Termiz davlat universiteti pedagogika fakul


Download 0.69 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/5
Sana21.05.2020
Hajmi0.69 Mb.
#108697
  1   2   3   4   5
Bog'liq
maktabgacha yoshdagi bolalarda milliy tuygularni shakillantirish


 



 



O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA 

MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI 

TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI 

PEDAGOGIKA FAKUL



TETI 

MAKTABGACHA TA’LIM METODIKASI KAFEDRASI 

 

 

 

“MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARDA 

MILLIY TUYG’ULARNI 

SHAKILLANTIRISH.” 

mavzusidagi 

BITIRUV MALAKAVIY ISHI 

 

 



BAJARDI:

 

Maktabgacha ta’lim 

yo‘nalishi  bitiruvchi  4 - kurs talabasi    

Мардонаева С____________ 

 

 



ILMIY RAHBAR:  

O’q Qodirova SH.X. _____________ 

 

 



Termiz – 2017

 

 



 

 



M U N D A R I J A 



 

 KIRISH 

 

I.BOB. MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARDA MILLIY 

TUYG’ULARNI SHAKLLANTIRISHNING NAZARIY PEDAGOGIK 

ASOSLARI. 

 

1.1.  Maktabgacha  yoshdagi  bolalarda  milliy  tuyg’ularni  shakllantirish  pedagogik 

muammo sifatida.....................................................................................................  

1.2. Milli тuyg‘ularni maktabgacha yoshdagi bolalar tarbiyasidagi ahamiyati.......  

1.3.  Maktabgacha  yoshdagi  bolalarda  milliy  tuyg’ularni  shakllantirishning 

mavjud holati..................................................................................................  

 

II.BOB. 

MAKTABGACHA 

TA’LIM 

MUASSASALARI 

TARBIYALANUVCHILARIDA 

MILLIY 

TUYG‘ULARNI 

SHAKLLANTIRISHNING 

PEDAGOGIK 

VOSITALARI 

VA 

SHAKLLARIDAN FOYDALANISH.

 

 

2.1. 


Maktabgacha  ta’lim  muassasalari  tarbiyalanuvchilarida  milliy  tuyg‘ularni 

shakllantirishning pedagogik vositalari...................................... 

 2.2.  Maktabgacha  ta’lim  muassasalari  tarbiyalanuvchilarida  milliy  tuyg‘ularni 

tarkib toptirish shakllari............................................................... 



III.BOB. 

MAKTABGACHA 

TA’LIM 

MUASSASALARI 

TARBIYALANUVCHILARIDA 

MILLIY 

TUYG‘ULARNI 

SHAKLLANTIRISHGA YUNALTIRILGAN TAJRIBA-SINOV ISHLARI. 

3.1.  Maktabgacha  ta’lim  muassasalari  tarbiyalanuvchilarida  milliy  tuyg‘ularni 

shakllantirishda tadbirlar texnologiyasi............................. 

3.2.  Milliy  tuyg‘u  hissini  tarbiyalovchi  mashg’ulotlarni  amalga  oshirish 

texnologiyasi..................................................................................................... 

Xulosa.............................................................................................................. 

Tavsiyalar......................................................................................................... 

Foydalanilgan adabiyotlar ruyxati.............................................................  

Ilovalar.......................................................................................................... 

 

 


 



KIRISH



 

 

Mavzuning  dolzarbligi.  Mustaqillik  yillarida  O‘zbekiston  Respublikasi 

ijtimoiy  taraqqiyotini  ta’minlovchi  ustuvor  yo‘nalishlardan  biri  sifatida  ta’lim 

sohasi  e’tirof  etildi.  Ustuvor  soha  bo‘lgan    ta’limni    tubdan  yangilash,    uni 

mazmunan boyitish, ta’lim tizimiga ilg‘or pedagogik texnologiyalarni  tadbiq etish  

va  rivojlangan  ta’lim  darajasiga  ko‘tarish  mamlakatda  olib  borilayotgan  ta’limiy 

islohotlarning asosiy g‘oyasi sanaladi. 

Maktabgacha  ta’lim  sohasi  uzluksiz  ta’lim  tizimining  birlamchi  bo‘g‘ini 

hisoblanib,  u  har  tomonlama  sog‘lom  va  barkamol  bola  shaxsini  tarbiyalash  va 

maktabga tayyorlashda g‘oyat muhim ahamiyat kasb etadi. 

Bugungi  kunda  Maktabgacha  ta’lim  muassasalari  tarbiyalanuvchilarining 

ta’lim-tarbiyasi  masalasi  davlatimiz,  hamda  yurtboshimiz  Sh.M.  Mirziyoyev 

e’tiborida turgan dolzarb masalalaridan biridir. 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rahbarligida 2017 

yil  16-avgust  kuni  bo‘lib  o‘tgan  yig‘ilishda  maktabgacha  ta’lim  tizimini  tarkibiy 

jihatdan  tubdan  isloh  qilish,  mazkur  muassasalarga  bolalarni  to‘la  qamrab  olish 

bo‘yicha  muhim  vazifalar  qo‘yilgan  edi.  Bu  boradagi  tahlillar  natijasida  qisqa 

vaqtda uchta yirik hujjat — O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 9-sentabrdagi 

“Maktabgacha  ta’lim  tizimini  tubdan  takomillashtirish  chora-tadbirlari 

to‘g‘risida”gi  PQ-3261-sonli  Qarori,  30-sentabrdagi  “Maktabgacha  ta’lim  tizimi 

boshqaruvini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5198-sonli 

Farmoni  hamda  “O‘zbekiston  Respublikasi  Maktabgacha  ta’lim  vazirligi  – 

faoliyatini  tashkil  etish  to‘g‘risida”gi  PQ-3305-sonli  Qarori  imzolangan.  Mazkur 

sohani  takomillashtirish  maqsadida  qabul  qilingan  dasturda  maktabgacha  ta’lim 

sohasi  uzluksiz  ta’lim  tizimining  birlamchi  bo‘g‘ini  sifatida,  bu  jarayonda 

maktabgacha 

ta’lim 


muassasalarining 

bolalar 


huquqiy 

savodxonligini 

shakllantirishdagi  o‘rni  hamda,  respublikada  ta’lim-tarbiya  tizimi  va  barkamol 

avlodni  tarbiyalash  davlat  siyosatining  asosiy  ustuvor  yo‘nalishi  ekanligi 

ta’kidlangan. O‘zbekiston Respublikasi Президентининг 2016 йил 29-dekabrdagi 


 

“2017-2021  yillarda  maktabgacha  ta’lim  tiziminiyanada  takomillashtirish  chora-



tadbirlari  to‘g‘risida”gi  PQ-2707-sonli  Qarorda  belgilangan  vazifalarni  amalga 

oshirish jarayonida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, bola huquqlariga oid 

meyoriy-huquqiy  hujjatlar  asosida  ta’lim  sohasida  bir  qator  islohotlar  amalga 

oshirilmoqda. 

O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  30.09.2017-yilda  “Maktabgacha 

ta’lim  tizimi  boshqaruvini  tubdan  takomillashtirish  chora-tadbirlari  to‘g‘risida”gi 

PF–5198-sonli  farmonida  ham  maktabgacha  ta’lim  muassasalarida  yosh  bolalarni 

milliy  va  umuminsoniy  qadriyatlar,  insonparvarlik  va  yuksak  ma’naviyat  ruhida 

tarbiyalash, ularning qalbi va ongiga mustaqillik, milliy o‘zlikni anglash g‘oyalarni 

yanada  chuqur  singdirish,  “ommaviy  madaniyat”  ko‘rinishidagi  yot  g‘oyalarga 

qarshi  immunitetni  mustahkamlashga  yo‘naltirilgan  tadbirlarni  amalga  oshirish 

kabi fikrlar ilgari surilgan.

 

Darhaqiqat, yosh avlodning barkamol inson bo‘lib yetishishi uchun u xalq, 



vatan tarixi, ta’lim sohasidagi ajdodlar tajribasidan xabardor bo‘lishi kerak. 

Kadrlar  tayyorlash  milliy  dasturida  ta’lim  sohasini  tubdan  isloh  qilish,  uni 

o‘tmishdan  qolgan  mafkuraviy  qarashlar  va  sarqitlardan  to‘la  xalos  etish, 

rivojlangan  demokratik  davlatlar  darajasida  yuksak  ma’naviy-ahloqiy  talablarga 

javob beradigan yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimini yaratish asosiy maqsad 

qilib  qo‘yilgan:  kadrlar  tayyorlash  sohasidagi  davlat  siyosatida  ham  insonni 

intellektual  va  ma’naviy-ahloqiy  jihatdan  tarbiyalash  bilan  uzviy  bog‘liq  bo‘lgan 

uzluksiz ta’lim tizimi orqali har tomonlama barkamol shaxs-fuqaroni shakllantirish 

nazarda tutiladi.  

 “Kadrlar  tayyorlash  milliy  dasturi”da  kadrlar  tayyorlash  tizimini  tubdan 

isloh  qilishning  muhim  omillari  ko‘rsatib  berilgan.  3-bandida  milliy  o‘zlikni 

anglashning  o‘sib  borishi,  vatanparvarlik,  o‘z  vatani  uchun  g‘urur  tuyg‘usining 

shakllanayotganligi,  boy  milliy-madaniy  va  tarixiy  an’analarga,  xalqimizning 

intellektual merosiga hurmatni qaror toptirish lozimligi alohida ta’kidlangan. 

Mazkur  dasturni  hayotga  izchil  tatbiq  etish,  maktabgacha  ta’lim 

muassasalari tarbiyalanuvchilarida milliy tuyg‘ularni shakllantirishning pedagogik 



 

asoslarini  yaratish  o‘z  yechimini  kutayotgan  dolzarb  muammo  ekanligini 



ko‘rsatmoqda. 

Hozirgi davr, ya’ni “miliy o‘zlik”ni anglashning o‘sib borishi yosh avlodda 

–  ayniqsa,  maktabgacha  ta’lim  muassasalari  tarbiyalanuvchilarida  shakllanib 

borayotgan milliy tuyg‘ularni yanada o‘stirish, rivoj toptirishni talab etmoqda.  

Maktabgacha  ta’lim  muassasalari  xalqning  boy  ma’naviy  va  intellektual  merosi 

hamda  umumbashariy  qadriyatlar  asosida  shaxs  tarbiyasining    insonparvarlik 

yo‘nalishini joriy qilishni taqozo qiladi. 

 

Milliy  g‘urur,  milliy  qadriyat,  birdamlik  va  hamjihatlik  tuyg‘usi  zaminida 



shakllangan vatanparvarlikni ham o‘z ichiga oladi. Yosh avlodlarda ona zaminga 

bo‘lgan  muhabbat,  u  bilan  faxrlanish  qanchalik  kuchli  bo‘lsa,  Vatanni  sevish, 

yuksak  darajada  e’zozlash  kuchaysa,  har  bir  inson  o‘z  vatani  tarixi,  milliy 

qadriyatlari,  o‘zining  ona  tilisi,  madaniyati,  milliy  urf-odatlari,  an’analarini 

mukammal  bilsa,  millat  taqdiri  va  istiqboli  haqida  chuqur  tasavvurga  ega  bo‘lsa, 

mustaqillik shunchalik mustahkam va barqaror bo‘ladi. 

Hozirgi  davrda  ma’naviyat  masalasi  mustaqillikni  mustahkamlash,  istiqlol 

sari  ishonch  bilan  borishda  shaxs  ma’naviyatini  shakllantirish  masalasi  asosiy 

yo‘nalishlardan  hisoblanadi.  Yetuk  madaniyatli  insongina  istiqlol  mafkurasini 

egallab, kelajak tomon ahillik, birodarlik asosida boradi. Ma’naviyatimizni tiklash 

va  rivojlantirishda  milliy  til  va  milliy  madaniyat,  milliy  ong,  milliy  o‘z-o‘zini 

anglash, milliy his-tuyg‘u, milliy g‘urur va g‘ururni o‘stirish muhim o‘rinda turadi. 

Milliy  g‘urur  -  muayyan  millatga  mansublik  va  ushbu  millat 

tomonidan  jahon  madaniyatiga  qo‘shilgan  hissadan  faxrlanish,  shuningdek, 

o‘zi  mansub  bo‘lgan  millatga  sadoqatli  bo‘lish  hissini  tuyish  va  bu  yo‘lda 

amaliy faoliyat ko‘rsatishdan iboratdir. 

O‘zbek  xalqining  ma’naviyatida  millatning  o‘tmishi,  hozirgi  kuni  o‘z 

ifodasini  topgan.  Bizning  ozod  O‘zbekiston  dunyoda  madaniyatning  barcha 

sohalarida  minglab  jahonshumul  ulug‘  zotlar,  allomalar,  davlat  arboblarini 

yetishtirib bergan. Ular umumbashariyat ma’rifatparvarligini yaratishda o‘zlarining 



 

ulkan hissalarini qo‘shganlar. Shuning uchun ham  o‘zbek milliy-ma’naviy merosi 



jahon madaniyatining ajralmas uzviy qismidir.  

Markaziy  Osiyoda  yashab ijod  etgan  buyuk allomalarning  bildirgan  fikrlari 

hozirgi  kunda  ham  ta’lim-tarbiyada  ibrat  manbaidir.  Ularning  meros  qilib 

qoldirgan  pedagogik  qadriyatlarini  hozirgi  demokratik  jamiyat  qadriyatlari  bilan 

uyg‘unlashtirish, mustaqillik yillarida ta’limda qo‘llanayotgan metodlar, pedagogik 

fikr  rivojini  o‘rganish,  tadqiq  etish  ham  davr  talabidir.  Shu  sababli  O‘zbekiston 

Respublikasi  mustaqil  davlat  maqomiga  ega  bo‘lgandan  keyin  istiqlol  talablari, 

qurilajak  huquqiy  demokratik  davlat,  adolatli,  insonparvar  jamiyatga  mos  kadrlar 

tayyorlashga alohida ahamiyat berilmoqda. 

Shu  jumladan,  birinchi  yurtboshimiz  ta’biri  bilan  aytganda:  “Yoshlarga 

milliy  vatanparvarlik  ruhida  ta’lim-tarbiya  berish  bugungi  kunning  jiddiy 

vazifalaridan hisoblanadi”. 

Darhaqiqat,  yosh  avlodlarda  ona  vatanga  muhabbat,  milliy  g‘ururni 

shakllantirishda  avvalo,  maktabgacha  ta’lim  muassasalari  va  oila  muhim  o‘rin 

egallaydi. 

Milliy g‘ururni xususan yosh  avlodlar qalbi va ongiga singdirishda jamiyat 

hayotining  barcha  sohalarini  qamrab  olish,  ta’lim-tarbiya,  targ‘ibot  va 

tashviqotning samarali shakl va vositalaridan oqilona foydalanish taqazo e’tiladi.  

Shu  bois  vatan-tuyg‘usi,  vatanparvarlik  hislari,  milliy  g‘urur,  mustaqillik 

g‘oyasi  hamda  mehr  va  sadoqatli  bolani  yoshiga  mos  ravishda  shakllantirish 

maktabgacha  ta’lim  muassasalari  vazifalarining  asosini  tashkil  etadi.  Yuqorida 

qayd  etilayotgan  bizning  bitiruv  malakaviy  ishimizda  milliy  tuyg‘ularni  targ‘ib 

etishning maqsadi, yosh avlodlarni milliy g‘urur ruhida tarbiyalashda maktabgacha 

ta’lim muassasalari o‘rni, masalasini tadqiqot  obyekti qilib o‘rganishdan iborat.  



Bitiruv  malakaviy  ishining  maqsadi: 

Maktabgacha  yoshdagi  bolalarda  

milliy  tuyg’uni  shakllantirishning  pedagogik  shart-sharoitlarini  o’rganish  orqali 

ilmiy-metodik tavsiyalarni ishlab chiqish. 

       

Bitiruv malakaviy ishining vazifalari: 


 

-  Maktabgacha  yoshdagi  bolalarda  milliy  tuyg’ularni  shakllantirishning  pedagogik  



muammosini dolzarbligini asoslash;  

-  Maktabgacha  yoshdagi  bolalarda  milliy  tuyg’ularni  shakllantirishning  samarali 

shakl va metodlarini aniqlash; 

-  Maktabgacha  yoshdagi  bolalarda  milliy  tuyg’ularni  shakllantirishga  qaratilgan 

ilmiy-metodik tavsiyalar ishlab chiqish; 

    

Bitiruv malakaviy ishning 

predmeti. 

Maktabgacha  yoshdagi  bolalarda  milliy  tuyg’ularni  shakllantirishning  shakl 

va metodlarini o’rganish. 

Bitiruv malakaviy ishning

 ob’ekti: 

Сурхондарё  вилояти  Қумқўрғон  туман  21-maktabgacha  ta’lim 

muassasasi. 

 

Bitiruv malakaviy ish quyidagi metodlar asosida amalga oshirildi: 

  suhbatlar tashkil etish; 



  pedagogik kuzatuv; 



Bitiruv  malakaviy  ishning  metodologik  asosi: 

O’zbekiston  Respublikasining 

“Ta’lim  tug’risida”gi  Qonun  va  Kadrlar  tayyorlash  milliy  dasturi”  Prezidentimiz 

Ш.М.Мирзиёев  фармонлари,  қарорлари  ва  asarlarida  ilgari  surilgan  g’oyalar,

 

hukumat  tomonidan  ta’lim-tarbiya  tizimini  boshqarish  borasida  qabul  qilingan 



huquqiy-me’yoriy  xujjatlar,  shuningdek  tanlangan  yo’nalishda  ilmiy  tadqiqot 

ishlari  olib  borgan  pedagog  olimlarning  nazariy  qarashlari  va  zamonaviy  ilg’or 

ta’limotlar  O’zbekiston  Respublikasining  “Ta’lim  to’g’risida”gi  Qonuni,  Kadrlar 

tayyorlash  milliy  dasturi,  “Bola  huquqlari  kafolatlari  to’g’risida”gi,  SHarq 

mutafakkirlarining komil inson tarbiyasi haqidagi qarashlari, mavzuga oid tarixiy, 

falsafiy, ilmiy-pedagogik manbalarda ilgari surilgan ta’limotlar. 



    Bitiruv malakaviy ishning amaliy ahamiyati

Ishda  ilgari  surilgan  nazariy  qarashlar  maktabgacha  ta’lim  muassasalari 

faoliyatini  mazmunan  boyitadi,  ta’lim-tarbiya  jarayonini  takomillashtirish  uchun 

keng foydalanish mumkin. 



 



Bitiruv  malakaviy  ishning  tuzilishi  va  hajmi:  Kirish,  nazariy  qism,  2-bob  3 

paragrafdan, 2-bob bo’yicha xulosa,  2-bob, 3 paragraf, bob bo’yicha xulosa,  

3-bob  amaliy  qism  1  paragraf,  bob  bo’yicha  xulosa,  xulosa  va  tavsiyalar, 

foydalanilgan adabiyotlar ro’yxari, disk, ilovalardan iborat. 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 



I.BOBMAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARDA MILLIY 



TUYG’ULARNI SHAKLLANTIRISHNING NAZARIY PEDAGOGIK 

ASOSLARI. 

 

1.1. 



Maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilarida milliy 

tuyg‘uni shakllantirish pedagogik muammo sifatida. 

 

Mustaqillik  milliy  g’urur,  vatanga  yurtga  muhabbat,  fidoiylik,  mehr  – 

shafqat,  oqibat,  ota  –  onaga  hurmat  tuyg’ularini  kamol  toptirishda  cheksiz 

imkoniyatlar yaratdi. Mehr – shafqat, oqibat, o’zbekona hislat, hayot mazmuni.   

Dunyodagi  xalqlar  orasida  aynan  shu  millatning  borligi,  mavjudligi, 

betakrorligi  “Ko`hna  tarix  shodasida  bitta  marjon  ўзбегим”  (E.Vohidov)  sifatida 

zohirligi har qanday kishi uchun ahamiyatga ega bo’lishi tabiiy. Millat har qanday 

milliy qadriyatning obyekti, milliy qadriyatlar tizimi tayanadigan ijtimoiy asosdir. 

“Millat”  atamasi  qadriyat  obyekti  sifatida  tushunilganida,  bir-biri  bilan  qon 

qardosh  xalqlarga  nisbatan  ishlatiladigan  “turkiy  xalqlar”,  “slovyanlar”,  “roman 

xalqlari” kabilarga umummilliylik darajasi mos keladi. 

Millat bir tomondan, o’zining qadriyatlarini mutassil vujudga keltirib turadi, 

o’tmishdan  kelajakka  rivojlanish  jarayonida  ularni  doimiy  takomillatirib,  yangi-

yangi qirralarni shakllantirib turadi, ikkinchi tomondan esa, uning o’zi ham mavjud 

qadriyatlar  tizimi  ta’miri  ostida  o’zgarib  va  rivojlanib  boradi.  Millat-o’zining 

qadriyatlarini  vujadga  keltirib,  ularning  yangi-yangi  qarralarini  va  jihatlarini 

sayqallashtirib,  taraqqiyot  jarayonida  tamokillashtirib  turio’i  ma’nosida  o’z 

qadriyatlarining  haqiqiy  egasi,  makon  va  zamondagi  ilgarilama  xarakatdan  iborat 

o’zgarishlar jarayonida ularni o’tmishdan kelajakka tomon yetkazib boradigan eng 

asosiy obyektdir.  

Millatni milliy qadriyatlarning obyekti va subyekti sifatida tushunish, u bilan 

bog’liq  milliy  qadriyatlar  tizimini  ilmiy  tahlil  qilish,  millatning  o’zini  ijtimoiy 

qadriyat  sifatida  qarash  ikmonini  beradi.  Bu  esa  milliy  qadriyatlarning  namoyon 

bo’lishi, tarixiy rivojlanish jarayonida o’tmishdan kelajakka tomon xarakatini taxlil 

qilishga imkon yaratadi. Milliy qadriyatlar: 


 

10 


-  kishilarning  tabiiy,  tarixiy  va  ijtimoiy  birligini  ta’minlaydigan  etnik 

makonda  shakllanadi,  rang-barang  tarzda,  tarli  shakllarda  namoyon  bo’ladi, 

kishilarning ongiga, hayot tarziga o’ziga xos tarzda ta’sir qiladi: 

-  kishilarning  o’zaro  munosabalarida,  ijtimmoiy  faoliyatlarida  ko’zga 

tashlanib turadi hamda ana shu munosabat, faoliyat, maqsad, ehtiyoj va intilishlar 

uchun ma’naviy asos bo’ladi; 

-  moddiy,  ma’naviy,  iqtisodiy, siyosiy  va  boshqa  sohalarda  muayyan  natija 

sifatida  yuzaga  kelishlari,  kishilar  uchun  zaruriyat  sifatida  o’ziga  xos  ahamiyat 

kasb etishlari, ularga foyda keltirishlari xam mumkin

- ijtimoiy rivojlanish jarayonida o’zgarib, takomillashib, rang-barang jihatlar 

avloddan-avlodga o’tadi, meros qoladi. 

Milliy  qadriyatlar  va  ularning  aloqadorligini  ifodasi  bo’lgan  qadriyatlar 

tizimi, millatning o’zi bilan birga tarix silsilalari, zamona zayillari, turli ijtimoiy va 

siyosiy jarayonlar orasidan o’tmishdan kelajakka tomon o’tib turadi. Bu qadriyatlar 

ko’proq  millatning  etnik  xususiyatlari  va  etnik  makoni  bilan  bog’liq.  Xalqning 

ijtimoiy  taraqqiyoti  esa  ularning  milliy  etnik  qadriyatlari  ravnaqi  bilan  o’zviy 

aloqadorlikda  davom  etadi.  Har  bir  xalq    yoki  millat,  o’ziga  xos  rang-barang 

qadriyatlarni  takomillashtirib  borishi  natidasida,  umumisoniy  qadriyatlarni 

shakllantirib, uning qirralarini rivojlantirib boradi. 

Milliy  qadriyatlar  faqat  qadriyatga  ko’ra  faqat  tor  doirada  saqlanib 

qolmaydi,  balki,  ravnaq  topib  turmush  jarayonida  muttasil  yangilanib,  boshqa 

xalqlar qadriyatlarini yutuqlari bilan boyib boradi. 

Har  bir  el,  elat,  urug’  yoki  xalqning  urf-odatlarida,  ularni  bajarishdagi 

faoliyatida  o’ziga  xoslik  bo’ladi.  Agar    ana  shu  o’ziga  xoslikni  o’sha  joyning 

axolisi  qadrlasa,  ular  hayotining  bir  qismiga  aylangan  bo’lsa  buning  yomon  joyi 

yo’q.  Bunday  o’ziga  xoslik  bilan  bog’liq  qadriyatlarni  boshqa  joyda,  boshqacha 

tarzda  yashayotgan  kishilarning  tarozusi  bilan  ulchash  yoki  u  maqsadda 

boshqalarning hakam bo’lishi maqsadga muvofiq emas. Umuminsoniylik tuyg’usi 

faqat o’z xalqi qadriyatini ardoqlash, ko’z-ko’z qilish va boshqalar orasiga yoyish 


 

11 


uchun intilishga  asoslanmaydi, balki har bir xalq, elat, urug’ qadriyatlarini qanday 

xolatda bo’lsa, shundayligicha qabul qilib, ularni xurmat qilishdan boshlanadi. 

Har bir millatning o’zi qadrlaydigan madaniyati, tili, an’analari, urf-odatlari, 

marosimlari  va  odob  normalari  bor.  Dunyoda  aholisi  son  jihatdan  ko’p  yoki 

kamroq xalq bo’lishi mumkin, ammo madaniy va ma’naviy sohada bir-biridan kam 

yoki  ortiq    millat  yo’q.  Ayni  paytda  sotqin  millat  ham,  qoralash  huquqiga  ega 

bo’lgan millat ham yo’q. Ammo har bir millatning o’ziga xos o’tmishi, madaniy va 

ma’naviy  qadriyatlari,  milliy  qahramonliklari,  boshqa  millatning  o’ziga  millat 

faolliyatini  baholovchi  hakam  bo’lishga  haqqi  yo’q.  Biror  bir  ta’limot,  davlat 

shakli    yoki  yashash  usulini  qabul  qila  olmaganligi  uchun  hyech  qachon  yoki  bu  

millat  aybdor  emas.  shu  ma’noda  umuminsoniylik  bir  millat  qadriyatlarini  butun 

olamga yoyish yo’li bilan emas, balki hamma millat  va elatlarning qadriyatlarini 

asrab-avaylash,  murosalashtirish,  tarix  tarozusi  saqlab  qoladigan    qadriyatlarni 

xurmat  qilish  va  olamdagi  milliy  rang-baranglik  bilan  uzviy  aloqada  ekanligini 

anglash so’li bilan boyib boradi. 

Milliy  qadriyalar  millatning  tabiiy-tarixiy  rivoji, ijtimoiy  turmushi, yashash 

tarzi,  o’tmishi,  kelajagi,  madaniyati,  ma’naviyati,  urf-odatlari,  an’analari,  tili  u 

vujudga  kelgan  xudud  va  boshqalar  bilan  uzviy  bog’langan.  Ular  xilma-xil 

shakllardan,  bir-biri  bilan  uzviy  aloqada  namoyon  bo’ladi,  o’ziga  xos  milliy 

qadriyatlar  tizimini  tashkil  qiladi.  Bu  tizimda  tabiiy-tarixiy  birlikni  ta’minlovchi 

qadriyatlar  –  qon-qardoshlik,  madaniy  ma’naviy  yaqinlik,  o’tmish  va  ma’naviy 

meros,  ona  yurt  tuyg’usi  va  boshqalar  nisbatan  barqaror  bo’lib  xisoblanadi.  Ular 

milliy qadriyatlar tizimida tarixiy jarayonlar davomida tez o’zgarib turadigan ba’zi 

kundalik  yoki  amaliy  ahamiyatga  molik  bo’lgan  qadriyatlarga  nisbatan,  milliy 

qadriyatlar tizimi, o’z o’rnini va ahamiyatini uzoqroq saqlab qolishi bilan bog’liq 

xususiyatni ifodalaydi.  

“Ko’p yillik ilmiy kuzatish va tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki,inson o’z umri 

davomida  oladigan  informasiyaning  70  foizini  5  yoshgacha  bo’lgan  davrida  olar 

ekan.  Bolaning  ongi  asosan  5-7  yoshda  shakllanishini  inobatga  oladigan  bo’lsak 

ana  shu  davrda  uning  qalbida  ma’naviyatning  ilk  kurtaklari  namoyon  bo’la 



 

12 


boshlaydi”.  Hozirgi  mustaqillik  sharoitida  yurtimizning  rivojlangan  davlat 

darajasiga ko’tarilishi uchun  bolalarni maktabgacha yosh davridan halollik poklik, 

mehribonlik  ,  mehr  –  muruvatlilik  va  ular  ongiga  singdirish  g’oyalari  muhim 

ahamiyat kasb etadi.  

Maktabgacha  ta’lim  uzluksiz  ta’lim  tizimining  boshlang‘ich  turi 

hisoblanadi,  xamda  O‘zbekiston  Respublikasining  “Ta’lim  to‘g‘risida”gi  Qonuni 

va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» talablari asosida tashkil etiladi: 

maktabgacha  ta’limning  maqsadi:  bola  shaxsini  maktabgacha  yoshdagi 



bolalar  ta’lim-tarbiyasiga  qo‘yiladigan  Davlat  talablariga  muvofiq  sog‘lom  va 

yetuk, maktabga o‘qishga tayyorlangan tarzda shakllantirish; 

maktabgacha ta’limning vazifalari: bolalarni xalkning boy milliy, madaniy-

tarixiy  merosi  va  ma’naviy  ahloqiy  jihatdan  tarbiyalash:  bolalarda  milliy 

vatanparvarlik hislarini shakllantirish, maktabgacha yoshdagi bolalarda bilim olish 

ehtiyojini, o‘qishga intilish moyilliklarini shakllantirib, ularni muntazam ravishda 

ta’lim jarayoniga tayyorlash, bolalarning tafakkurini rivojlantirish, o‘zining fikrini 

mustaqil  va  erkin  ifodalash  malakalarini  shakllantirish,  bolalarning  jismoniy  va 

ruhiy sog‘ligini ta’minlashdan iborat. 

Ma’lumki,  mustaqillik,  milliy  mafkura,  milliy  тараққиёт  kabi  muqaddas 

qadriyatlarni  xalq  keng  va  teran  idrok  etmoqda.  Qisqa  vaqt  ichida  mamlakatimiz 

hayotida  olamshumul  o‘zgarishlar  yuz  berdi.  Vatanimiz  dunyo  miqyosida  e’tirof 

etildi. Bu o‘zgarishlar odamlarning ongi va tafakkuriga ham ijobiy ta’sir etmoqda. 

Binobarin,  o‘sib  kelayotgan  yangi  avlod  dunyo  qarashini  milliy  g‘urur  tarzida 

namoyon  bo‘lmoqda.  Bu  tuyg‘uni  rivojlantirish,  barqaror  e’tiqodga  aylantirish 

ta’lim tizimining muhim vazifalaridan biridir. 

O‘zbekiston  Respublikasi  Mustaqillikdan  keyin  hukumatning  barcha  ichki 

va  tashqi  siyosati,  islohotlarining  birinchi  bosqichida  olib  borilgan  olamshumul 

siyosati va ikkinchi bosqichda amalga oshirilayotgan tarixiy-umumbashariy ishlari 

tufayli butun dunyoga tanildi va tan olindi. Bu o‘zbek xalqining milliy g‘ururidir. 

Bunda  esa  Maktabgacha  ta’lim  muassasalarida,  asosiy  faoliyat  sifatida 

milliy  g‘ururni  shakllantirish  jarayoni  yuzaga  chikddi.  Mazkur  holat  esa, 



 

13 


maktabgacha  ta’lim  muassasalar  tarbiyalanuvchilarida  milliy  g‘ururni 

shakllantirishni  tashkil  etish  jarayonini  samarali  boshqarishni shart qilib  qo‘yadi. 

To‘g‘ri  va  oqilona  rejalashtirilmagan,  tashkil  etilmagan  va  tartibga  solinmagan 

tarbiyaviy  jarayon  kutilgan  samarani  bermaydi.  Ana  shu  dolzarblikdan  kelib 

chiqqan  holda,  maktabgacha  ta’lim  muassasalari  tarbiyalanuvchilarida  milliy 

g‘ururni  shakllantirish  jarayonini  bonqarish  texnologiyasini  ishlab  chikish 

maqsadga muvofiqdir. 

Mustaqil  Respublikamiz  bugungi  kunda  yoshlarimizni  har  tomonlama 

ma’naviy va ma’rifiy jihatdan o‘zini tuta bilgan, o‘z sha’ni, uyati, g‘ururini himoya 

qila oladigan darajada ko‘rishni istaydi. 

Ma’lumki,  kuchli,  qudratli  davlat  ma’naviyat  zaminida  vujudga  keladi. 



Bunday  qudratli davlatning kishilari  ham  o‘z  g‘ururi  or-nomusi  va qadriyatlarini 

ximoya  qilishga  qodir  insonlar  bo‘lishi  lozim.  Shunday  ekan,  biz  tarbiya 

jarayonida  inson  sha’ni,  g‘ururi,  uyati,  or-nomusi  va  uni  asrash,  himoya  kilishni 

yosh avlodlarga o‘rgatishimiz, hamda oldimizga asosiy maqsad qilib ko‘yishimiz 

kerak.  Bugungi  yosh  avlodlarimiz  o‘z  taqdirini  chinakkam  egasi,  o‘z  tarixining 

ijodkori, o‘ziga xos milliy qadriyatlarini sohibi sifatida odob-ahloqimiz namunasi 

asosida ish tutadilar. 

Shu  bois  xalkimiz  o‘zligini  anglab,  mustaqillik  poydevorini  tobora 



mustahkamlab  bormoqda.  O‘z  navbatida  ma’naviy-axloqiy  yuksalish  bilan 

birgalikda  bir  qancha  o‘z  yechimini  kutib  turgan  muammolar  mavjud.  Har  bir 

davlatning  istiqboli,  xalqining  farovonligi,  osoyishta  bo‘lishi  yosh  avlod,  umidli 

ug‘il qizlariga bog‘liq. Chunki ertangi kun ular qo‘lida.  

Milliy  g‘urur  -  muayyan  millatning  tarixiy  o‘tmishidan,  milliy 



qadriyatlardan,  jahon  miqyosida  asrlar  osha  tan  olinib  kelinayotgan  fan,  din, 

adabiyot,  san’at  va  madaniyat  yutuklari  va  ularni  yaratgan  daxolardan  tarixiy 

obida va yodgorliklardan milliy urf-odatlaridan faxrlana olish hissidir. 

Milliy tuyg‘u shaxsda quyidagi shakllarda namoyon bo‘ladi: 



millatning  yutuqlar,  obru-e’tibori  bilan  faxrlanish,  ularning  muammolariga 

befarq qarab turmaslik; 



 

14 


 o‘z eli, millatiga jon kuyar

 o‘z millatining moddiy-ma’naviy me’rosini asrab-avaylash; 

Xalq  odatlari,  an’analari,  qadriyatlarini  hurmat  qilish,  ularni  boyitish  va 

takomillashtirish; 

 o‘z millatiga mehr muhabbatini amaliy faoliyatda namoyon qilish; 

Mustaqillik g‘oyalari bilan sug‘orilgan kishilar milliy tuyg‘uni oshirib, uni 

xalq,  vatan,  ajdodlar  xotirasi  oldidagi  ma’suliyatni  his  qilishdek  mazmun  bilan 

boyitmokda.  Bunday  sharoitda  o‘zbek  xalqinining  mustaqilligidan  faxrlanish, 

mamlakatimizda  ozod,  farovon  va  erkin  hayot  qurish  yo‘lida  faol  mehnat  qilish, 

jahon  hamjamiyati  yutuqlari,  yangi  pedagogig  texnalogiyalaridan  foydalanish, 

milliy g‘ururni rivojlantiradigan omillardir. Bu esa, o‘z navbatida o‘sib kelayotgan 

yosh  avlodning  kuchi,  salohiyati,  bunyodkorlik  faoliyatini  ko‘p  jihatdan 

belgilaydi.  Ularni  sog‘lom  milliy  g‘urur  tuyg‘usini  shakillantirish  uchun  tinmay 

izlanishga safarbar etadi. Bu safarbarlik va miiliy g‘ururni o‘sib kelayotgan yosh 

avlodga  qaror  toptirish  uchun  maktabgacha  ta’lim  muassasalari  katta 

imkoniyatlarga  ega. Chunki bugungi kunda ushbu  maskanlarda  o‘zbek xalqining 

o‘tmishi  ajdodlarimizning  boy  ma’naviy  merosi,  bugungi  buyodkorlik  faoliyati 

keng ko‘lamda o‘rgatilmoqda. Darhaqiqat, milliy g‘urursiz hech bir millat, millat 

sifatida ravnaq topolmaydi. 

 


Download 0.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling