«Televizor tomosha qilishning 6 ta salbiy oqibati» mavzusida tayyorlagan taqdimoti


Download 1.51 Mb.
Sana26.08.2020
Hajmi1.51 Mb.
#127723
Bog'liq
Televizor tomosha qilishning 6 ta salbiy oqibati...

 Eski televizorni yangisiga almashtirayotganda ko‘pincha maksimal darajadagi katta ekrandagisi tanlanadi. Natijada, ular ko‘rsatuvlarni tomosha qilish jarayonida ko‘zni zo‘riqtiradi, chunki turar-joy binolarining hajmi tomoshabinga ekrandan xavfsiz masofada bo‘lish imkonini bermaydi.

  •  Eski televizorni yangisiga almashtirayotganda ko‘pincha maksimal darajadagi katta ekrandagisi tanlanadi. Natijada, ular ko‘rsatuvlarni tomosha qilish jarayonida ko‘zni zo‘riqtiradi, chunki turar-joy binolarining hajmi tomoshabinga ekrandan xavfsiz masofada bo‘lish imkonini bermaydi.
  • O‘ta katta ekran va ekran oldida o‘tkazilgan uzoq vaqt doimiy ravishda ko‘zlarda charchoq hissini chaqiradi. Bunday vaziyat arterial bosimning o‘sishiga sabab bo‘ladi. Olimlar televizor oldida o‘tkazilgan har bir soat yurak-qon tomir kasalliklari ehtimolini 7 foizga oshirishini aniqlashgan. Ishqibozlar bunday mashg‘ulot uchun kuniga 4 soatlab vaqt sarflashadi va bu kabi kasalliklardan uch marta ko‘proq zarar ko‘rishadi.
  • Teleko‘rsatuvlarni tomosha qilish vaqtining ortishi natijasida yuzaga keladigan zararli oqibatlar bilan sizlarni tanishtiramiz.

Asabiylikning ortishi

  • Hech kimga sir emaski, ko‘plab teleko‘rsatuvlarda salbiy jihatlar namoyish etiladi. Xotirjam bo‘lishga yordam beradigan yoqimli va ezgu filmlar sutkaning noqulay vaqtida namoyish etiladi. Teleko‘rsatuvlarni soatlab tomosha qiladigan kishilarda ortiqcha asabiylik va shubhaga berilish holatlari kuzatiladi. Sodir bo‘ladigan falokatlar oldidan nazorat qilib bo‘lmas qo‘rquv depressiya holatiga olib keladi.
  • Televizorni har kuni uzoq vaqt davomida tomosha qilish bosh miya faolligiga zarar keltiradi. Gap shundaki, ko‘rsatuvlarning mohiyati fastfudning intellektual analogi sanaladi. Kitob matni va yaxshi filmning syujyet chizig‘idan farqli ravishda u hech qanday tahlil, faol xavotirga tushish, mustaqil bahoni talab etmaydi.
  • Bu kabi aqliy saqichni doimiy ravishda iste'mol qilish xotira, anglash va qarorlarni tezda qabul qilishga salbiy ta'sir ko‘rsatadi.
  • Bosh miya faolligining kuchsizlanishi
  • Bolalarda giperfaollikning rivojlanishi
  • Bolalar va o‘smirlar ko‘rsatuvlarni tomosha qilishga kattalarga qaraganda ko‘proq moyil bo‘lishadi. Ularda qadriyatlar o‘zgaradi: bir tomondan zo‘ravonlik sahnalari odatiy va u qadar qo‘rqinchli bo‘lmagan narsa sifatida qabul qilinsa, boshqa tomondan shaxsiy zo‘ravonligini ezgulik yo‘lida ishlatgan kuchli va adolatli “qahramonlar”ga taqlid qilish hissi paydo bo‘ladi. Ota-onalar ko‘pincha o‘zgarishlarni vaqtida payqamaydilar va farzandlarining o‘ta jahldor ekanidan hayratga tushadilar.
  • Kichik va kichik maktab yoshidagi bolalarda teledasturlarni tomosha qilish giperfaollik va e'tibor yetishmasligi sindromini chaqiradi. Gap shundaki, teleekrandagi voqealar hayotdagiga qaraganda ancha tez sur'atda sodir bo‘ladi. Bola tezlashtirilgan ma'lumot oqimini qabul qilishga odatlanadi va undagi diqqatni jamlash qobiliyati yo‘qolib boradi. Olimlar televizor oldida kuniga 3 soat vaqt o‘tkazadigan ikki yoshli bolalarda ham oqibatda o‘rganish va til ko‘nikmalarini rivojlantirish bilan bog‘liq muammolar yuzaga kelishini aniqlashgan.
  • Nemis olimlari televizor oldida o‘tkazilgan har bir ortiqcha soat onkologik kasalliklar rivojlanish ehtimolini 9 foizga oshirishini aniqlashgan

Televizor tomosha qilib uxlashga odatlangan odamlar soni juda ko‘p. Ulardan har biri o‘z sog‘lig‘ini xatarga qo‘yadi. Birinchidan, uyquga ketishdan oldin namoyish etiladigan ko‘rsatuv har doim ham kishiga xotirjamlik beradi deb bo‘lmaydi. Demak, ruhiyat zo‘riqadi va uyquga ketish murakkablashadi. Ikkinchidan, teleko‘rsatuvlarni yotgan holatda tomosha qilish bo‘yin va yelka mushaklarini zo‘riqtiradi. Bu esa tungi hordiqqa salbiy ta'sir ko‘rsatadi. Uchinchidan, zangori ekranning o‘zidan tarqalayotgan nur uyquga ketishga xalaqit qilishi aniqlangan. Ishlayotgan televizor oldida uyquga ketishga erishsangiz ham odatda uyqu fazasi buziladi. Tongda esa charchoq va jahl hissi bilan uyg‘onasiz.

  • Televizor tomosha qilib uxlashga odatlangan odamlar soni juda ko‘p. Ulardan har biri o‘z sog‘lig‘ini xatarga qo‘yadi. Birinchidan, uyquga ketishdan oldin namoyish etiladigan ko‘rsatuv har doim ham kishiga xotirjamlik beradi deb bo‘lmaydi. Demak, ruhiyat zo‘riqadi va uyquga ketish murakkablashadi. Ikkinchidan, teleko‘rsatuvlarni yotgan holatda tomosha qilish bo‘yin va yelka mushaklarini zo‘riqtiradi. Bu esa tungi hordiqqa salbiy ta'sir ko‘rsatadi. Uchinchidan, zangori ekranning o‘zidan tarqalayotgan nur uyquga ketishga xalaqit qilishi aniqlangan. Ishlayotgan televizor oldida uyquga ketishga erishsangiz ham odatda uyqu fazasi buziladi. Tongda esa charchoq va jahl hissi bilan uyg‘onasiz.

E`tiboringiz uchun rahmat!


Download 1.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling