Termitlar, qir chumolilar, oq chumolilar (Isoptera) hasharotlarning bir turkumi


Download 197.92 Kb.
Pdf ko'rish
Sana08.03.2023
Hajmi197.92 Kb.
#1251056
Bog'liq
Termitlar - Vikipediya



Termitlar
Termitlar, qir chumolilar, oq chumolilar
(Isoptera) — hasharotlarning bir turkumi.
2600 turi maʼlum. Asosan, tropik va
subtropik mamlakatlarda tarqalgan.
Chumolilarga oʻxshab (bir necha yuzdan
milliongacha individi birga) jamoa boʻlib
uya (in)larda yashaydi. Jamoada ona,
ota, ishchi va qoʻriqchi individlar bor. Ona
T. (tanasi 140 mm cha; boshqalarniki 2—
20 mm) 10 yilgacha yashab, umr boʻyi
(115 mln.gacha) tuxum qoʻyadi. Maʼlum


davrlarda uzun, teng qanoatli erkak va
urgʻochi T. (keyinchalik kanotini tashlab
yuboradi; fasetkali koʻzlari bor.
Boshqalarida koʻz rivojlanmagan yoki
yoʻq) paydo boʻlib turadi. Bular yangi
koloniya asoschilaridir. Koʻpchilikni
qanotsiz ishchi T. (asosan, urgochisi)
tashkil qiladi. Ular uya qurish, oilaning
boshqa aʼzolarini ovqatlantirish vazifasini
bajaradi. Uyasini yer ustiga (15 m
balandlikda, aylanasi 20—30 m) yoki
tagiga, shuningdek, daraxtlarga yasashi
mumkin. Oʻsimlikning yogʻoch qismi bilan
ovqatlanadi. Ular ichagida yogoch
kletchatkasini hazm qila oladigan
ferment ajratuvchi xivchinlilar simbioz
yashaydi. Qoʻriqchilarning bosh kismi


jagʻlari juda rivojlangan boʻlib, uyaga
begona hasharotlarni kiritmaydi. 8 turi,
jumladan, Oʻrta Osiyoda turkiston termiti
uchraydi. T. inshootlarning yogʻoch
qismini buzadi, tropik mamlakatlarda esa
ekinlarga ham zarar keltiradi.
Termitlar (ona, ota, ishchi, qoʻriqchi)


TERMO... (yun. therme — issiq, harorat) —
qoʻshma soʻz boʻlagi. Issiklikka oidlikni
bildiradi (mas., termometr,
termodinamika).
Hayvon haqidagi ushbu maqola chaladir.
Siz uni boyitib, (https://uz.wikipedia.org/
w/index.php?title=Termitlar&action=edit)
Vikipediyaga yordam berishingiz
mumkin.
Ko‘proq o‘rganish Ushbu maqolada
Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-
2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan.
termitlar uyasi


Bu sahifa oxirgi marta 21-Mart 2022, 01:52 da
tahrir qilingan.

Matndan 
CC BY-SA 3.0
litsenziyasi boʻyicha
foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan
boʻlsa).
"https://uz.wikipedia.org/w/index
.php?
title=Termitlar&oldid=2509898" 
dan olindi

Download 197.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling