Termiz davlat universiteti Iqtisodiyot va turizm fakulteti Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo’yicha) ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun Raqamli iqtisodiyot fanidan joriy nazorat test savollari


Download 31.33 Kb.
Sana24.08.2023
Hajmi31.33 Kb.
#1669918
Bog'liq
4-VARIANT. Joriy nazorat.


Termiz davlat universiteti Iqtisodiyot va turizm fakulteti Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo’yicha) ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun Raqamli iqtisodiyot fanidan joriy nazorat test savollari


4-VARIANT

  1. Raqamli iqtisodiyotning asosiy tarkibiy qismlari to'gri ko'rsatilgan javobni belgilang.

A) infratuzilma, shu jumladan apparat, dasturiy ta'minot, telekommunikatsiya va boshqalar.
B) virtual bozor sub'ektlari o'rtasidagi virtual o'zaro munosabatlar doirasida kompyuter tarmoqlari orqali amalga oshiriladigan biznes-jarayonlarni qamrab oluvchi elektron tijorat operatsiyalari;
C) kompyuter tarmoqlari yordamida amalga oshiriladigan barcha moliyaviy va tijorat operatsiyalarini, shuningdek bunday operatsiyalarni amalga oshirish bilan bog'liq bo'lgan biznes jarayonlarini o'z ichiga olgan elektron tijorat.
D) Barcha javoblar to'g'ri

  1. Elektron tijorat nima?

A) bu virtual do'konlarda internet orqali amalga oshiriladigan tovarlar va xizmatlarning do’konlarsiz savdosining yangi turi;
B) Materiallarning kelib tushishi va qayta ishlash jarayonlarining sinxronligini ta’minlash
C) Masofadan turib buyumlarni boshqarish
D) Ishbilarmon doiralar va fuqarolar o'rtasidagi ijtimoiy, madaniy, iqtisodiy va texnologik munosabatlar tizimi

  1. Globallashuvning yettinchi bosqichi nimalar bilan bog'liq?

A) jahon iqtisodiyotining integratsiyasi va TMKlarning paydo bo'lishi bilan bog'liq bo'lib, JST savdo qoidalari va SWIFT, VISA, Europay global to'lov tizimlari bo'ldi.
B) xalqaro iqtisodiy aloqalar jadal rivojlanishi bilan bog'liq bo'lib, savdo uyushmalari va tashkilotlar yaratildi, barqaror davlatlararo institutsional aloqalar shakllandi va odamlarning harakatchanligi oshdi. GATT savdo qoidalari paydo bo'ldi.
C) virtual tovarlar transchegaraviy oqimlarining o'sishi, transchegaraviy kripto-valyutalar va ICOlarning keng yoyilishi bilan bog'liq.
D) Barcha javoblar to'g'ri

  1. Bulutli hisoblashda ma'lumotlarni qayta ishlash va saqlash qayerda amalga oshadi?

A) foydalanuvchining uyidagi komyuterida
B) ma'lumotni qayta ishlash markazida, kuchli server kompyuterlarda
C) internet xizmatini taqdim etayotgan provayder korxona komyuterida
D) to'gri javob berilmagan

  1. Raqamli iqtisodiyotning PricewaterhouseCoopers konsalting agentligi tomonidan ajratib ko'rsatilgan sakkizta asosiy texnologiyalar qaysilar?

A) Komyuterlar, mobil aloqa vositalari, bitkoin, vay-fay aloqa, 3D reallik, 3D-printerlar, IP-kamepa, IP-radio
B) Buyumlar interneti va sun'iy intellekt; robototexnika, dronlar va 3D-printerlar; kengaytirilgan va virtual reallik; blokcheyn va bulutli hisoblash.
C) real tovarlar va xizmatlar ta'minotchilari va xapidorlari sektori, dasturiy ta'minot va texnologiyalar ishlab chiquvchilar sektori, qonunchilik bazasi, kadrlar tayyorlash tizimi, barcha turdagi ma'lumotlap uzatish va saqlash kanallari ko'rinishidagi infratuzilma.
D) Internetda foydalanuvchilari xulq-atvorlari loglari, avtomobillar GPS signallari, bank mijozlari tranzaktsiyalari haqida axborotlar, yirik chakan tarmoqdagi xaridlar to'g'risida axborotlar, shahar IP-kamerasidan olingan ma'lumotlar, sanoat interneti bilan jihozlangan ishlab chiqarish datchiklaridan kelgan axborotlar va boshqalar.

  1. Blokcheyn nima?

A) barcha ma'lumotlar ketma-ket qayd qilinadigan va bloklar bo'yicha joylashtiriladigan taqsimlangan ma'lumotlar reestri, bunda har bir yangi blok oldingi blokka kriptografik imzo orqali bog'lanadi;
B) kriptografik usullar bilan himoyalangan matematik tamoyillarga asoslangan, markazlashtirilmagan konvertatsiya qilinadigan valyutadir.
C) moddiy timsolda mujassam topmagan, to'laqonli pul belgisi sifatida foydalanish mumkin bo'lgan pul mablag'laridir.
D) komyuter dasturiy ta'minoti bo'lib, u orqali bitkoin va boshqa kriptovalyutalar bo'yicha tranzaktsiyalar amalga oshiriladi.

  1. Robot nima?

A) - bu intellektual kompyuter tizimlarini, ya'ni biz odatda inson ongi bilan bog'laydigan qobiliyatlarga ega tizimlar - tilni tushunish, o'rganish, fikrlash qobiliyati, muammolarni hal qilish va hk. larni ishlab chiqadigan informatikaning sohasidir.
B) - bu 3D bosmaning sanoat qo'llanilishi bo'lib, u qo'shish yo'li bilan buyumlar tayyorlashni anglatadi. Additiv ishlab chiqarishning mohiyati xom ashyo ketma-ket qatlamma-qatlam qo'llaniladi, shuning uchun u kerakli darajadan ko'p yoki kam bo'lmagan miqdorda iste'mol qiladi.
C) - bu kompyuter yaratgan axborot makoni ichida mavjud bo'lgan va mazmunli matnlarni, grafik va video materiallarni va ovozli dizaynni o'z ichiga olgan axborot muhitidir.
D) - bu inson harakatlarini taqlid qiladigan yoki yaxshilaydigan kompyuter tomonidan boshqariladigan elektromexanik yoki virtual (maslahatchilar) qurilmalar.

  1. Industriya 4.0 ning xususiyatlari nimalardan iborat?

A) - ishlb chiqarish jarayonining barcha tarkibiy qismlarining ishida insonning aralashuvini borgan sari kamaytirgan holda, myayyan maqsadni amalga oshirish uchun boshqa tizim va odamlar bilan o'zaro faoliyat yuritishdan iboratdir.
B) - kompaniyalarga an'anaviy sanoat modellarida kam uchragan, masalan mijozlarning istaklariga qarab, buyurtmalarga individual yondashish kabi afzalliklarga ega bo'lishga yordam beradi.
C) - u tufayli biznes modellar o'zgaradi, yangi kompaniyalar paydo bo'ladi, yangi inqilobchilar safiga kirishga ulgurmagan, ko'p yillik tarixga ega jahonga mashhur brendlar kasodga uchrab, yo'q bo'lib ketishi mumkin.
D) Barcha javoblar to'g'ri

  1. Aniq dehqonchilik texnologiyasi qanday ish bosqichlarini o'z ichiga oladi?

A) dalalarning elektron xaritasini yaratish; maydon hajmi, hosildorlik, agrokimyoviy va agrofizik xususiyatlari, o'simliklarning rivojlanish darajasi va boshqalar bo'yicha dalalar ma'lumotlar bazasini shakllantirish;
B) amaliy dasturlardan foydalangan holda tahlillarni o'tkazish va echimlarni ishlab chiqish bo'yicha tavsiyalar berish;
C) differentsiyalangan qishloq xo'jaligi operatsiyalari uchun qishloq xo'jaligi bo'linmalaridagi qurilmalarda qabul qilingan qarorlarga muvofiq buyruqlarni yuklash.
D) Barcha javoblar to'g'ri

  1. Raqamli logistikaning eng so'nggi trendlari to'g'ri ko'rsatilgan javobni belgilang.

A) qog'oz hujjatlarni elektron hujjatga almashtirish, uchuvchisiz havo vositalaridan foydalanish, buyumlar internetidan foydalanish, katta ma'lumotlar texnologiyasini qo'llash, 3D bosma, robotlashtirilgan omborxonalar.
B) Sun'iy navigatsiya tizimi, sensorlar (datchiklar), bort kompyuteri, axborot tizimi.
C) Katta ma'lumotlar bazasi, robot omborxona, GPS tizimlari, dronlar.
D) To'g'ri javob berilmagan

  1. Internet do'konlarning o'ziga xos xususiyati ko'rsatilgan javobni belgilang.

A) Ularning faoliyati samaradorligi joylashgan joyiga bog'liq emas.
B) Internet do'konlar bir paytning o'zida an'anaviy do'kon bo'lishini taqazo etadi.
C) Geografik segmentining chegaralanganligi.
D) To'g'ri javob berilmagan

  1. Moliyaviy texnologiyalar to'g'ri keltirilgan javobni belgilang.

A) kraudfanding xizmatlari, o'zaro qarz berish platformalari, onlayn-bank, raqamli valyutalar, mobil hamyonlar, forex, raqamli ma'lumotlar almashinuvi platformalari, yuqori chastotali savdo, elektron tijorat, roboedvayzerlar.
B) blokcheyn, kriptovalyutalar, bitkoin, ethereum, internet-banking.
C) Sun'iy intellekt, buyumlar interneti, katta ma'lumotlar bazasi.
D) katta ma'lumotlar bazasi.

  1. Kompyuter texnikasi vositalaridan foydalanib sodir etiladigan jinoyatlar qanday jinoyat hisoblanadi?

A) Kiber Jinoyat
B) Jamoaviy jinoyat
C) Kiber xavfsizlik
D) Barcha javob to’g’ri

  1. Kriptogramma nima?

A) Kalit so’z
B) Belgilarning tasodifiyga o’xshagan ketma-ketligi
C) Ma’lumotlar bazasiga kirishga imkon beruvchi kalit so’z
D) Kodlangan ma’lumotlarni o’qish imkonini beruvchi algoritm

  1. Shifrlashning almashtirish usulining mohiyati nimadan iborat?

A) dastlabki informatsiya simvollariga mos keluvchi raqam kodlarining ketma-ketligigamma deb ataluvchi qandaydir simvollar ketma-ketligiga mos keluvchi kodlar ketma-ketligi bilan ketma-ket jamlanadi
B) dastlabki informatsiyaning Вk = (bj) vector ko’rinishida berilgan k – blokini shifrlash А = (аij) matritsa kalitni Bk vektorga ko’paytirish orqali amalga oshiriladi.
C) – bir alfavitda yozilgan information simvollarni boshqa alfavit simvollari bilan ma’lum bit qoida bo’yicha almashtirishdan iboratdir.
D) - dastlabki matn belgilangan uzunlikdagi bloklarga ajratilib, har bir blok ichidagi simvollar o’rni ma’lum algoritm bo’yicha almashtiriladi.

  1. Elektron hukumat qaysi asosiy modullardan (tizimlardan) iborat?

A) G2C, G2B, G2G
B) G2C, C2C,
C) C2C, C2B
D) B2B, B2C

  1. Ma’lumotlardan foydalanishning nazorati nima?

A) informatsiyadan hamma birdek foydalana olishi
B) informatsiyadan faqat yoshi kattalar foydalana olishi
C) informatsiyadan faqatgina ruxsat berilgan insonlar foydalana olishi
D) davlat organlarigina foydalana olishi

  1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-5635-sonli “O‘zbekiston Respublikasi davlat boshqaruviga raqamli iqtisodiyot, elektron hukumat hamda axborot tizimlarini joriy etish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni qachon qabul qilingan?

A) 2017 yil 17 mayda
B) 2021 yil 23 aprelda
C) 2019 yil 12 sentiyabrda
D) 2019 yil 17 yanvarda

  1. O’zbekistonda qo’llab kelinayotgan elektron hukumat portali qaysi davlatdan andoza sifatida olingan?

A) Koreya
B) AQSH
C) Germaniya
D) Bangladesh

  1. “Raqamli AKT va elektron qurilmalardan foydalangan holda mijozlar va biznes-hamkorlar bilan o'zaro aloqalarni ta'minlovchi marketingdir” Ushbu ta’rif qaysi marketing turiga oid?

A) Elektron marketing (e-marketing)
B) Biznes marketing
C) Xalqaro marketing
D) Sun’iy marketing

  1. Elektron tijorat nima?

A) - elektron savdo kanallari, ya'ni mahsulotlarni (tovarlar va xizmatlarni) oxirgi iste'molchilarga sotish uchun mo'ljallangan chakana elektron savdo tarmoqlari orqali iste'mol tovarlari va xizmatlarini taqdim etish faoliyatidir.
B) - bu kontragentlar o'rtasidagi an'anaviy hujjat almashinuvi o'rnini bosuvchi ma'lumot almashishning global modelidir.
C) - naqd pulsiz hisob-kitoblarni amalga oshirish, elektron almashinuv yoki bir hisobdan boshqasiga pul o'tkazish, pul tranzaksiyalarini va ular bilan bog'liq ma'lumotlarni qayta ishlaydigan serverlar o'rtasida ma'lumotlar almashishdir.
D) - Internet orqali savdo amaliyotlari va bitimlarini amalga oshirish, ular orqali tovarlarni sotib olish (sotish), shuningdek ularni to'lash amalga oshirish jarayonidir.

  1. Aqlli energiya tarmog'i nima?

A) bu tizimning barcha ob'ektlari va oraliq tarmoq elementlaridan olingan ma'lumotlarga asoslanib, mavjud bo'lgan barcha energiyani iste'molchilar o'rtasida to'g'ri taqsimlash imkonini beradigan, shu bilan birga kuchlanish va chastotalarni baholash nuqtai nazaridan elektr tarmog'ining barqarorligini ta'minlaydigan avtomatlashtirilgan dasturiy ta'minot to'plamidir.
B) bu buyumlar interneti omillarini energiya sohasiga tatbiq etishdir.
C) bu haqiqiy dunyo holatidagi o'zgarishlarni sezish uchun o'zaro ta'sir o'tkazadigan hisoblash va samarali integratsiyalashgan jismoniy komponentlarni o'z ichiga olgan aqlli tizimlardir.
D) bu foydalanuvchiga kompyuter resurslari va tarmoq quvvatlari (imkoniyatlari)ni internet xizmati sifatida taqdim etadigan ma'lumotlarni qayta ishlashning taqsimlangan jarayonlaridir

  1. Kiber-fizik tizimlar (CPS)ning mohiyati nimalardan iborat?

A) - ular real ishlab chiqarish jarayonlarini yoki real vaqt rejimida doimiy boshqarishni amaliy amalga oshirishni talab qiladigan boshqa jarayonlarni (masalan, elektr energiyasining uzatilishi va taqsimlanishini boshqarish) dasturiy elektron tizimlar bilan bog'laydi.
B) - ishlab chiqarish jarayonining barcha tarkibiy qismlarining ishida insonning aralashuvini borgan sari kamaytirgan holda, myayyan maqsadni amalga oshirish uchun boshqa tizim va odamlar bilan o'zaro faoliyat yuritishdan iboratdir.
C) - ishlab chiqarishga dasturiy ta'minotlarni taqbiq etish orqali inson mehnatini eng osonlashtiradi.
D) To'g'ri javob berilmagan.

  1. Robototexnika bozorining yetakchisi qaysi davlat hisoblanadi?

A) Xitoy
B) Yaponiya
C) AQSh
D) Janubiy Koreya

  1. Kriptovalyutalar nimasi bilan jozibador?

A) ishonchli, foydalanish qulay, tranzaksiya xarajatlari minimalligi
B) ochiq dasturiy kod; tashqi tartibra solish yo'qligi
C) naqd ko'rinishda mavjud emasligi
D) moddiy ta'minotga ega emasligi, balki ijtimoiy shartnoma shakli ekanligi

JAVOBLAR VARAG’I





1

2

3

4

5

6

7

8

9

10

11

12

13

Javob








































Natija













































14

15

16

17

18

19

20

21

22

23

24

25

Javob





































Natija





































__________ ___________________________________________ _________
Guruh F.I.Sh. Imzo

___________________________ ___________


to`g`ri javoblar soni ball

Tuzuvchi: Xurramov R.A.




Kafedra mudiri: I.f.f.d. Buranova L.V.
Download 31.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling