Termiz davlat universiteti geografiya kafedrasi markaziy osiyo davlatlari geografiyasi


Download 421.5 Kb.
bet3/54
Sana03.11.2021
Hajmi421.5 Kb.
#170376
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   54
Bog'liq
markaziy osiyo davlatlari geografiyasi
Abdulla Qodiriy. Mehrobdan chayon roman, Abu Lays Samarqandiy. Tanbehul g'ofiliyn, 30 - мавзу матн, 39 маъруза матни, Б.Ёриев Мақола, Б.Ёриев Мақола, O‘zbekiston respublikasi (2), 7-мавзу мат, o dars, o dars, o dars, Logarifmik tenglamalarni yechish, Irratsional tengsizliklar va tengsizliklar sistemasiga oid misollar yеchish, Ko`rsatkichli va logarifmik tenglamalarga oid misollar yеchish, Irratsional tengsizliklar va tengsizliklar sistemasiga oid misollar yеchish
Tayanch so’zlar.

Geografik kenglik, geografik uzunlik, subtropik, kontinental, mo`tadil, qo`ltiq, chekka nuqta




2-mavzu. Markaziy Osiyoning yer usti tuzilishi

reja:

1. Geologik tuzilishi

2. Markaziy Osiyo hududining relyefi.

Markaziy Osiyo geologiyasi

Tog` jinslari qatlamlaridan topiladigan qadimgi hayvon va o’simliklarning qoldiqlarini o’rganish Yer taraqqiyotining geologik bosqichlarini aniqlashga imkon beradi. Ana shunday uzoq davom etgan bosqichlar eralar deyiladi. Yer po’sti taraqqiyotidagi geologik davr besh eraga: Arxey, Proterozoy (eng qadimgi hayot), Paleozoy (qadimgi hayot), Mezozoy (o’rta hayot), kaynozey (yangi hayot) eralariga bo’linadi. Bu eralarning har biri o’n va yuzlarcha million yil davom etgan. Eralar o’z navbatida davrlarga bo’linadi.Har bir davr bir necha o’n million yil davom etgan. Inson paydo bo’lgan eng oxirgi - antropogen davri 2 million yilni o’z ichiga oladi. Paleozoy, Mezozoy, kaynazoy eralarida 12 ta davr mavjud.

Tog` jinslarining mutlaq yoshi uranning parchalanishiga qarab aniqlanadi. 100 gr. uran 74 mln.yil davomida parchalanib 1 gr. qo’rІoshinni hosil qilar ekan. Shu usulga asoslanib Tog` jinslarining yoshi 3,5-4 mlrd.yil ekanligi isbotlangan.

Markaziy Osiyo hududidagi tekisliklar, qirlar, Tog`lar birdaniga hozirgi ko’rinishiga ega bo’lmagan. Markaziy Osiyoning juda katta qismi Paleozoy erasidan to kaynazoygacha (neogen davri) iliq Tetis dengizi bilan qoplangan. Okean suvi goh quruqlikka bostirib kelgan, goh chekinib turgan.Hozirgi Oloy, Pomir, KopetdoІ Tog`larining o’rni uzoq vaqt dengiz ostida bo’lgan.

Tetis dengizi O’rta Yer dengizi va Shimoliy muz okeani bilan tutashib turgan. Mezozoy erasida dengiz biroz chekinib, Pomir, Kopetdog`, Mang`ishloq va Qizilqumning ichki qismlarida orollar paydo bo’lgan. Turon pasttekisligi Gertsen tektonik zonasida yotgan plitadir. U Mezozoy-kaynazoy yotqiziqlari bilan qoplangan.

Turkiston shimolidagi Qozog`iston past tog`larining g`arbiy qismi Kaledon, sharqiy qismi esa Gertsen burmash strukturalariga ega bo’lgan va juda peneplenlashgan o’lkadir.

Paleozoy boshida ro’y bergan kaledon burmalanishida Talas Olatovi, Qoratov, Chotqol, Piskom, Ugom, Qirg`iziston, Suvsaamir, Kungay olatovi, Orqaiee, Iee, Markaziy Tyanshan tizmalari ko’tarilgan. Paleozoy erasining ikkinchi yarmida, ya'ni yuqori Paleozoyda Gertsen burmalanishi davrida Farg`ona, Oloy, Turkiston, Zarafshon, Hisor tizmalari ko’tarilgan.Qizilqumdagi Nurota, Bo’kanTog`,QuljuqTog`, TomdidoІ, Sulton Uvays kabi yemirilib qolgan Tog`lar Gertsen burmalanishida paydo bo’lgan. Gertsen burmalanishida shuningdek, Issiqko’l, Farg`ona, Ketmontepa, Norin, Zarafshonbotiqlari ham vujudga kelgan.

Markaziy Osiyo hududida Mezozoy burmalanishi kuchsiz bo’lib, Kaspiy dengizi bo’yidagi Tog` va qirlar, Mang`ishloq yarim orolidagi Tog`lar aynan shu burmalanish davrida paydo bo’lgan.

Mezozoy erasida Gertsen burmalanishida paydo bo’lgan Tog`lar yemirilgan, pasaygan, ularning ko’pchiligi baland tekislik, plato va tepaliklarga aylangan.

Markaziy Osiyo hududida kaynazoy erasida (neogen davrida) g`oyat kuchli alp burmalanishi sodir bo’lgan. Alp tektonik jarayonlari tufayli Kapetdog`, Xuroson, Hindiqush, Pomir, Tibet Tog`larining paydo bo’lishi Turkiston o’lkasining o’rnidagi dengiz havzasini janubdagi Hind okeani havzasidan ajratib qo’ysa, shimolda To’rg`ay supasimon o’lkasining ko’tarilishi esa uni Shimoliy muz okeanidan ajratib qo’ydi.

Markaziy Osiyoning barcha tog` burmalari hozirgi qiyofasiga alp burmalanishida ega bo’lgan. To’rtlamchi davrda tog` hosil bo’lish jarayoni davom etgan, muz bosishlar bo’lib turgan. Tog`larda to’plangan ana shu muz va qorlardan juda ko’p daryolar hosil bo’lgan. Sirdaryo, Amudaryo, Chu, Ili, Sarisuv, Talas, Zarafshon, Murg`ob, Tajan daryolari shu davrda vujudga kelgan va to’rtlamchi davr allyuvial yotqiziqlarini olib kelib yotqizgan. Daryolar olib kelgan yotqiziqlar va shamol faoliyati tufayli Qoraqum, Qizilqum, Mo’yinqum kabi ko’plab qumlar paydo bo’lgan.

Turkiston hududi rel`yefi shakillanishi hozir ham davom etmoqda, chunki Amudaryo, Sirdaryo va boshqa o’nlab daryolar o’z havzalarini cho’kindi jinslar bilan to’ldirishda davom etmoqda. Turkiston hududi rel`yefining hozirgi qiyofasi asosan neogen va to’rtlamchi davrda vujudga kelgan.

Markaziy Osiyoda tez-tez zilzila bo’lib turishi bu o’lkada tog` paydo bo’lish va o’sish jarayonlari hozir ham davom etayotganligini bildiradi. Bo`layotgan zilzilalarning hammasi ma`lum tektonik strukturalar bilan bog`liq. Ularning manbai yer yuzidan turli chuqurliklarda joylashgan. Masalan Tyanshanda 40 km gacha, Pomirda 250-300 kmgacha bo`lgan chuqurliklarda joylashgan. Ba`zi bir bo`lib o`tgan zilzilalalr to`lqinlari juda uzoq masofalarga tarqaladi. 1911 yilda Kebin(Tyanshan)da bo`lgan zilzila tebranishlari yer sharini uch marta aylanib chiqqan. 1946 yil Qozonjiq(Turkmanisto)da bo`lgan zilzila tebranishlari Moskvada ham sezilgan. Masalan, kuchli zilzilalar: 1716 yilda Oqsuvda (Chu vodiysida), 1803 yilda Urgutda, 1822 y. Samarqandda, 1902 y. Andijonda, 1911 y. Sarezda (Pomir), 1946 y. Chotqolda, 1948 y. 6 oktabrda Ashgabadda, 1911 y. Olma-Ota yaqinida, 1966 y. 26 aprelda Toshkentda, 1992 y. Garmda va h.k.


Download 421.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling