Tayyorlash usuli


Download 1.05 Mb.
bet1/2
Sana18.06.2023
Hajmi1.05 Mb.
#1589897
  1   2
Bog'liq
Chuchvara lag\'mon


TAYYORLASH USULI
Hamma sabzavotlarni, xususan piyoz, rangli bulg’ori, pomidor, baseylarni to’rtburchak shaklida to’g’rab olish lozim. Seldereyni esa bargini alohida, novdasini alohida qilib ajratib olinadi va har ikkisini to’g’rab, alohida idishlarga solib qo’yiladi. Sarimsoqni biroz yirikroq qilib parrak-parrak qilib to’g’raladi.

Go’shti ham yupqaroq to’rtburchak shaklida to’g’raladi va yaxshigina qizib turgan yog’da qovuriladi.
Odatda go’sht qovurish mobaynida o’zidan suv chiqaradi, shu suvi chiqib tugagunga qadar qovurish lozim, so’ngra piyozni solib 1-2 daqiqa qovurilgadan keyin tomat pastasini qo’shib yana qovuriladi.

Tomat pastasi qovurilgach, baseyni ham solinadi va 2-3 daqiqa mobaynida qovuriladi.


Qozonga bulg’ori qalampirni solish vaqti ham keldi va uni ham 2-3 daqiqa qovuriladi.
Oxirgi boskichda pomidor, sarimsoq va seldirni solib 1-2 daqiqa qovuriladi.


Qozonga suv quyishdan oldin ziravorlar solishni ham unutmaslik lozim, odatda biron bir taom tayyorlaganimizda ziravorlar ta’bga ko’ra solish lozimligi haqida aytar edik, bu taomimizga biroz ko’proq ziravorlar solingani bois kengroq to’xtalishni lozim deb topdik. Lag’mon uchun kerakli ziravorlar: zira, yanchilgan kashnich urug’i, qora murch, zanjabil (yanchilgani), yanchilgan arpa bodiyon, yanchilgan bodiyon.


Endi qozonimizga suv quysak ham bo’ladi.
To suv qaynab chiqqunga endi qadar xamirini ham cho’zsak bo’ladi. Suv qaynab chiqqach esa, tuzni tatib ko’riladi. Sayni ham uzoq muddat qaynatmaslik, masalliqlar biroz tirikroq bo’lishi lozim.

Suv, tuxum, tuz va un bir idishga solib yaxshilab xamir qoriladi. So’ngra xamirni tindirib, bir necha bo’lakchalarga bo’lib o’raladi.(plita qilinadi) Xamir cho’zish bir necha bosqichda cho’ziladi. Kimdir to’rt bosqichda, kimdir besh va undan ko’proq bosqichda cho’zadi. Shuningdek , xamir taqsimini ham har kim har hil taqsimlashi shubhasiz, kimdir kattaroq, kimdir kichiqroq qilib taqsimlaydi.


H ar bir bosqichda xamir cho’ziladi, yog’lanadi va har gal cho’zilganda 15-20 daqiqa mobaynida tindiriladi. Xamir cho’zishda ham kimdir xontaxtada kafti bilan cho’zsa , kimdir barmoqlari uchida cho’zadi.


Har bosqichda, xamir cho’zilgach, ustini yog’lab, havo kirmaydigan qilib yopib qo’yish lozim. Usti ochiq qolsa, xamir usti qotishi va keyingi bosqichda uzilishi mumkin.


Oxirgi bosqichda ikki qo’lga ilinadi va stol ustiga urib cho’ziladi.


Qaynab turgan suvda bir marta qaynatib olinadi. Xamirni uzoq vaqt qaynatilmaslik lozim, chunki uzoq qaynatilgan xamir bo’shashib, ezilib ketadi. Xamir cho’zishda imkon qadar yelvizak esmaydigan joyda cho’zish kerak, chunki bunday holda xamir usti qurib qolishi va cho’zishda uzilib ketishi mumkin. Qaynatib olingan xamir bir biriga yopishib qolmasligi uchun yog’lab aralashtirib yuborish lozim bo’ladi.

Download 1.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling