Tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi


Download 436.84 Kb.
bet1/2
Sana19.10.2020
Hajmi436.84 Kb.
#134610
  1   2
Bog'liq
2 5240074810830096542


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ

TA’LIMI VAZIRLIGI

SIRDARYO VILOYATI XALQ TA’LIMI XODIMLARINI QAYTA

TAYYORLASH VA ULARNING MALAKASINI OSHIRISH

HUDUDIY MARKAZI

MALAKA ISHI

Mavzu: Boshlang‘ich sinf darslarida rivojlangan davlatlar tajribalarini o‘rgatishning afzalligi

Kurs tinglovchisining F. I. Sh: O‘ljaboyeva Munira Muxirboyevna

Malaka toifasi:__MT110

Ish joyi:Oqoltin tumani-10 maktab

Telefoni: +99897-245-14-58

Malaka ishi rahbari: Mamatqulova Nigora

Guliston – 2020 yil (iyul)

ANNOTATSIYA

Ushbu malaka ishi “Boshlang‘ich sinf darslarida rivojlangan davlatlar tajribalarini o‘rgatishning afzalligi” mavzusida bo`lib, kirish qismida mavzuning dolzarbligi “Ta’lim to`g`risida”gi Qonun va Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi yo`nalishlari va O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 6-apreldagi “Umumiy o`rta ta’lim va o`rta maxsus, kasb-hunar ta’limining davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to`g`risida”gi 187-son qarorida asoslab berilgan.

Birinchi bobni yoritishda mavzuning nazariy asoslari quyidagi yo‘nalishlarda tahlil etilgan:

- Rivojlangan xorijiy davlatlarda ta’lim tizimi

- Boshlang`ich sinf larda zamonaviy texnologiyalardan foydalanish usullari Ikkinchi bobda ishning amaliy jihatlari ko‘rsatilgan holda:

Boshlang‘ich sinf darslarini o`tishda didaktik o`yinlardan foydalanish yo‘llari

- Bir soatlik dars ishlanmasi namunasi keltirilgan.

Xulosa va tavsiyalarda malaka ishi yuzasidan chiqarilgan xulosa va kelgusidagi ishni rejalashtirishga oid tavsiya va ko`rsatmalar berib o`tilgan.

MUNDARIJA

Kirish

I.Bob Boshlang‘ich sinf darslarida rivojlangan davlatlar tajribalari

1.1. Rivojlangan xorijiy davlatlarda ta’lim tizimi

1.2. Boshlang`ich sinf larda zamonaviy texnologiyalardan foydalanish usullari II.Bob Rivojlangan mamlakatlar ta’lim tizimi taraqqiyotining ayrim masalalari

2.1. Boshlang‘ich sinf darslarini o`tishda didaktik o`yinlardan foydalanish yo`llari

2.2.Dars ishlanma

III. Bob Xulosa va tavsiyalar

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati



KIRISH

Malaka ishining dolzarbligi: Xalq ta’limi tizimi deb muayyan mamlakatning ichki va tashqi siyosatiga ta’sir ko’rsatuvchi hamda ma’lum bir qoidalar asosida tashkil etilgan barcha ta’lim-tarbiya muassasalarining tuzilishiga aytiladi. Xalq ta’limi tizimi respublikamizni ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy rivojlanishining ustivor sohasi hisoblanadi. U O’zbekiston Respublikasining Konstituttsiyasi va O’zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi asoslari to’g’risidagi qonunga muvofiq tashkil etildi va nazorat qilinadi. Konstuttsiyaning 18, 41-moddalarida ta’kidlanganidek jumhuriyatimizda yashovchi barcha fuqorolar jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqeidan qat’iy nazar bilim olish huquqiga ega.

Sharq xalqlari, xususan o’zbek xalqi qadimdan ilmga, ma’rifatga chanqoq ekanligi ma’lum. Buni o’zbek xalqining tarixi bilan qiziqqan tarixshunoslarning esdaliklari, ilmiy mulohazalarida ham yaqqol ko’rish mumkin. Jumladan: “Xitoy ta’rifchisi (Syuan, Tszyan, 630 yil) ning ma’lumotiga ko’ra o’sha zamonda O’rta Osiyoda bola besh to’lgach, uni o’qish, yozishga va hisobga o’rgatganlar.

Umumiy ta’lim maktablari, o’rta va oliy ta’limda o’quvchilarga davlat tomonidan g’amxo’rlik ko’rsatiladi.

O’zbekistonda ta’lim O‘zbekistonning ijtimoiy taraqqiyotini ta’minlovchi ustvor sohasi deb e’lon qilingan. Haqiqatan ham davlatning rivojlanishida ta’lim sohasi ustuvordir. Chunki O’zbekistonning jahon hamjiyatida o’z obro’li o’rnini egallash vazifasini faqat ta’lim sohasi hal etadi. Xalq xo’jaligining qaysi yo’nalishida faoliyat ko’rsatuvchi kadr ta’lim olmog’i shart. Shuning uchun u kim, qayerda, qanday sohada ishlashidan qat’iy nazar ta’lim olish orqaligina shunday mutaxassislikni egallashi mumkin. Bu haqda bobomiz M. Behbudiyning “Dunyoda turmoq uchun dunyoviy fan va ilm lozimdir, zamona ilmi va fanidan bebahra millat boshqalarga paymol bo’lur”, - deb aytgan so’zlari bag’oyat qimmatli. Ta’limning inson, jamiyat rivojlanishidagi ahamiyati haqida Imom Al-Buxoriy “Dunyoda ilmdan boshqa najot yo’q va bo’lmag’ay”, - deb bejiz ta’kidlamagan.

Ta’lim sohasidagi davlat siyosatining har bir printsipi barkamol insonni shakllantirishda ta’lim xodimlari, muassasalar oldiga oshirilgan talablar qo‘yiladi, oqibatda malakali kadrlar tayyorlash maqsadi uchun xizmat qiladi.

Bugungi davr talabi ta'lim sifatini ko`tarish, yangilash va yangiliklarni kiritishdan iboratdir. Bu borada davlatimiz tomonidan bir qancha loyiha va ishlar amalga oshirilmoqda. Xalq ta’limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi va uni amalga oshirish uchun yo‘l xaritasi tasdiqlandi. Mazkur konsepsiya ta’lim tizimini rivojlantirishning quyidagi yo‘nalishlarini belgilab berdi:

O‘zbekiston Respublikasining 2030-yilga kelib PISA Xalqaro miqyosda o‘quvchilarni baholash dasturi reytingi bo‘yicha jahonning birinchi 30 ta ilg‘or mamlakati qatoriga kirishiga erishish;


  • uzluksiz ta’lim tizimi mazmunini sifat jihatidan yangilash, shuningdek professional kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish;

  • o‘qitish metodikasini takomillashtirish, ta’lim-tarbiya jarayoniga individuallashtirish tamoyillarini bosqichma-bosqich tatbiq etish va h.k ishlar belgilab olindi.

Konsepsiya ta’lim tizimini rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlarini belgilaydi. Xususan, umumiy o‘rta ta’lim tizimi takomillashtiriladi. Shuningdek, xorijiy tillar, kompyuter savodxonligi, matematika, fizika, kimyo va biologiya kabi fanlar bo‘yicha yangi o‘quv standartlari, dastur hamda darsliklar yaratiladi. O‘quvchilarning qobiliyatini rivojlantirish, mustaqil ravishda kasb-hunar tanlash hamda zamonaviy kasblarni egallashi uchun sharoitlar yaratiladi. Shu bilan birga konsepsiyaga ko‘ra o‘sib kelayotgan yosh avlodni ma’naviy-axloqiy va intellektual rivojlantirish yangi darajaga ko‘tariladi. O‘quv-tarbiya jarayoniga ta’limning innovatsion shakllari va usullari joriy etiladi. Uzluksiz ta’lim tizimi mazmuni sifat jihatdan yangilash yo`llari ko`zda tutiladi.

Prezidentimiz bola tarbiyasi haqida shunday so`zlarni aytadi: “Mustaqil o'ylay oladigan tafakkur yuritib to'g'ri ma'qqul va maqbul ish tuta oladigan vatanparvar shaxslarni shakillantirish va tarbiyalash kerak". Shunga binoan Davlatimiz rahbari ijtimoiy, ma’naviy-ma’rifiy sohalardagi ishlarni yangi tizim asosida yoʻlga qoʻyish, bunda, yoshlarga boʻlgan e’tiborni yanada kuchaytirish, ularni madaniyat, san’at, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, axborot texnologiyalaridan foydalanish koʻnikmalarini shakllantirish, yurtimiz yoshlari oʻrtasida kitobxonlikni targʻib qilish, xotin-qizlar bandligini oshirish masalalariga alohida urgʻu berish maqsadida 5 ta muhim tashabbusni ilgari surgan edi. Ushbu 5ta tashabbus ta'limning barcha sohalariga qartilgandir. Yoshlar maʼnaviyatini yuksaltirish, ular oʻrtasida kitobxonlikni keng targʻib qilish chora-tadbirlari haqida fiklar yuritilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil


6-apreldagi 187-son qarorida quyidagilar qayd etigan edi; o‘quvchilarni badiiy adabiyotga qiziqtirish, asarlarni o‘rgatish jarayonida olam va inson tabiati, milliy hamda umuminsoniy qadriyatlar, shuningdek, kitobxonlik madaniyatini shakllantirish orqali o‘quvchilarning ma’naviyatini, dunyoqarashini kengaytirib, mustahkamlab borishdan iborat.

malakaviy ish maqsadi: Boshlang‘ich sinf darslarida rivojlangan davlatlar tajribalarini o‘rganish

malakaviy ish vazifasi:

- Rivojlangan xorijiy davlatlarda ta’lim tizimi

- Boshlang`ich sinf larda interfaol usullardan foydalanish usullari

- Boshlang‘ich sinf darslarini o`tishda didaktik o`yinlardan foydalanish yo‘llari Tadqiqot ob’ekti: Oqoltin tumani 10-maktab darslari jarayoniga tadbiq etish

Metodlar: suhbat,savol javob,ko`rgazmalilik



I.Bob Boshlang‘ich sinf darslarida rivojlangan davlatlar tajribalari

1.1. Rivojlangan xorijiy davlatlarda ta’lim tizimi

Rivojlangan mamlakatlar ta’lim tizimida so‘nggi yillarda bir qator atamalar keng ishlatilmoqda. Bularga tyutor, edvayzer, fasilitator va moderator tushunchalari kiradi. Tyutor- ( Tutorem-lotincha) ustoz, murabbiy vazifasini bajaradi.

Ba’zi hollarda ma’ruzasi bilan tinglovchi orasidagi bog‘lovchi rolini ham bajaradi. Bunda ma’ruzachi tomonidan berilgan bilimlarni keng egallashda maslahatchi va ustoz rolini bajaradi. EDVAYZER (advisor)-fransuzchaavisen―o‘ylamoq) tinglovchilarning individual holda bitiruv malakaviy ishi, kurs loyihalarini bajarishda maslahatchi rolini bajaradi.



Fasilitator - (ingliz tilida facilitator, lotincha facilis–yengil, qulay)- guruhlardagi faoliyat natijasini samarali holash, muammoning ilmiy yechimini topishga yo‘naltirish, guruhdagi komunikatsiyani rivojlantirish kabi vazifalarni bajaradi.

Moderator - qabul qilingan qoidalarga amal qilishni tekshiradi, tinglovchilarning mustaqil fikrlash va ishlash qobiliyatlarni rivojlantirish, bilish faoliyatini faollashtirishga yordam beradi.

Ma’lumotni, seminarni, treninglar va davra suhbatlarini boshqaradi, fikrlarni umumlashtiradi. Bizning ta’limda ushbu faoliyatlarning hammasini pedagog bajaradi va pedagog deb yuritiladi. Insoniyat jamiyatining hozirgi zamon rivojlanish darajasi mustaqil respublikamiz ijtimoiy hayotining barcha sohalarida amalga oshirilayotgan tub o‘zgarishlarda o‘z aksini topmoqda. Bunday o‘zgarishlar shak-shubhasiz, barkamol shaxsni tarkib toptirish bilan chambarchas bog‘liq. Aynan ana shu masala “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da o‘z aksini topgan. Bugungi kunda insoniyat jamiyati, shuningdek, mustaqil respublikamiz xalqi oldida turgan ijtimoiy-iqtisodiy, g‘oyaviy-siyosiy, ta’limiy-tarbiyaviy muammolarning yechimini topish tabiiy, ijtimoiy, texnik fanlarni o‘zaro aloqadorligi va o‘zaro munosabatlariga bog‘liq. Chunki, ularning barchasi mohiyati, mazmuni, tabiati, shakli va ko‘lamiga ko‘ra tizimlilik xarakteriga ega bo‘lib, ularga aynan mos yondashuv yordamida tadqiq etilib, yechimi topiladi. Bu o‘z navbatida ta’lim-tarbiya ishida ham tizimli yondashuvdan foydalanishni ko‘zda tutadi. Ko‘p sonli manbalar, xususan pedagogik amaliyot sohalarining tahlili ta’lim-tarbiya jarayonining rivojlanishiga to‘siq bo‘layotgan muammolar mavjudligidan guvohlik beradi. Bular asosan, bizning fikrimizcha, o‘rganilayotgan obyektlarning ba’zi bir jihat va xususiyatlarini lavhalar (fragment) shaklida o‘rganish natijasida yuzaga kelib, mantiqan bog‘lanmagan va tizimlashmaganligidadir. Amaliyotdagi bunday holatlarni bartaraf etishda integrativ yondashuv muhim ahamiyat kasb etadi. Fanda “Integratsiya” tushunchasi XVIII asrdayoq G.Spenser tomonidan qo‘llanilishiga karamay, unga davr taqozosiga ko‘ra yaqin paytlargacha yetarli ahamiyat berilgan emas. Ilmiylik nuqtai nazaridan olib qaraganda integratsiyaning asosini olamning yaxlitligi va uni tashkil etuvchi qism (element)larning o‘zaro aloqadorligi, munosabatlari tashkil etadi. Taniqli rus psixologik olimi G.S. Kostyukning fikricha: “Tabaqalanish differensiatsiya – ruhiy jarayonlar va holat (xususiyat)larni ko‘payishiga olib kelsa, integratsiya - tartibga keltirish, subordinatsiya va uning natijalarini ma’lum ketma-ketlikda joylashtirishga olib keladi. Integratsiyalash yo‘li bilan yangi psixologik jarayon, yangi faoliyat tuzilmasi hosil bo‘ladi. Bu yangi tuzilma ilgari alohida-alohida bo‘lgan elementlardan sintezlash yo‘li bilan hosil qilinadi”. Genetik jihatdan integratsiya-uzviylik, predmetlararo aloqadorlik, o‘zaro aloqadorlik va nihoyat o‘zaro bir-birini to‘ldiruvchi, kengaytiruvchi hamda chuqurlashtiruvchi, o‘quv predmetlari mazmunini eng kamida ta’lim standartlari darajasida sintezlab, mantiqan tugallangan mazmun shakli va oliy darajasidir. Chunki predmetlararo aloqadorlikning har qaysi quyi darajasi, o‘rganilayotgan o‘quv predmetlari doirasida ma’lum didaktik birliklar orasida o‘rnatilib, ularni o‘rganish mazmunini va muddatlarini muvofiqlashtirishni ko‘zda tutadi, bundan farqli o‘laroq integrativ aloqadorlik asosida tashkil etilgan o‘quv predmeti yoki integratsiyalab o‘rganilayotgan predmet, hodisa yoki jarayonlarni yaxlit tizim shaklida har tomonlama aloqadorlik va munosabatlar nuqtai nazaridan talqin etishni talab etadi.

Bu o‘z navbatida hozirgi va istiqbol talablariga javob beradigan, mustaqil fikr yurituvchi va ijodiy faoliyat ko‘rsatuvchi, malakali mutaxassis shaxsini shakllantirishga imkon beradi. Chunki u tahsil oluvchilardan faqatgina tahlil qilish va sintezlash operatsiyalarini talab qilish bilan chegaralanib qolmasdan, balki mavhumlashtirish, algoritmlashtirish, turkumlash, shartli belgilar yordamida ifodalash, sabab oqibatli aloqadorlikni aniqlash, tahlil etish, sintezlash, tizimlashtirish, modellashtirish kabi yuksak darajali tafakkurlash operatsiyalarini talab etadi. Bu operatsiyalar o‘rganilayotgan obyektni barcha muhim jihat va xususiyatlarini ajratib olib (tabaqalashtirib), mohiyati va mazmunini anglab yetish va ularni umumlashtirish orqali amalga oshiriladi.

Sifatli kadrlar tayyorlashga asoslangan va jahondagi ilg’or davlatlar ta’limi taraqqiyoti tajribalariga tayangan holda, kadrlar tayyorlash tizimini yaratish bugungi kunning asosiy vazifalaridan biriga aylandi.

Darhaqiqat, O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezedenti I.Karimov ta’kidlaganidek, «agar biz haqiqatdan ham qashshoqlik va qoloqlik kishanlaridan qutulmoqchi bo’lsak, yoshlarni tayyorlash bilan juda jiddiy shug’ullanishimiz, zamonaviy kasblarni egallashda ularga yordam berishimiz kerak», chunki, ishlab chiqarish sohasi vakillarini tarbiyalash, o’qitish, malakasini oshirib borish ijtimoiy himoyalash taraqqiyotining garovidir.

Shunday ekan, bizda xorijiy tajribani o’rganish va amalga tadbiq qilish, qolaversa, oliy ta’lim va uni boshqarish tizimini o’rganishni o’z oldimizga maqsad qilib qo’ydik.

AQSh da ta’lim tizimi: Amerikada 3 yoshgacha bolalar tarbiyasi bilan onalar shug‘ullanadilar, lekin ularga xech qanday imtiyozlar berilmagan. Uch yoshdan 5 yoshgacha xususiy yoki davlat bog‘chalaridan foydalanish mumkin, lekin bolalar bog‘chalari kamchilik va bu tizim kam rivojlangan. Enaga yollash bir xaftada 200 dollarga tushadi. Bog‘chalarda yagona bir programma mavjud emas. Kerak bo‘luvchi xamma jixozlar va kuchlik ovqatni ota-onalarning o‘zi olib keladi. 5 yoshdan esa "Kinder garde" deb ataluvchi tayyorlov muassasalarida ta’lim boshlanadi. Boshlang‘ich maktab 6 yoshdan to 13-15 yoshgacha bo‘lgan bolalarni qamrab oladi. Bu boshlang‘ich maktablarda umumiy savodxonlik va kasbga yo‘naltirish vazifalari xal etiladi. Sinfdan-sinfga ko‘chish o‘quvchining o‘zlashtirganlik darajasiga bog‘liq. Boshlang‘ich ta’lim turli shtatlarda turlicha belgilangan (4, 5, 6, 8 yil). Maktablarda turli xil to‘garaklar, uchrashuvlar, shovlar va sayoxatlar uyushtiriladi, ammo ularning hammasiga haq to‘lash lozim. O‘rta maktablar quyi va yuqori bosqichlardan iborat. 9-sinfni bitirgan talabalar tanlov asosida o‘rta maktabga qabul qilinadi. O‘rta maktablarda to‘rt yo‘nalishda kasb-kor asoslari berib boriladi.

1-kasb-hunar, 2-biznes ta’limi, 3-savdo va sanoat ta’limi, 4-qurilish ta’limi. Oliy ta’lim 4 asosiy bosqichda amalga oshiriladi.

1-kichik mutaxassis - 2 yillik kollejlarda amalga oshiriladi. 2-bakalavr 4 yillik kollejlarda, 4 yillik kollej yoki dorilfununni tugatgan 3-bosqichni davom ettirish mumkin bu 1-2 magistr maktabi. 4-bosqich asperantura, doktarantura. Maktablarda, ta’lim televideniyasi, electron, til laboratoriyasi, videoapparatura, kompyuter va hakozolarni qo‘llash yo‘lga qo‘yilgan. Maktablar kanikul vaqtida xam ishlab turadi. To‘garaklar, qayta tayyorlash ishlari olib boriladi. Oliy ta’limda ikki yo‘nalish mavjud: 1-ta’limni individuallashtirish, 2-talabaning mustaqil ishlashni amalga oshirish. O‘qituvchi yo‘naltiruvchi rol o‘ynaydi. Asosiy maqsad talaba intellektini mashq qildirish, mantiqiy fikrlashga o‘rgatishdir. AQSH prezidenti bo‘lgan Klinton ma’muriyati tomonidan qabul qilingan "2000-yilda Amerika ta’limi strategiyasi" dasturi e’lon qilindi. Unda axolining 90 foizini oliy ma’lumoti bo‘lishi, asosiy fanlar bo‘yicha bilimlarning chuqur bo‘lishi ko‘zda tutilgan.

Oliy o‘quv yurtlarida ilmiy izlanishlar olib borish bo‘yicha AQSh jahon mamlakatlari orasida yetakchi o‘rinlardan birini egallaydi. Bu mamlakatda ilmiy izlanishlar uchun ajratilgan mablag‘ning 48 foizini davlat tomonidan, 50 foizini firma, kontsernlardan undiriladi. 2% ni foizini oliy o‘quv yurtlarining mablag‘lari tashkil qiladi. Ishlab chiqarish korxonalari dorilfununlari bilan shartnoma asosida xamkorlik qiladi. 70% foizi dorilfunun o‘qituvchilari turli firmalarda maslaxatchi, tadqiqotchi bo‘lib ishlaydi (ishlab chiqarish korxonalarning ilmiy laboratoriyalari bilan birgalikda).

O‘qituvchi kadrlarni tayyorlash 4-5 yilga mo‘ljallangan programma asosida amalga oshiriladi, so‘ngra 4-6 oy praktika o‘tiladi.

Ta’limni xaddan ziyod demokratlashtirilishi talabalarning bilimini puxtaligini tekshirish va nazorat qilishda qiyinchiliklar tug‘dirdi. Shu sababli shunday boy moddiy bazaga va tajribaga ega bo‘lgan davlatda butunlay savodsiz bo‘lgan talaygina bolalar topiladi.

Yaponiya Oliy talim tizimi.

Yaponiyada oliy ta’lim majburiy hisoblanadi va u kasb ta’limi bilan uzviy bog’liqdir. Oliy ta’lim tizimi quyidagi turlarni o’z ichiga oladi:



  • To’liq tsikldagi universitetlar (4 yil).

  • Tezlashtirilgan universitetlar tsikli (2 yil).

  • Kasb ta’lim kollejlari.

  • Texnika institutlar.

Bugungi kunda Yaponiya mamlakati hududida 600 dan ortiq universitet talabalarni qabul qilmoqda, shularning, 425tasi xususiy o’quv muassasalaridir. Yaponiyadagi umumiy talabalar soni 2.5 milliondan ko’proq kishini tashkil etadi. Ta’lim muassasalari qatoriga boshlang’ich kollejlar (2 yillik o’qitish tsikli), o’rta maxsus kollejlar (4 yillik o’quv tsikli), texnikumlar (o’quv tizimining davomiyligi 5 yil). Biroq, Yaponiyaliklar oliy talim sifatida an’anaviy tarzda faqatgina universitet talimini hisoblashadi.

Yaponiya ta’lim tizimida qanday farqli jihatlar mavjud? Ta’lim tizimining rivojlanish jarayonida, Yaponiya maorif tizimiga rivojlangan g’arb mamlakatlari ta’lim tizimidan maktab tizimiga doir ba’zi elementlarni qabul qildi. Yaponiya o’zining ilg’or ta’lim tizimiga egadir va undagi struktura hamda vazifalar ko’plab rivojlangan mamlakatlar bilan umumiy jihatlarga ega. Yaponiya Oliy ta’lim tizimi yuqoriligi bilan dunyoda etakchi o’rinni egallaydi.



Buyuk Britaniya ta’lim tizimi.

Buyuk Britaniya ta’lim tizimi ko’p asrlar davomida takomillashib kelgan. Bugungi kunga kelib esa qat’iy talablarni o’zida mujassamlashtirgan sifatli ta’lim tizimiga ega. Davlatda 5 yoshdan 16 yoshgacha ta’lim olish majburiy hisoblanadi. Ammo, negadir chet eldan kelgan oila farzandlari 7 yoshdan maktabga qabul qilinadi.

Ta’lim tizimi 2 tarmoqqa ajratilgan:

1) Davlat byudjeti hisobidan (bepul ta’lim);

2) Xususiy (pullik ta’lim).

Hozir umumiy ta’lim tizimi

1) Maktabgacha ta’lim;

2) Tayyorlov bosqichi;

3) Boshlang’ich maktab;

4) O’rta maktab.

Aksariyat ota - onalar farzandlarini 3-4 yoshdan bog’chaga joylashadi. Britaniyalik bolalar 1-sinfga 5 yoshda borishadi. 11 yoshda esa o’rta maktabga o’tiladi. Ya’ni, 6- sinfgacha boshlang’ich ta’lim hisoblanadi.

Ingliz yoshlari oliy ma’lumotni Universitet va institutlardan tashqari kollejlarda ham olishlari mumkin. Bugungi kunda Buyuk Britaniyada 600 dan ortiq davlat va xususiy kollejlar faoliyat ko’rsatadi. Mamlakatda davlat ixtiyoridagi maktablardan tashqari xususiy maktablar ham talaygina. Eng qizig’i, xususiy maktablarda o’g’il va qiz bolalarga darslar alohida tartibda o’tiladi.



Angliyada oliy ta’lim tizimi

Majburiy o’rta ta’lim 16 yoshgacha. Imtihonlar - GCSE. (5-8 fandan). Ikki yillik A-Level kurslari - 16-18 yosh.

Hozirgi kunda Angliyada 118 ta Oliy o’quv yurtlari mavjud. Angliyada hukumat darajasida tasdiqlangan ta’lim sohasidagi davlat standartlari mavjud emas. Ta’lim miqyosi ish beruvchilarning ehtiyojlari orqali belgilanadi. Oliy o’quv yurtlar (universitet kollejlar) ixtiyoriy ta’lim darajasi bo’yicha mustaqil ravishda asosiy ta’lim dasturlarini va fan dasturlarini qabul qilishadi va bunga javobgardirlar. O’quv kurslarining mazmuni hattoki turli o’quv yurtlarda bir xil mutaxassislik (yo’nalish) bo’yicha ish beruvchilarning talablaridan kelib chiqqan holda bir biridan farq qilishi mumkin. O’quv dasturi mazmuni ommaga chop etiladi va kelajakda talaba bo’lmoqchi bo’lganlarda ixtiyoriy ravishda kelajakdagi taxminiy professional faoliyatiga ko’ra tayyorlov dasturlarini tanlash imkoniyati mavjud. Bunday vaziyatda ta’lim mazmunini Hukumat tomonidan nazorat qilinishi ma’lum darajada cheklanadi.

Lyuksemburg ta’lim tizimini boshqarish.

Jahon mamlakatlari ta’lim tizimiga nazar tashlar ekansiz, ba’zida ibratli, gohida hayratlanarli holatlarga duch kelasiz. Shunday ta’lim tizimiga ega davlatlardan biri Lyuksemburgdir.

Bilasizmi, bu erda oliy ta’lim muassasalari umuman mavjud emas. To’g’ri, mamlakatda 4 ta institut faoliyat ko’rsatadi. Ularning barchasi davlatga tegishli. Biroq ular haqiqiy ma’nodagi oliy akademik ta’lim beruvchi muassasalar hisoblanmaydi, balki ko’proq kasbiy ta’lim yo’nalishidagi institutlar vazifasini bajaradi

Xalq ta’limi tizimi 4-6 yoshli bolalar uchun mo’ljallangan maktabgacha muassasalardan boshlanadi. Keyingi bosqich esa boshlang’ich majburiy maktablardir. Ularda o’qish muddati 6 yil (6-12 yosh). Mazkur bosqichda bepul ta’lim beriladi. Maktablar davlatga qarashli yoki xususiy muassasa bo’lishi mumkin.

Bola 12 yoshida o’rta maktabga boradi va unda 3 yil tahsil oladi. Mamlakatda o’rta ta’lim umumiy va ikkinchi darajali texnik ta’limga bo’linadi. Shuningdek, o’rta maktab ta’limi klassik va zamonaviy litseylarda ham amalga oshiriladi.  O’qish klassik litseylarda 7 yil, zamonaviy litseylarda 6 yil davom etadi. Bunday maktablar pulli asosda ta’lim berib, u erda o’qish majburiy hisoblanmaydi. O’quv yili oktyabrda boshlanib, iyul oyida yakunlanadi.

Davlat tomonidan ko’rsatilgan yordam hamda fuqarolarning intiluvchanligi samarasi o’laroq, mamlakat fuqarolarining deyarli har biri kamida 3 tadan xorijiy tilni o’zlashtirgan. 1798 yildan buyon ishlayotgan kutubxona bor. Lyuksemburgda oliy o’quv yurtlari yo’q. 1969 yilda xorijiy universitetlarga o’qishga tayyorlovchi universitet markazi ochilgan. Mazkur markazda o’qishni yakunlagach yoshlar chet davlatlari oliy o’quv yurtlarining 2 - kursiga kirish imkoniyatiga ega bo’ladi.



Frantsiyada Oliy talim tizimi.

Frantsiyada Oliy talimning tizimi 1984 yil 20 yanvardan kuchga kirgan “Savari” qonuniga binoan tashkil etiladi va unda 1968 yilgi Edgard Foraning asosiy printsiplari saqlanib qolgan. Hozirgi kundagi sotsial - iqtisodiy o’zgarishlar bois ushbu qonunga bir necha o’zgartirishlar qilingan. Oliy ta’lim tizimiga o’rta ta’limdan yuqori bo’lgan va turli vazirliklar boshqaruvida bo’lgan barcha ta’lim muassasalari kiradi. Masalan, Frantsiya milliy ta’lim, izlanishlar va texnologiyalar Vazirligi “yuqori maktablar”ning barchasini o’z nazoratiga olmaydi. Qishloq xo’jaligi, texnik va boshqa turga mansub “yuqori maktablar” Qishloq xo’jaligi vazirligi tomonidan boshqariladi.

Bu xorijiy ta’lim tizimini o’rganishimizning maqsadi esa bitta respublika ta’lim tizimiga xorijiy tajribani tadbiq qilishdir. Ta’lim tizimining jahon darajasiga ko’tarilishida bu tajriba asqotadi.

Hozirgi kunda bevosita barcha ta’lim muassasalari jahon davlatlari bilan mustahkam hamkorlik aloqalari o’rnatgan. Qolaversa, professor o’qituvchilar chet davlatlarga borib malaka oshirib kelishmoqda. Va shu bilan o’rganilgan tajribani, yangi pedagogik texnologiyalarni amalga joriy etishmoqda.

Inson, uning har tomonlama uyg’un kamol topishi va farovonligi, shaxs manfaatlarini ro’yobga chiqarishning sharoitlarini va ta’sirchan mexanizmlarini yaratish, eskirgan tafakkur va ijtimoiy xulq - atvorning andozalarini o’zgartirish respublikada amalga oshirilayotgan islohotlarning asosiy maqsadi va harakatlantiruvchi kuchidir. Xalqning boy intellektual me’rosi va umumbashariy qadriyatlar asosida, zamonaviy madaniyat, iqtisodiyot, fan, texnika va texnologiyalarning yutuqlari asosida kadrlar tayyorlashning mukammal tizimini shakllantirish O’zbekiston taraqqiyotining muhim shartidir.

1.2. Boshlang`ich sinf larda zamonaviy texnologiyalardan foydalanish usullari

Ta'lim o‘qituvchi va o‘quvchilarning hamkorlikdagi faoliyati bo‘lib, shu jarayonda shaxsning taraqqiyoti, uning ma'lumoti va tarbiyasi ham amalga oshadi. Darslarda o‘qituvchi o‘z bilimi, ko‘nikma va malakalarini mashg‘ulotlar vositasida o‘quvchilarga yetkazadi, o‘quvchilar esa uni o‘zlashtirib borishi natijasida undan foydalanish qobiliyatiga ega bo‘ladi. O‘rganish jarayonida o‘quvchilar o‘zlashtirishning turli ko‘rinishlaridan foydalanishadi, ya'ni o‘zlashtirilayotgan ma'lumotlarni qabul qilish, qayta ishlash hamda amaliyotga tatbiq etishda o‘ziga xos tafovutlarga tayanadi. Ta'lim jarayonida o‘qituvchi va o‘quvchilarlarning dars paytidagi hamkorligi, o‘quvchilarning mustaqil ishlashi, sinfdan tashqari ishlar shaklida ta'lim va tarbiya masalalari hal etiladi.

Ta'limning maqsadi jamiyat ehtiyojiga mos ravishda shakllanadi. Shunday ekan, ta'lim-tarbiya maqsadi mos va mutanosib bo‘lishi kerak. Ilmiy adabiyotlarda ta'limning maqsadi imkoniyatlaridan to‘g‘ri, aniq, o‘rinli foydalanish ko‘nikma va malakalarini hosil qilish, mantiqiy-ijodiy tafakkurni rivojlantirish, kommunikativ savodxonlikni oshirish, milliy g‘oyani singdirish, sharqona tarbiyani shakllantirish, shaxsni ma'naviy boyitishdan iboratligi ta'kidlangan. Ta'limiy maqsad asosida o‘quvchilarda mustaqil fikrlash, og‘zaki va yozma savodxonlikni oshirish, mantiqiy tafakkurni rivojlantirish orqali ularning muloqot madaniyati takomillashtiriladi. Tarbiyaviy maqsad asosida esa ma'naviy, g‘oyaviy, nafosat tarbiyasi beriladi. Til o‘rganish jarayonida xalqning madaniy-axloqiy qadriyatlariga yaqinlashtirish imkoni paydo bo‘ladi.   

Ulug‘ donishmandlardan biri «... kelajak tashvishi bilan yashasang, farzandlaringga yaxshi bilim ber, o‘qit», degan ekan. Yurtimizda ta'lim-tarbiya tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar haqiqiy ma'noda bir-ikki yillik yoki qisqa davrda samaraga erishishga qaratilgan ish emas, balki chin ma'noda bir necha yuz yillarga tatiydigan o‘zgarish bo‘ldi, desak xato bo‘lmaydi. Bu prezidentimizning kelajagimiz, kelajak avlodimiz haqida qayg‘urib, yurtimizning barcha farzandlari – mening farzandlarim, ular bizlardan ko‘ra kuchli, bilimli va albatta baxtli bo‘lishlari kerak, degan g‘oyasi zamirida donishmandlarcha siyosat yotganini ko‘rsatadi. 

Ma'lumki, ta'limda ilg‘or pedagogik va yangi axborotlar texnologiyalarini tatbiq etish o‘quv mashg‘ulotlarining samaradorligini oshiribgina qolmay, ilm-fan yutuqlarini amaliyotda qo‘llash orqali mustaqil va mantiqiy fikrlaydigan, har tomonlama barkamol yuksak ma'naviyatli shaxsni tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Hozirgi kunda ta'lim jarayonida interfaol metodlar va axborot texnologiyalarini o‘quv jarayonida qo‘llashga bo‘lgan qiziqish kundan-kunga ortib bormoqda. Bunday bo‘lishining sabablaridan biri, shu vaqtgacha an'anaviy ta'limda o‘quvchilar faqat tayyor bilimlarni egallashga o‘rgatilgan bo‘lsa, zamonaviy texnologiyalardan foydalanish esa ularni egallayotgan bilimlarini o‘zlari qidirib topish, mustaqil o‘rganish va fikrlash, tahlil qilish, hatto yakuniy xulosalarni ham o‘zlari keltirib chiqarishga o‘rgatadi. O‘qituvchi bu jarayonda shaxs rivojlanishi, shakllanishi, bilim olishi va tarbiyalanishiga sharoit yaratadi va shu bilan bir qatorda boshqaruvchilik, yo‘naltiruvchilik funksiyasini bajaradi. Bugungi kunda ta'limda «Aqliy hujum», «Fikrlar hujumi», «Tarmoqlar» metodi, «Sinkveyn», «BBB», «Beshinchisi ortiqcha», «6x6x6», «Bahs-munozara», «Rolli o‘yin», FSMU, «Kichik guruhlarda ishlash», «Yumaloqlangan qor», «Zigzag», «Oxirgi so‘zni men aytay» kabi zamonaviy texnologiyalar qo‘llanmoqda. 

Dars mashg‘ulotlarida o‘yin-topshiriqlarni takrorlash yoki mustahkamlash darslarida foydalanilsa ijobiy natija beradi. O‘yin-topshiriqning qaysi bir turini tanlash darsning turiga, sinf o‘quvchilarining o‘yin-topshiriqlarni bajarishga o‘rgatilganlik darajasi, ularning bilim saviyasi, mustaqil ijodiy ishlash imkoniyatlari, o‘rganilganlarni xotirada tez tiklay olishi, ijodkorlikning qay darajada shakllanganiga ham bog‘liq bo‘lishi kerak.

Ta'limda o‘quvchi shaxsini fikrlashga, o‘zgalar fikrini anglash va shu fikrni og‘zaki hamda yozma shaklda savodli bayon eta olishga o‘rgatish masalasiga e'tibor qaratilgan bo‘lib, mustaqil fikrlaydigan, nutq madaniyati rivojlangan savodxon shaxsni kamol toptirish asosiy o‘rin egallaydi. Millatning turmush tarzi, madaniy yaratuvchanligi uning boy tarixiy merosi asosida o‘rganiladi. 

Bugungi kun o‘qituvchidan ilg‘or pedagogik va yangi axborotlar texnologiyalaridan o‘quv jarayonida foydalanishni talab etmoqda. Yuqoridagilardan kelib chiqib, tajribalarimiz asosida dars mashg‘ulotlarida interfaol metodlarni qo‘llash orqali ta'lim-tarbiya berish yo‘llariga doir fikrlarimizni bayon etamiz. O‘ylaymizki, u o‘quv mashg‘ulotlari samaradorligini oshirishda hamkasblarimizga amaliy yordam beradi. Shuningdek, o‘quvchilarni o‘z yo‘nalishini tanlash va mustaqil hayotga tayyorgarlik ko‘nikmalarini shakllantirishdek mas'uliyatli vazifani bajarishda ularning yaqin ko‘makchilardan biriga aylanadi. Quyida sinflar kesimida ayrim mavzular asosida o‘qitishning zamonaviy usullarini tatbiq etish bo‘yicha tavsiyalar beramiz. Siz undan ijodiy yondashgan holda foydalanasiz va birinchi prezidentimizning: «Har qarichi muqaddas bo‘lgan ona yerimizga nisbatan farzandlarimizda g‘urur va iftixor, sadoqat tuyg‘ularini uyg‘otish uchun biz bugun nima qilyapmiz, degan savolga javob izlab ko‘raylik», - degan fikrlariga javoban ta'lim va tarbiya berishning zamonaviy usullarini tatbiq etish orqali ko‘zlangan maqsadga erishishga o‘z hissangizni qo‘shasiz degan umiddamiz.

«Beshinchisi (oltinchisi, yettinchisi ...) ortiqcha» metodi

O‘quvchilar mantiqiy tafakkur yuritish ko‘nikmalariga ega bo‘lishlarida ushbu metod alohida ahamiyatga ega. Uni qo‘llashda quyidagi harakatlar amalga oshiriladi:



  • O‘rganilayotgan mavzu mohiyatini ochib berishga xizmat qiluvchi tushunchalar tizimini shakllantirish;

  • hosil bo‘lgan tizimdan mavzuga taalluqli bo‘lgan to‘rtta (beshta, oltita, ...) va taalluqli bo‘lmagan bitta tushunchaning o‘rin olishiga erishish;

  • o‘quvchilarga mavzuga taalluqli bo‘lmagan tushunchani aniqlash va uni tizimdan chiqarish vazifasini topshirish;

  • o‘quvchilarni o‘z harakatlari mohiyatini sharhlashga undash (mavzuni mustahkamlash maqsadida o‘quvchilardan tizimda saqlanib qolgan tushunchalarga ham izoh berib o‘tishlari hamda ular o‘rtasidagi mantiqiy bog‘liqlikni asoslashlarini talab etish lozim).

Mazkur metod o‘quvchilardan o‘rganilayotgan mavzu (yoki bo‘lim, bob) yuzasidan tahliliy mulohaza yuritish, shuningdek, eng muhim tayanch tushunchalarni ifodalay olishni talab etadi. 

Metodni qo‘llashda quyidagi harakatlar tashkil etiladi:



  • o‘qituvchi o‘zaro teng nisbatda mavzuga (bo‘lim, bob) oid va oid bo‘lmagan asosiy tushunchalar tizimini yaratadi;

  • o‘quvchilar mavzuga (bo‘lim, bob) oid va oid bo‘lmagan asosiy tushunchalarn aniqlaydilar va daxldor bo‘lmagan asosiy tushunchalarni tizimdan chiqaradilar;

  • o‘quvchilar o‘z harakatlarining mohiyatini izohlaydilar.

Metoddan individual, guruhli va ommaviy shaklda o‘quvchilar tomonidan mavzuning puxta o‘zlashtirilishini ta'minlash hamda ularning bilimlarini aniqlash maqsadida foydalanish mumkin.

1-sinf darsligidagi «Oshxona jihozlari», «Qushlar», «Uy hayvonlari va parrandalar» kabi mavzularini o‘rganishda yangi mavzuni mustahkamlash uchun mazkur metodni qo‘llash ijobiy natija beradi. Bunda mavzuga oid to‘rtta va taalluqli bo‘lmagan (ortiqcha) bitta so‘z (tushuncha, fikr) beriladi. 

O‘quvchilar ana shu so‘zni (tushuncha, fikr) aniqlaydilar. 

Masalan, 1-sinf darsligidagi 1-mashqda berilgan topshiriqni bajarishda quyidagicha qo‘llash mumkin. Yozuv ekranda ko‘rsatiladi. O‘quvchilar ortiqcha so‘zni aniqlashadi.



Uy hayvonlari: sigir, qo‘y, toshbaqa, ot, it.

So‘ng bu so‘zlar ishtirokida gap tuzish topshirig‘i beriladi va tuzilgan gaplar asosida axloqiy tarbiya beriladi.

Namuna: Ot - insonning eng ishonchli do‘sti. 

O‘quvchilar tomonidan tuzilgan gaplar asosida o‘quvchilar qalbida ona tabiatga muhabbat uyg‘otiladi, uy hayvonlariga nisbatan ijobiy munosabatda bo‘lishga o‘rgatiladi.



«Videotopishmoq» metodi

Hozirgi kunda pedagogik faoliyatda turli axborot vositalari (kompyuter, televideniye, radio, nusxa ko‘chiruvchi qurilma, slayd, video va audio magnitofonlar) yordamida ta'lim jarayoni tashkil etilishiga alohida e'tibor qaratilmoqda. O‘qituvchilar oldida ta'lim jarayonida turli axborot vositalaridan o‘rinli va maqsadga muvofiq foydalanish vazifasi turibdi.

Videotopishmoq metodidan foydalanishda quyidagi harakatlar amalga oshiriladi:


  • o‘quvchilar e'tiboriga o‘rganilayotgan mavzu mohiyatini tasviriy yoritishga yordam beruvchi izohlarsiz bir nechta videolavha namoyish etiladi;

  • o‘quvchilar har bir lavhada qanday jarayon aks ettirilganini izohlashadi;

  • jarayonlarning mohiyatini daftarlariga qayd etishadi;

  • o‘qituvchi tomonidan berilgan savollarga javob qaytarishadi.

Mazkur metod asosida mavzuga doir kompyuter orqali videolavha namoyish etiladi. O‘quvchilar videolavha mavzusi, unda ifodalangan mavzu haqida o‘z fikr-mulohazalarini bildirishadi.

Masalan, «Elektr jihozlari» (1-sinf), «Yil fasllari» (2-sinf) kabilar asosida o‘quvchilarga milliy an'analarimiz, urf-odatlarimiz, iqtisodiy munosabatlar haqida tushunchalar beriladi.



Navro‘z udumlari (foydalanish uchun matnlar)

Navro‘z kuni odam ota-onasi, yaqin kishilari bilan diydorlashadi. Ginali odamlar Navro‘z kuni yarashadi.

Navro‘z arafasida keksalar maxsus idishlarga yetti xil don ekib, ularning unib chiqishiga qarab, kuzda olinadigan hosil cho‘g‘ini chamalashgan. 

Ba'zi joylarda esa Navro‘z kunlarida paydo bo‘lgan kamalakka qarab yerga suv sepiladi. Shunday qilinsa, go‘yo yil seryog‘in va barakali bo‘lar ekan.

Navro‘z kunlari bog‘dagi o‘rik daraxtlariga arqon solib arg‘imchoq yasaladi. Qiz-juvonlar yig‘ilishib, navbatma-navbat arg‘imchoq uchadilar. Navro‘zda arg‘imchoq uchsa bir yillik gunohi to‘kiladi deyilgan.

Bu metodni 2-sinfda o‘quvchilarning unli va undosh tovushlar haqidagi bilimlarini sinash, uni mustahkamlash maqsadida ham qo‘llash mumkin. Masalan, ekran orqali unli tovushlar ko‘rsatiladi. Galma-galdan shu tovush bilan boshlanadigan so‘zlarni ifodalaydigan rasmlar ko‘rsatiladi. O‘quvchilar rasmlardagi narsa, buyum nomlarini daftarlariga yozadilar. Bunda o‘quvchilarning xotiralari mustahkamlanadi, so‘z boyligi oshadi.



Namuna:

Unlilar

A - atirgul





O‘ - o‘rik 

Boshlang‘ich sinflarda interfaol metodlar va ta'limiy o‘yinlardan, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish o‘quvchilarni mustaqil fikrlashga, ijodiy izlanish va mantiqiy fikrlash doiralarini kengaytirish bilan birga ularni darslarda o‘rganganlarini hayot bilan bog‘lashga, qiziqishlarini oshirishga yordam beradi. O‘qituvchilarning bunday zamonaviy talablar asosida yaratilgan sharoitlardan samarali foydalanib, darslarni ilg‘or pedagogik hamda axborot kommunikatsiya texnologiyalari asosida tashkil etilishi ta'lim-tarbiya jarayonini sifatini kafolatlaydi.

Bizningcha, ta'limiy o‘yinlarga qo‘yiladigan asosiy talablar quyidagilardan iborat:

1. Ta'limiy o‘yinlar o‘quvchilar yoshiga mos bo‘lishi kerak;

2. O‘yinlar o‘tilayotgan mavzu mazmun-mohiyatiga mutanosib bo‘lishi lozim;

3. Ta'limiy o‘yinlarni o‘tkazish vaqti aniq belgilanishi shart;

4. Ta'limiy o‘yinlar ham ta'limiy, ham tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‘lishi kerak;

5. Ta'limiy o‘yinlarning o‘tkazilish maqsadi, ahamiyati belgilanishi lozim.

Yuqoridagi talablarga amal qilingandagina dars samaradorligi ortadi va zamonaviy texnologiyalar ta'lim samaradorligiga xizmat qiladi.



II.Bob Rivojlangan mamlakatlar ta’lim tizimi taraqqiyotining ayrim masalalari

2.1. Boshlang‘ich sinf darslarini o`tishda didaktik o`yinlardan foydalanish yo`llari

Pedagogik texnologiya kafolatli ta‘lim-tarbiya maqsadga erishish bilan axamiyatli va dolzarbdir. Shuning uchun maqsadning aniqligi, unga mos mazmun, maqsadga bosqichma-bosqich erishishda tarbiyalanuvchining va tarbiyachi faoliyatining uyg‘unligi pedagogik texnologiyaning talabidir. An‘anaviy ta‘lim-tarbiya tizimida ham maqsad pedagogning asosiy muammosi bo‘lib kelgan. Chunki quruvchi oldindan nimani qurayotganini bilganidek, tarbiyachi ham kimni tarbiyalamoqchi, nimani shakllantirmoqchi ekanini bilishi shart. Ta‘lim-tarbiyaning maqsadi-kishi shaxsining modeli sifatida qoida mavjud. Ammo pedagogik texnologiyada maqsad va unga erishish kafolatli butun pedagogik jarayon, texnologiya jarayonining mezoni, kalitidir. Avvalo jamiyat va davlat buyurtmasidan kelib chiqadigan ta‘lim-tarbiyaning umumiy maqsadiga asoslaniladi. Ta‘lim mazmuni asosida maqsad qo‘yish; pedagogik faoliyati asosida; o‘quvchilarning qobiliyati, xissiy ta‘sirlanishi asosida, ichki jarayon asosida, o‘quvchini o‘rganish faoliyati asosida, maqsad qo‘yish texnologiyasini tavsiya etadi.

Maqsadga bosqichma-bosqich erishilganiga qarab, u muvofiqlashtiriladi, maqsadga to‘la erishish uchun o‘ziga xos texnologik yo‘l qo‘llanadi, yangi-yangi o‘quv maqsadlari qo‘yiladi.

Demak, pedagogik texnologiyaning odatdagi didaktik maqsaddan farqi diagnostika asosida maqsad qo‘yilishidir. Sinf, guruh yoki alohida o‘quvchiga qo‘yilgan diagnoz qanchalik to‘g‘ri bo‘lsa, qo‘yilgan maqsad shunchalik to‘la va oson bajariladi. Yuqorida ta‘kidlaganimizdek pedagogik texnologiya maqsadga to‘la erishish printsipi etakchilik qiladi. Shuning uchun M.V.Klarin maqsadga erishish texnologiya” sini alohida taxlil qiladi. Uni uchga bo‘lib o‘rganadi: etalon maqsadga “mezoniy baxolash”, “ta‘limiy jarayon” va “maqsadga to‘la erishish”.

Maqsadga to‘la erishish uchun natijani bosqichma-bosqich baxolash zarur bo‘ladi. Bugungi kunda test nazoratini joriy etilishi, bu didaktik vazifani amalga oshirishga qo‘l keladi. Ma‘lumki, testda ta‘lim maqsadi, erishiladigan mezon o‘z aksini topadi. Shuning uchun har bir bosqichda test orqali natijani aniqlash maqsadga muvofiqdir. Buning uchun ta‘lim maqsadini testga tushirish muhim masaladir.

O‘qitishda takrorlovchi bosqich texnologik jarayonda alohida o‘rin tutadi. Takrorlashda: ta‘limning umumiy maqsadi; umumiydan ma‘lum aniq maqsad belgilanishi va har bir bosqichda o‘quvchining o‘zlashtirishi dajarasini aniqlash; shunga asosan ta‘lim jarani muvofiqlashtiriladi, boshqariladi.

Ta‘lim jarayonida takrorlash texnologiyasi.

Masalan, darsning tuzilishini texnologik jihatdan tahlil qilinadigan bo‘lsa:

A)o‘quvchilar diqqatini tashkil etish;

B)didaktik maqsad haqida axborot berish;

V)zaruriy bilim-malakalarni rag‘batlantirish;

G)ma‘lum ta‘sir etadigan o‘quv materialini ko‘rsatish;

D)o‘quvchilar javobini aks sadosini (reaktsiyasi) rag‘batlantirish;

E)o‘zaro xamkorlikni ta‘minlash;

J)olingan mustaxkam bilim malakani rag‘batlantirish;

Z)o‘quvchilar faoliyatini baholash; kabilar.

O‘quvchilarning o‘zlashtirish darajasi qanchalik tezligini va mukammaligi bilan belgilanadi. Ularning o‘zlashtirish bo‘yicha qobiliyati uch guruhga bo‘linadi:

Iqtidorli ,ular tez o‘zlashtirishi mumkin-30%.

Oddiy o‘rtacha o‘quvchilar-50 %.

Qobiliyati past o‘quvchilar-20 %.

Maqsad qo‘yishda barcha o‘quvchilarni o‘zlashtirishi hisobga olinadi. To‘la o‘zlashtirishi maqsadi, uni amalga oshirish metodikasi quyidagicha bo‘lishi mumkin:

1.Kirish qism-o‘quvchilarni to‘la o‘zlashtirishga yo‘naltirish;

2.Har bir o‘quvchini to‘la o‘zlashtirishga erishish;

3.Har bir o‘quvchini to‘la o‘zlashtirish darajasini baholash;

4.Har bir o‘quvchi bahosini tashkil qilish.

Keyin o‘qituvchi har bir o‘quvchini to‘la o‘zlashtirish imkoniyati bilan tanishtirad

Sinf to‘la o‘zlashtirish uchun yangi metodika bilan o‘qitadi.

Har bir o‘quvchi oxirida, fanni o‘zlashtirib bo‘lganda baholanadi.

O‘quvchilar qiyosiy baholanmaydi, balki o‘quv matni etalon, mezoni bilan baholanadi.

“Etalon darajasiga” erishgan o‘quvchi “a‘lo” baxo oladi.

A‘lo baxolar cheklanmaydi.

Har bir o‘quvchiga istagancha yordam ko‘rsatadi.

Xar bir o‘quvchi fanni o‘zlashtirish jarayonida diagnostik kuzatiladi.

Agar o‘quvchi ma‘lum topshiriqdan qiynalsa boshqa yo‘l qo‘llaniladi.

Shunisi xarakterliki, pedagogik texnologiyaning printsipi kafolatli to‘la o‘zlashtirish ekan unda o‘quv materialini bosqichma-bosqich o‘zlashtirish, izchillik metodikasi asos bo‘ladi. Aslida sharq, aniqrog‘i, O‘zbekiston maktablarida o‘rta asrlardan boshlangan metodikadir. Tarixdan ma‘lumki, fanning o‘zlashtirishda izchillik va uzluksizlik printsipiga asoslanilgan. Ya‘ni har bir fan o‘rganib bo‘lingandan keyin musobaqa metodi orqali bilimlar tekshirilgan va to‘la o‘zlashtirgandan so‘ng undan keyingi fanga (yoki bosqichga) o‘tilgan.

Bir sinf (guruh)dagi talabaga o‘zlashtirish darajasiga qarab har xil ta‘lim mazmunida tahsil olgan. Pedagogik texnologiya tizimida AQSH tajribasida individual “brigada-andividual” ta‘lim XX asrning 60-yillarida keng qo‘llaniladi.

Har bir o‘quvchining qobiliyatiga o‘zlashtirish darajasiga qarab ta‘lim maqsadi va metodikasi belgilanadi. Masalan bu tizimni quyidagicha amalga oshirish mumkin.

1.Har bir o‘quvchi mazkur fan bo‘yicha bilim rejasini test orqali tekshiriladi.

2.So‘ngra ma‘lum bo‘lim bo‘yicha tekshiriladi, qanday bilimga ega ekanligi aniqlanadi.

3.Natijaga asosan har bir o‘quvchi uchun mazmun belgilanadi.

4.O‘quvchi bo‘lim-bo‘limlarga bo‘lib topshiriq oladi.

5.Qo‘yilgan maqsad amalga oshirilgandan keyin yakuniy test topshiradi va fan bo‘yicha baholanadi.

6.Agar maqsadga erishilmagan, yoki ma‘lum qism o‘rganilmagan bo‘lsa takrorlanishiga qaytiladi.

To‘la va yakka (brigada-individual) ta‘lim 80 yillarda AQSHda joriy etila boshlagan. Bunda yakka o‘quvchilar va kichik guruhlar bilan ishlash tizimi yaratilgan. Ya‘ni o‘quvchilar 4-5 kishilik guruhlarga bo‘linadi, unda iqtidorlilar va qoloqlar, qizlar va boshqa etnik vakllar bir xil bo‘limi maqsadga muvofiq. Har bir guruh berilgan topshiriqni tez bajarishiga e‘tibor beriladi. Guruhdagi o‘quvchilar bir-birini tekshiradi, yordam beradi. Haftani oxirida yakun yasaladi, baholanadi. O‘zaro yordam va bir kishi hamma uchun printsipiga amal qilinadi. Bu metodda o‘zlashtirish darajasi oshishi bilan birga o‘quvchilarni o‘z-o‘zini baholash malakasi ham rivojlanadi, o‘quvchi o‘rtasida do‘stlik, o‘rtoqlik darajasi ham oshadi.

Xulosa qilib, pedagogik jarayonning tarkibiy qismlaridan biri aniq bajarishi mumkin bo‘lgan, kafolatli natijaga erishish maqsadi, texnologiyasidir deyish mumkin. Pedagogik texnologiya faqat ta‘lim mazmunini ifodalovchi maqsad emas, balki didaktik tizimni ham ko‘zda tutadi.


Download 436.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling