Termiz davlat universiteti iqtisodiyot va turizm fakulteti «iqtisodiyot va menejment» kafedrasi


Download 1.16 Mb.
Sana11.12.2020
Hajmi1.16 Mb.
#164506
Bog'liq
Амалиёт дастури 1-курс2020


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI


TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI
IQTISODIYOT VA TURIZM FAKULTETI
«IQTISODIYOT VA MENEJMENT» KAFEDRASI

5230100 - «Iqtisodiyot» (tarmaoqlar va sohalar bo’yicha) ta’lim yo’nalishi 1-kurs talabalari uchun tanishuv malaka amaliyoti



DASTUR VA USLUBIY KO’RSATMA


Termiz -2020 y.


Uslubiy ko’rsatma “Iqtisodiyot va menejment ” kafedrasining 2020 yil 26-avgustdagi № 1-sonli yig’ilishida muhokamadan o’tgan va fakultet kengashida muhokama qilish uchun tavsiya etilgan.
Kafedra mudiri: ____________PhD T.A. Mamadjanova
Uslubiy ko’rsatma Iqtisodiyot va turizm fakulteti Kengashining 2020 yil 27avgustdagi №1 - sonli majlisida muhokamadan o’tgan va universiteti o’quv-uslubiy Kengashida muhokama qilish uchun tavsiya etilgan.

Fakultet Kengashi raisi:_____________ Z.O. Samadov

Ushbu uslubiy ko’rsatma Termiz davlat universitet “Iqtisodiyot va turizm” fakulteti “Iqtisodiyot va menejment” kafedrasida tayyorlandi.


Tuzuvchilar: T.A.Mamadjanova

T.D.Mamatkulov
Taqrizchi: A.Q.Mirzayev

© Termiz davlat universiteti 2020 y.



KIRISH
Mazkur dastur va uslubiy ko’rsatma “Ta’lim to’g’risida”gi qonun hamda Kadrlar tayyorlash milliy dasturi talablaridan kelib chiqqan holda 5230100–“Iqtisodiyot” (makroiqtisodiyot) ta’lim yo’nalishi Davlat ta’lim standartiga hamda “O’zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari talabalarining malakaviy amaliyoti haqidagi Nizom”ga (OO’MTV 1998 yil 30 oktyabr 305-sonli buyruq bilan tasdiqlangan), O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2011 yil 16 sentyabrdagi №387-sonli buyrug’iga asosan ishlab chiqildi.

Bugungi kunda zamon talablariga javob bera oladigan mutaxassis kadrlarni tayyorlash, Davlat ta’lim standartlari asosida ta’lim berish va uning barcha tarkibiy tuzilmalarini takomillashtirib borib, nazariy bilimlarni amaliyot bilan bog’lashdek dolzarb masalalardan biridir.

Mutaxassislik fanlar bo’yicha bilimlar majmuasini o’zlashtirgan, nazariy va amaliy mashg’ulotlar uzviyligida malaka hamda ko’nikmalarni mukammal shakllantirishda, yetuk kadr bo’lib etishishda tanishuv amaliyotining o’rni beqiyos hisoblanadi. Shu bilan birga, yosh iqtisodchi - mutaxassislarni real ishlab chiqarish sharoitlariga tayyorlash eng muhim shartlardan biri hisoblanadi. Mazkur dastur va uslubiy ko’rsatma iqtisodiyotni modernizatsiyalash va diversifikatsiyalash sharoitida “Iqtisodiyot” (makroiqtisodiyot) ta’lim yo’nalishi bo’yicha 2-kurs talabalari tanishuv amaliyotini tashkil etishning asosi hisoblanadi.

Tanishuv amaliyotini o`tash talabada nazariy bilimlarni yanada mukammal darajada amaliyot bilan bog’lashga hamda kelgusida ilmiy tadqiqot ishlari bo’yicha ma’lumotlarni to’plab, tayyorlab borish imkoniyat yaratib, yoshlarni yetuk kadr hamda o’z sohasining mukammal mutaxassisi bo’lishga olib keladi.



I.Umumiy qoidalar
Ushbu dastur va uslubiy ko’rsatma O’zbekiston Respublikasi “Ta’lim to’g’risida” gi qonuni va Kadrlar tayyorlash milliy dasturi talablaridan kelib chiqqan holda O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 1998 yil 30 oktyabrdagi 305-sonli buyrug’i bilan tasdiqlangan “O’zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim muassasalari talabalarining tanishuv amaliyoti haqida Nizom” bilan birgalikda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlar tugrisida”gi PQ-3151-son qarori, O’zbekiston Respublikasi Bosh vazirining 2017 yil 29 iyuldagi 07/1-1786-son topshirig’i, Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2017 yil 1 avgustdagi 527-sonli buyrug’iga asosan asosan ishlab chiqilgan bo’lib, Termiz davlat universitetida “Iqtisodiyot” (makroiqtisodiyot) talim yo’nalishi bo’yicha tahsil olayotgan 1-kurs talabalariga tanishuv malaka amaliyoti uchun tavsiya etiladi.

Termiz davlat universiteti rektorining “Tanishuv amaliyotiga chiqarish to’g’risida”gi buyrug’iga asosan tayinlangan rahbarlar ya’ni, “Iqtisodiyot va menejment” kafedrasi professor-o’qituvchilari olib boradilar. Bunda umumiy rahbarlik “Iqtisodiyot va menejment” kafedrasi mudiri zimmasiga yuklatiladi. Amaliyot joyida tanishuv amaliyoti rahbarlari bo’lib korxona, tashkilot va muassasalar rahbarlarining buyrug’lari asosida tayinlangan yetakchi mutaxassislar, bo’lim boshliqlari bo’lishi mumkin.



Tanishuv malaka amaliyotining bosh maqsadi

5230100 – “Iqtisodiyot” (tarmoqlar va sohalar bo’yicha) ta’lim yo’nalishi talabalari tanishuv malaka amaliyotining bosh maqsadi oliy ta’lim jarayonida nazariya va amaliyot yaxlitligini ta’minlash, talabalarning tanishuv amaliyotlarini ishlab chiqarish korxonalarida o’tkazishni samarali tashkil etish natijasida Respublikamiz hududlarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish uchun zamon talablariga javob beradigan yuqori malakali kadrlarni zaruriy ixtisosliklari bo’yicha iqtisodiyot sohalari va tarmoqlari ehtiyojidan kelib chiqqan holda tayyorlash, oliy ta’lim mazmunini bevosita korxonalar, muassasalardagi texnika, texnologiya va ishlab chiqarish munosabatlariga hamda istiqbolli rivojlanish dasturlariga muvofiq shakllantirish bilan birga mutaxassisligi bo’yicha mustaqil ish ko’nikmalarini hosil etishdan iboratdir.



Tanishuv malaka amaliyotining asosiy vazifalari:

Talabalar tanishuv malaka amaliyotining asosiy maqsadiga erishish uchun qo’yidagi vazifalarni bajarishlari shart:



  1. Termiz davlat universiteti “Iqtisodiyot” (makroiqtisodiyot) yo’nalishi o’quv jarayonida olgan nazariy-kasbiy bilimlari va ko’nikmalarini amaliy kasb faoliyatida chuqurlashtirish;

  2. Amaliyot bo’yicha bilim, tashkiliy ko’nikmalarini hosil qilib dastur rejasiga amal etish;

  3. Talabalarning amaliyotdagi ish sifatini doimiy takomillashtirib mutaxassislikka ega bo’lish;

  4. “Iqtisodchi” mutaxassisligi kasb etikasi tartiblari manfaatlaridan kelib chiqqan holda muammoli masalalar va vaziyatlarni yechishni o’rganish;

  5. Tanishuv amaliyoti bo’yicha zaruriy ma’lumotlarni, hujjatlarni yig’ish va qayta ishlash;

  6. Talabalar tanishuv amaliyoti bo’yicha hisobot yozishda, ilmiy-tadqiqot ishlaridan foydalanishi mumkin bo’lgan tekshiruv tahliliy materiallari yuzasidan o’z fikrlarini berish;

  7. Amaliyot davomida olgan bilimlarini nazariy bilimlari bilan solishtirib, amaliyot ob’ekti iqtisodiyotini takomillashtirish bo’yicha mustaqil ravishda takliflar berish;

  8. Foydalanilgan va qo’llanilgan adabiyotlar ro’yxatini tuzish;

  9. Amaliyotni o’tagan ob’ekt tomonidan tayinlangan rahbar va ilmiy rahbaridan taqriz va tavsifnomalar olish;

  10. Tanishuv amaliyoti bo’yicha dastlabki ma’lumotlarni jamlash, fikrlash va xulosalar yozishdan iboratdir.


Tanishuv amaliyotining muddati
5230100 - Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo’yicha) ta’lim yo’nalishi talabalari tanishuv amaliyoti o’quv rejaga asosan 1 kurs 2-semestrida 2 hafta bo’lib, haftasiga 6 kun, har bir kunda 6 soatdan amaliyot mashqlari, qolgan 3 soatda talaba o’z mustaqil faoliyatini amalga oshirish rejalashtirilgan. Amaliyotning aniq muddatlari Termiz davlat universiteti rektori buyrug’i bilan tasdiqlanadi.
Amaliyotni tashkil etish va o’tash tartibi
5230100-“Iqtisodiyot” (tarmoqlar va sohalar bo’yicha) ta’lim yo’nalishi talabalari tanishuv amaliyotini moddiy va nomoddiy ishlab chiqarish sohalari ob’ektlarida, O’zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, moliya vazirligi, qishloq xo`jaligi vazirligi, suv xo`jaligi vazirligi kabi boshqa muassasalar vazirligining quyi bo’g’inlarida, tadbirkorlikka ko`maklashish markazlarida, tijorat banklarida, soliq idoralarida, fermer xo’jaliklarida, oliy ta’lim va kasb-hunar kollejlarida universitetning yo’llanmasi asosida o’tashi mumkin.

Tanishuv amaliyotini tashkil etish uchun Termiz davlat universiteti bilan korxona, tashkilot va muassasa o’rtasidagi tuzilgan shartnoma asos bo’lib hisoblanadi.

Amaliyotni tashkil etish va o’tash tartibi “Iqtisodiyot va menejment” kafedrasi tomonidan belgilanadi. To’g’ridan-to’g’ri boshqarish esa universitet rektori buyrug’i bilan kafedra tomonidan biriktirilgan amaliyot rahbari amalga oshiradi hamda amaliyotchi tamonidan bajarilgan hisobotga taqriz yozib, uni himoyaga tavsiya etadi.

Universitetdan tayinlangan amaliyot rahbarining majburiyatlari:

Tanishuv amaliyotining maqsad va vazifalaridan kelib chiqqan holda universitet tomonidan biriktirilgan amaliyot rahbari (o’qituvchi)ning majburiyati va vazifalari:



  • amaliyot o’tash joyini aniqlab, shartnoma mavjudligini tasdiqlab, talaba boradigan amaliyot ob’ektiga borish uchun yozma ariza olish;

  • talaba bilan birgalikda amaliyot va hisobot mazmuni uchun shaxsiy reja topshiriqni ishlab chiqishda ko’rsatma berish;

  • Amaliyot ob’ekti tomonidan biriktirilgan amaliyot rahbari bilan birgalikda talaba tomonidan rejalashtirilgan tadbirlarni bajarilishini nazorat qilib boradi;

    • hisobot uchun materiallarni yig’ishda talabaga uslubiy yordam ko’rsatish;

    • amaliyot bo’yicha yakuniy hisobotni yozishda uslubiy yordam berish;

    • amaliyot natijasini tekshirish bo’yicha xulosa berish va baholash;

    • talabaning amaliyot bo’yicha hisobotini tekshirib chiqib, taqriz yozish, uni himoya qilish komissiyasiga taqdim qilish va himoyada ishtirok etish.


Amaliyot ob’ektidan biriktirilgan rahbarning vazifalari

Amaliyot ob’ekti rahbarining buyrug’i bilan amaliyotchi talabaga tajribali mutaxassislar biriktiriladi va rahbarlik qiladi. Amaliyot ob’ektidan biriktirilgan rahbar amaliyotchi talabaning amaliyotga chiqishi to’g’risidagi rektorning buyrug’i, dasturi va rejasi bilan tanishib, ushbu dastur va ko’rsatma asosida ish yuritib, quyidagilarni amalga oshiradi:



  • amaliyot ob’ektiga kirish uchun vaqtinchalik ruxsatnoma hujjatlarini rasmiylashtirish;

  • talabaning amaliyotni o’tashi to’g’risida buyruqni rasmiylashtirish (buyruqdan ko’chirma amaliyot hisobotiga ilova qilinadi);

  • amaliyot ob’ekti xususiyatlarini inobatga olgan holda amaliyot tadbirlari rejasini ishlab chiqish va ularni amalga oshirishda talabaga amaliy yordam ko’rsatish;

  • amaliyotchi talabani qabul qilgan korxona, tashkilot muassasa ichki tartib qoidalari, ish yuritish tartiblari bo’yicha huquqiy-me’yoriy hujjatlar bilan tanishishni tashkil etish;

  • rejalashtirilgan amaliyot chora-tadbirlarini talaba tomonidan bajarilishini tashkil etish va doimiy nazorat qilish;

  • tashkilot va korxonadagi mavjud qonunchilikni tahlil qilishga talabani jalb qilish;

  • talaba tomonidan bajarilgan ishlar natijalarini doimiy nazorat qilish va kelgusi topshiriqlarni aniqlashtirish, kundalik yuritishni nazorat qilish va talaba tomonidan bajarilgan ishlar natijalarini baholab borish;

  • talabaning nazariy va amaliy tayyorgarlik darajasini, uning ishchanligi va psixologik sifatlarini o’rganish;

  • talabada tanlangan mutaxassisligiga bo’lgan hurmatni va berilgan topshiriqlarga bo’lgan javobgarlikni his etishga, ularni mustaqil ish yuritishga yo’naltirish;

  • talabar tomonidan kundalik va amaliyot bo’yicha tayyorlangan hisobotni rasmiylashtirishni nazorat qilish;

  • amaliyot muddati tugagandan so’ng talabaning amaliyoti bo’yicha yozgan hisobotiga taqriz (tavsifnoma) berish.


Talabada amaliyot bo’yicha ishlarini tartibga soluvchi quyidagi me’yoriy- huquqiy hujjatlar bo’lishi shart:

  1. Termiz davlai universiteti rektorining tanishuv amaliyotiga chiqarish to’g’risidagi buyruq`idan nusha;

  2. Universitet tomonidan amaliyot o’tash uchun talabaga berilgan yo’llanma;

  3. Amaliyot bo’yicha dastur va uslubiy ko’rsatma;

  4. Shaxsiy reja (topshiriqnoma);

  5. Amaliyot kundaligi.


Amaliyot o’tishdan avval talaba quyidagilarni bajarishi shart:

  • kafedra tomonidan amaliyot masalalari bo’yicha o’tkaziladigan umumiy majlisga belgilangan vaqtda kelish;

  • dasturga muvofiq amaliyotni o’tash davrida haftaning har shanba kuni kafedraga kelib, amaliyot ishlarining yozilishi bo’yicha hisobot berish;

  • amaliyot rahbaridan amaliyot o’taydigan korxona(tashkilot)ning to’liq rekvizitlari va u yerdagi amaliyot rahbari (F.I.Sh.) ko’rsatilgan yo’llanmani o’z vaqtida olish;

  • amaliyot dasturi topshiriq materiallarni o’rganib chiqish;

  • amaliyot davomida amalga oshiradigan ishlari yuzasidan ilmiy rahbar topshirig’ini olish;

Amaliyot o’tash jarayonida talaba quyidagilarni bajarishi shart:

  • kalendar ish rejasini tuzish;

  • mehnat muhofazasi, texnika xavfsizligi va tashkilotning ichki- tartib qoidalariga qat’iy rioya qilish;

  • kafedra tomonidan biriktirilgan amaliyot rahbari bilan belgilangan muddatlarda bevosita muloqotda bo’lish, tushunmovchiliklar vujudga kelganligi to’g’risida zudlik bilan ushbu tushunmovchilik to’g’risida amaliyot rahbariga xabar berish;

  • amaliyot o’tiladigan tashkilotning ish faoliyatini tashkil etish bo’yicha huquqiy-me’yoriy hujjatlar, ish vaqti, tashkiliy tuzilmasi va ish yuritishlari bilan tanishish;

  • amaliyot dasturida ko’rsatilgan rejali tadbirlarga tayyorgarlik ko’rishda va amalga oshirishda faol qatnashish;

  • amaliyot rahbarining amaliy kasbiy ish tajribalarini oshirishga taaluqli bo’lgan ayrim xizmat topshiriqlarini (ko’rsatmalarini) bajarish;

  • amaliyot ob’ekti bo’yicha ma’lumotlar yig’ish, uni ish jarayonida qo’llash va to’ldirish tartibini o’rganish;

  • tashkilotda belgilangan ish vaqti tartibiga rioya qilish;

  • amaliyot dasturining bajarilishini muntazam ravishda hisobot kundaligini yuritish, hisobotni tuzish uchun materiallar yig’ish.

  • o’z xulosasi va takliflaridan kelib chiqib, tanishuv amaliyoti ob’ekti faoliyati to’g’risidagi umumiy mulohazalarini bayon etish va uni taqdim qilish.

  • dasturga muvofiq har bir mavzu yuzasidan hisobotni me’yoriy hujjatlarga asoslanib, ularni ilova qilgan holda amaliyot rahbaridan taqriz va xulosa olish, to’liq tayyorlangan hisobotni kafedradan ro’yxatdan o’tkazib, himoyaga tayyorgarlik ko’rishdek vazifalar yuklatiladi.

Amaliyot davridagi boshqa holatlar:

  • talaba tomonidan tashkilotning ichki tartib qoidalari va mehnat intizomi buzilganda, tashkilot va universitet tomonidan biriktirilgan rahbarlarning ko’rsatmalari asosida talaba amaliyot o’tashdan chetlashtirilishi mumkin. Bu to’g’risida fakultet dekani va “Iqtisodiyot” kafedrasi mudiriga xabar qilinadi. Ularning tavsiyasiga binoan universitet rektori talabani talabalar safidan chetlashtirish masalasini ko’rib chiqishi mumkin;

  • amaliyot dasturi bajarilmaganda, amaliyot bo’yicha hisobotga salbiy taqriz berilganida yoki hisobotni himoya qilishda qoniqarsiz baholanganda talaba amaliyotni qayta o’tashga jo’natilishi mumkin yoki talabalar safidan rektor buyrug’i bilan chetlashtiriladi.

Amaliyot natijalarini rasmiylashtirish va himoya qilish.

Talabaning tanishuv amaliyotini baholash uchun kafedra tomonidan o’quv jarayoni jadvaliga mos holda belgilangan muddatlarda talaba tomonidan quyidagi to’liq rasmiylashtirilgan hujjatlar ish jildida taqdim etiladi:

Dastur asosida rasmiylashtirilgan amaliyot kundaligi, amaliyot bo’yicha hisoboti, amaliyot o’tgan amaliyot ob’ektidan biriktirilgan rahbar imzosi va muhri bilan tasdiqlanadi.

Rasmiylashtirilgan hisobot «Iqtisodiyot» kafedrasida ro’yxatdan o’tgandan so’ng kafedra mudiri ko’rsatmasi bilan amaliyot bo’yicha amaliyot rahbariga taqriz uchun beriladi.

Amaliyot hisobotiga quyidagi hujjatlar ham ilova etiladi:


  • Talabaning amaliyot o’tashi bo’yicha tashkilot va muassasa buyrug’idan ko’chirma;

  • Amaliyot o’tagan korxonadan biriktirilgan amaliyot rahbari tomonidan talabaga berilgan va tashkilot muhri bilan tasdiqlangan tavsifnoma;

  • Kafedra tomonidan biriktirilgan rahbarning bergan ijobiy taqrizi bilan birgalikda amaliyot bo’yicha hisoboti (matni, ilovalar, hujjatlar nusxalari);

Amaliyot bo’yicha hisobot «Iqtisodiyot va menejment» kafedrasi tomonidan tashkil etilgan maxsus komissiyaga himoya uchun taqdim etiladi.


Amaliyot bo’yicha hisobotda quyidagilar aks ettiriladi:

Kirish:



        1. Amaliyot maqsadi, joyi va muddatlari;

        2. Amaliyot ob’ektining tashkil etilishi, rivojlanishi va hozirgi holati;

        3. Amaliyot o’tashning bosqichlari, amaliyot jarayonida bajariladigan ishlar ro’yxati.

Asosiy qism:

  1. Amaliyot jarayonida ishning tashkil etilishi tavsifi;

  2. Dastur bo’limlari bo’yicha bajarilgan ishlarning umumiy tavsifi;

  3. Tanishuv amaliyoti jarayonida talaba tomonidan yechilgan amaliy

  4. masalalarning umumiy tavsifi;

  5. Talaba tomonidan o’rganilgan murakkab vaziyatlarning tahlili;

  6. Amaliyot jarayonida aniqlangan amaliyot ob’ektining rivojlanishiga to’siqlik qilayotgan muammolar;

  7. Amaliyot joyida berilgan topshiriqlar va ko’rsatmalarniig qisqacha tavsifi.

  8. Xulosa va takliflar:

Tanishuv amaliyotini yoritish tartibi

Amaliyot bo’yicha hisobot standart A4 o’lchamdagi oq varaqda qo’lyozma yoki kompyuterda bosmadan chiqqan holatda rasmiylashtiriladi (shrift 14-12 punktda, 1,5 interval, varaq o’lchamlari tepadan va pastdan 2-2,5 sm, chap tomondan 3 sm va o’ng tomondan 1,0-1,5 sm). Hisobot hajmi (ilovalarsiz) 25-30 varaqni tashkil etishi kerak. Hisobotda rejada ko’rsatilgan bo’limlar bo’yicha barcha savollarga javoblar o’z aksini topgan bo’lishi shart.

Hisobot matnida so’zlarni qisqartirilgan holda yozish qatiyan man etiladi. Yozilgan matnning oxirida (xulosadan so’ng) muallif imzosi va ishni yakunlagan sana ko’rsatilishi zarur.

Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati

Adabiyotlar ro’yxatida o’rganilgan masalalar bo’yicha qonuniy, me’yoriy-huquqiy hujjatlar, o’quv-uslubiy qo’llanmalar, monografiyalar, jurnal va gazetalardagi maqolalar, internet ma’lumotlari to’liq ko’rsatiladi. Adabiyotlar ro’yxatida mualliflarning alfavit bo’yicha nomi, bosmaxona, chop etilgan yili va sahifasi ko’rsatilishi shart. Jurnal va gazeta maqolalari ham alfavit bo’yicha maqola muallifi, maqola nomi, jurnal yoki gazeta nomi, yili, soni va sahifasi ko’rsatiladi.

Ilovalarda amaliyot ob’ekti yoki amaliyot ob’ektining ma’lumotlarini tasdiqlovchi hujjatlar nusxasi (kseronusxasi); amaliyot ob’ekti Nizomi, yillik hisobotlari, hujjatlar blankalari va boshqalar bo’lishi shart. Hisobotga ilova qilingan hujjatlar ketma- ketlikda raqamlanadi va yuqori o’ng tomonga «Ilovalar» deb yoziladi.

Hisobot himoyasi


  • Tanishuv amaliyoti hisoboti himoyasi paytida talaba amaliyot davrida amalga oshirilgan ishlari to’g’risida, xulosa va takliflarini; hisobot materiallari tarkibini; u tomonidan qabul qilingan xulosalarni va uning samaradorligini qisqacha tushuntirib, slaydlar asosida yoritib beradi va hisobot bo’yicha qo’shimcha savollarga javob beradi.

  • Ma’ruza uchun 10-15 daqiqa vaqt ajratiladi, talabaning bajargan ishlariga, og’zaki javobiga, xulosa va takliflariga komissiya tomonidan baho beriladi.

Ma’ruzachiga baho berishda talaba tomonidan rasmiylashtirilgan hisobot tarkibi va mazmuni, amaliyot rahbari va tashkilot tomonidan biriktirilgan rahbarning xulosasi, kundalik va boshqa hujjatlarning to’g’ri rasmiylashtirilishi hisobga olinib, har bir komissiya a’zosi o’z bahosini qo’ygandan keyin komissiya raisi tomonidan baholar umumlashtirilib, yakuniy baho e’lon qilinadi.

Amaliyot natijalari bo’yicha baho qaydnomaga va talaba reyting daftarchasiga qo’yiladi. Amaliyot bo’yicha dastur bajarilmasa hamda talaba tomonidan hisobot himoya qilinmasa talaba rektor buyrug’iga asosan talabalar safidan chetlashtiriladi.



Talabaning tanishuv malaka amaliyoti mazmuni.

Tanishuv amaliyotining nazariy asosi bo’lib, 5230100 – “Iqtisodiyot” (tarmoqlar va sohalar bo’yicha) ta’lim yo’nalishi bo’yicha o’quv jarayoni davomida talaba tomonidan o’rganilgan quyidagi tayanch fanlari “Iqtisodiyot nazariyasi”, “Biznes rejalashtirish”, “Bozor iqtisodiyoti va biznes asoslari” va boshqa ishchi o’quv rejasida ko’rsatilgan fanlar hisoblanadi.


I. Barcha tarmoqlardagi va mulk shakllaridagi korxonalar, tashkilotlar va muassasalarda tanishuv amaliyotini o’tash bo’yicha dastur



Amaliyot mazmuni

Muddati kunlarda

1

Amaliyot ob’ektining tashkiliy tuzilmasi, mulk shakli, yuqori tuzilmasi.




2

Amaliyot ob’ektida ishlab chiqarayotgan mahsulot, ko’rsatayotgan xizmat hajmi, tarkibi va tuzilmasi bilan tanishish.




3

Amaliyot ob’ektida ish yuritish hujjatlari harakati bilan tanishish




4

Amaliyot ob’ektini rejalashtirish va uni tuzish jarayoni bilan tanishish




5

Amaliyot ob’ektida mahsulot ishlab chiqarish(xizmat ko`rsatish) tannarxi kalkulyatsiyasi va uning o’ziga xos xususiyatlari




6

Amaliyot ob’ektida buxgalteriya hisobi va hisobotini yuritish tartibi bilan tanishish.




7

Amaliyot ob’ektida mehnatga haq to’lash tizimi va tartibi bilan tanishish.




8

Amaliyot ob’ektining davlat soliq organlari va byudjet tashkilotlari bilan munosabatlari bilan tanishish.




9

Amaliyot ob’ektining tijorat banklari bilan munosabatlari bilan tanishish.




10

Amaliyot ob’ektining moliyaviy natijalari bilan tanishish.




11

Amaliyot ob’ektining moliyaviy resurslari tarkibi va tuzulmasi.




12

Amaliyot ob’ektida aylanma mablag’lar tarkibiva foydalanish jarayoni bilan tanishish.




13

Tanishuv amaliyoti hisobotini tayyorlash va rahbarlardan taqrizlar olib, uni kafedraga topshirish




Hammasi:




TANISHUV MALAKA AMALIYOTINI O’TASH BO’YICHA KENGAYTIRILGAN DASTURI

1- mavzu: Amaliyot ob’ektining tashkiliy tuzilmasi, mulk shakli, yuqori tuzilmasi.

Amaliyot ob’ektining tashkil topishi. Amaliyot ob’ekti Nizomi, ta’sischilari, manzili, bankdagi hisob raqami, hozirgi kundagi xodimlar soni. Amaliyot ob’ekti tuzilmasi va uni belgilovchi omillar. Amaliyot ob’ektining davlat tomonidan ro’yxatga olinishi va unga modernizatsiyalash sharoitida belgilangan imtiyozlar. Boshqaruvning tashkiliy tuzilmalari va funktsiyalari.



2-mavzu: Amaliyot ob’ektida ishlab chiqarayotgan mahsulot, ko’rsatayotgan xizmat hajmi, tarkibi va tuzilmasi bilan tanishish.

Amaliyot ob’ektining mulk shakli, boshqaruv usuli, O’zbekiston Respublikasining “Korxonalar tug’risida”gi qonun, undagi o’zgarishlar. Korxona faoliyatiga ta’aluqli normativ - me’yoriy hujjatlar. Korxona to’g’risidagi qonunchilikning takomillashuvi. Korxonada ish yuritish holati. Korxona tarkibi, bo’limlari vazifalari. Korxona ishlab chiqaradigan mahsulot turlari, assortimenti, korxonaning assortiment siyosati, ishlab chiqarilgan mahsulot hajmi, marketing siyosati.



3-mavzu: Amaliyot ob’ektida ish yuritish hujjatlari harakati bilan tanishish.

Vazirlik, idora va mahalliy hokimiyatlan kelgan topshiriqlar va ularning ijrosi, o’zaro hamkor korxona va tashkilotlardan kelgan xatlar, ularning ijrosi, buyruqlar va ularning rasmiylashtirilishi

Mavzuga oid hujjatlardan namunalar hisobotga ilova qilinadi.


4-mavzu: Amaliyot ob’ektini rejalashtirish va uni tuzish jarayoni bilan tanishish

Amaliyot ob’ekti biznes-rejasi mazmuni, mohiyati, tarkibiy qismlari. Korxona boshqaruvida rejalashtirish jarayonlari va rejaning bajarilishi nazorati, monitoring va unga o’zgartirishlar kiritish tartibi. Istiqbolli rejalari va ularning amalga oshirilishi.

Mavzuga oid hujjatlardan namunalar hisobotga ilova qilinadi.

5-mavzu: Amaliyot ob’ektida mahsulot ishlab chiqarish(xizmat ko`rsatish) tannarxi kalkulyatsiyasi va uning o’ziga xos xususiyatlari

Korxonada ishlab chiqariladigan mahsulot turlari bo’yicha kalkulyatsiyani hisoblash tartibi, mahsulot tannarxi strukturasi, iqtisodiyotni modernizatsiyalash va diversifakitsiyalash sharoitida amaliyot ob’ektida mahsulot tannarxini pasaytirish bo’yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar.

Mavzuga oid hujjatlardan namunalar hisobotga ilova qilinadi.
6-mavzu: Amaliyot ob’ektida buxgalteriya hisobi va hisobotini yuritish tartibi bilan tanishish

Korxonada buxgalteriya hisobi ma’zmuni, tuzilishi. Korxonada buxgalteriya hisobini yuritish tartibi. Xo’jalik jarayonlarini buxgalteriya schetlarida aks ettirish, hisobga olish tartibi va uning tahlili. Hisobotlarni tahlil qilish, ishlab chiqarish hujjatlarini rasmiylashtirish tartibi va muddatlari. Mahsulotlar, yarim tayyor mahsulotlar, ombordagi mahsulotlar hisobi. Korxona ob’ektida inventarizatsiya o’tkazish tartibi va amalga oshirish jarayoni.

Korxonada audit tekshiruvini tashkil etish, tayyorlash, o’tkazish tartibi.

7-mavzu: Amaliyot ob’ektida mehnatga haq to’lash tizimi va tartibi bilan tanishish.

Kadrlar tarkibi, strukturasi, kadrlar qo’nimsizligi. Ish haqqi to’lash tartiblari. Vaqtbay ish haqi, ishbay ish haqi, moddiy rag’batlantirish moddiy yordam berish tartiblari.

Mavzuga oid hujjatlardan namunalar hisobotga ilova qilinadi.

8-mavzu: Amaliyot ob’ektining davlat soliq organlari va byudjet tashkilotlari bilan munosabatlari bilan tanishish.

Korxona to’laydigan soliq turlari. Belgilangan soliq turlari, to’lash tartibi va ular bo’yicha hisobotlarni rasmiylashtirish. Korxonaning byudjet tashkilotlari bilan aloqasi va ular bilan o’zaro hisob-kitoblar.

Mavzuga oid hujjatlardan namunalar hisobotga ilova qilinadi.

9-mavzu: Amaliyot ob’ektining tijorat banklari bilan munosabatlari bilan tanishish.

Tijorat banklarida hisob raqamlari ochish tartibi. Korxonada tijorat banklari pul o’tkazmalarini amalga oshirish va ular bilan o’zaro hisob-kitoblarni amalga oshirish tartibi.

Mavzuga oid hujjatlardan namunalar hisobotga ilova qilinadi.

10-mavzu: Amaliyot ob’ektining moliyaviy natijalari bilan tanishish.

Korxonaning moliyaviy natijalari, balansi mohiyati, tuzilishi. Aktiv qismining tuzilishi va tasnifi. Passiv qismining tuzilishi va tasnifi. Korxona foydasi mazmuni klassifekatsiyasi va turlari. Foyda normasi. Foydaga ta’sir etuvchi omillar. Foydani rejalashtirish. Foydani taqsimlash tartibi.

Mavzuga oid hujjatlardan namunalar hisobotga ilova qilinadi.

11- mavzu: Amaliyot ob’ektining moliyaviy resurslari tarkibi va tuzulmasi.

Asosiy ishlab chiqarish va noishlab chiqarish fondlari mazmuni va mohiyati. Korxonaning asosiy fondlari tarkibi. Asosiy fondlarni baholash (boshlang’ich qiymat bo’yicha, tiklanish qiymati bo’yicha, qoldiq qiymati bo’yicha). Asosiy vositalar aktiv qismining umumiy aktivlardagi ulushi, eskirish koeffitsienti, yangilanish koeffitsienti, yaroqlilik koeffitsienti hamda ularni hisobdan chiqarish tartibi.


12-mavzu: Amaliyot ob’ektida aylanma mablag’lar tarkibiva foydalanish jarayoni bilan tanishish.

Korxonada aylanma mablag’larning mazmuni, turlari, shakllanish manbai, harakati. Aylanma ishlab chiqarish fondlari, muomala fondlari, o’z mablag’lalari, qarzga, kreditga olingan mablag’lari va boshqa aylanma mablag’lar holati tahlili.


II. Tijorat banklari bo’limlarida tanishuv amaliyotini o’tash bo’yicha dastur




Mavzular nomi

Muddati kunlarda

1

Tijorat banki faoliyatining umumiy tavsifi va tuzilmasi bilan tanishish.




2

Yuridik shaxslarni kreditlash jarayoni bilan tanishish.




3

Jismoniy shaxslarni kreditlash jarayoni bilan tanishish.




4

Bankda naqd pulsiz hisob kitob operatsiyalarni yuritish tartibi bilan tanishish.




5

Tijorat bankida kassa operatsiyalarini yuritish jarayoni va tartibi bilan tanishish.




6

Tijorat bankining valyuta operatsiyalari yuritish jarayoni bilan tanishish.




7

Banklarda buxgalteriya hisobi va hisobotini yuritish jarayoni bilan tanishish.




8

Bankning depozit va qimmatli qog’ozlar operatsiyalari tanishish.




9

Bankning pul muomalasini tashkil etish tartibi bilan tanishish.




Jami:





TANISHUV AMALIYOTINI O’TASH BO’YICHA KENGAYTIRILGAN DASTURI

1-mavzu: Tijorat banki faoliyatining umumiy tavsifi va tuzilmasi bilan tanishish.

Ushbu mavzu bo’yicha amaliyotchi o’zi amaliyot o’tayotgan tijorat bankining tashkil yetilish tarixi, bank faoliyatining asosiy yo’nalishlari, iqtisodiyotni barqarorlashtirishda bankning vazifalari kabi masalalarni o’rganadi. Shuningdek, bank boshqaruvining tashkiliy strukturasi, bank filialining tarkibiy tuzilishi, mazkur bank bajaradigan asosiy operatsiyalar turlari, mijozlarga xizmat ko’rsatish sifati kabi bankning umumiy ko’rsatkichlariga tavsif beradi.



2-mavzu: Yuridik shaxslarni kreditlash jarayoni bilan tanishish

Bankning kredit siyosati, xo’jalik sub’ektlarini kreditlashning asosiy yo’nalishlari va kreditlash jarayonini ko’rib chiqadi. Bunda alohida yuridik shaxs misolida uning kredit so’rab murojaat qilishdan kredit va foizlar summasining qaytarilishigacha bo’lgan davrdagi faoliyati bilan tanishadi (ma’lumotlar haqqoniy (fakt) bo’lish shart yemas). Tahlil jarayonida mijozning kreditga layoqatliligi ko’rsatkichlarini aniqlash, kreditning ta’minot jarayoni, masalaning kredit qo’mitasida ko’rilishi, kredit shartnomasining turlari, kreditdan maqsadli foydalanishni nazorat qilish tartibi bilan tanishadi.

Mavzuga oid hujjatlardan namunalar hisobotga ilova qilinadi.

3-mavzu: Jismoniy shaxslarni kreditlash jarayoni bilan tanishish.

Ushbu mavzu bo’yicha talaba yuridik shaxs bo’lmasdan faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar va dehqon xo’jaliklarini, shuningdek fuqarolarni kreditlash jarayonini ko’rib chiqadi. Hozirgi vaqtda tijorat banklari tomonidan berilayotga kredit turlari: ipoteka krediti, iste’mol krediti, ish o’rni yaratish maqsadida beriladigan imtiyozli kredit va bank plastik kartochkasi orqali beriladigan overdraft kreditlarini alohida-alohida ko’rib chiqadi. Mijoz tomonidan kredit so’rab murojaat qilish, kreditning asoslanganligi, kreditning ta’minoti, bevosita kredit berish jarayoni, hisob-kitoblarning yuritilishi, kreditdan maqsadli foydalanish nazorati, foizlar va kredit summasining qaytarilishi kabi ko’rsatkichlar ixtiyoriy bir mijoz misolida tanishadi.

Mavzuga oid hujjatlardan namunalar hisobotga ilova qilinadi.

4-mavzu: Bankda naqd pulsiz hisob kitob operatsiyalarni yuritish tartibi bilan tanishish.

Bank tomonidan mijozlarning naqd pulsiz hisob-kitoblarini amalga oshirish jarayoni ko’rib chiqiladi. Bunda, mijozlarga bank hisob raqamlarini ochish, hisob raqamlarga xizmat ko’rsatish, naqd pulsiz hisob-kitoblarning asosiy turlari, bank plastik kartochkalari orqali amalga oshiriladigan naqd pulsiz hisob-kitoblar, hisob-kitob shakllarini to’ldirish va taqdim qilish tartibi, ssuda hisob raqamlarining yuritilishi kabi masalalar bilan tanishadi. Bank mijoz dasturining ishlash tartibi va afzalliklarini o’rganadi.

Mavzuga oid hujjatlardan namunalar hisobotga ilova qilinadi.

5-mavzu: Tijorat bankida kassa operatsiyalarini yuritish jarayoni va tartibi bilan tanishish.

Ushbu mavzu bo’yicha talaba banklarda kassa amallarining yuritilishi, kassa amallarini amalga oshirishda hujjatlarni rasmiylashtirish, naqd pullarni qabul qilish, naqd pullarni kassadan chiqim qilish, inkassatsiya xizmati orqali naqd pullarni qabul qilish va jo’natish tartibi bilan tanishadi.

Mavzuga oid hujjatlardan namunalar hisobotga ilova qilinadi.

6-mavzu: Tijorat bankining valyuta operatsiyalari yuritish jarayoni bilan tanishish.

Bank bo’limida va valyuta ayirboshlash shaxobchalarida amalga oshiriladigan valyuta operatsiyalari, valyuta hisob raqamlarining yuritilishi, ish faoliyati, xorijiy valyutada depozitlar jalb qilish, valyuta pozitsiyalari kabi masalalar ko’rib chiqiladi. Shuningdek, mijozlarning xorijiy hamkorlar bilan tuzilgan yeksport-import shartnomalarini hisobga olish, ular bo’yicha nazorat o’rnatish tartiblari yoritilishi lozim. Chet mamlakatlar banklari bilan amalga oshirilayotgan onlayn konversiya operatsiylarini ko’rib chiqiladi.

Mavzuga oid hujjatlardan namunalar hisobotga ilova qilinadi.

7-mavzu: Banklarda buxgalteriya hisobi va hisobotini yuritish jarayoni bilan tanishish.

Bank bo’limida buxgalteriya xizmatining tashkil qilinishi, buxgalteriya balansi tarkibiy tuzilishi, balans hisob raqamlari tavsifi, operatsiyalarning buxgalteriya hisobida aks yettirilishi, har bir operatsiya bo’yicha o’tkazma (provodka) larning amalga oshirilishi, ko’p valyutali tizimda buxgalteriya balansining yuritilishi, bank ichki operatsiyalari va h.k.lar ko’rib chiqiladi. Bank buxgalteriyasining avtomatlashtirilgan tizimi bilan tanishadi.

Mavzuga oid hujjatlardan namunalar hisobotga ilova qilinadi.

8-mavzu: Bankning depozit va qimmatli qog’ozlar operatsiyalari tanishish.

Jismoniy shaxslarning depozitlarini jalb qilish, depozitlar bo’yicha foizlarni hisoblash, bank tomonidan taklif yetilayotgan depozit turlari va h.k. batafsil ko’rib chiqiladi. Shuningdek, bankning qimmatli qog’ozlar bilan operatsiyalari, bank chiqargan qimmatli qog’ozlar turlari, qimmatli qog’ozlar emissiyasi hisobini yuritish, dividendlarni hisoblash va berish tartiblari ko’rib chiqiladi.

Ushbu mavzu bo’yicha bank bo’limida foydalaniladigan hujjatlardan namunalar ham hisobotga ilova qilinadi.

9-mavzu: Bankning pul muomalasini tashkil etish tartibi bilan tanishish.

Naqd pul aylanmasini xomcho’t (prognoz) qilish, pul muomalasini tashkil etish borasidagi ish, naqd pul muomalasini tashkil etish, naqd pullarni berish ustidan nazoratni tashkil etish, tovarlarni naqd pulsiz tartibda sotish, ustidan monitoringni tashkil etish, Markaziy bankning hududiy Bosh boshqarmalari tomonidan tijorat banklarini naqd pul mablag’lari bilan ta’minlash tartibi ko’rib chiqiladi.



Mavzuga oid hujjatlardan namunalar hisobotga ilova qilinadi.
III. Davlat soliq boshqarmasi va davlat soliq inspektsiyalarida

tanishuv amaliyotini o’tash bo’yicha dastur




Mavzular nomi

Muddati kunlarda

1

Viloyat (shahar, tuman) iqtisodiy rivojlanishi va budjetga olinadigan soliqlar va yig’imlar umumiy tavsifi.




2

Soliq idorasi apparati tuzilmasi va uning ishini tashkil qilish tartibi.




3

Yuridik shaxslardan undiriladigan foyda solig’i.




4

Qo’shilgan qiymat solig’i.




5

Aktsiz solig’i.




6

Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’i.




7

Mol-mulk solig’i.




8

yer solig’i.




9

Suv resurslaridan va yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq.




10

Yagona soliq to’lovi, yagona yer solig’i va qat’iy belgilangan soliq.




11

Davlatning budjetdan tashqari maqsadli jamg’armalariga majburiy to’lovlar.




12

Mahalliy soliqlar va yig’imlar.




Jami:




TANISHUV AMALIYOTINI O’TASH BO’YICHA KENGAYTIRILGAN DASTURI

1-mavzu: Viloyat (tuman, shahar) iqtisodiy rivojlanishi va budjetga olinadigan soliqlar va yig’imlar tavsifi.

Ushbu mavzu bo’yicha talaba amaliyotini o’tash jarayonida viloyat (tuman, shahar) ning alohida xo’jalik tarmoqlarining rivojlanish darajasi bilan, oxirgi 2-3 yil davomidagi budjet dinamikasi bilan, budjetning daromadlari va xarajatlar tarkibi bilan, oxirgi yildagi soliq va to’lovlarning to’lovchilari tarkibi bilan yaqindan tanishishi lozim, hamda viloyat (tuman, shahar) iqtisodi bilan, soliq va to’lovlarning o’zaro bog’liqligini yaqindan ko’rib chiqishi lozim bo’ladi.

Mavzuga oid hujjatlardan namunalar hisobotga ilova qilinadi.

2-mavzu: Soliq idorasi apparati tuzilmasi va uning ishini tashkil qilish tartibi.

Amaliyot davrida amaliyotchi soliq inspektsiyasida ishchilar o’rtasidagi mehnat taqsimoti, ularning funktsiyalari va majburiyatlari, inspektsiya rahbari va boshqa yuqori idora tomonidan ular faoliyatining nazorat qilinishi bilan tanishishi lozim bo’ladi.

Mavzuga oid hujjatlardan namunalar hisobotga ilova qilinadi.

3-mavzu: Yuridik shaxslardan undiriladigan foyda solig’i.

Ushbu mavzu bo’yicha amaliyotni o’tash jarayonida barcha mulkchilik shakllaridagi yuridik shaxslar (qo’shma korxonalar, banklar va sug’urta tashkilotlari, boshqa korxonalar) foydasiga solinadigan soliq bilan tanishishi lozim. Asosiy e’tiborni soliq solinadigan bazaning aniqlanishiga, imtiyozlar va stavkalarning qo’llanilishiga, budjetga soliqlarning to’g’ri hisoblanishi va o’z vaqtida o’tkazilishiga, sanktsiyalarning qo’llanilishiga e’tibor qaratish kerak.

Mavzuga oid hujjatlardan namunalar hisobotga ilova qilinadi.

4-mavzu: Qo’shilgan qiymat solig’i.

Bunda soliq to’lovchilar, stavkalar va imtiyozlarning qo’llanilishi bilan tanishib chiqadi. Shuningdek, soliqning hisoblanishi va budjetga undirilish tartibi bilan tanishadi.

Mavzuga oid hujjatlardan namunalar hisobotga ilova qilinadi.

5-mavzu: Aksiz solig’i.

Bunda soliq to’lovchilar, stavkalar va imtiyozlarning qo’llanilishi bilan tanishib chiqadi. Shuningdek, soliqning hisoblanishi va budjetga undirilish jarayoni bilan tanishadi.

Mavzuga oid hujjatlardan namunalar hisobotga ilova qilinadi.

6-mavzu: Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’i.

Bu mavzu bo’yicha jismoniy shaxslarning asosiy ish joyidan olayotgan daromadlari bo’yicha undirilayotgan daromad solig’i, soliq to’lovchilar guruhlari, daromadlarning tarkibi, soliq stavkalari, soliq bo’yicha imtiyozlar, soliqni hisoblash tartibi va daromadlarni deklaratsiyalash tartibi bilan tanishadi.

Mavzuga oid hujjatlardan namunalar hisobotga ilova qilinadi.

7-mavzu: Mol-mulk solig’i.

Bunda soliq to’lovchilar - yuridik va jismoniy shaxslar, stavkalar va imtiyozlarning qo’llanilishi bilan tanishib chiqadi. Shuningdek, soliq ob’ekti va soliqning hisoblanishi hamda budjetga undirilish jarayoniga ham e’tibor qaratiladi.

Mavzuga oid hujjatlardan namunalar hisobotga ilova qilinadi.

8-mavzu: Er solig’i.

Bunda soliq to’lovchilar guruhlari (yuridik va jismoniy shaxslar), soliq ob’ektining aniqlanishi, soliq stavkalari va imtiyozlarning qo’llanilishi, soliqning hisoblanishi va budjetga o’tkazilishi ko’rib chiqiladi.

Mavzuga oid hujjatlardan namunalar hisobotga ilova qilinadi.

9-mavzu: Suv resurslaridan va yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq.

Bunda soliq to’lovchilar guruhlari, soliq ob’ektining aniqlanishi, soliq stavkalari va imtiyozlarning qo’llanilishi, soliqning hisoblanishi va budjetga o’tkazilishi ko’rib chiqiladi.

Mavzuga oid hujjatlardan namunalar hisobotga ilova qilinadi.

10-mavzu: Yagona soliq to’lovi, yagona yer solig’i va qat’iy belgilangan soliq.

Bunda soliq to’lovchilar guruhlari, soliq ob’ektining aniqlanishi, soliq stavkalari va imtiyozlarning qo’llanilishi, soliqning hisoblanishi va budjetga o’tkazilishi ko’rib chiqiladi. Shuningdek, ushbu soliqlarni to’lash tizimiga o’tish tartibi, ushbu tizimdan umumiy soliq to’lash tizimiga o’tish tartiblari batafsil yoritilishi lozim.

Mavzuga oid hujjatlardan namunalar hisobotga ilova qilinadi.

11-mavzu: Davlatning budjetdan tashqari maqsadli jamg’armalariga majburiy to’lovlar.

Bunda Pensiya jamg’armasiga majburiy to’lovlar (yagona ijtimoiy to’lov, majburiy sug’urta badali, majburiy ajratmalar), Yo’l jamg’armasiga majburiy yig’imlar va davlat maqsadli jamg’armalariga majburiy ajratmalar to’lovchilar guruhlari, ajratma ob’ektining aniqlanishi, ajratma stavkalari va imtiyozlarning qo’llanilishi, ajratmalarning hisoblanishi va budjetga o’tkazilishi ko’rib chiqiladi.

Mavzuga oid hujjatlardan namunalar hisobotga ilova qilinadi.

12-mavzu: Mahalliy soliqlar va yig’imlar.

Yuqorida keltirilmagan mahalliy soliqlar va yig’imlar (benzin, dizel va gaz ishlatganlik uchun olinadigan soliq va ayrim turdagi tovarlar bilan chakana savdo qilish va ayrim turdagi xizmatlarni ko’rsatish huquqi uchun yig’im) ko’rib chiqiladi. Ular bo’yicha soliq to’lovchilar guruhlari, soliq stavkalari va imtiyozlarning qo’llanilishi, soliqlar va yig’imlarning hisoblanishi hamda budjetga o’tkazilish tartibi bilan tanishadi.



Hisobotga soliq va yig’imlarga tegishli hujjatlardan nusxalar ilova qilinadi.
IV. Moliya-kredit institutlarida (budjetdan tashqari

fondlar va investitsion fondlarida, sug’urta idoralarida)

tanishuv amaliyotini o’tash bo’yicha dastur




Amaliyot mazmuni

Muddati kunlarda

1

Tashkilot ishlari va uni tashkil etish, xususiyatlari bilan tanishish (mulkchilik shakli, ruxsatnomaning mavjudligi, tashkiliy tuzilmasi, hisob siyosati, ko’rsatadigan xizmat turlari)




2

Tashkilot moliyaviy resurslarini va kredit potentsialini o’rganish




3

Tashkilot moliya-kredit jarayonining tashkil yetilishi bilan tanishish




4

Tashkilot barcha bo’limlari ishlari bilan tanishish: operatsion bo’lim; mijozlar bilan ishlash bo’limi (depozit operatsiyalar bo’limi); moliya va kredit operatsiyalari; valyuta operatsiyalari; qimmatli qog’ozlar




5

Tashkilotning boshqa operatsiyalarini amalga oshirish imkoniyatlari mavjudligi (lizing, faktoring, trast, anderrayting va forfeyting)




6

Tashkilot likvidligi va to’lov qobiliyatligi




7

Tashkilotning moliya-kredit amaliyotida risklari




8

Moliyaviy menejment




9

Moliyaviy marketing




10

Tashkilot faoliyatini iqtisodiy rag’batlantirishda moliyaning ahamiyati




11

Tashkilotning jamg’arish fondi tarkibi to’g’risidagi ma’lumotlarni tahlil qilish. Iste’mol fondini shakllantirish va foydalanish.




12

Moliyaviy institutda moliyaviy rejalashtirish




Hammasi:




Amaliyot bo’yicha universitet tomonidan tayinlangan rahbar tomonidan hisobotga berilgan taqrizda quyidagilar yoritilishi kerak:

  • Talaba tomonidan dastur asosida amaliyotning va kalendar rejasining bajarilishi va sifati, amaliyot natijasining bahosi;

  • Talaba tomonidan kasbiy tayyorgarlik va shaxs sifatida o’zini ko’rsata bilishi, uning tayyorgarlik darajasi;

  • Talabaning kasbiy tayyorgarligi to’g’risida xulosa.

Amaliyot ob’ektida talabaga tayinlangan malakali mutaxassilar uchun rahbarlik qilish bo’yicha ko’rsatmalar.

Amaliyot ob’ekti rahbari bevosita quyidagilarni amalga oshiradi:

  • talabaning amaliyot o’tashi bo’yicha buyruqni rasmiylashtirish;

  • talaba uchun ish joyini tayyorlaydi, zaruriy orgtexnika va kompyuterlar bilan ta’minlaydi;

  • talabani mazkur amaliyot ob’ekti faoliyati to’g’risida aniq tasavvurga ega bo’lgan yuqori malakali xodimga (mutaxassisga) biriktiradi;

  • talaba tomonidan amaliyot o’tish bo’yicha tuzilgan shaxsiy rejasini ko’rib chiqadi va tasdiqlaydi;

  • talaba uchun amaliyot dasturi va berilgan topshiriq doirasida zaruriy hujjatlar va materiallar bilan tanishish imkoniyatlarini yaratadi;

  • amaliyot rahbari tomonidan talabaning amaliyoti bo’yicha talabaga berilgan taqriz (tavsifnoma)ni ko’rib chiqadi va tasdiqlaydi.

Tashkilot tomonidan talaba amaliyotiga berilgan taqrizda quyidagilar yoritilishi kerak:

  • talaba tomonidan dastur asosida amaliyotning va kalendar rejasining bajarilishi va sifati, amaliyot natijasining bahosi;

  • talaba tomonidan kasbiy tayyorgarlik va shaxs sifatida o’zini ko’rsata bilishi, uning tayyorgarlik darajasi; talabaning kasbiy tayyorgarligi ilmiy izlanishdagi intilishi to’g’risida xulosa ham beriladi.

O’ZBEKISTAN RESPUBLIKASI OLIY VA

O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI
IQTISODIYOT VA TURIZM FAKULTETI
«Iqtisodiyot va menejment» kafedrasi

Ro’yxatga olish.

№ __________________
2020 yil “_____” “____________”

Tanishuv malaka amaliyoti bo’yicha



HISOBOT

__________________________________________________________

(tanishuv amaliyoti ob’ekti nomi)
Bajardi:________________________________________________________________________________________________________________________

(kurs, guruh, f.i.sh.,imzo)


Amaliyot joyidagi biriktirilgan rahbar ______________________________________________________________ ________________________________________________

(F.I.Sh., lavozimi, imzo, muxr)


Ilmiy rahbar: _____________________________________________________

(F.I.Sh., imzo)


Amaliyot bo’yicha yakuniy bahosi: _________________________

2020 yil “____”____________


Komissiya raisi: __________________________ _________

(F.I.Sh.) (imzo)

Komissiya a’zolari.: 1. __________________________ _________

(F.I.Sh.) (imzo)

2.__________________________ _________

(F.I.Sh.) (imzo)

3.__________________________ _________

(F.I.Sh.) (imzo)


Termiz-2020

Talabaning tanishuv malaka amaliyoti bo’yicha yozgan hisobotiga taqriz

N


Termiz davlat universiteti
«IQTISODIYOT VA TURIZM» FAKULTETI
«Iqtisodiyot va menejment» kafedrasi

_____ kurs ___guruhi talabasi ________________________________________ ________________________________________________________________ning

___________________________________________________________________da

(korxona, tashkilot, muassasa nomi)
o’tagan tanishuv amaliyoti bo’yicha yozgan hisobotiga

T A Q R I Z


__________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________

hisobot bo’yicha bahosi ________________________

2020 yil. «_____» ______________


Ilmiy rahbar: ________ ____________________________

imzo (familiya, ismi, sharifi)


AMUNASI

O’ZBeKISTON ReSPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM



TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI
IQTISODIYOT VA TURIZM FAKULTETI
IQTISODIYOT VA MENEJMENT KAFEDRASI

Tanishuv amaliyoti bo’yicha «Iqtisodiyot» (tarmoqlar va sohalar bo’yicha) ta’lim yo’nalishi

1-kurs _______ guruh talabasi

Familiyasi ______________________________________________

Ismi _______________________________________________

Otasining ismi _________________________________________ ning



K U N D A L I K D A F T A R I



Amaliyot o’tiladigan ob’ektning to’liq nomi:

________________________________________________________________________________________________________________________________



Amaliyot o’tiladigan joydagi amaliyot rahbari:
Familiyasi ______________________________________________________

Ismi _______________________________________________________

Otasining ismi __________________________________________________

Lavozimi _______________________________________________________


Universitetdan tayinlangan ilmiy rahbari:
Familiyasi ______________________________________________________

Ismi ___________________________________________________________

Otasining ismi _________________________________________________

Lavozimi _______________________________________________________



Amaliyot muddati 6 hafta


Amaliyot 2020 yil dan gacha
Iqtisodiyot kafedrasi mudiri: PhD T.A.Mamadjanova.
Talabaning kunlik bajargan ishi


№.

Sana

Ish joyi

Kunlik bajarilgan ishi mazmuni

Kunlik ajratilgan soat

Amaliyot raxbarlari imzosi

Kafedra tomonidan tayinlagan

Amaliyot ob’ektidan tayinlangan

1

2

3

4

5

6

7






























































































































































































































































































































































































































































































































































































































































































































































































































































































1

2

3

4

5

6

7






































































































































































































































































































































































































































































































































































































































































































































































































































































































































































































































































Talaba__________________________________________________________
20____yil «____» _______da amaliyot o’tash joyiga keldi.
20____ yil «____» ______da amaliyot o’tashni tugalladi.
Amaliyot ob’ekti ( Amaliyot ob’ekti) dan tayinlangan rahbarning amaliyot o’tash bo’yicha xulosasi:

___________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________

Amaliyot ob’ekti rahbari imzosi: _______ ___________ amaliyot ob’ekti muhri:

2020 yil «___»____


Universitet tomonidan tayinlangan rahbarning amaliyot hisoboti yuzasidan xulosasi: ________________________________________________

___________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________


Tanishuv amaliyoti bo’yicha talabaning bahosi: ______________
“a’lo”, “yaxshi”, “o’rta”, “qoniqarsiz”
2020 yil «___» _________

Amaliyotni baholash komissiya tarkibi:
Komissiya raisi: __________________________________________________

(imzo)


Komissiya a’zolari:1._____________________________________________

(imzo) F.I.Sh.


2._____________________________________________

(imzo) F.I.Sh.


3._____________________________________________

(imzo) F.I.Sh.







Download 1.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling