Termiz davlat universiteti geografiya kafedrasi markaziy osiyo davlatlari geografiyasi


Download 421.5 Kb.
bet5/54
Sana03.11.2021
Hajmi421.5 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   54
Mavzu: Markaziy Osiyoning iqlimi

reja:

1. Iqlim va iqlim hosil qiluvchi omillar

2. O`rta Osiyoning iqlimi.

3. O`rta Osiyoda iqlim resurslaridan foydalanish

Markaziy Osiyo joylashgan o`rniga ko`ra okean va dengizlardan minglab km uzoqda, materikning ichkarisida joylahgan. G`arbiy, shimoli-g`arbiy va shimoliy qismining ochiqligi, janubiy, jnubi-sharqiy qismining baland tog`lar bilan o`ralgani tufayli continental iqlim bilan tavsiflanib, iqlim unsurlarining deyarli barchasi yil va yil fasllarida o`zgarib turishi yaqqol seziladi. Uning geografik o’rni o’ziga xos iqlimning vujudga kelishiga sabab bo’lgan. Quyidagilar Turkiston iqlimini hosil qiluvchi omillar hisoblanadi: geografik o’rni, atmosfera tsirkulyasiyasi, rel`yefida tekislik va Tog`li o’lkalarniia mavjudligi.

Markaziy Osiyo iqlimiga Arktika havo massalari va tropik havo massalari tasir etadi.

Yuqoridagi omillar ta'sirida Turkiston o’lkasida kontinental va quruq iqlim vujudga kelgan. Bu iqlimga quyosh nurlarining ko’pligi, havoning quruqligi xos. Iqlimning kontinentalligi sutkalik va yillik haroratlar o’rtasida katta farq bo’lishiga sabab bo’ladi.

Markaziy Osiyoning shimoli va g`arbida tabiiy to’siqlarning yo’qligi shimoldan, shimoli-Іarbdan vag`arbdan keladigan havo massalarining bemalol kirib kelishiga imkon yaratadi. Markaziy Osiyoga qish faslida shimoli-sharqdan Sibir (Osiyo) antisikloni bilan sovuq havo va Shimoliy muz okeanidan Arktika havo massalari kirib keladi. Bu havo massalari Markaziy Osiyoning janubiy qismlarigacha yetib boradi va u yerlarda qattiq sovuqlarning bo’lishiga sabab bo’ladi.

Yozda cho’llarda havo nihoyatda qizib, past bosim vujudga keladi. Markaziy Osiyoga qo’shni bo’lgan Eron va Afg`oniston cho’llarida ham xuddi shunday ahvol ro’y beradi. Bu Markaziy Osiyo tekisliklarida issiq va quruq tropik havoning, ya'ni termik depressiyaning hosil bo’lishiga olib keladi. Tropik havo quruq, chang-to’zonli va harorati yuqori bo’lishi bilan ajralib turadi.

Markaziy Osiyo tekisliklari iqlimi o’z xususiyatlariga ko’ra bir-biridan birmuncha farq qiladi. Shimoliy qismlarida chalacho’l iqlimi ustun bo’lsa, qolgan qismlarida esa cho’l iqlimi ustundir.

Markaziy Osiyo cho’llari materik ichidagi berk o’lka bo’lganligi sababli keskin kontinental iqlimga ega. Bu iqlimga ham yozning juda issiq, qishning g`oyatda sovuqligi, haroratning sutkalik, yillik amplitudalari farqi juda yuqori, fasllar bo’yicha yoІinlarning notekis taqsimllanishi, havoning quruq va ochiq bo’lishi xosdir. Markaziy Osiyo cho’llari iqlimini Yer sharidagi eng issiq joylar - Shimoliy Afrika va Mesopotamiya shimoliga qiyoslash mumkin. O`lkaning eng issiq oyi-iyul hisoblanadi. Bu davrda uning tekislik qismi isib, mahalliy issiq tropic havosi vujudga kelib, turib qoladi. Natijada siklonlar faoliyati deyarli tugab, jazirama issiq bo`lib, yog`in yog`maydi, harorat k`otariladi. Iyulda eng issiq hudud o`lkaning tekislikning cho`l qismida, ayniqsa janubi va Surxon-Sherobod vohasiga to`g`ri keladi. O`rtacha harorat +310,+320 c ga ko`tariladi. Iyulning o`rtacha harorati shimolga va tog`larga tomon pasayadi. Iyulning o`rtacha harorati Repetekda +32.3, Sherobodda +32.1, Termizda +31.4, Qarag`andada +20.6, Astanada +20.40 ni tashkil qiladi.

Yoz oylarida ba`zan havo juda isib ketadi. Markaziy Osiyoning janubiy va markaziy tekisliklarida +44,+490, shimoliy qismida +40,+440 ni tashkil qiladi. Tog`larning baland qismida yozda eng issiq harorat +20,+31 0 C atrofida bo`ladi.

Qizilqum va Qoraqumda qishda eng past harorat – 250C dan 330C gacha boradi.Qishda Amudaryo va Sirdaryoning quyi qismi muzlaydi. Janubda esa qish birmuncha iliq keladi.Yanvarning o`rtacha harorati o`lka tekislik qismining shimoliy va markaziy qismida 00 C dan past bo`ladi. Astanada -17.70, Jambulda-5.10, Shimkentda-4.30, Toshkentda -1.10, Qarshida -0.20 kuzatiladi. Faqat janubiy va janubi-g`arbiy qismida 00 dan yuqori. Termizda +2.80, Sherobodda +3.60, Esenkulida +4.20.

Markaziy Osiyoning tog`li o’lkalarida iqlim tekisliklaridagidan birmuncha farq qiladi, bulutli kunlarning ko’pligi, qorning uzoq yotishi, yog`inlarning ko’pligi, haroratning past bo’lishidir. 500-1200 m balandlikka ega bo`lgan quyi qismida yanvarning o`rtacha harorati tekislikka nisbatan yuqori bo`ladi. Ya`ni harorat inversiyasi kuzatiladi. Tog`larning 1200 m dan yuqori bo`lgan qismlarida balandlashgan sari yanvarning o`rtacha harorati -50,-90 C dan -180, -290C gacha pasayadi.

Tog`lar orasidagi botiqlarda yuqoridan tushib to`planib qolgan sovuq havo ta`sirida qishda o`rtacha harorat atrofdagi mtog`larga nisbatan 5-80 past bo`ladi. Aksincha Issiqko`l botig`ida ko`lning ta`sirida tog` yonbag`irlariga nisbatan harorat 100 C yuqori bo`ladi. 1500-2000 metrdan baland Tog`lar Atlantika okeani va O’rta Yer dengizidan keladigan nam shamollarni to’sib, yog`inlar yog`ishiga sabab bo’ladi.

Tyan-Shan Tog`larida dengiz sathidan 3500-4000 metr balandlikda yanvar oyida o’rtacha harorat -170-180, eng past harorat esa -480 gacha boradi. Pomirda,Qorako’l sohilida eng past harorat -500 gacha boradi.

O`lka hududining tekislik qismiga hamda tog`larning sharqiy yonbag`irlariga, tog`lar orasidagi botiqlarga yog`in yog`in juda kam tushadi. Tekisliklarda o`rtacha yillik yog`in miqdori 80-300 mm atrofida o`zgaradi. Eng kam yog`in Quyi Amudaryoga, Markaziy Qizilqumga, Unguzorti Qoraqumiga, Balxash ko`lining g`arbiy qirg`og`iga tushib, yillik mo`rtacha miqdor 80-100 mm ni tashkil etadi. Tekislikning markazidan har tomonga, ayniqsa sharq va shimol tomonga yog`in miqdori asta-sekin ortib borib, 100-200 mm ga, tog`oldi tekisliklarida 200-350 mm ga, shimoliy qismida esa 300-400 mm ga boradi. O`rta Osiyo tekislik qismining shimolidagi dasht zonasida o`rtacha yillik yog`in miqdori 300-400 mm bo`lsa, chala cho`lda 230-250 mm, cho`llarda esa 100 mm dan kam, tog`larga yaqinlashgach esa yog`in miqdori ortib 300-400 mm ga yetadi.

Markaziy Osiyo tog`li qismida yuqoriga ko`tarilgan sari harorat pasayadi, kondensatsiya jarayoni va bulutlar vujudga kelib, yog`in yog`ishi uchun sharoit paydo bo`ladi. Natijada tog`larning g`arbiy va janubi-g`arbiy havo massalariga qaragan yonbag`irlariga yiliga o`rtacha 1200 mm dan ortiq yog`in tushadi. Eng ko`p yillik o`rtacha yillik yog`in G`arbiy Tyanshan, Hisor va Pomir tog`larining 1500-3000 m balandliklardagi g`arbiy, janubiy-g`arbiy yonbag`irlariga to`g`ri kelib 1500-1600 mm ni tashkil qiladi. Lekin tog`larning nam havo massalariga, teskari sharqiy yonbag`irlariga va tog`lar orasidagi botiqlarga yog`in juda kam tushadi. Pomir tog`ining sharqiy qismiga 1 yilda 100 mm dan kam, ba`zi yillari esa 10 mm yog`in tushganligi qayd etilgan. Shuningdek Markaziy Tyanshanga, Issiqko`l botig`ining g`arbiy qismiga, Farg`ona botig`ining markaziy va g`arbiy qismiga yog`in juda kam tushadi. Bunga asosiy sabab nam havo massalarining tog`larni g`arbiy, janubiy-g`arbiy yonbag`irlarida to`silib, namligini ajratib quruqlashib qolishidir.

O`lkadagi mavjud shamollarning xususiyatlari shu joylarga esuvchi havo massalariga va relyefiga bog`liqdir. Tog`larda tog` vodiy shamollari ko`proq esib turadi. Tog`larning 2500-3500 m balandliklarida yil davomida g`arbiy shamollar esib turadi, natijada o`sha balandliklarda yog`in miqdori ortadi.

Markaziy Osiyoda atmosfera umumiy sirkulyatsiyasi ta`sirida vujudga kelgan shamollardan tashqari yana relyefga bog`liq shamollar ham mavjud. Bunday shamollarga tog`-vodiy, fyon (tog`larda), garmsel , afg`on shamoli, bekobod shamoli, qo’qon, o`lan, santash, sayxon va ebi kabi shamollar kiradi.

Iqlim resurslari deganda quyoshning uzoq vaqt yoritib turishini hamda vegetatsiya davrining uzoqligini, havoning quruq va issiq bo`lishini, gelioresurslarni, shamol energiyasini, iqlimdan xo`jalikda va rekreatsion maqsadlarda foydalanish tushuniladi. Bu jihatdan qaraganda, o`lka juda qulay iqlimiy sharoitga ega. Quyosh yilning ko`p davrida gorizontdan baland turadi. Natijada issiq kunlar ko`p bo`lib, harorat +100dan yuqori bo`lgan davrdagi haroratning yig`indisi tekislik qismining shimolida 36000 atrofida, o`rta qismida 46000, janubida esa 55000 ga yetadi. Bu o`z navbatida paxta, sholi, kanop kabi issiqsevar texnik ekinlar yetishtirish uchun juda qulay iqlimiy sharoit yaratishdan tashqari mevalari shirin bo`lib, tarkibida glyukoza, saxaroza kabi moddalarning ko`p to`planishiga sabab bo`ladi.

Markaziy Osiyoning janubida joylashib, shimoldan keladigan sovuq havo massalari kam ta`sir etadigan Atrek va Sumbar, Surxon-Sherobod va Vaxsh vodiylarida quruq subtropik landshaft vujudga kelgan. Sovuqsiz kunlar miqdori 250 kunga yetishi, Quyoshning uzoq vaqt yoritib, isitib turishi subtropik o`simliklarninyetishtirish imkonini beradi.

O`lka iqlimining quruq vq issiq bo`lishi, meva va poliz ekinlarining mazali va shirin bo`lishidan tashqari dorivor o`simliklarda efir moyining ko`proq to`planishiga ham yordam beradi.

Iqlim resursining yana bir turi, bu quyoshning issiqlik energiyasi, ya`ni gelioresursdir. Hudu bo`yicha foydalanish mumkin bo`lgan quyosh energiyasining miqdori 1.4 mlrd kVt ga yetadi. Faqat O`zbekiston hududiga tushayotgan yillik o`rtacha quyosh energiyasi 30 mlrd t. ko`mir energiyasiga teng. Hozirgi vaqtda quyosh energiyasidan keng foydalanilmayotgan bo`lsada, kelajakda quyosh energiyasini elektr energiyaga aylantirib beruvchi agregatlarni yaratish tufayli bu arzon energiya turidan xalq xojaligining turli sohalarida keng foydalalnish mumkin.

O`zbekiston FA ning Parkent qishlog`idagi “Quyosh” ishlab chiqarish birlashmasida asosan ilmiy izlanishlar uchun quyosh nuridan foydalalnib kelinmoqda.

O`lka iqlim resurslaridan yana bir arzon turi shamol energiyasidir. Shamol energiyasi atrof-muhitni ifloslantirmaydigan, tugamaydigan energiya manbai hisoblanadi. Tekisliklarda, o`lkaning o`rta va janubiy qismlarida shamolning o`rtacha tezligi sekundiga 2,5-4 metrga, shimoliy qismida 4,5-6 metrga yetadi. Ma`lumki shamolning tezligi sekundiga 3,5 matr bo`lganda 10-12 kVt quvvatga ega bo`lgan shamol elektr agregati ishlab, yiliga 26-35 ming kVt/soat energya ishlab berishi mimkin. Shamol energiyasi ancha arzon energiya manbai bo`lib, hozircha undan to`liq foyalanilayotgani yo`q.

O`lka iqlimining dam olib, hordiq chaqarishda, ba`zi kasallliklarni davolashda ham ahamiyati kata. Shunday shifobaxsh joylar qatoriga Chimyon, oqtosh, Shohimardon, Feruza, Hoji-Obigarm, Issiqko`l, Omonxona kabilarni aytish mumkin.

O`lka tekislik qismida iqlimning quruq seroftob va issiq bo`lishi, o`z navbatida, buyrak kasalliklarini davolashda, suyak va bo`g`im, teri kasalliklarini davolashda qo`l keladi. Shuningdek quyosh vannasini qabul qilish ham odam organizmiga ijobiy ta`sir ko`rsatadi.

Markaziy Osiyo hududi atmosferasini muhofaza qilish dolzarb masalalardan hisoblanadi. Atmosfera havo massalarining dunyo bo`ylab harakatlanishini hisobga olsak, bu masala bilan butun dunyo mamlakatlari birgalikda faoliyat olib borishlari kerakligi ayon bo`ladi.


Download 421.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling