Teaching skills of the teacher in the process of teaching foreign languages


Download 19.97 Kb.
Sana10.09.2022
Hajmi19.97 Kb.
#803980
Bog'liq
Designing discussion method (1)
isboti, fayl Botanika haqida referat, Allohning eng ulug‘ nemati, Haziniy, Atom yadrosining tarkibi va tuzilishi, DIQQAT, Pedagogika fakulteti .120-guruh .Boshlang'ich ta'lim yo'nalishi.Temirova Muyassar., русс яз, русс яз, 8 mavzuJavobgarlik sug‘urtasi va uni o‘tkazish tartibi MARUZALAR, Payvand birikma turlari, 2 5229230503739001580, 1 практическое зан применение биомед тех, Arabian nights Nurenova, Adobe Photoshop - Vikipediya

TEACHING SKILLS OF THE TEACHER IN THE PROCESS OF TEACHING FOREIGN LANGUAGES


Abstraction: In this article, teaching in the process of teaching foreign languages, creative use of ICT in foreign language classes not only increases students' interest in learning, but also increases their motivation to learn science are given. It is also shown that the teacher organizes his activities based on innovations in this article.
Key words: Foreign language, interactive method, ICT tools, tape recorder, computer, communicative, technology.
Annotatsiya: Ushbu maqolada chet tillarni o‘rgatish jarayonida ta’lim berish, chet tili darslarida AKTdan ijodiy foydalanish nafaqat o‘quvchilarda o‘qishga qiziqish, fanni o‘rganishga motivatsiyasini oshirishi hamda o‘qituvchi o‘z faoliyatining innovatsiyalar asosida tashkil etishi haqida ko‘rsatilgan
Kalit so‘zlar: Chet tili, interfaol metod, AKT vositalari, magnitofon, kompyuter, kommunikativ, texnologiya.
Bugungi kunda oliy o‘quv yurtlarida ya’ni boshqa o‘quv masalalarida talabalarga chet tillarni zamonaviy pedagogik texnologiyar ya’ni zamonaviy interfaol metodlar asosida o‘qitish dolzarb masalaga aylanmoqda. Buning asosiy masalalaridan biri chet tillarni o‘rgatish jarayonida ta’lim berish mahoratini ishga solish, dars jarayonini samarali tashkil etish, ta’lim standartlariga moslashtirish, jahon andozalari darajalariga ko‘tarish, talabalarga chet tillarni o‘rgatish bilim va malakalarini mukammal shakllantirish bugungi ta’lim jarayonining muhim omillaridan biri ekanligidadir. Hozirgi kunda chet tillarini interfaol usullarni o‘qitishning zamonaviy texnologiyalari yaratilmoqda va ulardan dars jarayonida samarali foydalanilmoqda. Zamonaviy interfaol metodlarning an’anaviy metodlaridan asosiy farqi shundaki bunda talabalar chet tillarini o‘rganish jarayonida o‘zlarini erkin tutadi, mustaqil fikr yuritadi, o‘z fikrini bayon etish imkoniga ega bo‘ladi, munozaralarga kirishishada, o‘qituvchi bilan erkin muloqot qiladi.
Bugungi kunda chet tillarni o‘rganish jarayonida interfaol usullarining quyidagi texnologiyalaridan keng foydalanilmoqda: Interaktiv o‘yin usuli, talabalarni juft holda va guruh ichida faol ishtirok usullari, aqliy mushohada usuli, frontal mashg‘ulot turi, akvarium usuli, broun harakati usuli, tugallanmagan gap usuli, o‘z o‘rningni egalla usuli,munozara va shu kabi boshqa usullar. Chet tillarni o‘rgatishning interfaol metodi yuqorida qayd etilgan zamonaviy texnologiyalar asosida olib borilgan mashg‘ulotlar natijasida talabaning mustaqil fikrlash va nutq yuritish bilim va malakalari mukammal shakllanadi. Mashg‘ulot paytida ularning erkinligi yaratiladi, ya’ni talabalar dars maqsadi va vazifalarini o‘zlari belgilashadi, tanlangan mavzu bo‘yicha bahslashadi, munozara qilishadi va nihoyat o‘rganilayotgan mavzu yuzasidan xulosalar chiqarishadi.XX asr boshlarida amerikalik faylasuf, va psixologik va pedagog Djon Dyui darsda o‘qituvchi emas, o‘quvchi faol bo‘lmog‘i lozim deb chiqdi. U kitobdagi bilimlarni quruq yod olish hech narsaga olib bormaydi, aksincha, o‘quvchilarni o‘qishdan sovutib, tafakkurini zanglatadi deb ta’kidlagan. Dyuining ta’lim tarbiyaga qo‘shgan asosiy hissasi bu “aql yuritishning to‘liq jarayonidir”.Umuman interfaol metodda olib borilgan dars jarayonida talabalar yetakchi vazifani bajarishadi. Bu esa ularning chet tilni mukammal puxta egallashi, mustaqil fikrini bayon qilishi, ya’ni erkin nutq yurita olishi bilan belgilanadi.
Oliy o‘quv yurtlarida ham og‘zaki nutqni o‘rgatish chet tili o‘qitishning asosiy amaliy maqsadlaridan biridir. Oliy o‘quv yurtini bitiruvchilari, tabiiy nofilologik fakultetlarni tamomlayotgan, har xil kasb egalari, chet tilida og‘zaki axborot bera olishlari va suhbatlasha olishlari, o‘zlarining ixtisoslari bo‘yicha matnlarni o‘qib, mazmunini anglab olishlari, chet tilidagi nutqni eshitib tushunishlari kerak.
O‘qituvchi nutqi ta’lim tarbiya berishning asosidir. O‘qituvchi o‘z faoliyatidagi juda ko‘p ishni nutq orqali amalga oshiradi. O‘qituvchi faoliyatidagi har qanday dars va tarbiyaviy jarayon uning nutqi orqali amalga oshiriladi. Uning nutqi ilmiy va pedagogik mazmun kasb etadi. Shu sababli o‘qituvchi nutqi ilmiyg‘oyaviy jihatdan yuksak madaniyatli, ravon, yumshoq, dilkash bo‘lishi lozim.
O‘qituvchi gapirayotganda auditoriyada talabalarning yuz-ko‘zlarida sodir bo‘layotgan o‘zgarishlarga e’tibor berib boradi. O‘qituvchining nutqi o‘rganiladigan mavzuga bog‘liq holda, boy va rang-barang bo‘lishi lozim.
Metodlar va usullarni tanlash o‘qituvchi darsda hal qilishi mo‘ljallangan masalaga bog‘liq bo‘ladi. Yangi materialni bayon etishda bir xil metodlar qo‘llansa, uni mustahkamlashda ikkinchi va mavzuni umumlashtirishda yana boshqa xil metodlar qo‘llanadi. Darsning turli bosqichlarida puxta o‘ylash va samarali usullar hamda metodlarni tanlash juda muhimdir.
Garchi har bir o‘qituvchining ishida anchagina usul va metodlar mavjud bo‘lsada, ularni qo‘llashdan ko‘zlanadigan maqsad ta’lim oluvchining ta’limiy ishlarini faollashtirishdir. Chet tili darslarida ko‘rgazmalilik juda muhim bo‘lib, o‘qitish jarayonining ishini osonlashtiradi. Zotan, o‘qish o‘rganish diqqat- e’tiborni talab qiladigan, murakkab faoliyatdir va unda o‘tkir aql, mustahkam iroda, tiniq tasavvur, kuchli xotira zarur.
Masalan chet tili fanini har-bir o‘qituvchi o‘z uslublaridan kelib chiqib tashkillashtiradi va uni ta’lim oluvchilarga oson yo‘llar bilan tushuntirishga harakat qiladi. Bunday usullarning turlari juda ko‘p, qaysi bir o‘qituvchi o‘z darslarida tarqatma materiallardan ko‘proq foydalansa, boshqa bir o‘qituvchi texnik vositalardan imkon darajasida ko‘proq foydalanadi.
Ma’lumki, zamonaviy yoshlar o‘z davrining madaniyati vakillari bo‘lib, ularga ko‘proq vizual obrazlar ta’sir ko‘rsatadi, boshqacha aytganda, material an’anaviy usulda emas, balki audiovizual vositalar yordamida yanada tezroq va samarali o‘zlashtiriladi. Masalan, tilda so‘zlashuvchi mamlakat haqidagi mavzu odatda, an’anaviy usulda bir necha rasmlardan iborat matndan foydalanib, o‘qitilgan. Ushbu usul doim ham kutilgan natijani bermagan. Zamonaviy ta’lim usullarida esa mazkur muammoni hal etishga o‘zining autentikligi, ko‘rgazmaliligi va interaktivlik baxsh etuvchi Power Point dasturida tayyorlangan taqdimotlar, filmlar, slayd-shou, shuningdek, virtual sayohatlar, internet-saytlar yordam beradi. AKT vositalaridan foydalanib, dars o‘tish jarayonida chet tilida videosujet namoyish etish yanada ko‘proq samarali bo‘ladi. O‘quvchilar zavq bilan tomosha qiladilar va topshiriqlarni qiziqib bajaradilar. Natijada filmlarni o‘z original tilida ko‘rib, tilni o‘zlashtirishlari oson bo‘ladi. Biroq filmlarni to‘liq tomosha qilish juda ko‘p vaqtni olishi, bunga esa darsga ajratilgan vaqt imkoniyati yetarli bo‘lmasligi mumkin. Shu sababli ham Internet-resurslaridan uyda ham foydalanib, tarmoqdan foydali axborotlarni olish.
Shuni ham unutmaslik kerakki, Internet haqiqiy til muhitini his etishga yordam beradi va uning yordamida tilni o‘rganishga ehtiyoj shakllanadi. Sababi til tashuvchi, ya’ni mazkur tilda so‘zlashuvchilar bilan muntazam muloqotda bo‘lishga to‘g‘ri kelishi, turli axborotlardan foydalanish, filmlar tomosha qilish, qo‘shiqlarni tushunish istagi paydo bo‘lishi mumkin. Bularning barchasi o‘quvchiyoshlarning chet tillarini AKT vositasida o‘rganishga qiziqishlarini oshiradi. Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqib, chet tili darslarida AKTdan ijodiy foydalanish nafaqat o‘quvchilarda o‘qishga qiziqish, fanni o‘rganishga motivatsiyasini oshirish va ayrimlar uchun zerikarli bo‘lgan leksik-grammatik materialni yanada qiziqarli jarayonga aylantirishga yordam berishi, shuningdek, chet tilida o‘zaro muloqot qilish, kommunikativ qobiliyatlarini rivojlantirishi, bundan tashqari, o‘quv jarayonining reproduktiv faoliyatining ulushini qisqartirishi hamda umuman muhim omil sifatida o‘rin tutishi namoyon bo‘ladi.
Masalan, oddiy magnitofon orqali darslarni olib borish, yoki topshiriqlarni bajarish. Bunda magnitofon orqali tashkil qilinadigan mashqlarda dastlab o‘qituvchining ko‘rsatmasi eshitiladi. Magnitofondan eshitilgan jumlaning ohangi, so‘z tartibi va tayanch vositalaridan foydalanish tartibiga rioya qilingan holda taqlidiy takrorlash mashqlari bajariladi. Bunda ko‘p martalik takror nafaqat eshitilgan jumlaga ongli javob berishga, jumlaning ohangi, leksik, grammatik belgilarining ham aniq tushunilishi va o‘zlashtirilishiga olib keladi. Bundan tashqari quyidagi mashqlar o‘zlashtirilgan jumladagi so‘z tartibini o‘zgartirish, gapirish ( to‘g‘ri so‘z tartibli gaplarni noto‘g‘ri so‘z tartibli gaplarga aylantirish, otlar o‘rniga olmoshlar, ko‘rsatilgan so‘zlar o‘rniga sinonimlar, antonimlar) qo‘yish, yoki “jumlani eshitib,” qoldirilgan pauzada jumladagi so‘z tartibi va ohangiga taqlid qilib tasdiq, inkor va so‘roq shaklida javob berish asosida tashkil qilinadi.
Kompyuter orqali bajariladigan mashqlar ovozli va ovozsiz shaklda uyushtirilishi mumkin. Ovozli mashqlarda topshiriqlarning avval o‘qituvchi tomonidan ifodalangan ovozli video tasviri ko‘rsatiladi. Kompyuter orqali ovozsiz bajariladigan mustaqil ish monitorda test topshirig‘i va uning javob variantlarini ko‘rsatish orqali tashkil qilinadi. Bunday mashqlar, odatda ta’lim oluvchilarning o‘z- o‘zlarini tekshirishlari uchun qo‘l keladi.
O‘qituvchilar tomonidan interfaol metodlar asosida tashkil etilgan darsni o‘zlarining pedagogik texnologiyasi sifatida targ‘ib qilish holatlari ko‘zga tashlanmoqda. Aslida pedagogik texnologiya faqatgina metodni yangilash bilan izohlanadi. Pedagogik texnologiya va metodika tushunchalariga so‘z yuritsak. An’anaviy yondashuvga ko‘ra texnologiya xom- ashyo yoki materialga ishlov berish, tayyorlashdir.
Xulosa qilib aytganda, ta’lim jarayonidagi innovatsiyalar, ilg‘or pedagogik texnologiyalar, yangiliklar, dars o‘tishning interfoal usullari o‘zi-o‘zidan yoki yuqoridan buyruq, ko‘rsatma bilan ta’lim jarayoniga kirib kelmaydi. Har bir o‘qituvchi o‘z faoliyatining innovatsiyalar asosida tashkil etsa, ya’ni innovatsion faoliyat yuritsa, o‘quv jarayonida sifat ko‘rsatkichlariga erishish kafolatlanadi. Innovatsion faoliyatni amalga oshirish tajribali kishilar hayotida hammabop bo‘ladigan holdagina haqiqiy innovatsion hisoblanadi. Agar innovatsion faoliyat yuqorida sanab o‘tilgan shart va talablarga mos kelsa, u holda uning asl mazmuni amalda yangi texnologiyaning paydo bo‘lishi demakdir. Har bir fanni yangi innovatsion pedagogik texnologiyalardan foydalanib talabalarga yetkazib berish bugungi kundagi ta’limning asosiy talablaridan biri hisoblanadi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Azizxo‘jayeva N.N. “Pedagogik texnologiya va pedagogik mahorat” Toshkent 2003 y.
2. Jalolov J.“Chet tili o‘qitish metodikasi”, Toshkent “O‘qituvchi nashriyoti” 1996.
3. Farberman B.L. “Ilg‘or pedagogik texnologiyalar” Toshkent O‘zRFA 2000.
4. Маллаев О. Янги педагогик технологиялар. Т. 2000
5. Saidahmedov N. “Yangi pedagogik texnologiyalar mohiyati”“Xalq ta’limi jurnali” 1999 y. 1-son
6. G‘afforova T. va boshqalar “Ta’limning ilg‘or texnologiyalari” Qarshi “Nasaf” 2003 y.
7. Толипов Ў.,Усмонбоева М. Педагогик технология: назария ва амалиёт. Т. 2005.
8. Zaripova R.A. “Chet tillar o‘qitish metodikasidan qo‘llanma”, Toshkent “O‘qituvchi” 1986 y.



Download 19.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling