Termiz davlat pedagogika inistituti


Download 171.5 Kb.
bet1/2
Sana10.01.2023
Hajmi171.5 Kb.
#1087254
  1   2
Bog'liq
Qiyosiy pedagogika ishchi dastur


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TERMIZ DAVLAT PEDAGOGIKA INISTITUTI


TASDIQLAYMAN”
O’quv ishlari bo’yicha prorektori
________ B. Imanov
“ ” ____________ 2022-yil

QIYOSIY PEDAGOGIKA
fanidan
I SH CH I OʻQUV D A S T U R I
(4 –kurs sirtqi)
Bilim sohasi: 100000 – Gumanitar
Ta’lim sohasi: 110000 – Pedagogika
Ta’lim yoʻnalishi: 5111700 – Boshlangʻich ta’lim va sport tarbiyaviy ishi





Mashgʻulot turi

Ajratilgan soat

Semestr

VIII


Ma’ruza

10

10


Amaliy mashgʻulot

14

14


Mustaqil taʻlim

20

20




Jami auditoriya soatlari

24

24




Umumiy oʻquv soati

44

44



Termiz – 2022

Mazkur ishchi o‘quv dastur Termiz davlat pedagogika institutining 2022-yil 27-avgustdagi Kengashida tasdiqlangan “Qiyosiy pedagogika” fanining o‘quv dasturi asosida tayyorlandi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2021-yil 16-iyuldagi 311-son buyrug‘i talabiga muvofiq ishlab chiqildi.


Tuzuvchilar: TerDPI Boshlang‘ich ta’lim nazariyasi
kafedrasi o‘qituvchisi R.Norqobilova


Taqrizchilar: TerDPI Boshlang‘ich ta’lim nazariyasi
kafedra mudiri D.R.Shabbazova

Fanni ishchi o‘quv dasturi Boshlang‘ich ta’lim nazariyasi kafedrasining 2022-yil «_____»____dagi ___- sonli yig‘ilishida muhokama qilingan va fakultet kengashiga tavsiya etilgan.




Kafedra mudiri: D.R.Shabbazova

Fanning syllabusi sirtqi bo’limning 2022 yil “26”-avgustdagi “1”-son yig‘ilishida muhokama qilingan va institut o‘quv-uslubiy Kengashiga tavsiya qilingan.



Sirtqi bo’lim boshlig’i: R.Omonov

Fanning ishchi o‘quv dasturi Termiz davlat Pedagogika instituti o‘quv-metodik kengshining 2022-yil “___” _____ dagi __-sonli majlisida tasdiqlangan.


O‘quv uslubiy bo‘lim boshlig‘i: I.T.Xasanov

1. O‘quv fani o‘qitilishi bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmalar.
Mazkur dasturda Pedagogika oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat bosqichi 5111700-Boshlang’ich ta’lim va sport tarbiyaviy ish ta’lim yo’nalishi uchun mo’ljallangan “Qiyosiy pedagogika” fani dasturi Davlat ta’lim standarti va namunaviy o’quv reja asosida tuzilgan.
O‘zbekiston Respublikasida qiyosiy pedagogik tadqiqotlarga hozirgi kundagi qiziqish ikkita eng muhim tendensiyaga bog’liqligi bilan tushuntiriladi. Birinchisi yurtimizning mustaqillikka erishishi va milliy ta’lim tizimining shakllanishi va rivojlanishi bo‘lsa, ikkinchisi - globallashuv va jamiyatni axborotlashtirish, mavjud jahon tendensiyalari hamda jahon ta’lim sarhadlariga integratsiyaning zarurligidadir.
“Qiyosiy pedagogika” kursi Qiyosiy pedagogikaga kirish, Qiyosiy pedagogika fani rivojlanishida xalqaro tashkilotlar va ularning faoliyati, Jahon mamlakatlari ta’limi taraqqiyotining ayrim masalalari, Yevropa mamlakatlari ta’lim tizimi mazmuni. Germaniyada ta’lim-tarbiya jarayonlarining o’ziga xos xususiyatlari, Fransiyada ta’lim siyosatining olib borilishi, Angliya ta’lim tizimi, Italiya ta’lim tizimi, Niderlavdiya ta’lim tizimi, Osiyo mamlakatlari ta’lim tizimi. Yaponiya ta’lim tizimi va unga daxldor masalalar, Koreya va Xitoyda ta’lim-tarbiya jarayonlari, Rivojlangan mamlakatlar ta’lim-tarbiya tizimi va ularga qiyosiy tahlil, Markaziy Osiyo davlatlarida ta’lim-tarbiyaning o’ziga xosliklari, Afrika mamlakatlari ta'lim tizimi mazmuni, Jahon mamlakatlarida pedagog kadrlarni tayyorlash masalalarini o’z ichiga qamrab oladi.
Fanni o‘qitishdan maqsad – bo’lajak o’qituvchilarni qiyosiy pedagogika fanining nazariy-tarixiy asoslari va yurtimizda ta’lim sohsida erishilgan yutuqlarni yanada yuksaltirish, bu sohada rivojlangan davlatlar bilan raqobatbardosh bo’la olish uchun ta’limni isloh qilishni davom ettirish, uni modernizatsiyalash, ta’limni rivojlantirish borasidagi zamonaviy nazariyalarni o‘rganish, taqqoslash, tahlil qilish va o‘quv tarbiyaviy jarayonga tadbiq eta olishga o’rgatish.
Fanning vazifasi - talabalarga yurtimiz va chet el olimlarining “Qiyosiy pedagogika”ga oid ilmiy ishlari, xulosalari asosida qiyosiy-pedagogik tizimlar, taraqqiyot va tadqiqot bosqichlarini o’rgatish; rivojlangan davlatlar ta’lim tizimi, uning yurtimiz ta’lim tizimi bilan o‘xshash va farqli jihatlari bilan tanishtirish; jahon mamlakatlari ta’lim tizimi mazmunini o’zlashtirish; u yoki bu davlat ta’lim tizimining o‘ziga xosligini ko'rsatib beruvchi ayrim ta’lim muassasalari haqida so‘z yuritib, o‘z navbatida talabalar dunyoqarashini kengaytirib, milliy va regional ta’limdagi xilma-xillikni ko‘rsatish ko’nikma va malakalarini shakllantirish.
Qiyosiy pedagogika fani tanlov fani hisoblanadi. 8 semestrda o‘qitiladi. Qiyosiy pedagogikaning boshqa fanlar bilan aloqasi: falsafa, mantiq, ruhshunoslik, ijtimoiy ruhshunoslik, yosh psixologiyasi, pedagogika, ijtimoiy pedagogika, fanlaridan yetarli bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishlik talab etiladi.



Download 171.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling