Temir yo‘ldagi avtomatika va telemexanika


Download 24.98 Kb.
bet1/2
Sana08.01.2022
Hajmi24.98 Kb.
#248060
  1   2

“Toshkent davlat transport universiteti”

“Avtomatika va telemaxanika"

kafedrasi

Temir yo‘ldagi avtomatika va telemexanikaNING



elektr TA’MINOTI

fanidan


Laboratoriya ishi bo’yicha

Hisobot №2

Mavzu: “Bir fazali ikki yarim davrli to‘g‘rilagichni tekshirish”

Bajardi: _______________

Tekshirdi:_____________________

Toshkent-2021

2 – laboratoriya ishi.

Bir fazali ikki yarim davrli to‘g‘rilagichni tekshirish

Ishning maqsadi: Bir fazali ikki yarim davrli to‘g‘rilagichlarni Electronics Workbench (EWB) dasturi asosidagi virtual modellari-dan foydalanib tekshirish.

Nazariy qism.

Bir fazali ikki yarim davrli to‘g‘rilash sxemasida, tok ikkala yarim davrlar davomida yuklama orqali oqib o‘tadi. Bu to‘g‘rilagich pulsatsiya koeffitsientini sezilarli darajada kamaytiradi. Ikki yarim davrli to‘g‘rilagich (1–rasm) ikkilamchi cho‘lg‘amida o‘rta chiqishli transformatorga ega bo‘lib, u kichik kuchlanishli qurilmalarda qo‘llaniladi. Bu sxema dioddagi kuchlanish va transformator quvvatidan foydalanish koeffitsientini qiymatlari bo‘yicha ko‘priksimon sxemali (1–rasm) to‘g‘rilagich sxemasidan farqlanmaydi.



1 – rasm. Ikki yarim davrli to‘g‘rilagichni Electronics Workbench (EWB) dasturida tekshirish.

Bunda farq shundaki transformator o‘zagini qo‘shimcha magnitlanishi yo‘q bo‘ladi. CHunki transformatorning ikkilamchi cho‘lg‘amlaridagi o‘zgarmas tashkil qiluvchilar turli yo‘nalishga ega bo‘ladi va shuning uchun ular hosil qilayotgan magnit maydonlar o‘zaro qoplanib turadi.

Silliqlovchi filtrsiz bunday to‘g‘rilagichlar faqat yuklamadagi kuchlanishning pulsatsiyasi ahamiyatli bo‘lmagan holatlarda qo‘llaniladi. SHuning uchun tekshirilayotgan to‘g‘rilagichlarning barcha modellari filtrlar bilan yuklangan.




Download 24.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling