Temir oksidlarini tiklanish jarayonining termodinamikasi Reja: Kirish Temir oksidlarini tiklanish jarayonining termodinamikasi


Download 0.91 Mb.
bet1/3
Sana10.03.2023
Hajmi0.91 Mb.
#1257776
  1   2   3
Bog'liq
Temir oksidlarini tiklanish jarayonining termodinamikasi

Temir oksidlarini tiklanish jarayonining termodinamikasi

Reja:

Kirish

1.Temir oksidlarini tiklanish jarayonining termodinamikasi

2.Temir (III)-oksidini karbotermik tiklanish jarayonida Gibbs energiyasining o‘zgarishi

3.Vyustitni karbotermik tiklanish jarayonida muvozanat doimiyligini haroratga bog‘liq ravishda o‘zgarishi

Xulosa

Foydalanilgan adabiyotlar

 

 

Kirish

  • Kirish
  • Metall oksidlaridan metallarni tiklash uchun, tiklovchi modda sifatida ugleroddan foydalanilsa, bunday reaksiyalar metallurgiyada karbotermik reaksiyalar deb yuritiladi. Karbotermik reaksiyalar metall oksidi tarkibidagi kislorodning miqdoriga qarab bosqichma-bosqich yuz berishi mumkin. Masalan, temirning yuqori oksidi – gematitni uglerod yordamida tiklanishining birinchi bosqichida magnetit, ikkinchi bosqichida vyustit va nihoyat uchinchi bosqichida metallik temir hosil bo’ladi. Karbotermik reaksiyalar odatda bir necha yuz daraja selsiy haroratlarda amalga oshiriladi. Bunday jarayonlar ko’plab metallarning elementar (sof modda) shakllarini ajratib olish uchun ishlatiladi. Karbotermik usulni ishqoriy va ishqoriy-yer metallari kabi ba‟zi faol metallarning oksidlari uchun qo’llab bo’lmaydi. Buning sababi shundaki, karbotermik reaksiyalarning oqib o’tishi uchun oksid tarkibidagi metallning kislorodga bo’lgan moyilligi tiklovchi – uglerodning kislorodga bo’lgan moyilligidan kamroq bo’lishi kerak. Masalan, natriy, kaliy va kalsiy metallarining oksidlarini uglerod bilan tiklab bo’lmaydi. Chunki bu metallarning kislorodga bo’lgan moyilligi uglerodnikiga qaraganda nisbatan ko’proq. Shuning uchun bunday kimyoviy reaksiyalar amalda sodir bo’lmaydi. Metallarni karbotermik reaksiyalarda ishtirok eta olish qobiliyatini Ellingem diagrammalari orqali batafsilroq tushunish mumkin.

100
50
0
0
200
400
600
800
1000 1200 1400 1600 1800
-50
-100
-150
-200
-250
T, K
Gematitning uglerod bilan tiklanish reaksiyasi endotermik, ya‟ni sistemada issiqlik yutiladi. Mis oksidlaridan farqli o’laroq temir oksidlarining uglerod bilan tiklanishi uchun ko’p miqdorda energiya talab etiladi va shuning uchun temir oksidlarining karbotermik reaksiyalari yuqori haroratlarda oqib o’tadi. Bu fikrni to’g’ri ekanligini 3.10-rasmda ham yaqqol ko’rish mumkin. 523 K haroratda CuO va Cu2O larning uglerod bilan tiklanish reaksiyalarida Gibbs energiyasining
qiymati manfiy, ya‟ni bu reaksiya ayni haroratda sodir bo’layotgan bo’ladi.
Ammo 523 K da gematitning tiklanish reaksiyasida
Gibbs energiyasining qiymati musbat, ya‟ni reaksiya bormaydi.
20
15
10
5
0
0
00
-5
-10
-15

Download 0.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling