Telefonlar bizni halok qiladimi? Yoxud mobil telefonlar haqidagi beshta ommabop mif


Download 20.5 Kb.
Sana07.11.2020
Hajmi20.5 Kb.
#142042
Bog'liq
6 mustaqil ish


Telefonlar bizni halok qiladimi? Yoxud mobil telefonlar haqidagi beshta ommabop mif

Bor-yo‘g‘i o‘n yil avval uyali telefonlar baland ijtimoiy mavqe belgisi bo‘lib xizmat qilar edi. Bugungi kunda esa yosh bolani ham bu buyum bilan hayron qoldirib bo‘lmaydi. Smartfon va telefonlar hayotimizning ajralmas qismiga aylanib qoldi. Tom ma’noda biz ularsiz yashay olmaymiz. Tan oling, bu “hamroh”ingiz uyda qolib ketgan kuni o‘zingizni “qo‘lsiz” kishidek his qilasiz. Biroq, telefonlarning funksiyalari va yangidan-yangi dasturlarini o‘rganib ham, ularning texnik jihatlari haqida kam ma’lumotga egamiz. Ana shundan telefonlar haqidagi turli miflar kelib chiqadi. Maqolamiz orqali ushbu miflarni fosh qilishga bel bog‘ladik. Mobil telefonlarning sog‘liq uchun zararlari haqidagi eng ommabop savollarga bo‘limimiz esperti 2-Markaziy poliklinika oliy toifadagi fizioterapevt shifokori Hulkar Aliyeva javob beradi.

Birinchi mif. Mobil telefon – elektromagnit nurlanish manbai

Ko‘pchilikning fikricha, mobil telefon cho‘ntakdagi kichik mikroto‘lqinli pech kabi sog‘liq uchun zararli. U butun organizmga – bosh miya qobig‘i, yurak va jinsiy tizimga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.Uyali telefonning zarari haqida aniq bir javob yo‘q. Umuman olganda, bundan saqlanish mumkin. Telefonni xarid qilishda uning nurlanish darajasiga e’tibor berish zarur (bu ma’lumot SAR belgisi ostida telefonga ilova qilinishi kerak).

Shuni yodda tutingki, gaplashish chog‘ida mobil telefon quvvati 1 Vtga yetishi mumkin. Biroq, nurlanishning bir qismigina odamga yetib boradi, u ham organizmga deyarli ta’sir qilmaydi. To‘lqinlar energiyasining kichik qismi odamga singib, issiqlikka aylanadi. Albatta, bunday zaif issiqlik ta’sirini aniqlash mumkin emas, organizmga zarari to‘g‘risida esa, gapirmasa ham bo‘ladi.

Ikkinchi mif. Diqqat: ionlovchi nurlanish!

Mobil telefonlardagi nurlanish rentgen qurilmalar kabi ionlovchi xususiyatga ega. Demak, mobil telefondan foydalanish saraton kasalliklariga olib keladi. Olimlar tomonidan o‘tkazilayotgan ko‘plab tajribalar buning noto‘g‘riligini isbotlamoqda. Bundan tashqari, jonivorlar ustida elektromagnit nurlanishning kuchli manbalari bilan o‘tkazilgan tadqiqotlar ham organizmga bo‘ladigan salbiy ta’sir haqida hech qanday dalilni keltirib chiqarmadi.

Uchinchi mif. Telefon garniturasi orqali gaplashish foydaliroq

Mobil telefonda garniturasiz gaplashmaslikka harakat qiling, aks holda turli xastaliklarga chalina boshlaysiz.

garniturasi – qo‘lni band qilmagan holda telefonda gaplashish uchun ishlatiladigan moslamadir. Mashina haydash yoki kompyuterda ishlash chog‘ida telefonda suhbatlashmoqchi bo‘lgan kishi uchun u juda qulay buyum. Uning foydasiga keladigan bo‘lsak, bu navbatdagi mifdir. Aksincha, garnitura yaqin aloqa tufayli eshitish apparati uchun xavflidir. Aynan shuning uchun quloqchin orqali musiqani yuqori balandlikda eshitish tavsiya etilmaydi.

To‘rtinchi mif. Telefonda soatlab gaplashish surunkali bosh og‘rig‘ini keltirib chiqarishi mumkin

Mobil telefonda bir kunda 30 daqiqadan ko‘p gaplashish mumkin emas, aks holda, kasal bo‘lib qolasiz.

Mobil telefonlarning ruhiy-psixologik ta’siri to‘liq tadqiq qilinmagan. Biroq, sog‘liqqa bo‘ladigan bilvosita zarar ilmiy jihatdan isbotlangan. O‘tkazilgan tajribalar natijasi shuni ko‘rsatadiki, uyali telefon nurlanishi kardiostimulyatorning (yurak ritmiga ta’sir qilishi uchun o‘rnatiladigan tibbiy asbob) to‘g‘ri ishlashiga xalal berib, salbiy oqibatlarni keltirib chiqarishi mumkin.

Beshinchi mif. Telefondagi kasallik qo‘zg‘atuvchi mikroorganizmlar turli kasalliklarni keltirib chiqaradi



Mobil telefon yuzasi unitaz gardishidek darajada bakteriyalarga boy. Telefonni qo‘lga oldingizmi, qo‘lingizni tezda yuving. Haqiqatan ham, telefon yuzasida ko‘plab bakteriyalar to‘planadi, shuning uchun uni muntazam ravishda tozalab turish lozim. Buning eng oddiy usuli – uni spirtli eritmada namlangan sochiqcha bilan artishdir. Aks holda, u turli mikroorganizmlar makoniga aylanishi hech gapmas. Tadqiqotlar davomida telefonlarda ichak tayoqchalari, kasallik qo‘zg‘atuvchi stafilokokk, enterokokk, sporali tayoqchalar va hattoki yiring bakteriyalarini uyg‘otuvchilar ham topilgan. Shunday ekan, telefoningiz tozaligini nazorat qiling va kasal bo‘lmang!

P.S. Mobil telefonlar zarari haqida gapirganda, psixologik tobelikni chetlab o‘tib bo‘lmaydi. U yuqorida sanab o‘tilgan barcha miflardan ham xavfliroqdir. Agar siz smartfoningizga kuchli bog‘lanib qolib, uni odatda qo‘ldan tushirmasangiz, unda bir kunda hech bo‘lmasa, 1—1,5 soat uni o‘z holiga qo‘ying. Bu vaqtni esa do‘stlaringiz bilan “jonli” ravishda muloqot qilishga, farzandlaringiz bilan vaqt o‘tkazishga yoki shunchaki sayr qilishga sarflang.
Download 20.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling