Ta’zimdaman sizga, ustozlarim!


Download 15.45 Kb.
Sana05.10.2023
Hajmi15.45 Kb.
#1692662
Bog'liq
устозлар


TA’ZIMDAMAN SIZGA, USTOZLARIM!

Obod va tinch yurtga bayramlar yarashadi. YUrtimizda ko’plab siyosiy, diniy va umummilliy bayramlar bor va ular umummilliy tarzda nishonlanib kelinadi. Biroq ana shu bayramlar orasida birgina kasb bayrami borki, u umummmiliy tarzda nishonlanadigan yagona kasb bayramidir, bu – 1-oktyabr “Ustoz va murabbiylar kuni”!


Ustoz deganda asosan o’qituvchilar tushuniladi. O’qituvchilik mashaqqatli biroq sharafli kasbdir.
Ustoz otang kabi ulug’dir, degan ibora bejizga aytilmagan. Ota farzandiga hayot beradi, farzandini yediradi, ichiradi, kiyintiradi va asosan uning moddiy ta’minoti bilan mashg’ul bo’ladi va vaqtini asosan ana shu narsalarga sarflaydi. Ustoz esa o’sha insonni chin yetuk inson sifatida shakllanishi va jamiyatda o’z o’rniga ega bo’lishi uchun yillar davomida mehnat qiladi. Ota-onalar o’z oilasida o’zlari fe’l atvorlarini juda yaxshi biladigan farzandlariga tarbiya berishda qiyinchiiklarga duch kelib turgan pallalarda ham ustozlar o’z o’quvchilariga ta’lim va tarbiya berishdek mas’uliyatli ishdan qochishmaydi. O’qituvchi har yili o’nlab o’quvchilarni yetuk inson qilib jamiyatga va ota-onasiga yetkazib beradi va o’qituvchining o’n yillik mehnati mahsulini ota-onasi butun umr ko’radi. O’zi mehnat qilib, pirovardida mahsulini faqatgina boshqalar ko’radigan va bu kasbidan sira ham zerikmaydigan, o’z kasbini o’qituvchi kabi sevadigan boshqa kasb bo’lmasa kerak.
O’qituvchi inson hayotida shu qadar o’chmas va yorqin iz qoldiradiki har bir inson o’tgan umri va bolalik xotiralarni eslaganida albatta o’qituvchisini yodga oladi. SHu o’rinda men hayotimda o’chmas iz qoldirgan, jamiyatda o’z o’rnimni topishimga o’zlariningo juda katta hissalarini qo’shgan, ularga havas bilan aynan o’qituvchilik kasbini tanlashimga sababchi bo’lgan ustozlarim haqidagi bir nechta yorqin xotiralar bilan o’rtoqlashmoqchiman.
Paxtachi tuman 12-umumta'lim maktabi boshlang'ich sinf ustozim, mehribon, qalbi daryo, samimiy insonlar Norgul Ikromova va Zaynab Umirovalar minnatdorchilik bildirmoqchiman. Maktabda tahsil olgan vaqtimda deyarli darsmashg’ulotlarini qoldirmasdim. Qish kunlarining birida shamollab qolganligim sababli maktabga bora olmadim va bu haqida onam maktaba ishlaganligi bois sinf rahbarim Zaynab Umirovaga ma’lum qilgan. Biroq onamning gaplaridan qoniqish hosil qilmtagan ustozim o’sha kuni qishning sovuq kuni bo’lishiga qaramasdan kech bo’lganda Navoiy-Ziyovuddin yo’nalishida avtobus haydaydigan turmush o’rtog’ining avtobusi bilan mening ahvolimdan xabar olish uchun uyimizga kelgandi. O’shanda men nafaqat men o’qituvchimni yaxshi ko’rishimni, balki o’qituvchim ham meni yaxshi ko’rishini, o’qituvchi shunchaki o’qituvchi, shunchaki sinf rahbarim emas balki undan yaqinroq kimdir ekanligini, o’qituvchi yaqin qarindosh kabi, oila a’zoing kabi bo’lishini his qilganman.
Keyinchalik, yuqori sinfga chiqqanimda sinfdoshlarim Oliy ta’lim muasasasiga o’qishga tayyorlanish uchun pullik repititorlik kurslariga qatnashardi, o’shanda Ona tili va adabiyot fani o’qituvchimiz Muhabbat Abdurahmonova meni ham o’z kursiga qatnashimni taklif qilganida men o’sha vaqtlari ikkita opam ham kontrakt asosida Oliy ta’lim muasssasalarida tahsil olayotganligi, shu bois pullik repititorlik kurslariga pul orttira olmasligimni ma’lum qilganimda, menga Oliy ta’limga o’qishga kirib bersang bas, menga puling kerak emas, deb meni qabul qilgan edi. Hech bir moddiy manfaatsiz, kelajagim to'g'risida qayg'urgan ustozlarim juda ko'p, ularning har bir qilgan mehribonchiliklarini yozsam bu qog'oz yetmaydi.

Paxtachi tuman 2-son kasb-hunar maktabi o’qituvchisi


Eshniyozova Nafisa Shuxratovna
Download 15.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling