Terminlarning


Download 94.79 Kb.
Pdf ko'rish
Sana22.11.2020
Hajmi94.79 Kb.
#149805
Bog'liq
o-zbek-tilining-sohada-qo-llanilishi


MAVZU:MUTAХАSSISLIKKA ОID  SO‘Z VA

TERMINLARNING

IMLOSI

1-topshiriq

Hozirgi davrga kelib juda ko’plab sohalar rivojlanib bormoqda. Shu sababli har 

bir sohalarga yangi terminlar kirib kelmoqda. Shu qatori iqtisodiyot sohasida 

ham yangi terminlar paydo bo’lmoqda.

Termin- ilm fan, texnika, qishloq xo’jaligi va san’atga oid tushunchalarning aniq 

nomini bildiruvchi bir ma’noli so’z va birikmalar terminlar deb ataladi.

Terminologiya – terminlar yig’indisi va shu terminlarni o’rganuvchi soha.

 Iqtisodiyot sohasining qator terminlari ham borki , ular muayyan til egalarining

deyarli barcha nutqida bab-barovar ishlatilaveradi. Bozor, mol, savdo, savdo-

sotiq, pul, xaridor, bozorchi, chayqovchi , olib-sotar kabilar shular 

jumlasidandir.

2-topshiriq 

Iqtisodiyotdagi terminlar.

Iqtisodiyotda XX asrgacha quyidagi terminlar mavjud bo’lgan:

Savdogar, sarmoya, davlat, baho, qiymat, manfaat, foyda.

Bu kabi tushunchalarning mazmuni bizga yod bo’lgan, chunki bu terminlardan 

1-2 asrdan oldin ham foydalanib kelingan.

XX asrning 20-80-yillarida quyidagi terminlar iqtisodiyotga kirib kela boshladi:

Veksel- nemis tilidan olingan bo’lib “ayirboshlash” degan ma’noni beradi. Qarz 

majburiyatlar haqida yozma qog’oz.

Tovar- oldi-sotti orqali ayirboshlanadigan mehnat mahsuli.

Kredit- bu so’zni uch ma’nosi bor.

1)kirim-chiqim daftarining chiqimlari

2)qarzga mol berish

3)ma’lum xarajatlar uchun chiqariladigan pul.



Iqtisodiy terminlarning istiqlol davridan keyingi taraqqiyotida makler, 

marketing, menejment, bankomat kabi atamalar kirib keldi.

Makler- dallol. Birjalarda oldi – sotti kelishuvlar vositachisi.

Marketing- holatni o’rganish, uni oldindan baholash orqali tovarlarni ishlab 

chiqarish va sotishni tashkil etish hamda shu yo’l orqali tovarlarni ishlab 

chiqarish va sotishni tashkil etish , eng yuqori foyda olishni ta’minlash.

Menejment- u yoki bu faoliyat turini tashkil etish va rahbarlik qilish.

Bankomat- mijozning bankdagi hisob raqami bilan kompyuter tizimi orqali 

bog’langan naqd pul beruvchi elektron moslama.

3-topshiriq

 Faqatgina terminlar qo’shilishi emas ba’zilarini ma’nosi saqlangan holda shakli

o’zgaradi.   Masalan,  bergo‘   -   qarz;   oto‘nch   -   qarz;   o‘ro‘nch   -   pora;   og‘ur   -

davlat;   yomg‘a   -mollarni   saqlovchi   va   ularni   yig‘uvchi   (amaldor);   sart   -

savdogar; terchi -  muzd, ish haqi oluvchi.

Iqtisodiyotga   oid   tarixiy   so’zlar:   ahdnoma-shartnoma,   sarmoya-daromad,

dastmuz-maosh,   savdogar-tojir,   naqd-pul   kabilarni   misol   qilib   ko’rsatishimiz

mumkin.

4-topshiriq



1.  U   talabalarning   yotoqxonada   chekishlariga   imkon   berish   kollej   obro‘sini

tushuradi deya ta’kidladi. (oshirib aytish)

2.  Prezident   tayfunda   halok   bo‘lganlarning   oila   a’zolariga   ta’ziya   bildirib,

jabrlanuvchilarga hamdardlik bildirdi. (_______afsuslanish________)

3.  Professor   Chang   ma’ruza   boshida   tongda   guvoh   bo‘lgan   halokat   haqida

gapirib berdi. (__________hayratlanish_____)

4. U yerda hech qanday tekin tushlik bo‘lmaydi, deb u hammani ogohlantirdi.

(_________ta’kidlash______)

5. 

Ushbu   maqola   muallifi   21-noyabr   kuni   vafot   etdi.



(_____ta’kidlash__________)

6. U o‘quvchilarning huquq fanini xuddi noma’lum okean uzra kema sayoxatiga

qiyosladi.

7. U kompyuteri o‘g‘irlangandan so‘ng dissertatsiyasining birgina nusxasi o‘sha

yerda qolib ketganligidan asabiylashganini aytdi. (_______________)

8.  U   o‘zining   qancha   ulg‘aygani   sari   shuncha   kam   ma’lumotga   ega

bo`layotganini sezganini aytdi. (_____solishtirish________)

9.  Narxlar ko‘tarilganidan so‘ng sotuv xuddi, toshdek kabi qotgandek tuyuldi.

(_____qiyoslash________)

10. Har doim ta’kidlanadiki, barvaqt uyg‘ongan insonga risq-nasiba ham keladi.

(_____ta’kidlash _______)

11.  O‘qituvchi   ushbu   roman   ikkita   qismdan   iborat   ekanligini   aytdi:   birinchi

qism tarixiy, ikkinchisi esa zamonaviy. (_____ajratib ko’rsatish_______)

12. Grant yutib olganidan uning boshi osmonga yetdi. (______ibora______)

13.  “Mazasiga   to‘ymaysan”   nomli   korxona   millionlab   tovuq   mahsulotlarini

sotdi. (__________)

14. Uning birinchi maktabi haqidagi his-tuyg‘ulari muhabbat va nafrat orasida

edi. (__________)

15.  Parij   romantika   poytaxti   va   sevishganlar   shahri.   (______ko’chma

ma’no_______)

5-topshiriq So`z va terminning  o`xshash va farqli jihatlarini 



taqqoslang va tahlil qiling. 

Soʻz — tilning

narsahodisalar,

jarayonlar va

xususiyatlarni nomlash

uchun xizmat qiladigan

eng muhim

strukturmaʼnoviy birligi;

Termin- ilm fan, texnika, 

qishloq xo’jaligi va 

san’atga oid 

tushunchalarning aniq 

nomini bildiruvchi bir 

ma’noli so’z va 

birikmalar terminlar deb 



ataladi.

Download 94.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling