O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI
FIZIKA MATEMATIKA FAKULTETI
AMALIY MATEMATIKA VA INFORMATIKA YO`NALISHI
2-KURS 210-GURUH Talabasi
MANNONOV FAXRIDDINNING
Algoritm nazariyasi fanidan tayyorlagan
KURS ISHI
Mavzu: TASHQI SARALASH ALGORITMLARI
Tekshirdi : Boboxojayeva N.
Termiz – 2020
MAVZU: TASHQI SARALASH ALGORITMLARI
REJA
Kirish
Ma’lumotlarni saralash usullari.
Tashqi saralash algoritmlari.
Tashqi saralash algoritmlarini C++ dasturlash tilidagi ifodalanishi .
Xulosa
Adabiyotlar ro’yxati
Kirish
Hozirgi kunda biror bir sohada ishni boshlash va uni boshqarishni kompyutersiz tasavvur qilish qiyin. XXI asr savodxon kishisi bo’lishi uchun kompyuter savodxon bo’lish, axborot texnologiyalarini puxta egallamoq lozim.
Har bir mutaxassis, u qaysi sohada ishlashdan qat’iy nazar, o’z vazifasini zamon talabi darajasida bajarishi uchun axborotni ishlab chiqaruvchi vositalar va ularni
ishlatish uslubiyotini bilish va ishlash ko’nikmalarga ega bo’lishi zarur.
Talabalarni ijtimoiy-iqtisodiy va ma’naviy muammolarni hal etishga safarbar qilmoq uchun tegishli axborotlarni o’z vaqtida to’plab, qayta ishlab, muayyan bir tartibga solish va zudlik bilan kishilarga etkazish kerak bo’ladi. Buning uchun
jamiyatni axborotlashtirish dasturini amalga oshirish va ilg’or axborot texnologiyasini joriy etish zarurdir.
Dasturlarni mustaqil tuzishdan maqsad kompyutеrga mutloq xokimlik qilish, ya’ni ish davomida yuzaga kеladigan muammolarni tеzroq hal etish imkonini yaratishdir. Kompyutеr dasturlari sеrmеhnat ishlarni avtomatlashtiradi, xatolarni
kamaytiradi va mеhnat unumdorligini oshiradi. Bundan tashqari, dasturlar tuzish
juda ham mashg’ulotdir.
Dasturlarni yaratish jarayonida qo’yilgan masalaning yechish algoritmi dastlab to’g’ri ishlab chiqilishi muhim axamiyatga ega. Shuning uchun algoritmlarni tuzish va dasturlarni ishlab chiqish bir-biri bilan chambarchas bog’liq
jarayonlardir. Oliy o’quv yurtlarining informatika, axborot tеxnologiyalari, amaliy matеmatika kabi yo’nalishlarida ta’lim olayotgan talabalar algoritmni ishlab chiqish, dasturlar yaratish, ularni sinash, sozlash, tahlil qilish uchun bilimlarni
puxta o’zlashtirishlari zarur. Bunda, ta’lim oluvchi uchun dasturlarni ishlab chiqishda asosiy va eng muhim bosqich hisoblangan algoritmlarni tuzish va shular asosida dasturlar yaratish haqida ma’lumotlarni bеruvchi adabiyotlar kеrak.
Do'stlaringiz bilan baham: |