Temurnoma” asarining antroposentrik xususiyatlari asqarova Manzura Baxtiyor qizi Namangan davlat universiteti magistranti Annotatsiya


Download 83 Kb.
Sana27.05.2020
Hajmi83 Kb.

TEMURNOMA” ASARINING ANTROPOSENTRIK XUSUSIYATLARI

Asqarova Manzura Baxtiyor qizi Namangan davlat universiteti magistranti

Annotatsiya: Mazkur maqolada tarixiy asar "Temurnoma" ning ilmiy-badiiy qimmati, antroposentrik xususiyatlari,konsept termini, asarda shaxs konsepti va shaxs semalarining mavzuviy guruhlarga tasniflanishi yoritilgan.

Kalit so'zlar: Konsept, antroposentrik xususiyatlar, leksema, sema, mavzuviy guruh, giponim, giperonim, mazmuniy maydon, shaxs konsepti.

Annotation: In this article enlightened the scientific and artistic value of the historical work of "Temurnoma", and it's antroposentric features, the term of concept, the concept of personality in the work and the classification of personality semantics into thematic groups.

Keywords: Concept, antroposentric features, lexeme, sema, thematic group, hyponym, hyperonym, semantic field, concept of personality.

Аннотация: В данной статье описывается научная и художественная ценность исторического произведения «Темурнома», антопоцентризм, понятие термина, понятие личности в работе и классификация семантики личности по тематическим группам.

Ключевые слова: концепт, антропосентической теория,лексема, сема, тематическая группа, гипоним, гипероним, семантическое поле, концепт личности.

Amir Temur o‘zbek davlatchiligi tarixida siyosat va ma’naviyat uyg‘unligiga erishgan noyob shaxslardan biri hisoblanadi. Bunday uyg‘unlikni tarixda kamdan-kam saltanat sultonlarida kuzatish mumkin.Amir Temurning hayoti, siyosiy va jangovor faoliyati haqida hikoya qiluvchi kitoblar salmoqli[1, 17]. Shulardan biri Mullo Salohiddin eshon qalamiga mansub “Temurnoma” (“Jangnomai Amir Temur ko`ragan”) asaridir. Salohiddin Toshkandiy “Temurnoma”ni bitar ekan, o`zi tasvirlamoqchi bo`lgan shaxsga hurmat bilan yondashadi. Albatta, bu bejiz emas. Muallif Amir Temurning xalqi oldidagi xizmatini bosqinchi xonlarni “Samarqanddin ixroj qilishda”deb tushunadi. Ana shu g`oya keyingi dostonlarda o`ttiz besh yillik kurashi orqali badiiy jonlantiriladi. Shuningdek, asardagi barcha shaxs, voqea-hodisalar markazida yagona shaxs Amir Temur turadi. Salohiddin Toshkandiy "Temurnoma" asari bilan ancha ilgariroq antroposentrik nazariya mohiyatini tushunib, asar g'oyasida namoyon eta olgan mohir adib sifatida ahamiyatlidir.

XXI asrning dastlabki yillaridan o’zbek tilshunosligida antropotsentrik paradigma asosida bajarilgan tadqiqotlar yuzaga kela boshladi. Bu ishlar, asosan, sotsiolingvistika, kognitiv tilshunoslik, lingvistik pragmatika, psixolingvistika yo’nalishlarida amalga oshirildi. Olib borilgan tadqiqotlar, garchi ularda aynan antropotsentrik paradigmaga munosabat bildirilmagan bo’lsa-da, o’zida ushbu paradigma tamoyillarini aks ettirgan dastlabki ishlar hisoblanadi.Jumladan, S.M.Mo’minovning “O’zbek muloqot xulqining ijtimoiy-lisoniy xususiyatlari” mavzusidagi doktorlik dissertatsiyasida o’zbeklarning o’ziga xos muloqot xulqi ijtimoiy-lisoniy nuqtai nazardan tadqiq etilgan.[2,47]O’zbek tilshunosligida matn antropotsentrik paradigma asosida tahlil etilgan dastlabki ishlarda shaxsni markazga qo'yish tushunchasi emas, balki uning atrofidagi yondosh nazariyalar xususida fikrlar yuritilgan.

Ma’lumki, dunyo tilshunosligida matnga dastlab, asosan, semantik va sintaktik nuqtai nazardan yondashilgan. Keyingi yillarda, xususan, XXI asr boshlaridan matnni lingvokulturologik, pragmatik, sotsiolingvistik, kognitiv va psixolingvistik tamoyillar asosida tadqiq etish tendentsiyasi kuchaydi. Unga faqat semantik-sintaktik jihatdan bog’langan gaplar yig’indisi sifatida emas, balki ijtimoiy qimmatga ega bo’lgan muloqot shakli, o’zida muayyan til sohiblarining bilimlarini, lisoniy tafakkurini, milliy psixologiyasi va mentalitetini aks ettiruvchi mental qurilma sifatida qarala boshlandi. Ta’kidlash lozimki, o’zbek tilshunosligida matnning lingvopoetik, pragmatik, derivatsion, kommunikativ xususiyatlariga bag’ishlangan muayyan tadqiqotlar amalga oshirilgan. Lekin o’zbek tilida yaratilgan matnlar shu vaqtga qadar antropotsentrik aspektda yaxlit holda tadqiq qilingan emas. Taniqli rus tilshunosi Y.N.Karaulov til va shaxs masalalariga bag’ishlangan maqolalar to’plamiga yozgan so’zboshisida «Har qanday matn ortida lisoniy tizimlarni egallagan muayyan shaxs turadi» [3, 3-8] degan fikrni alohida ta’kidlagan edi. Darhaqiqat, til va shaxs munosabatlarini yoritib berishda eng muhim manba bu matndir. Zero, u tilning barcha sathlarini mujassam etuvchi nutqiy tuzilma bo’lishi bilan birga, so’zlovchi (yozuvchi) shaxsining lisoniy salohiyatini o’zida to’liq namoyon etuvchi hodisa sifatida namoyon bo'ladi.

Kognitiv tilshunoslikda eng faol qo’llanuvchi va turli ta’riflarga ega bo’lgan termin konsept hisoblanadi. Uning kognitiv tilshunoslik, lingvokulturologiya, shuningdek, adabiyotshunoslik fanlaridagi izohi o’zaro farqlanadi.[4,35-47]Mazkur termin tilshunoslikda o’tgan asrning 80-yillarigacha tushuncha so’ziga sinonim sifatida ishlatilgan bo’lsa,[5, 380] uning hozirgi vaqtdagi izohi tushuncha terminiga nisbatan kengroq ma’no kasb etganini ko’rish mumkin. Jumladan, N.Y.Shvedova konsept bu – tushuncha ekanligi, bu tushuncha ortida esa ijtimoiy yoki sub’ektiv tarzda anglanuvchi, inson hayotining muhim moddiy, aqliy, ruhiy tomonini aks ettiruvchi, o’z tarixiy ildizlariga ega bo’lgan, xalqning umumiy tajribasini aks ettiradigan mazmun turishini qayd etadi.[7,603]

Prof. N.Mahmudov o’z maqolalaridan birida konsept termini eng ko’p definitsiyaga ega bo’lgan termin ekanligini ta’kidlab, shunday yozadi: “Lingvokulturologik tadqiqotlarda aynan konseptning ifodalanishi muammolariga juda katta e’tibor qaratilmoqda, internet materiallari bilan tanishganda, masalan, Rossiyadagi tilshunosliklarda bu yo’nalish nihoyatda keng tarqalganini ko’rish mumkin, bu boradagi ishlarni sanab, sanog’iga yetish ham mushkul. Hatto so’nggi yillarda yoqlangan nomzodlik dissertatsiyalarining juda katta qismi aynan u yoki bu tilda kontseptning lingvokulturologik tadqiqiga bag’ishlangan”.

Rus tilshunosi L.V.Adonina konsept terminiga bag’ishlangan maqolasida bu terminning taniqli tilshunoslar tomonidan qayd etilgan 12 ta ta’rifini keltiradi. Shuningdek, uning ma’lumotiga ko’ra, konsept termini o’n nuqtai nazardan tasnif qilingan. Masalan, kontsept standartlashishiga ko’ra universal, etnik, guruhga oid va shaxsiy kontseptlarga; qo’llanishiga ko’ra ilmiy, badiiy, maishiy kontseptlarga; ifodalanishiga ko’ra leksik-frazeologik, grammatik, sintaktik va matniy kontseptlarga bo’linadi va h.k.

Biz o’z tadqiqotimizda kontseptga Y.N.Shvedova tomonidan berilgan ta’rifni asos sifatida tanlaganmiz. Konsept termini borasidagi fikrlar o’zbek tilshunoslari N.Mahmudov, Sh. Safarov hamda A.E.Mamatov tomonidan batafsil izohlangan. Shu boisdan biz kontsept haqidagi o’z qarashlarimiz bilan cheklanishni ma’qul hisoblaymiz. Fikrimizcha, kontsept, darhaqiqat, mental tuzilma. Lekin u ko’p qirrali va ko’p qatlamli tuzilmadir. Shuningdek, konsept bir vaqtning o’zida psixologik, kognitiv-semantik va lingvokulturologik jihatlarni namoyon etadi. Zero, konseptning kognitiv, psixolingvistik va lingvokulturologik tadqiqotlar ob’ekti sifatida tavsiflanayotgani ham shundan dalolat beradi. Shuningdek, biz kontseptning sub’ektiv, ijtimoiy, lingvomadaniy, badiiy konseptlar sifatida tiplarga ajratilganligini yagona mohiyatga turli jihatlardan yondashuv sifatida baholaymiz. Zotan, til tizimining o’zi yuqoridagi sifatlarni o’zida jamuljam etgan nihoyatda serqirra hodisalardan biri hisoblanadi.

Leksemalarni semantik jihatdan mazmuniy maydonlarga tasniflashda ma’no qirralari inobatga olinadi. Ushbu maydon o’z atrofida yana kichik maydonchalarni hosil qiladi: shaxs, o’simlik, hayvon, tog’, adir, jangovar nomlarni anglatuvchi lug’aviy semalar, diniy tushunchani bildiruvchi lug'aviy birliklar kabi. Ularning o’ziga xos xususiyati shundaki, mazmuniy maydon asosini leksemalar va ularning semalari tashkil etadi. Masalan, “Temurnoma” asarida 500 dan oshiq shaxs nomlari keltirilgan [1,30]. Birgina shaxs leksemasi atrofiga bir necha semalarni birlashtirgan holda yangi mazmuniy maydonlarni hosil qilish mumkin:Asar markazida Amir Temur, ya'ni yagona shaxs, atrofida esa qon-qarindoshlar, amir rafiqalari, kanizaklari, farzandlari, quroldosh-do'stlari,lashkar askarlari, ayg'oqchilar, elchilar, dushmanlar va hok.

Demak, “shaxs” leksemasi atrofida (asarda keltirilgan shaxs nomlariga asoslangan) yuqoridagi mazmuniy maydonchalar yuzaga keldi. Mazkur semalar shaxs arxisemasiga nisbatan “maydoncha”, biroq o’z ichida yana mavzuviy guruhlarga ajralganda har biri makro maydon vazifasini bajaradi. Masalan, Alqissa, Tarag`ay Bahodir nokli Qorayur nuyondin edi. [1,43] Qozonxon andog` zolim erdiki, kishini talab qilsa, avval xotin va bolalariga vasiyat qilib, keyin Qozonxonni oldiga borur erdi. Amir Choku barlosda davlatmand erdi. [1,53]. Ammo Malikshox bahodir ko`p g`ani boy kishi erdi. Har ijnos mollari bor erdi. [1,72]. Chig`atoy odamlari ichida zo`r, andin pahlavon kishi yo`q erdi. Yuqoridagi misollardan ma’lum bo'ldiki, shaxs nomlarini ham antroposentrik tamoyil asosida ham mazmuniy maydon asosida mavzuviy guruhlarga birlashadi. Va o’z navbatida guruhlar guruhchalarga bo’linib, zanjir misoli bog’liqlikda tadqiq etiladi. Leksemalarni bunday yo’sinda tahlil qilinganda giperonim-giponim[6, 23] munosabatlari ham yuzaga chiqadi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.Салоҳиддин Тошкандий, Темурнома. – Тошкент: “Чўлпон” 1990.

2. Мўминов С.М. Ўзбек мулоқот хулқининг ижтимоий-лисоний хусусиятлари: Филол. фан. д-ри ... дис. автореф. – Тошкент: ЎзР ФА ТАИ, 2000. – 47 б.

3. Караулов Ю.Н. Русская языковая личность и задача её изучения // Язык и личность. – М.: Наука, 1989. – С. 3-8.

4. Демьянков В.З. Понятие и концепт в художественном литературе и в научном языке // Вопросы филологии. – Москва, 2001. – №1. – С.35-47.

5.Лингвистический энциклопедический словарь М.,1990,стр: 380

6.Сафарова Р. Лексик-семантик муносабатнинг турлари. – Тошкент: “Ўқитувчи”, 1996.

7. Шведова Н.Ю. Русский язык. Избранные работы. – М.: Языки славянской культуры, 2005. – С. 603.



8.Искандарова Ш. Лексикани мазмуний майдон асосида ўрганиш муаммолари. Тошкент: “фан”,1998.
Download 83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling