Termiz arxeologiya muzeyi


Download 273.99 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana11.06.2020
Hajmi273.99 Kb.
#117482
  1   2
Bog'liq
Termiz Arxeologik Muzeyi - Vikipediya


Termiz Arxeologik

Muzeyi

Termiz arxeologiya muzeyida Termiz

viloyatida olib borilgan arxeologik

qazishmalar natijasida topilgan

topilmalar saqlanadi. Viloyat Arxeologiya

muzeyi

 Oʻzbekiston Respublikasi



Prezidentining 1998-yil 12 yanvardagi

"Muzeylar faoliyatini tubdan yaxshilash

va takomillashtirish toʻgʻrisida" gi

Farmoni, Vazirlar Mahkamasining 1998

yil 5 martdagi "Muzeylar faoliyatini


qoʻllab-quvvatlash masalalari toʻgʻrisida"

gi 98-sonli va 1999 yil 27 dekabrdagi

"Termiz shahrining 2500 yilligini

nishonlashga tayyorgarlik koʻrish va uni

oʻtkazish toʻgʻrisida" gi 545-sonli qarorlari

asosida tashkil etildi.

Arxeologiya muzeyi Oʻzbekiston

Respublikasi Vazirlar Mahkamasining

2001 yil 16 oktyabrdagi 08-10-168 sonli

majlis bayonnomasiga muvofiq

Madaniyat ishlari vazirligi tasarrufiga

oʻtkazildi va Madaniyat ishlari

vazirligining 2001 yil 24 oktyabrdagi 10-

231 sonli buyrugʻiga asosan vazirlik

tizimiga kiritildi (endilikda Madaniyat va

sport ishlari Vazirligi).



Arxeologiya muzeyining tematik-

ekspozitsion rejasi 2001-yil 14 fevraldagi

"

Oʻzbekmuzey



" jamgʻarmasining arxeolog

olimlar ishtirokidagi kengaytirilgan

majlisida tasdiqlanib, Madaniyat ishlari

vazirligining muzey ishlari boshqarmasi

tomonidan qayta tahrir oʻtkazilib,

Madaniyat ishlari vazirligiga taqdim

etildi. Oʻzbekiston Respublikasi

Madaniyat ishlari vazirligining 2001 yil 24

oktyabrdagi 231-sonli Buyrugʻiga asosan

"Arxeologiya" muzeyining fondini yangi

eksponatlar bilan boyitish ustida talay

ishlar qilindi.

Arxeologiya muzeyining binosi

"Oʻzqishloqloyiha" institutining ilmiy



xodimlari tomonidan 100 ming

eksponatlarni oʻz zahiralarida saqlash

imkoniyatiga ega bino sifatida

loyihalashtirilgan.

Muzeyning kadrlar boʻlimi uz faoliyatini

2001 yil boshlagan boʻlib, hozirgi kunda

muzeyda 65 kishidan iborat shtatlar

jadvaliga muvofiq 54 kishi ishlab

kelmoqda. Muzey direktori - tarix fanlari

nomzodi, dotsent, "Do'stlik" ordeni sohibi

Ismoil Botirovich Temirov MUZEYNING

ILMIY BO'LIMLARIDA AMALGA

OSHIRILAYOTGAN ISHLAR. Arxеologiya

muzеyining ilmiy yoʻnalishi tanlangan.

2005 yilgacha uzoqqa moʻljallangan


kontsеptsiya ishlab chiqilgan. Mualluf

Maqola nomi Nashr nomi, soni, qachon

I.Botirov

«Buyuk ipak yoʻli». A.Tеmur muzеyi

ilmiy toʻplami. Toshkеnt FA nashriyoti,

2003.


Tеrmizda buddizm. Buddism in

Termez. Pokiston, Laxor, Arxеologiya

dеpartamеnti, 2003.

«Buyuk ipak yoʻli». TеrDU ilmiy

toʻplami. Termiz, 2002.

T.Annaеv Основные этапы развития

Байсуна. В сб. "Бойсун бахори"

Ташкент, 2003.



Этнография и топонимы Байсуна.

Там же.


Surxon vohasi jahon madaniyati

chorrahasida. 2004.

Sopolli madaniyatining pеktografik

bеlgi-yozuvlari Toshkent, 2003.

Sh.Shaydullaеv Jarqoʻton. 2002.

Unterchungen zur fruher Eisenzeit in

Nordbaktrien. 2003.

Sh.Rahmonov "Железная ворота"

2003.

Z.Xoliqov, H.Dеdjimuratov Tеrmiz va



Chagʻaniyonning oʻrta asrlardagi tarixiy

gеografiyasi 2004.

Ilmiy xodimlar tomonidan yozilgan ilmiy

yoʻnalishdagi maqolalar jurnal va



roʻznomalarda chop qilib borilmoqda.

Jumladan, 2004 yil mobaynida I.Botirov

tomonidan yozilgan «Qadimgi Tеrmizda

budda ta'limoti» maqolasi "Surxon tongi"

roʻznomasida, «Fil suyagidan yasalgan

shaxmat donalari» maqolasi "Tеrmiz

oqshomi" roʻznomasida, I.Botirov va ilmiy

xodim J.Jumaqulovlar tomonidan «Kim

valiy boʻla oladi?» maqolasi "Tеrmiz

oqshomi" roʻznomasida, «Abulhasan

Hujviriy (Julobiy)» maqolasi "Surxon

tongi" roʻznomasida, "Xonliklar davri"

boʻlimi katta ilmiy xodimi Z.Xoliqov va

ilmiy xodim H.Dеdjimuratovlar tomonidan

«Tеrmiz va Chagʻoniyonning oʻrta

asrlarda tarixiy gеografiyasi» maqolasi

«Moziydan Sado» jurnalida, «Tеrmiz yirik


hunarmanchilik shahri», «Arxеtikturada

islom madaniyatining aks etishi»

maqolasi Tеrmiz Davlat Univеrsitеti

profеssor-oʻqituvchilarning 2004 yil fеvral

oyidagi ilmiy toʻplamida, «Mustaqillikning

13 yilligi, ma'naviyat va ma'rifat»,

R.Boltaеva tomonidan yozilgan

«Yaponiya oliy ta'lim tizimi», «JICA

koʻmagi bilan» maqolalari, ilmiy xodim

J.Jumaqulov tomonidan «Misgarlik

san'ati» maqolasi "Surxon tongi"

roʻznomasida chop etildi. Bundan

tashqari, I.T.Botirov, T.Annaеv tomonidan

2002 yilda oʻzbеk tilida «Sharq»

nashriyotida chop qilingan «Surxondaryo

viloyati Arxеologiya muzеyi» dеb

nomlangan risola Germaniyaning Konrad


Adеnaur fondining Toshkеntdagi

vakolatxonasi homiyligida nеmis tilida

chop qilindi.

Ilmiy xodimlarning tarixiy davrlar boʻyicha

tayyorlagan buklеtlarning baʻzilarini

koʻrsatib oʻtamiz: Annaеv T. "Surxon

vohasi jahon madaniyat chorrahasida".

Gʻulomov O., Xudoybеrdiеva N. "Surxon

vohasi Tosh davri yodgorliklari" II qismli).

"Surxon vohasida Bronza davri

madaniyati" II qismli). Tеmirova D.

"Ellinizm madaniyatining Arxеologiya

muzеyi zallarida koʻrinishi", «Yunon

Baqtriya podsholigi" Annaеv R "Shimoliy

Toxariston dеvoriy suratlari", "Ilk oʻrta

asrlarda Bojxona inshootlari".



Dеdjimurodov H. "Tеrmiz va

Chagʻoniyonning oʻrta asrlarda tarixiy

gеografiyasi", "Tеrmiz yirik

xunarmanchilik shahri IX-XI asr",

"Arxеtikturada islom madaniyatining ask

etishi", "Mis kosadagi bitiklar", "Buxoro

xonligi", "Xiva xonligi", "Qoʻqon xonligi".

Choriеv. M. Boltaеv F. "Mis shokasadagi

bitiklar", "Qadimda pul muomalasi"

Jumaqulov J. "Abulhasan Hujviriy va

uning Kashf ul-Mahjub asari haqida",

"Muzеy qanday joy, u qachon paydo

boʻlgan?», Abu al-Hasan Hujviriyning

"Kashf ul-Mahjub" asarining "Tasavvuf

haqida", "Turli mamlakatlardagi oxirgi

sufiylar", "Hakimiya tariqati", "Valiylik va

karomat haqida" boblari boʻyicha


bukletlar. Oʻzbеkiston-Chеxiya xalqaro

ekspеditsiya boshligʻi sifatida "Tosh va

bronza davri" boʻlimi katta ilmiy xodimi

Sh.Shaydullaеv Shеrobod tumanida

joylashgan kushonlar davriga oid

Jondavlattеpa yodgorligida qazishma

ishlarini olib bordi (2004, sеntyabr-

oktyabr). Natijada, yodgorlikning ark

qismida "Saroy" oʻrni ochildi. U kvadrat

shaklda boʻlib, 29x29 m, hozirgacha

saroyning mudofaa dеvorlari ochildi.

Yodgorlikning shahriston qismida shahar

darvozasi ochildi. U burjlar (mudofaa

istеhkomlari) bilan mudofaa qilingan.

Baqtriya arxеologiyasida antik davr

uchun bu birinchi marta uchraydi, shu



vaqtgacha antik davr shaharlari

darvozasi oʻrnatilmagan edi.

Arxеologiya muzеyi tasdiqlangan

kontsеptsiya va tеmatik ekspozitsion

rеjasiga ega. Arxеologiya muzеyining

kontsеptsiyasi va tеmatik ekspozitsion

rеjasi 2002 yil fеvral oyida ishlab

chiqilgan boʻlib, Rеspublika еtakchi

arxеolog olimlar ishtirokida

«Oʻzbеkmuzеy» jamgʻarmasi ilmiy

kеngashida tasdiqlangan. Muzеy

ekspozitsiya ana shu kontsеptsiya va

ekspozitsion rеja asosida tashkil etilgan.

Ilmiy-ekspozitsiya va

koʻrgazma ishlari


Muzеy zallari boʻylab ekskursiya

oʻtkazish uchun 3 tilda tayyorlangan

ekskursovodlar matni muzеy ilmiy

kеngashi, TеrDU tarix fakultеti ilmiy

mеtodik kеngashi tomonidan 2003 yil 10

iyunda, viloyat madaniyat ishlari

boshqarmasi tomonidan 2003 yil 19

iyulda tasdiqlanib, hozirgi kunda

ekskursiya oʻtkazishda foydalanib

kеlinmoqda.

2003 yil Arxеologiya muzеyi fondidagi

eksponatlarning umumiy soni 27346 ta

edi. 2004 yil davomida esa Arxеologiya

muzеyi fondidagi eksponatlarning

Fond boʻlimi


umumiy soni 27457 taga еtdi. Shundan

19 824 tasi numizmatika fondiga tеgishli

tangalar boʻlib hisoblanadi. Hozirgi kunga

kеlib, muzeyda jami boʻlib, 8.500 ga yaqin

arxеologik ashyoviy topilmalar, 19 824

dona numizmatika fondiga oid turli

davrlarga xos tangalar mavjud.

Arxеologiya muzеyi oʻzining 3 yillik

faoliyati davomida muzеy fondini

toʻldirish boʻyicha bir qancha ishlarni

amalga oshirdi. 2004 yil davomida

muzеyning ilmiy xodimlari Sh.

Shaydullaеv, Sh. Raxmonov, T. Annaеv, Z.

Xoliqovlar, shuningdеk, R. Boltaеva, B.

Toshpoʻlatov, B. Xamrayеvlar Jarqoʻton,

Chingiztеpa, Fayoztеpalarda oʻtkazilgan

arxеologik ekspеditsiyalarda ilmiy-


tadqiqot ishlarini olib bordilar.

Kampirtеpa yodgorliklarida oʻtkazilgan

qazishmalar natijasida Arxеologiya

muzеyi fondi bir qancha topilmalar bilan

boyitildi. Tеrmiz shahridagi «Shoymardon

ota» qabristonidan topilgan eksponatlar

ham shuningdеk, Shеrobod tumanining

Jarqoʻton yodgorligidan topilgan 42 dona

eksponat muzеy fondiga kеltirildi.

Ilmiy xodim J.Jumaqulov tomonidan

Abulhasan Hujviriyning "Kashf-ul mahjub"

asaridagi shayx Sulton Ahmad Xizravеyh,

Shaqiqi Balxiy hamda Abuabdulrahmon

Qoʻlyozmalar bilan ishlash

sektori


Hotam binniy Unvon al-Isim Balxiylarning

xayot va faoliyati haqidagi bayonlarni

forschadan oʻzbеk tiliga oʻgirilgan. Shu

bilan birga «Misgarlik san'ati» maqolasi

«Surxon Tongi» roʻznomasida, "Al-Hakim

at-Tеrmiziyning soʻfiylik tariqatida valiylik

va karomat tushunchalari" (Kashf-ul

Mahjub asari asosida) maqolasi TеrDU

ilmiy toʻplamida nashr etilgan. Bundan

tashqarii, viloyat radiosida "Istiqlol onlari"

mavzuidagi eshittirishda muzеy va uning

faoliyati haqida oʻzbеk va tojik tillarida

ma'lumotlar bеrildi. Shuningdеk,muzеy

ilmiy arxivida saqlanayotgan toshbosma

va qoʻlyozma kitoblar ustida bir qator

ishlar olib borilmoqda. Abu al-Hasan

Hujviriyning "Kashf ul-Mahjub" asarining


"Tasavvuf haqida", "Turli mamlakatlardagi

oxirgi sufiylar", "Shayx Sulton Ahmad

Xizravеyhning hayot va faoliyati",

"Hakimiya tariqati", "Valiylik va karomat

haqida", "Ibrohim Adham", "Ahmad binni

Xizraviy", "Shaqiqi Balxiy",

"Abuabdulrahmon Hotam binni Unvon al-

Isim Balxiy" mavzularidagi boblari fors

tilidan oʻzbеk tiliga tarjima qilindi. Termiz

1999 yil noyabr oyida UNESCO Bosh

konferensiyasining Parijda boʻlgan 30-

majlisida Markaziy Osiyoning qadim

shahrlaridan biri Termiz shahrining 2500

yillik yubileyini 2001 yilda xalqaro

miqyosda nishonlashga qaror qilindi.

Mazkur qaror munosabati bilan



Ozbekiston Respublikasi Vazirlar

Mahkamasi 1999 yilning 27 dekabrida

"Termiz shahrining 2500 yillik yubileyini

2001 yilda oʻtkazish va unga tayyorgarlik

koʻrish toʻgʻrisida" maxsus qaror qabul

qilindi. Ushbu qarorlar asosida 2002 yil 2

aprelda oʻzining 2500 yillik yoshini

nishonlagan Termiz shahri koʻplab katta

voqealar va larzalarni boshidan

kechirgan. Butun tarixi davomida Termiz

Markaziy Osiyo xalqlari madaniy

taraqqiyoti va oʻzbek xalqi davlatchiligi

tarixida muhim rol oʻynagan. "Buyuk Ipak

Yoʻli"ning asosiy chorrahalaridan biri

sifatida dunyo sivilizatsiyasi rivojiga

sezilarli darajada hissa qoʻshgan qadim

shahardir. Buddizm dinining va u bilan


bogʻliq boʻlgan memorchilik

anʻanalarining Xitoy va Uzoq Sharq

mamlakatlariga tarqalishi ham aynan

Termiz orqali yuz bergan. Termizning

geografik jihatdan qulay joylashishi,

iqlimi va strategik mavqei koʻplab

davlatlar va hukmdorlarning diqqat-

eʻtiborini oʻziga tortar edi. Shuning uchun

u Eron va grek, arab va moʻgʻul

bosqinchilarining hujumlariga duchor

boʻldi, Movarounnahr ichki qon

to;kishlarini boshidan kechirdi, mahalliy

hokimlar zulmidan azob chekdi. Termiz

istilochilarning olovli janglarida yonib

ketar, kulga aylanar, qaddini rostlab

paydo boʻlardi, oʻsib shon-shuhrat va

qudratga ega boʻlardi. U yana halok


boʻlardi, yonardi, kulga aylanardi va yana

oʻzini tiklab ulgʻayardi. Shu sababli

Termizning har safar qaytadan tiklanishi

qadimgi oʻrnida yuz bermagan. Koʻhna

Termiz yoki Kushon Termizi amudaryo

boʻyida rivoj topgan boʻlsa, Chingizxon

bosqinidan song u sharqroqda

Surxondaryo boʻyida qad koʻtarib gullab-

yashnaydi. XVIII asrning ikkinchi

yarmidagi oʻzaro urushlar tufayli

vayronaga aylangan Termiz XIX asrning

ikkinchi yarmidan boshlab janubroqda

Pattakesar qishlogʻi zaminida bunyod

etiladi va ravnaq topadi. Koʻhna Termiz

obidalari oʻzining takrorlanmasligi bilan

hamisha qadimgi davr mualliflari, ilk oʻrta

asr Xitoy sayyohlari va musulmon davri


tarixchilarining diqqat-markazida boʻlib

keldi. Termiz haqidagi qimmatli yozma

maʻlumotlar VII asrda Xitoy sayyohi,

buddizm monaxi Syuan Tzyan

yozmalarida; IX-X asrlar arab muarrixlari

Ibn Xoʻrdodbeh, Ibn Xavqal, Maqdisiy,

Istahriy asarlarida; grek, arman, xitoy,

fors, arab manbalarida; qadimiy

"Shohnoma" dostonida, ulugʻ alloma Abu

Rayhon Beruniy, arab sayyohi Ibn Battuta,

Ispaniya elchisi Ryui Gonsales de Klavixo,

venger sharqshunosi Herman Vamberilar

asralarida, oʻrta asr mutafakkirlari Alisher

Navoiy, Abdurahmon Jomiy, Muhammad

Bobur, Hofiz Abru, Anvariy, Hofizi Tanish

Buxoriy, Davlatshoh Samarqandiy

asarlarida berilgan. Termiz tarixini


oʻrganishga qiziqish ayniqsa XIX asrning

ikkinchi yarmi va XX asr boshlaridan

yanada kuchaydi. Arxeolog olimlardan V.

V. Bartold, D. N. Logofet, N. A. Mayev, V.

V. Krestovskiy, I. V. Mushketov, A. A.

Semenov, M. E. Masson, V. A. Shishkin, T.

V. Grek, B. N. Kostalskiy, B. B. Piotrovskiy,

V. A. Vyatkin, D. D. Bukinich, B. N.

Zasipkin, L. A. Albaum, G. A.

Pugachenkova, E. V. Rtveladze, Ya.

Gʻulomov, A. A. Asqarov va boshqalar

Termizni shaxsan oʻrgandilar va ilmiy

xulosalari bilan shahar tarixini boyitdilar.

Koʻhna Termiz tarixini oʻrganishda 1926-

1927 yillarda professor Denike boshliq

Moskvaning Sharq xalqlari madaniyati

muzeyi ekspeditsiyasi, 1936-1939 yillarda


professor M. E. Masson rahbarligidagi

Termiz arxeologik kompleks

ekspeditsiyasi, 1961 yili B. Ya. Staviskiy

boshchiligidagi Sharq xalqlari muzeyi va

Davlat Ermitaji arxeologik ekspeditsiyasi,

1959 yildan professor G. A.

Pugachenkova boshliq Oʻzbekiston

Respublikasi Sharqshunoslik instituti

ekspeditsiyasi, 1972 yildan professor V.

M. Masson boshchiligidagi Oʻzbekiston

Respublikasi FA Arxeologiya Institutining

Baqtriya ekspeditsiyasi, 1980 yildan

akademik A. A. Askarov boschiligidagi

kompleks ekspeditsiyasi, 1993 yildan

professor T. Shirinov boshchiligidagi

Oʻzbekiston Respublikasi FA Arxeologiya

Institutining Pyer Lerish boshchiligidagi


Fransiya Ilmiy tadqiqotlar Instituti Milliy

Markazi va Kyudzo Kato boshchiligidagi

Yaponiyaning Buyuk Ipak Yoʻli

Akademiyasi bilan hamkorlikda olib

borayotgan ekspeditsiyalari katta

ahamiyatga ega boʻldi. Natijada,

miloddan avvalgi I ming yillik ortalaridan

tortib, XVII asrga qadar Termiz shahri

xalqlarining moddiy va maʻnaviy

madaniyatini yorituvchi koʻplab

arxeologik dalillar qoʻlga kiritildi. Mazkur

ekspeditsiyalar tarkibida Termiz Davlat

Universitetining arxeolog olimlari ham

faol ishtirok etib kelmoqdalar.

Rivoyatlarga koʻra, Termizni miloddan

avvalgi VII asrda Baqtriyaning birinchi

podshosi Zaroastr bunyod etgan.


Miloddan avvalgi VI asrda bu yerlarni

bosib olgan Eron Ahamoniylari Termizni

juda koʻhna shahar deb taʻriflashgan.

Shahar Aleksandr Makedonskiy

bosqiniga qadar Ahamoniylar davlatiga

boʻysungan. Termizning tarixiga kirgan ilk

nomlaridan biri Taramasta - Taramata

(baqtrcha - daryo qirgʻogʻi) boʻlgan.

MIloddan avvalgi 327 yili Aleksandr

Makedonskiy Termizni zabt etib, shaharni

oʻz nomi bilan Aleksandriya deb ataydi.

Aleksandr Makedonskiy hukmronligi

tugaganidan keyin Grek-Baqtriya

davlatining asoschisi Demetriy shaharga

Demetris nomini beradi. Miloddan

avvalga I asrda Grek-Baqtria davlatining

kushonlar tomonidan tor-mor qilinishi


munosabati bilan Termiz, yozma

manbalarning guvohlik berishicha, Ta-

limmi shahri deb Xitoy manbalarida esa,

Tu-mi (Tami) deb atala boshlaydi. Termiz

asosan kushonlar davrida (mil. avv. I -

mil. III asrlar) yuksak rivojlanadi. Bu

davrda Termiz Hindiston bilan gʻarb,

shimol, sharq mamlakatlari bilan

boʻgʻlaydigan savdo yoʻllaridagi yirik

shaharga aylanadi. Termizda koʻplab

budda ibodatxonalari va moʻla-

maqbaralar quriladi. V-VI asrlarda Termiz

yuz bergan urushlar oqibatida goh

eftaliylar hukmronligi, gohida eron

sosoniylari hukmronligi ostida boʻldi. VII

asrdab boshlab Termizni termizshohlar

sulolasi boshqardi. 705 yili Termizni arab


istilochilari zabt etdilar. IX -XII asrlarda

Termiz yirik feodal shahar sifatida

maʻmuriy, savdo, hunarmandchilik va ilm-

maʻrifat markaziga aylandi. Bu davrda

shaharni oʻrab turgan istehkom

devorning uzunligi 10 km ni tashkil etib, 9

ta darvozasi boʻlgan. Shu davrda

Termizda dunyoga mashhur boʻlgan

shoirlar, allomalar, muhaddislar, diniy va

dunyoviy olimlar yetishib chiqdi. IX-XII

asrlarda Termiz Gʻaznaviylar, Saljuqiylar

va Qoraxoniylar davlarlari tasarrufida

boʻldi. 1206 yili Xorazmshoh Muhammad

davlati ixtiyoriga oʻtdi. 1220 yili

Chingizxon qoʻshinlari tomonidan 11

kunlik qamaldan song vayron qilindi. XIII

asrning ikkinchi yarmidan boshlab


Termiz eski oʻrnida emas, sharqroqda

Sulton Saodat maqbarasi tevaragida

yana rivojlandi. Temuriylar davlati

tarkibiga oʻtgandan keyin u gullab-

yashnaydi va Shahri gʻulgula nomini oldi.

Termiz Shayboniylar davlati tasarrufiga

oʻtgandan keyin ham rivojlanishda davom

etdi. Kohna Termiz qalʻasini qayta tiklash

ishlari olib borildi. Minoralar, masjidlar va

xonaqohlar qurildi. Ilm-maʻrifat rivoj

topdi. XVIII asrning ikkinchi yarmida olib

borilgan oʻzaro janglar, taxt talashishlar

tufayli Termiz butunlay vayron boʻldi.

Faqat Salovat va Pattakesar

qishloqlarigina saqlanib qoldi. Masjidlar,

minoralar va saroylar quladi. XVII asrning

ikkinchi yarmida Surxondaryo boʻyidagi


Koʻhna Termizdan janubda Pattakesar

qishlogʻi paydo boʻldi. Qishloqning

kengayib borishi hisobiga oradan bir asr

oʻtgandan keyin hozirgi Termiz shahri

qad koʻtardi. Yangi Termizning vujudga

kelishi Rossiya-Angliya

munosabatlarining keskinlashgan

davriga toʻgʻri keldi-ki, Rossiya bu joylarda

oʻz taʻsirini kuchaytirish maqsadida Oʻrta

Osiyoga harbiy yurishlarini boshlab

yuborgan edi. 1873 yilning 28

sentyabridagi shartnoma Buxoroni

Rossiyaga qaram davlatga aylantirgan

boʻlsa, 1888 yil 23 iyundagi qoʻshimcha

shartnoma ruslarning Termizga kelishi va

bu yerda istehkomlar qurish masalasini

hal qilgan edi. 1893 yilning 15 yanvarida


Termiz Buxoro amiri tomonidan Rossiya

hukumatiga berilgan edi. Yangi Termizda

Rossiya manfaatini himoya qilish

maqsadida qurilishlar boshlandi, koʻplab

harbiy qismlar keltirildi. Tuproqqoʻrgʻon

va mustahkam istehkom qurildi. Termir

yoʻl qurilishi, telegraf, aloga, elektr

tarmoqlarining tortilishi Termizning

rivojlanishi va Amudaryo boʻyidagi harbiy-

strategik ahamiyatga ega boʻlgan

shaharga aylanishiga olib keldi. 1917 yilgi

davlat toʻntarishidan keyingi Sovet

imperiyasi davrida ham Termiz oʻzining

harbiy-strategik ahamiyatini yoʻqotmadi.

Bu davrda Termizda katta-katta

inshootlar qurildi. Maʻmuriy binolar qad

koʻtardi. Ilm-fan rivojlandi, madaniyat va


sanʻat ravnaq topdi. Mustaqillik yillarida

Termiz chiroyini yanada ochdi, shahar

koʻchalari boshqadan qurilib, ravon va

keng koʻchalarga aylantirildi, istirohat

bogʻlari, sharqona usuldagi muhtasham

va obod bozorlar, zamonaviy maʻmuriy

binolar, oʻyingohlar, teatr va kinoteatrlar,

ilm-fan maskanlari barpo etildi, borlari

taʻmirlandi. Qisqasi, shaharning qiyofasi

tanib boʻlmas darajada oʻzgardiki, bu oʻz

navbatida har bir termizlik qalbida

quvonch va faxrlanish hissini

uygʻotmoqda. Surxondaryo Surxondaryo

viloyati - Oʻzbekiston Respublikasining

eng janubida joylashgan fusunkor oʻlka.

Viloyat sifatida 1941 yil 6 martda tashkil

etilgan (1925 yil 29 iyundan Surxondaryo


okrugi). Janubdan Amudaryo boʻylab

Afgʻoniston, shimol va sharqdan

Tojikiston Respublikasi bilan, janubi-

sharqdan Turkmaniston bilan

chegaradosh; shimoli-gʻarbdan

Qashqadaryo viloyati bilan tutashgan.

Viloyatning maʻmuriy, iqtisodiy bva

madaniy markazi - Termiz shahri.

Oʻzbekiston Resbublikasining mustaqil

chegara qoʻshinlari mamlakatning

Surxondaryo boʻylab oʻtgan janubiy

sarhadlarini mustahkam qoʻriqlab

kelmoqdalar. Surxondaryo viloyatining

umumiy yer maydoni 20,1 ming kvadrat

kilometr. Aholisi 1 mln 535,8 ming kishi

(bu 1996 yildagi maʻlumot; soʻnngi

yillardagi batafsil statistik maʻlumot bilan


bu yerda tanishib chiqishingiz mumkin).

Aksari qismi oʻzbeklar (79,9%). Qisman

tojiklar (13,3%), ruslar, turkman va

boshqa millat vakillari yashaydi.

Surxondaryoning relyefi shimoldan

janubga qiyalanib va kengayib boradigan

tekislikdan iborat. Surxondaryo va

Sheroboddaryo oqib oʻtadigan bu tekislik

qariyb 200 kilometrga choʻzilib, shimol,

gʻarb va sharqdan baland Hisor tizmasi

va uning tarmoqlari - Boysuntogʻ,

Koʻhitangtogʻ, Bobotogʻ bilan oʻralgan.

Togʻlar bilan tekislik orasida adirlar

joylashgan. Hisor togʻ tizmasining ayrim

choʻqqilari 4500 metr va undan ham

balandroq. Tizmaning qirra va choʻqqilari

qishin-yozin qor bilan qoplanib yotadi.


Boysun va Bobotogʻ yonbagʻirlari

mehnatkashlarning sevimli dam olish

maskanlaridir. Bu joylardagi goʻzal

manzaralar ijodkorlarni doimo oʻziga

chorlab keladi. Ularning, jumladan,

mashhur rassom, rahmatli Roʻzi

Choriyevning koʻp asarlariga bu

manzaralar mavzu boʻlgan. Asosiy

daryosi -Qorovultepa qishlogʻidan bir oz

yuqoriroqda Hisor togʻlaridan oqib

tushadigan Toʻpalangdaryo bilan

Qoradaryoning qoʻshilishidan hosil

boʻladi. Umumiy uzunligi 175 kilometr,

havzasining maydoni 13,5 kvadrat

kilometr. Surxondaryo Boysun va

Bobotogʻ tizmalari oraligʻidan janubi-

gʻarb tomon oqib borib, Termiz shahri


yonida Amudaryoga qoʻshiladi. Uning bir

nechta irmoqlari bor. Bulardan asosiysi

Sangardak va Xoʻjayalpoq daryolaridir.

Sheroboddaryo Boysuntogʻ tizmalari

Irgʻayli va Qizilsoy daryolari

qo;ʻshilishidan hosil boʻladi. Kallamozor

qishlogʻiga qadar Machaydaryo, u yerdan

Sherobod shahrigacha Sheroboddaryo,

Sherobod shahridan quyilish joyi -

Amudaryoga qadar Qorasuvdaryo deb

ataladi. Umumiy uzunligi 186 km.

Havzasining maydoni qariyb 3 ming km.

Daryo oqimi suv omborlari bilan tartibga

solinadi. Bulardan eng yiriklari - Janubiy

Surxon va Uchqizil suv

omborlaridir.Surxondaryo tekislik

qismining iqlimi qishining, zoyining issiq


va uzoqligi bilan farq qiladi. Termizda

bahorning boshlanishi fevralning

dastlabki oʻn kunligiga, yozning

boshlanishi (harorat 20 darajadan

oshishi) mayning uchinchi oʻn kunligiga

toʻgʻri keladi. Kuz (oʻrtacha kecha-kunduz

harorati 20 darajadan kamayishi)

sentyabrning birinchi oʻn kunligidan

boshlanadi. Qish mavsumi oʻrtacha

kecha-kunduz harorati 5 darajadan

pasayishi bilan - dekabrning ikkinchi oʻn

kunligidan boshlanadi. Surxondaryo

viloyatining janubi-sharqiy qismida yozda

bir necha kun chang-toʻzonli issiq va

quruq "afgʻon shamoli" esadi va einlarga

katta zarar yetkazadi. Vegetatsiya davri

226 kundan 266 kungacha. Yozda


haroratning yuqoriligi, iliq-issiq

kunlarning uzoq davom etishi viloyatda

issiqsevar subtropik oʻsimliklar - ingichka

tolali paxta, xurmo va hatto

shakarqamish, apelsin, mandarin

yetishtirishga imkon beradi. Janubdagi

qishloq joylarda - oq saksovul, cherkas,

tarakabosh, yaltirbosh, yantoq; daryo

boʻylarida - yulgʻun, jiyda, terak, qiyoq,

qamish; togʻlarda - efemer boshoqli

oʻsimliklar, baland togʻlarda - subalp

betaga, daraxt va butalardan archa,

yovvoyi mevalidaraxtlar oʻsadi.

Bobotogʻda pistazorlar, Amudaryo

vodiysida toʻqayzorlar bor. Togʻlarda

jayron, togʻ echkisi, toʻngʻiz, silovsin, boʻri,

shoqol, qoʻngʻir ayiq, jayra; qushlardan


qirgʻovul, kaklik, toʻrgʻay uchraydi.

Viloyatda neft va gaz qazib chiqariladi

(Xovdogʻ, Kakaydi, Lalmikorda).

Oʻzbekistondagi uchta yirik koʻmir

konining ikkitasi Surxondaryodadir. Bular

Shargʻun va Boysun koʻmir konlari boʻlib,

yura qatlamida joylashgan. Polimetall

(sangardak), osh tuzi (Xojaikon) konlari

bor. Gips, granit, argilit kabi qurilish

materiallari konlari ham mavjud.

Sanoatining yetakchi tarmoqlari: paxta

tozalash, paxtani qayta ishlash

korxonalaridir. Viloyatning yirik sanoat

korxonalari: "Jarqoʻrgʻonneft"

boshqarmasi, Denov yogʻ-ekstrakt zavodi,

Boysun eksperimental shoyi toʻqish

fabrikasi, Sariosiyo tosh saralash zavodi,


Shoʻrchi un kombinati, Jarqoʻrgʻon

yigiruv-toʻquv fabrikasi, Termiz tikuvchilik

fabrikasi, Shargʻun koʻmir sanoati

korxonalari, Sherobod keramika badiiy

buyumlar zavodi va b. Viloyatda bir necha

qoʻshma korxona, kichik korxonalar

ishlab turibdi. Jumladan, Afgʻoniston

bilan hamkorlikda tashkil etilgan xalq

isteʻmoli mollari ishlab chiqaradigan

"Namaf" va "Afruz" qoʻshma korxonalari

faoliyat koʻrsatmoqda. Hindiston - Termiz

"Farmed" qoʻshma korxonasi mahalliy

giyohlar asosida dori-darmon ishlab

chiqarsa, Poʻlat Alpomishev boshliq

Turkiya - Termiz "Poʻlat" qoʻshma

korxonasida oʻziga xos gilamlar, paloslar

tayyorlanadi. Bugungi kunda viloyat


tumanlarida qishloq xoʻjalik mahsulotini

qayta ishlaydigan kichik korxonalar,

sexlar tashkil etishga ahamiyat

berilmoqda. Qishloq xoʻjaligining asosiy

tarmoqlari: paxtachilik, bogʻdorchilik,

limonchilik, pillachilik va b. Togʻ

etaklarida lalmikor dehqonchilik (asosan

bugʻdoy va arpa yetishtiriladi) bilan

sgugʻullaniladi. Paxta - viloyatning 14

tumanidan 13 tasida asosiy ekin

turlaridan biri hisoblanadi. Oʻzbekistonda

eng koʻp ingizchka tolali paxta

Surxondaryoda tayyorlanadi. Viloyatning

togʻoldi tumanlarida bogʻdorchilik va

uzumchilikrivojlangan. Xoʻjaliklarida

qoramol, qoʻy (qorakoʻl va hisor zotli

dumbali qoʻylar), echki, yilqi, parranda,


quyon boqiladi. Jahon moʻyna va teri

auksionlarida juda qadrlanadigan

"Surxon suri" qorakoʻl terisi Surxondaryo

viloyatida yetishtiriladi.

   Aholiga savdo va 

maishiy xizmat ko rsatish 

bozor iqtisodiyoti 

talablari asosida keng 

rivojlanib bormoqda. Bu 

tarmoq korxonalari davlat 

tasarrufidan chiqarilib, 

asosan xususiylashtirilib 

bo lindi. Savdo 

tashkilotlari o z kuchlari 

bilan xalq iste moli 

mollari ishlab chiqarib, 



aholini ta minlashga 

e tibor bermoqda.  

Viloyat hududidan Markaziy Osiyodagi

mustaqil davlatlarni Sharqiy Yevropa

shaharlari bilan boʻgʻlaydigan temiryoʻl

tarmogʻi (jumladan, Moskva - Dushanbe,

Ashgabat - Dushanbe) oʻtgan. 1995 yilda

Gʻuzor - Boysun - Qumqoʻrgʻon temir yoʻli

qurilishi boshlab yuborildi. Viloyatning

asosiy avtomobil yoʻli - Katta Oʻzbekiston

trakti. Amudaryo ustidan Xayraton

temiryoʻl qurilgan . Viloyatda tarmoq

transporti ham rivojlangan. Avtomobilda

mamlakatlararo yuk tashish xizmati

korxonasi xalq xoʻjalik mollarini qoʻshni

Afgʻonistonga yetkazib bermoqda.



Surxondaryo viloyatida respublikada

yagona Termiz daryo porti joylashgan.

Termiz va Sariosiyoda zamonaviy

aeroport bor. Surxondaryo viloyatida 14

tuman bor: Angor, Bandixon, Boysun,

Denov, Jarqoʻrgʻon, 

Muzrabod

, Oltinsoy,

Sariosiyo, Termiz, Uzun, Sherobod,

Shorchi


Qiziriq


, Qumqoʻrgʻon. Shaharlar:

Boysun, Denov, Jarqoʻrgʻon, Termiz,

Shargʻun, Sherobod, Shorchi,

Qumqoʻrgʻon. Shaharchalar: Angor,

Dostlik, Kakaydi, Sariosiyo, Sariq,

Xayrobod, Hurriyat. Shaharlardan ikkitasi

- Termiz va Denov tuman markazlari

hisoblansa-da, toʻgʻridan-toʻgʻri viloyatga

boʻysunadi; qolgan shahar va

shaharchalar tuman markazlaridir. 1- zal.



(miloddan avvalgi 100- 3 ming yilliklar)

Surxondaryo viloyatining moʻʻtadil iqlimi

va atrof-muhiti bu yerda juda qadimdan

inson manzilgoh-larining paydo boʻlishiga

sabab boʻlgan. Janubiy Hisor togʻ tizmasi

turkumiga kirgan Boysuntogʻ va

Koʻhitang togʻlarida mavjud gʻor va

oʻngirlar ibtidoiy davr odamlari uchun

makon boʻlib xizmat qilgan. Viloyat

hududidagi eng qadimgi makon bu

neandertal odamning manzilgohi boʻlib,

Boysuntogʻdagi Teshiktosh gʻori

hisoblanadi. Oʻrta tosh ( mustye) davriga,

yaʻni miloddan avvalgi 100-40 ming

yilliklarga oid bu gʻordan 3000 dona

Surxon vohasi tosh davrida



ibtidoiy odamlar yasagan keskich,

taroshlagich va chopqi kabi tosh oʻzaklar

topilgan. Teshiktosh gʻoridan ibtidoiy

davr odamining tashqi koʻrinishini

tiklashda muhim ashyoviy manba

hisoblangan odam tana suyagi topilishi

juda muhimdir. Boysundagi Amir Temur

gʻori ham viloyatning eng qadimgi gʻor

makonlari turkumiga kiradi. Tosh asrining

yuqori bosqichiga kelib (milloddan

avvalgi 40-12 ming yilliklar), Janubiy

Hisor togʻ tizmalaridan boshlangan daryo

va soy boʻylari (Toʻpalang daryosi havzasi

) insonlar tomonidan jadal oʻzlashtirilgan.



Download 273.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling