Tayyorladi: mmt-74 guruh talabasi Shamshod ochilov Buxgalteriya hisobi registrlari haqida tushuncha va ularning ahamiyati


Download 478.47 Kb.
Sana27.10.2023
Hajmi478.47 Kb.
#1726435
Bog'liq
LjiFeTjQTMDkAmxTXG7ic8TPGmQRXh3g


Mavzu: Buxgalteriya hisobining registrlari va shakllari
Tayyorladi: MMT-74 guruh talabasi Shamshod ochilov
1. Buxgalteriya hisobi registrlari haqida tushuncha va ularning ahamiyati.
2. Buxgalteriya hisobi registrlarining turlari, ularni yuritish tartibi.
3. Buxgalteriya hisobi registrlaridagi xato yozuvlarni tuzatish tartibi.
Reja:
Buxgalteriya hisobi registrlari – jurnallar, vedomostlar, kitoblar, tasdiqlangan blankalardir. Hisob registrlarining ahamiyati shundaki, ularga schyotlarga tegishli ko‘rsatkichlar aks ettiriladi, umumlashtiriladi, oy oxiriga qoldiqlar aniqlanadi va umuman, xo‘jalik mablag‘lari va ular tashkil topish manbalari bilan bog‘liq ma'lumotlar aks ettirib boriladi.
Hisob registrlari ma'lumotlari oy oxirida umumlashtirilib, korxona balans va hisobotlarini tuzishda asos hisoblanadi. Demak, hisob registrlaridagi ma'lumotlarning nechoglik o‘z vaqidada to‘g‘ri va aniq rasmiylashtirilishi nafaqat korxonaning o‘ziuchun, balki uning balans va hisobotlaridan foydalanuvchilar uchun ham ahamiyatli ekan.
balans va hisobotlaridan foydalanuvchilar uchun ham ahamiyatli ekan.
Korxonalar buxgalteriya balans va hisobotlaridan esa quyidagilar foydalaniladilar:
Korxonaning ichki boshqaruvi;
Bank muassasi;
Soliq inspeksiyasi;
Yuqori tashkilot;
Kreditorlar;
Aksiyadorlar va boshqalar.

Buxgalteriya hisobi registrlarining turlari, ularni yuritish tartibi Buxgalteriya yozuvlarining turliligi, hajmi har xilligidan kelib chiqib, ular aks ettiriladigan hisob registrlari ham turlichadir. Hisob registrlari turlari o‘rganilayotganda, ularni quyidagi xususiyatlariga e'tibor bermok kerak: Tashqi ko‘rinish. Ularda aks etiriladigan yozuvlarning turliligi. Ma'lumotlarning hajmi. Hisob registrlari tashqi ko‘rinishi xususiyatlariga ko‘ra quyidagicha turkumlanadi: Daftarlar (kassa daftari, «bosh daftar»). Kartochkalar. Varaqlar (vedomostlar).

Buxgalteriya hisobi registrlari yozuv turlariga ko‘ra 3 xil bo‘ladi:

Xronologik hisob registrlari.

Tizimli hisob registrlari.

Kombinatsiyalashgan registrlar.

Xronologik hisob registrlarini o‘ziga xos xususiyati shundaki,, undagi yozuvlar xronologik tartibda aks ettirilib boriladi. Bu yozuvlar orqali jarayonning qisqacha mazmuni, sodir bo‘lgan muddati va summasini xronologik tartib aks ettirib boriladi. Masalan, «Jarayonlarni ro‘yxat qilish jurnali» xronologik hisob registriga misol bo‘lib, u hisobning memorial-order shaklida qo‘llaniladi. Tizimli hisob registrlari jarayonlarni ma'lum bir belgilari bo‘yicha tizimlashgan (guruhlashgan) holda aks ettirilishi bilan xususiyatlidir. «Bosh daftar» tizimli hisob registrlariga misol bo‘ladi. Ushbu registrdan XV asr oxirlarida ikki yoqlamayozuv usuli vujudga kelganidan boshlab foydalanish yo‘lga qo‘yilgan.

Buxgalteriya daftarlari bir yilga mo‘ljallangan bo‘lib, hamma betlari raqamlanadi, bosh buxgalter imzosi bilan tasdiqlanadi. Oxirgi varaqning orqasida bosh buxgalterning imzosi bilan tasdiqlangan holda quyidagi yozuv aks ettirilgan bo‘lishi zarur. Buxgalteriya daftarida korxona xo‘jalik mulklarini aks ettiradigan schyotlar uchun betlar ajratiladi. Sintetik schyotlar uchun tegishli analitik schyotlar ochilgan bo‘lsa, bosh daftarda betlar ajratilayotganda e'tiborga olmoq zarur. Masalan, savdo korxonasini chakana savdodagi tovarlari 2920 sintetik schyotida yuritiladi. Aytaylik, shu savdo korxonasiga qarashli 3 ta magazin mavjud. Bunday holatda bosh daftarda xar bir moddiy javobgar shaxs uchun alohida varaqlar qoldirilishi va umumiy tovarlar hisobi aks ettirilishi uchun ham varaqlar ajratilgan bo‘lishi zarur.


Xatoni tuzatishni quyidagi usullari mavjud:
«Korrektura» usuli.
«Qizil storno» usuli.
«Qo‘shimcha yozuv» usuli.
«Korrektura» usulidan xato yozuv faqat bir hisob registrida mavjudligi aniqlangan holatda foydalaniladi.«Korrektura» usulini mohiyati shundaki, xato yozuv ustidan ingichka chiziq tortilib, uni yoniga to‘g‘ri yozuv yoziladi, hamda bu xaqda xato yozuvni to‘g‘rilagan javobgar shaxs yoki bosh buxgalter muddatni ko‘rsatib, imzo qo‘yadi.
Buxgalteriya hisobining shakllari: memorial-order, Bosh jurnal, jurnal-order, informatsion texnologiyalarga asoslangan va soddalashtirilgan shakl
Korxonalar faoliyati hisobi yuritilar ekan, bunda bir necha buxgalteriya hisob shakllaridan foydalanadi. Korxonada qo‘llaniladigan hisob shakllarini tanlash quyidagi omillarga bog‘liq bo‘ladi:
korxona hisob ishlarini hajmi ko‘p yoki kamligiga;
korxona buxgalteriya xodimlarining malaka va tajribalariga va xakozo. Korxonada qaysi hisob shakli qo‘llanilishidan qat'iy nazar, O‘zbekiston
Respublikasining «Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»gi qonuniga to‘liq amal qilinishi shart.Buxgalteriya hisobi shakllari quyidagi turlarga bo‘linadi:
memorial order shakli
bosh davtar shakli
jurnal order shakli
elektron-avtomatlashtirilgan shakl
Buxgalteriya hisobi shakllari bir biridan quyidagi xususiyatlariga ko‘ra farqqiladi:
Shakldagi registrlarning soni, vazifasiga ko‘ra.
Registrlar tashqi ko‘rinishiga ko‘ra.
Registrlarda xronologik va tizimli yozuvlar aks ettirilishiga ko‘ra.
Sintetik va analitik hisob ma'lumotlarini birgalikda yozish tartibiga ko‘ra.
Yozuvlarni yozish tartibi va texnika vositalarning qo‘llash tartibiga ko‘ra.
Memorial - order shakli
Buxgalteriya hisobining memorial-order shakli hozirgi vaqtda kam foydalanib asosan, kichik korxonalarda va davlat muassasalarida qo‘llaniladi. «Memorial» so‘zining ma'nosi «xotira yoki esdalik» demakdir. Memorial - order shakli asosida yuritiladigan buxgalteriya hisobi shaklida hujjatlar qayta ishlanishi va hisob registirlarida aks ettirilishi ketma ketligi keltirilgan.
E'tiboringiz uchun rahmat
Shamshod Ochilov
Download 478.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling