“Telekommunikatsiya injiniringi” (Teleradioeshittirish) mutaxassisligi magistranti Mutalov Nizomxon Nasibxon o’g’lining


Download 52 Kb.
Sana16.06.2023
Hajmi52 Kb.
#1513393
Bog'liq
Mutalov N Muxtorov F taqriz


70611001 “Telekommunikatsiya injiniringi”
(Teleradioeshittirish) mutaxassisligi magistranti Mutalov Nizomxon Nasibxon o’g’lining
IOT texnologiyalari asosidagi aqlli shaxar tizimida axborot xavfsizligini ta’minlash” mavzusidagi magistr akademik darajasini olish uchun tayyorlangan
dissertatsiyasi


TAQRIZI

Dissertatsiya ishi mavzusi hozirgi kunda jahon tajribasida aqlli shaxarlardagi axborot xavfsizligida qo‘llanilgan texnologiyalarni ko‘rib chiqib kamchiliklarini o‘ganish hamda ushbu kamchiliklarni bartaraf etib aholini hayot sifatini oshirish Shaharning jamoat, texnogen, ekologik, transport xavfsizligini oshirish ko‘zda tutilgan.


Aqlli shaxar axborot xavfsizligini ta’minlashda qo‘laniladigon dasturlar va qurilmalarni samarali foydalanish usullarini o‘rganish hamda sohaga yangiliklarni joriy etish, yangi turdagi yuqori samaradorlikka ega texnologiyalarni qo‘llash muhim vazifa hisoblanadi.
Magistrlik dissertatsiyasini bajarish davrida magistrant N.Mutalov mustaqil tadqiqotchilik faoliyatining amaliy ko‘nikmalarini xosil qilish, rivojlangan davlatlarda aqlli shaharlar axborot xavfsizligida qo’lanilayotgan texnologiyalar va dasturlar tajribasi bilan tanishib chiqgan. Olib borilgan ilmiy tadqiqot mavzusi bo‘yicha fan, texnika, ijodiyot va texnologiyalarning eng yangi yutuqlariga asoslangan axborot bazalarini qo‘llay bilish, ulardan magistrlik dissertatsiyasini bajarishda foydalanish ko‘nikmasiga ega bo‘lgan.
Magistrant N.Mutalov magistratura ixtisosligi bo‘yicha namunaviy modellar, ob’ekt va jarayonlarni tadqiq qilish usullarini o‘rganish. Axborot texnologiyalarining zamonaviy vositalaridan ilmiy tadqiqotlar o‘tkazishda foydalanish uslublari bilan tanishib borgan. Dissertatsiya mavzusi bo‘yicha tajriba tadqiqotlarining ilmiy texnik ta’minotini o‘rganish, tajriba o‘tkazish rejalarini tuzish uslubiyatlari bilan tanishish, tadqiqotlar natijalarini taxlil qilish va aks ettirish, matematik model tuzishning uslublarini o‘zlashtirigan.
Tajriba tadqiqotlar o‘tkazish. Tajriba tadqiqotlari natijalarini qayta ishlash, xulosa va tavsiyalar tuzish, ilmiy maqolalar, tezislar yozishga doir bilim va ko‘nikmalarni shakillantirish, ilmiy maqolalarni tayyorlash, rasmiylashtirish va chop etish usullarini o‘rganishda faol qatnashgan. Magistrant ta’lim olayotgan mutaxassisligi bo‘yicha malakaviy amaliyot o‘tash ob’ektida IOT texnologiyalari asosida aqlli shahar axborot xavfsizligini taxlil qilishda ishtirok etdi.
Magistrlik dissertatsiyani kirish qismida mavzuning dolzarbligini, tadqiqotning maqsadi va vazifalari, amaliy ahamiyati, ilmiy yangilik yoki muammolik tomonlari, tadqiqot predmeti, ilmiy izlanishlar, amaliyotlar jarayonida to‘plangan materiallar, statistik ma’lumotlarning ko‘rsatgichlari taxlil qilingan.
Dissertatsiyaning asosiy qismida mavzu bo‘yicha nazariy tadqiqotlar, tadqiqot ob’ektini o‘rganish usulini tanlash, Jaxonda qo’lanilgan aqlli shaharning axborot xavfsizligini ta;minlashda qo’lanilgan tajribalar, texnologiylar ko’rib chiqdi va tahlil qildi.
Erishilgan natijalar, yangiliklar, me’yoriy ko‘rsatgichlar, ilgari surilayotgan g‘oya va fikrlarni ilmiy jihatdan asoslash, isbotlash va shakillantirish, hamda iqtisodiyotning tegishli tarmoqlarida qo‘llash imkoniyatlarini aniqlash, taxlil qilish va rasmiylashtirish bo‘yicha tavsiyalar berilgan.
Xulosa va takliflar qismida dissertatsiya ishi bo‘yicha chiqarilgan xulosalarni va aniq takliflarni, izlanishlarda erishilgan natijalarni mujassamlashtirilgan.
Dissertatsiyani ilovasida, internet va boshqa axborot resurs tizimidan mavzu bo‘yicha olingan ma’lumotlar, magistrantni o‘qish davri davomida chop etgan ilmiy maqolalar va tezislar, nusxalari keltirilgan.
Dissertatsiya mavzusining dolzarbligi, undagi masalalarning aniqligi, ularning mavzuga aloqadorligi, mavzuni ochib berish, qo‘yilgan masalani hal qilishda talabaning mustaqil yondashuvi belgilangan talab darajasida. Dissertatsiyani yoritishda foydalanilgan ilmiy adabiyotlar, ilmiy nashrlar, statistik ma’lumotlar, shuningdek chet tildagi manbalarni tanqidiy tahlilining to‘liqligi va chuqurligi magistrant N.Mutalov tomonidan yig‘ilgan va shakllantirilgan birlamchi hamda ikkilamchi ma’lumotlarning hajmi va yangilik darajasi, ularning dissertatsiyadagi masalalarga to‘g‘ri kelishi, usullarning tanqidiy tahlili, olingan natijalar asosida ishlab chiqilgan tavsiyalarni dissertatsiyaning nazariy qismiga aloqadorligi hamda maqsad va vazifalariga mosligi O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligini magistrlik dissertatsiyalariga qo‘yilgan talablarga to‘liq javob beradi deb hisoblayman.
Download 52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling