Tdshu shft fakulteti hind-ingliz guruhi 2- kurs talabasi Nosirov Sarvarning Falsafa fanidan tayyorlagan mustaqil ishi


Download 1.62 Mb.
Sana18.12.2022
Hajmi1.62 Mb.
#1027436
Bog'liq
Falsafa Navoiy statistika

TDSHU SHFT fakulteti hind-ingliz guruhi 2- kurs talabasi Nosirov Sarvarning Falsafa fanidan tayyorlagan mustaqil ishi


NAVOIY
  • Navoiy viloyatida yetishtirilgan chorvachilik mahsulotlari
  • 2022- yilning yanvar-sentyabr oylarida yetishtirilgan chorvachilik mahsulotlarining umumiy hajmi 7 129,6 mlrd. soʻmni yoki 2021- yilning mos davriga nisbatan 103,1 % ni tashkil etdi. Yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining umumiy hajmida chorvachilik mahsulotlarining ulushi 66,1 % ni tashkil qildi.
  • Mazkur davrda barcha toifadagi xoʻjaliklar tomonidan 134,8 ming tonna – goʻsht (tirik vaznda), 309,1 mln. dona – tuxum, 368,7 ming tonna – sut, yetishtirildi va 8 335,0 ming tonna – baliq ovlandi.
  • Navoiy viloyatida 2022- yilning yanvar-sentabr oylarida bino va inshootlarni qurish faoliyat turi bo‘yicha bajarilgan qurilish ishlari hajmining yuqori ko‘rsatkichlari Navoiy shahri, Qiziltepa tumani va Zarafshon shahrida kuzatildi. Mazkur hududlarda bajarilgan bino va inshootlarni qurish bo‘yicha ishlar hajmi mos ravishda 776,1 mlrd. so‘m, 675,5 mlrd. so‘m va 524,3 mlrd. so‘m miqdorida qayd etildi.
  • Kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan tashish va saqlash sohasida olingan sof foyda
  • 2021- yilda kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan tashish va saqlash sohasida olingan sof foyda (zarar (-)) 589,8 mlrd. so‘mni tashkil etdi. Bu esa 2020- yilning mos davriga nisbatan 238,0 mlrd.so‘mga ko‘p demakdir.
  • Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalar
  • 2022- yilning yanvar-sentabr oylarida Navoiy viloyatida asosiy kapitalga investitsiyalarning iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha tarkibida qayta ishlash sanoati yetakchilik qilmoqda. Ushbu iqtisodiy faoliyat turida jami moliyalashtirish manbalari hisobidan 9 321,5 mlrd. so‘m yoki jami asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalarning 71,7 %i o‘zlashtirilgan.
  • Uning tarkibida eng ko‘p investitsiyalar o‘zlashtirilgan 3 ta faoliyat turlari quyidagilar:
  • - metallurgiya sanoati – 4 261,8 mlrd. so‘m (jami asosiy kapitalga investitsiyalardagi ulushi 32,8 %);
  • - boshqa nometall mineral mahsulotlarini ishlab chiqarish – 2 399,7 mlrd. so‘m;
  • - kimyo mahsulotlarini ishlab chiqarish – 1 611,2 mlrd. so‘m.
  • Kollejlarda o‘qituvchilar soni
  • 04/11/2022
  • 2021/2022 o‘quv yili boshida mamlakatimizda kollejlarda jami 3,9 ming nafar o‘qituvchilar faoliyat yuritgan, shundan 2,7 (jamiga nisbatan 69,2%) ming nafari ayol o‘qituvchilar, 1,2 (jamiga nisbatan 30,8%) ming nafarini esa erkak o‘qituvchilar tashkil etgan.
  • Oʻzbekistonda 2022- yilning 9 oyida 1 798,7 ming tonna chaqiq tosh ishlab chiqarilgan
  • Oʻzbekiston Respublikasida 2022-yilning yanvar-sentabr oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 1 798,7 ming tonna chaqiq tosh ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish boʻyicha, 2021-yilning tegishli davriga nisbatan oʻsish surʼati 142,1 % ni tashkil etdi.
  • Shuningdek, Respublikada 2022-yil yanvar-sentabr oylarida yirik korxonalar tomonidan chaqiq tosh ishlab chiqarishda eng yuqori ulush Toshkent shahrida kuzatilib, (73,0 %) 1 312,8 ming tonnani tashkil etdi
  • 2022- yilning yanvar-sentabr oylarida, respublikamizda savdo sohasida yangi tashkil etilgan korxona va tashkilotlar soni 26 270 tani tashkil etib, 2018- yilning mos davri bilan solishtirilganda 3,0 barobarga oshgan bo‘lib, ularning so’nggi yillardagi dinamikasi quyidagi ko‘rinishda aks topdi:
  • 2018- yilda – 8 804 ta
  • 2019- yilda – 27 991 ta
  • 2020- yilda – 25 998 ta
  • 2021- yilda – 28 715 ta
  • 2022- yilda – 26 270 ta
  • Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish holati raqamlarda
  • Navoiy viloyatida 2022- yilning yanvar- sentabr oylarida yetishtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari hajmi 10 781,0 mlrd. so‘mni yoki 📉2021- yilning mos davriga nisbatan 104,5 % ni tashkil etdi.
  • Shudan:
  • ✔️dehqonchilik mahsulotlari – 3 651,4 mlrd. so‘mni (107,4 %);
  • ✔️chorvachilik mahsulotlari – 7 129,6 mlrd. so‘mni (103,1%) tashkil qildi.
  • Kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan axborot va aloqa sohasida olingan sof foyda
  • 2021- yilda kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan axborot va aloqa sohasida olingan sof foyda (zarar (-)) 904,0 mlrd. so‘mni tashkil etdi. Bu esa 2020- yilning mos davriga nisbatan 299,8 mlrd.so‘mga ko‘p demakdir.
  • Davlat test markazi joriy yil maktab bitiruvchilarining OTMlarga qabul ko‘rsatkichlari statistikasini e’lon qildi. Ro‘yxatda Navoiy viloyati bitiruvchilari 39,9 foizlik natija qayd etib, yetakchilik qilgan. OTMga o‘qishga kirish uchun hujjat topshirgan 13 997 nafar navoiylik bitiruvchining 5 598 nafari talabalikka qabul qilingan.
  • 2022 yilning yanvar-mart oylarida Navoiy viloyatining tashqi savdo aylanmasi 265,4 mln.dollarini (o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 99,8%ga o‘sgan), tashqi savdo aylanmasi tarkibida ekport hajmi 123,2 mln.dollarini (46,4%ini), import hajmi 142,2 mln.dollarini (53,6%ini) tashkil qilgan.
  • Tashqi savdo aylanmasi bo‘yicha Kanada (24,5%), Rossiya (21,5%), Xitoy Xalq Respublikasi (16,1%), Qozog‘iston (11,6%) va Turkiya (4,6%) viloyatning eng yuqori ulushga ega hamkor davlatlari hisoblanadi.

Download 1.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling