma” ,”eshak mindi”, “yelkada kurash”, “xo’razlar jangi”, “chillik” , “poda top” va hokozolar. Bunday o’yinlarning barchasi hozirgi davrdagi bayramlar, musobaqalar va to’ylarda keng qo’lanmoqda.Ularning mazmunlari xalqqa ma’lum. Shuningdek, ular ko’plab o’quv –uslubiy qo’llanmalar, monografiyalar ilmiy omoabop risolalariga ham kritilgan. Navruz bayramida jismoniy sifatlama rivojlantiruvchi oyinlar :Tortishmachoq”, “Kun va Tun”, “otib qochar” kabi o’yinlar o’ynaladi. Nutq va talaffuzni shakllantiruvchi o’yinlar ham o;ynaladi. Bular “Kim oladi”, “Oq terakmi, ko’k terak”, “Pahmoq kuchuk”, “G’ozlar” kabi oyinlar ham o’ynaladi. Oto- bobolarimizning aytishicha, ilgari bolalar orasida “Quloqcho’zma” oyini juda ommalashgan edi.Uasosan Qashqadaryo, Surxandaryo tomonlarda ko’pkati yoki kurash o’tkaziladigan to’ylarda o’ynalgan. Qoidaga ko’ra,o’rtaga ro’mal tashlanib, bolalar uni bir-biridan tortib olish kerak. Buning yagona yo’li- Quloqdan cho’zishdir.Belgilangan marraga yetguncha shunday.Ro’malni qo’ldan oldirmagan bola so’vrindor bo’ladi.Bu o’yin o’g’il – qizlarni or talashish, o’z haqini ayirib olish, chidamli bo’lishga o’rgatadi.Bugun quloqcho’zma butkul yo’qoldi hisob.Vaziyat sh zaylda davom etsa, ko’pkariga”madaniy o’yin emas”, yosh otaversak, ertaga “milliy kurashdan voz kechish kerak, o’rniga dzyudo bilan shug’ullanish lozim”, deyishgacha borsak, bizda nima qoladi o’zi? bBu o’yinlarni saqlab qolib kelajak avlodga yetkazish bizning asosiy burchimiz hisoblanadi. MAROSIM VA BAYRAMLARI. Xabar berilganidek, 1-iyun –“Xalqaro bolalarni himoya qilish” kuni munosabati bilan Bulung’ur tumani markazida joylashgan “Fozil Yo’ldosh o’g’li xiyoboni”da mitti farishtsalar uchun bayram tadbirlari tashkil etildi. Tadbir avvalida so’zga chiqqan tuman hokimi Baxodir Baxromovich bolajonlarni va ularni yaqinlarini bayram bilan tabrikladi. Shundan so’ng, tuman xalq ta’limiga qarashli umumta’lim maktablarining 14yoshda kichik bo’lgan va tumandagi maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari tuman hokimi tomonidan faxriy yorliq hamda esdalik sovg’alari bilan taqdirlandilar. Marosimlar ham rivojlangan . Bulung’urda nikoh bilan bog’liq to’y marosimlari juda ham chiroyli. Foydalanilgan adabiyotlar. 1. Bulung’ur tumani 2- maktab kutubxonasidagi adabiyotlar 2. Murodov Qaxramon “Bulung’ur tumanida olib borilgan arxealogik qazilma va tekshiruvlar.” 3. www.http . Fayllar org.uz Dala yozuvlari mualliflari: Xojimurodov Berdimurod Abdullayev Erkin . Download 435.24 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling