Teleradio eshittirish


Download 63.69 Kb.
bet1/6
Sana07.05.2023
Hajmi63.69 Kb.
#1438776
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
TELERADIO ESHITTIRISH

TELERADIO ESHITTIRISH

REJA:

Telekomunikatsiya va Teleradio eshittirish :

Telekommunikatsiya tizimlari aloqa yo‘llari bilan tutashgan va odamlar guruhi ichida bir paytda axborot almashish uchun mo‘ljallangan texnik vositalarni namoyon etadi. Telekonferensiyalar ikki alohida turiga — kompyuterlashgan telekonferensiyalar va videokonferensiyalarga ajraladi. Videokonferensiyalar jismoniy jihatdan turli joylarda bo‘lgan ishtirokchilarga bir-birini ko‘rish va eshitish imkonini beradiki, bu hol xuddi bir joyda mavjud bo‘lish tasavvurini uyg‘otadi. Aloqa uchun mo‘ljallangan umumiy telefon liniyalari yoki to‘laqonli televizion tasvirni ta’minlovchi koaksial, optik tolali liniyalardan foydalanilishi mumkin. Shaxsiy kompyuterlardan keng foydalanish kompyuterlashgan telekonferensiyalarning o‘sishiga olib keladi.


Lokal tarmoq hamkasblarning terminallariga, muassasalardagi ixtisoslashgan ma’lumotlar bazasiga va markazlashgan xizmatlarga (asosiy kompyuterlar, axborot fayllarga) kirish imkonini beradi. Lokal 
tarmoq idora kommunikatsiyasini ta’minlaydi va katta axborot oqimlarini uzatishga qobil.
Hujjatlar asosan elektron shaklda tarqatiladi va saqlanadi. Biroq, qog‘ozdagi hujjat axborotni namoyon 
etishning eng ommaviy shakli bo‘lib qolmoqda, shu elektron hujjatlar oxirgi foydalanuvchiga
yetib borguncha qog‘oz shakliga kiradi. 
Zamonaviy, ma’lum ma’noda, ideal idora boshqaruvi mutaxassislar va idoraning boshqa xodimlari mehnatini kompleks avtomatlashtirishni ta’minlashlari lozim. Rahbarlar va
mutaxassislarning zarur axborotni olish uchun kompyuter va boshqa asbob- uskunalarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri kirish imkoniyati paydo bo‘lmoqda. Tahlillar shuni ko‘rsatadiki,
ko‘p hollarda idora ishini avtomatlashtirish ancha samarali natijalar bermoqda. Ma’lumotlarni
qayta ishlash axborotlar texnologiyasining komponentlariga quyidagilar kiradi: ma’lumotlar bazasi, ma’lumotlarni qayta ishlash; hisobotlarni yaratish.

Download 63.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling