Termiz davlat universiteti pedagogika fakulteti


Download 158 Kb.
Sana29.11.2020
Hajmi158 Kb.
#154989
Bog'liq
3-курс учун 2019-2020


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI

PEDAGOGIKA FAKULTETI

BOSHLANG’ICH TA’LIM KAFEDRASI


O’QUV MALAKAVIY-AMALIYOT BO’YICHA

USLUBIY KO’RSATMA

Talaba ____________________________________________________

Kurs III bo’lim Boshlang’ich ta’lim va spotr tarbiyaviy ish

Mutaxassisligi Boshlang’ich ta’lim



Ushbu uslubiy ko’rsatma O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 1998 yil 30 oktyabr 305-sonli buyrug’i bilan tasdiqlangan O’zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim muassasalari talabalarining malakaviy amaliyoti haqida Nizom»i hamda Termiz davlat universitetida talabalarning pedagogik amaliyotini tashkil etish va o’tkazish bo’yicha yo’riqnomasi asosida tuzilgan bo’lib, unda Oliy ta'lim muassasasi talabalarining o’quv malakaviy amaliyot davrida umumiy o’rta ta’lim maktablarida o`quv-tarbiyaviy ishlar rejasini o`rganish, ta'lim-tarbiya samaradorligi jarayonini tashkil etish hamda o`tkazishdan ko`zlangan asosiy maqsad va vazifalari, faoliyati mazmuni, shuningdek, malakaviy pedagogik amaliyotni nazorat qilish, tashkil etish, baholashda qo`llaniladigan reyting tizimi bayon qilingan.

5111700 - Boshlang`ich ta'lim va sport tarbiyaviy ish bakalavriat ta'lim yo`nalishi III-kurs talabalari uchun mo’ljallangan.


Tuzuvchilar:








Shabbazova D.R.



TerDU Boshlang`ich ta`lim kafedrasi katta o’qituvchisi.

Muxtorova L.A.



TerDU Boshlang`ich ta`lim kafedrasi katta o’qituvchisi.

Shoymardonov I.A.



TerDU Boshlang`ich ta`lim kafedrasi o’qituvchisi.




Taqrizchilar:






Norbo’tayev X.



TerDU Boshlang`ich ta`lim kafedrasi dotsenti, pedagogika fanlari nomzodi.

Djurakulova A.X.



TerDU Boshlang`ich ta`lim kafedrasi katta o’qituvchisi.



AMALIYOT YOLLANMASI
Termiz davlat universiteti Pedagogika fakulteti Boshlang’ich ta’lim va sport-tarbiyaviy ish ta’lim yo’nalishi III-kurs talabasi

________________________________________________________________________________________

(ismi, sharfi)

Termiz shahridagi 15-umumiy o’rta ta’lim maktabiga o’quv malakaviy amaliyotini o’tash uchun yuborildi.

Amaliyot muddati “02” mart 2020 yildan “07” mart 2020 yilgacha

Kafedradan amaliyot rahbari etib katta o’qituvchi D.R.SHabbazova

(vazifasi, unvoni)

_____________________________________________________________________________ tayinlandi.


Asos: Universitet rektorining “___” ________ 2020 yil __- sonli buyrug’i.
Fakultet dekani:______________________ M.Mirzayev
Kafedra mudiri:__________________ dots.D.Qodirova

M.O’.
AMALIYOTNI O’TAGANLIGI HAQIDAGI BELGILAR

Talaba __________________________________________________________________________
maktabda amaliyotni o’tash uchun “02” mart 2020 yilda keldi.
Maktabda amaliyot rahbari etib________________________________ tayinlandi va ______________ sinfga biriktirildi.
U amaliyot rejasini to’liq bajarib, 2020 yil “____” ____________ da fakultetga qaytdi.
Maktab direktori: __________________________
M.O’.
1. O’quv malakaviy amaliyot va uning vazifalari
O’quv malakaviy amaliyot talabalarning umumta’lim maktablarida o’quv-tarbiyaviy ishlarga kasbiy pedagogik va psixologik tayyorlash, ijodiy fikrlash, kasbiy mahorat va qobiliyatlarini rivojlantirish maqsadida tashkil etiladi.

O’quv malakaviy amaliyotning vazifalari quyidagilardan iborat:



  • talabalarda kasbiy ishonch va barqaror pedagogik qarashlarni shakllantirish;

  • talabalarning pedagogik-psixologik fanlar hamda maxsus fanlar bo’yicha nazariy va amaliy bilimlarini mustahkamlash;

  • bo’lajak o’qituvchilarni amaliy ko’nikma va malakalar bilan, zaruriy holatlarda umumiy psixologik-pedagogik qonuniyatlarni qo’llash malakalari bilan ta’minlash;

  • talabalarni maktablardagi o’quv-tarbiyaviy ishlarning zamonaviy ahvoli, ilg’or pedagogik tajribalari bilan tanishtirish;

  • talabalarda pedagogik kasb va mehnatga hurmat hamda muhabbat uyg’otish;

  • talabalarning pedagogik-psixologik faoliyatda bevosita qatnashishlariga erishish;

  • talabalarni maktab o’quvchilarini tarbiyaviy tadbirlarni o’tkazishga o’rgatish;

  • pedagogik faoliyatning sinfdan va maktabdan tashqari ishlarini joriy hamda istiqbolli rejalashtirishga o’rgatish.

Amaliyot davrida talabalar asta-sekin tayyorgarlikning har bir bosqichidagi o’qitishning maqsadi va mazmuni hamda talabalar faoliyati jarayonida mustaqillik darajasi va o’quvchilarning shaxsiy xususiyatlari bilan tanishadilar.
2. III-kurs talabalari o’quv malakaviy amaliyot davrida quyidagi vazifalarni bajaradi:


  • Mutaxassislik fanlarini ilmiy pedagogik tahlil qilish;

  • Darslarni pedagogik-psixologik tahlil qilishni o’rganish;

  • sinf jamoasining pedagogik-psixologik xususiyatlarini o’rganish;

  • guruhda pedagogik-psixologik iqlimni o’rganish;

  • maktab o’qituvchilari darslaridan pedagogik-psixologik xulosalar chiqarishni o’rganish;

  • umumiy o’rta ta’lim DTSini sinchiklab o’rganib chiqish;

  • sinf jurnalining rasmiylashtirilishini organish

  • amaliyot bo’yicha hisobot tuzish va pedagogik amaliyot davridagi hujjatlarni rasmiylashtirish.

3. Talaba amaliyot davrida quyidagi xujjatlarni yuritib boradi:

  1. Amaliyotchining shaxsiy ish rejasi (hafta bo’yicha qilinadigan ishlar mazmuni yoritiladi).

  2. Kundalik daftar (amaliyot rahbari kun oxirida nazorat qiladi va imzolaydi).

  3. Boshlang’ich sinf o’qituvchisining kalendar tematik ish rejasi (amalyot o’tash vaqtidagi qismiga ko’ra bajarilishi va dars tahliliga qatnashish uchun).

  4. Fanlar bo’yicha dars ishlanmalari

  5. Darslarni kuzatish va tahlil etish daftari.

  6. Tarbiyaviy tadbirning ish rejasi.

  7. Hisobot.

Talaba hisobot tayyorlashda shaxsiy rejaga kiritilgan va amaliyot dasturida bajarilishi ko’zda tutilgan barcha ishlarni qachon, qay tarzda, kimlar ishtirokida amalga oshirganligi haqida batafsil yoritishi lozim.


Mustaqil ish uchun topshiriqlar:

  1. Ta’lim muassasasining o’quv-tarbiya jarayoni bilan yaqindan tanishish.

  2. Sinfdagi o’quvchilarni psixologik-pedagogik jihatdan o’rganib chiqish.

  3. O’quvchilarning shaxsiy hujjatlari va tibbiy kartalari bilan tanishish.

  4. O’quvchilarning ijodiy ishlari bilan tanishib chiqish.

  5. Shaxsiy ish rejasini tuzish.


O’quv malakaviy amaliyot mazmuni


Haftalar

Bajariladigan ishlar

1-hafta

1. Pedagogik amaliyotga bag’ishlangan anjumanda ishtirok etish va amaliyot maqsadi, vazifalari bilan tanishish.

2. Amaliyot o’taydigan maktab ma’muriyati, ta’lim muassasasi jamoasi bilan tanishish

3. Boshlang’ich sinf o’qituvchilari jamoasi bilan tanishish

4. Biriktirilgan sinf va sinf rahbari bilan tanishish. Boshlang’ich sinf o’quv kabineti va o’quv qurollari, texnik jihozlari bilan tanishish.

5. Biriktirilgan sinf dars jadvalini o’rganish va mutaxassislik fani darslarini belgilab olish. Sinf rahbarining yillik ish rejasi bilan tanishish

6. Zarur hujjatlarni tayyorlash uchun kerakli o’quv jihozlarini tayyorlash. SHaxsiy ish rejasini tuzish

7. Hafta davomida darslar, tarbiyaviy soat va mashg’ulotlarga ishtirok etish hamda ularni tahlil qilishda qatnashish.

8. Hujjatlar yuritilishini tekshirish, talabalarga maslahatlar berish.

9. Fan o’qituvchilarining uslubiy kengashida talabalarning ishtirok etishini ta’minlash va ularning mustaqil bilim olishlariga uslubiy yordam ko’rsatish.

10. Amaliyot yakuniga bag’ishlangan konferentsiyaga qatnashish

11. Pedagogik amaliyotga oid barcha xujjatlarni jamlash va umumlashgan hisobot tayyorlash


Amaliyotchi talaba quyidagilarga e'tibor qaratishi lozim:


  • Amaliyot davrida talaba: ilg`or o`qituvchilarning ish tajribalarini o’rganish;

  • Ma'naviy-ma'rifiy hamda sinfdan, maktabdan tashqari ishlarni tashkil etish ishlarini o’rganish;

  • Amaliyot davomida maktab, akadеmik litsеy va kasb-hunar kollеjlarining ichki tartib qoidalariga bo`ysunishi va amaliyot dasturi asosida topshiriqlarni o`z vaqtida bajarishi lozim.

Talaba topshirilgan ishni o`z vaqtida bajarishi va o’quv malakaviy amaliyotning boshlanishidan tizimli ravishda olib borish, amaliyot tugagandan so`ng uch kun muddat ichida o’quv malakaviy amaliyot yuzasidan yozma hisobot topshirishi talab etiladi.


Pedagogik amaliyot jarayoniga doir hujjatlar va ular bilan ishlash

1-ilova

Darsni kuzatish va tahlil qilishning taxminiy tizimi

Ta’lim muassasasi: ___________________________________________________________________

Sinf: ____________ O’quvchi soni: ______________________________________________________

Darsning o’tish joyi va vaqti: ________________________________________________________

O’qituvchi: _____________________________________________________________________________

Darsga kirishdan maqsad: ___________________________________________________________

Dars mavzusi: _________________________________________________________________________

Darsning maqsadi (ta’limiy, tarbiyaviy, rivojlantiruvchi): ________________________

__________________________________________________________________________________________

Darsda qo’llaniladigan ko’rgazmali qurollar va texnika vositalari: _______________

__________________________________________________________________________________________

Darsni o’tkazish usuli: ________________________________________________________________

Dars tipi: ______________________________________________________________________________

Reja bo’yicha ma’ruza matnining borligi va bajarilish sifati: ______________________



O’qituvchining tashqi qiyofasi va darsga tayyorgarlik darajasi: __________________
Darsning ijobiy va salbiy tomonlari:

  1. Darsning tashkiliy qismi: _________________ daqiqa ____________________________

    • sinf xonasiga kirish, o’quvchilar bilan salomlashish;

    • sinfning darsga tayyorligi darajasini tekshirish;

    • o’quvchilar diqqatini to’plash;

    • o’tilgan dars mavzusi va uni takrorlash;

    • uy vazifasini tekshirish (qaysi shaklga ko’p e’tiborni qaratdi: guruhiy, yakkama-yakka);

    • amaliy ishlar mazmuni;

    • turli ish shakllarining qay darajada qo’llanganligi va ularning bir-birini to’ldirish darajasi;

    • o’tilgan darsni xulosalash va uni yangi mavzu bilan bog’lash (“ko’prik” tayyorlash);

    • yangi dars mavzusini e’lon qilish.

    1. Darsning asosiy qismi: _________________________ daqiqa __________________________

  • yangi mavzuni o’rganish;

  • o’quvchilar oldiga dars vazifalarini aniq qo’ya olish mahoratini baholash;

  • dars jarayonida didaktik usullarni va tamoyillarni unumli tanlash va ulardan foydalanish darajasi;

  • o’tilgan materialni amaliyot bilan bog’lashga intilish darajasi;

  • o’quvchilarda bilimga nisbatan ongli munosabatni shakllantirish;

  • o’quvchilarning o’quv-bilish faoliyatini kuchaytirish;

  • dars mazmunining mantiqan bog’liqligini belgilash;

  • muammoli vaziyatlarni va emotsional holatni yaratishga bo’lgan intilish;

  • darsda o’quvchilarga tabaqaviy (differentsial) yondashish darajasi;

  • o’qilgan o’quv materialini mustahkamlashda qanday mashqlar, misollar, qoidalar, adabiyotlardan foydalandi;

  • o’quvchilarni mustaqil ishlarga jalb qilish va ularning o’quv bilish faoliyatini rag’batlantirish;

  • darsda doska, o’quv qo’llanmasi, ko’rgazmali qurollar, tarqatma didaktik materiallar va texnik vositalardan foydalanish;

  • darsni o’tishda qo’shimcha ilmiy, uslubiy adabiyotlardan foydalanish darajasi;

  • dars kabinet tizimida tashkil etilgan bo’lsa, unda o’quv kabineti imkoniyatlaridan unumli foydalanish darajasini baholash;

  • dars tempi, o’qituvchining nutq madaniyati, gapirish toni, darsda o’zini tuta olishi;

  • o’quvchilarning o’quv-bilish faoliyatini boshqarish va baholash;

  • o’qituvchi va o’quvchilar jamoasi orasidagi o’zaro munosabat;

  • o’quv materialidan o’quvchilarni tarbiyalash maqsadida foydalanish darajasi;

  • o’quvchilar bilish faoliyatining xarakteristikasi (reproduktiv, muammoli, evristik, tadqiqotchilik);

  • tabaqaviy yondashuv vositalaridan va individual tarzda pedagogik ta’sir o’tkazish uslubidan foydalanishga intilish;

  • yangi mavzu mazmunining o’quvchilar tomonidan o’zlashtirilganli darajasi;

  • mavzuni yoritishda o’qituvchining ijodiy yondashuvning elementlari;

  • darsda gigienik talablarga rioya qilinganlikni baholash.

3. Darsning yakuniy qismi: ______________________ daqiqa ___________________________

  • darsni xulosalash;

  • bilimlarni tekshirish turlari, savol-javobni tashkil etish darajasi;

  • olingan javoblar asosida o’quvchilar bilim sifati, malaka va ko’nikmalarini baholash, ularni izohlash;

  • uyga vazifa berish, uning mazmuni, hajmi va izohi;

  • qo’yilgan maqsadga erishish uchun o’qituvchi qaysi samarali usul va shakllardan foydalanganligini qayd etish.

O’tilgan dars to’g’risida umumiy xulosa, bildirilgan fikr, mulohazalar va berilgan uslubiy tavsiyalar.

O’tilgan darsga qo’yilgan baho: _______________________________________________

Metodist: _______________________________________________________________________

Amaliyotchi-talaba: ____________________________________________________________


2-ilova
O’quv malakaviy amaliyot davrida talaba yuritadigan kundalik daftar, uning mazmuni

O’quv malakaviy amaliyot hujjatlari ichida o’zining salmog’i va tutgan o’rni bilan amaliyotchining yuritayotgan kundalik daftari muhim o’rin egallaydi. Negaki, aynan kundalik daftarda talabaning pedagogik-psixologik, ilmiy-uslubiy va amaliy izlanishlari o’z aksini topadi. Aynan kundalik daftarda talabaning kasbiy o’sish darajasi, pedagogik-psixologik muammolarga yondashish uslubi, shaxsiy fikri, u yoki bu pedagogik vaziyatni tahlil qilish, umumlashtirish, xulosalash malakalarining qay darajada shakllanganligi, uslubiy jihatdan o’sish darajasi, pedagogik mahorati namoyon bo’ladi. SHu bois, kundalik daftar amaliyotchi faoliyatining ko’zgusi desak mubolag’a bo’lmaydi.


Talabaning kundalik daftarni yuritishiga qo’yiladigan pedagogik talablar:

Rejalashtirilgai ishlar fan o’qituvchilari, sinf rahbari, ta’lim muassasasi, jamoat-tashkilotlari tomonidan belgilangan o’quv-tarbiyaviy tadbirlar yo’nalishida bo’lishi kerak;



  • belgilangan tadbirlar ta’limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi xarakterga ega bo’lishi va talabaning kasbiy o’sishida muayyan bosqich vazifasini o’tamog’i lozim;

  • o’tkazilgan tadbirlarda ishtirok etish, ularni tahlil qilish talabalarda pedagogik mahorat sirlarini egallashda yordam berishi, ularda kasbiy malaka va ko’nikmalarni shakllantirishi kerak;

  • rejalashtirilgan ishlar talabalarda ongli intizom, o’z ishiga, faoliyatiga javobgarlik hissini tarkib toptirish, o’z-o’zini tarbiyalash, nazorat qilish, o’zaro muloqot qilish madaniyatini tarbiyalashi lozim;

  • o’tkazilgan tadbirlarni qayd etishda talaba ularning mazmunini, mohiyatini mantiqan, aniq ifodalashi, foydali bo’lgan yo’nalishlarini belgilashi, o’zining shaxsiy pozitsiyasini asoslashi kerak;

  • rejalashtirilgan ishlar ilg’or pedagogik tajribani o’rganishga, o’z fani va tarbiyaviy ishlar sohasidagi yangiliklar bilan mustaqil tanishishga imkon yaratishi lozim;

  • kundalik daftar har kuni, talablar doirasida to’ldirib borilishi kerak;

  • amaliyotchi-talaba ta’lim muassasasidagi ishi, faoliyati davrida kundalik daftarni hamisha o’zi bilan olib yurishi shart;

  • amaliyotchi-talaba haftada bir marotaba kundalik daftardagi yozuvlarni, haftalik rejani metodist o’qituvchilarga tekshirtirishi va tasdiqlatish uchun ko’rsatishi shart;

  • kundalik sahifalarida metodist, o’qituvchilar amaliyotchining amalga oshirgan isharining tahlillarini qayd etishlari mumkin.


Amaliyotchining kundalik daftarida quyidagilar qayd etilishi shart:
a) sinf jurnalining oxirgi beti shakli bo’yicha o’quvchilarning ro’yxati, ularning o’zlashtirish ko’rsatkichlari, o’tgan chorak, yarim yillik yakuni bo’yicha natijalar va o’quvchilarning individual xususiyatlari to’g’risidagi ma’lumotlar;

b) sinf o’quvchilarini joylashtirish tartibi;

v) ta’lim muassasasidagi qo’ng’iroqlar jadvali; fan o’qituvchisining va biriktirilgan sinfdagi darslarning jadvali;

d) hozirgi chorak uchun sinf rahbarining tarbiyaviy ishlar rejasidan ko’chirma;

e) fan o’qituvchilarining darslari, tarbiyaviy tadbirlarini kuzatish va tahlil qilish.
Amaliyotchi yuritadigan kundalik daftarning birinchi sahifasining ko’rinishi

Termiz davlat universiteti _________________________________________________ fakultet

___________________________________________________________ ta’lim yo’nalishi ____ kurs

________ guruhi amaliyotchi-talabasi ________________________________________________

____________________________________________________________________________________ ning

KUNDALIK DAFTARI


O’quv malakaviy amaliyot ____________________________________ shahar (tuman)dagi
______________________ maktabning ________________ sinfi (guruh)da bo’lib o’tayapti.

(ta’lim muassasasining nomi)


Boshlanish vaqti: _____________________________ Tugash vaqti:________________________

Amaliyot rahbari: ____________________________________________________________________

Ta’lim muassasasi direktori: ________________________________________________________

O’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari:_____________________________ Maьnaviyat va ma’rifat ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari:_____________________

Biriktirilgan sinf va sinf rahbari: ____________________________________________________

Ta’lim muassasasi manzili: __________________________________________________________

___________________________________________________________ Telefon: ____________________
Qo’ng’iroqlar jadvali:


Kirish

CHiqish

Tanaffus




















3-ilova

Talabaning o’quv malakaviy amaliyotni o’tkazganligi to’g’risidagi hisobotining taxminiy mazmuni

Termiz davlat universiteti _______________________________________ fakultetining __________________________________ bo’limi ____________ guruh talabasi _________________

______________________________________________ ning 2019 yil _____________________ dan 2019 yil ___________________ gacha ____________________________________________________

(tuman, shahar)dagi

_____________________________________________________________________________________________

(ta’lim muassasasining to’liq nomi)

olib borgan o’quv malakaviy amaliyoti bo’yicha
H I S O B O T I


  1. O’quv malakaviy amaliyot rejasini bajarish. Rejadan qanday chetga chiqishlar bo’ldi? Nima uchun? Rejadan tashqari qanday ishlar amalga oshirildi, amaliyotning o’ziga xos xususiyatlari nimada?

  2. Amaliyot davrida Siz qanday asosiy didaktik vazifalarni hal etdingiz va qanday natijalarga erishdingiz?

  3. Siz o’z ishingizni tashkil etayotganda qanday va qaysi ilg’or pedagogik tajribalarga suyangan holda ish tutdingiz? Siz bajargan ishingizdan qoniqdingizmi? Qanday nazariy, uslubiy, tashkiliy qiyinchiliklarga duch keldingiz?

  4. Ta’lim muassasasi sharoitida o’quvchilarga individual munosabat qanday amalga oshiriladi?

  5. Siz kelajakda o’z oldingizga qanday tashkiliy-tarbiyaviy vazifalar qo’ymoqchisiz? Siz amaliyot jarayonida qanday mahorat va malakalarni egalladingiz?

  6. Amaliyot haqida Sizning xulosalaringiz. Pedagogik faoliyatingizning shakllanishida o’tkazilgan amaliyotning ahamiyati. Amaliyotni tashkil etish samaradorligini oshirish va uni yanada mazmunliroq qilish borasidagi fikringiz?

Amaliyotchi - talaba:___________________________________________

Hisobot yozilgan vaqt:______________________________________

O’quv malakaviy amaliyot bo’yicha talaba topshiradigan hujjatlarning ro’yxati:


  1. Talabaning amaliyot bo’yicha shaxsiy ish rejasi.

  2. Pedagogik talablar asosida yuritilgan kundalik daftar.

  3. Fanlar bo’yicha taqvimiy rejasi.

  4. O’zi ishtirok etgan darslarning pedagogik-psixologik tahlili.

  5. Ma’naviy-tarbiyaviy ish reja.

  6. Tarbiyaviy tadbirlardan bir nechasining pedagogik-psixologik va uslubiy tahlili.

  7. To’garak ish rejasi.

  8. Sinf qaydnomasi asosida o’quvchilarninig o’zlashtirishini o’rganish.

  9. Amaliyot yuzasidan yozilgan hisobot.


O’quv malakaviy amaliyot bo`yicha baholash mеzonlari

Yakuniy nazorat og`zaki va yozma hisobot shaklida olib boriladi.

“A'lo” baho (86-100 ball) - talaba o’quv malakaviy amaliyot davrida olgan nazariy bilimlarini amalyot bilan bog`lay olsa, matеrial bo`yicha bilim va ko`nikmaga ega bo`lib, hayotga tadbiq еta olsa, faol ishtirok etib, amaliyotga oid hujjatlarni to’liq tadbiq eta olsa;

“Yaxshi” baho (71-85 ball) - talaba o’quv malakaviy amaliyot davrida kеrakli bilim va ko`nikmalarga ega bo`lib, faol ishtirok etsa, ammo kichik xatoliklarga yo`l qo`ysa;

“Qoniqarli” baho (55-70ball) – amaliyotchi talaba nazariy bilim , amaliy ko`nikma va malakalarga etarlicha ega bo`lmay, xatoliklarga yo`l qo`ysa;

“Qoniqarsiz” baho (54-dan kam ball )-talaba o’quv malakaviy amaliyot davrida amaliy bilim va ko`nikmaga ega bo`lmasa, amaliyotga oid hujjatlarni taqdim eta olmasa va jiddiy xatoliklarga yo’l qo’ysa .


ADABIYOTLAR RO’YXATI:

  1. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. - T.: 2004.

  2. “Ta’lim to’g’risida”gi Qonun. - T.: 1997.

  3. O’zbekiston Respublikasi «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» «Barkamol avlod O’zbekiston taraqqiyotining poydevori». - T.: SHarq, 1997.

  4. N.N. Azizxodjaeva. «Pedagogik texnologiya». – T.: TDPU, 2003.

  5. O’.Gadayboev, B. Hasanova, M.Yuldasheva. «Pedagogik izlanish». - T.: TDPU, 2006.

  6. M.Mirqosimov «Maktabni boshqarishning nazariy va pedagogik asoslari». - T.: O’qituvchi, 1995.

  7. O’.Tolipov, M. Usmonboeva. «Pedagogik texnologiya: nazariya va amaliyot». - T.: Fan, 2005.

  8. B.Hasanova. «Pedagogik amaliyot» - T.: TDPU, 2002.

  9. R.Hasanov, R.Yarkulov, R.Isyanov. «Ta’lim jarayoniga doir o’quv-me’yoriy hujjatlar». - T.: MRDI, 2006.

  10. B.Hasanova. «Pedagogik amaliyot jarayonida tarbiyaviy ishlarni tashkil etish». – T.: TDSI, 2005.

  11. Jumayеv M.E, Tadjiyeva Z.G`. Boshlang`ich sinflarda matеmatika o`qitish mеtodikasi. (OO`Y uchun darslik.) Toshkеnt. “Fan va texnologiya” 2005.

  12. Qosimova K., Matjonov S., G’ulomova X., Yo’ldosheva Sh., Sariyev Sh. Boshlang`ich sinflarda ona tili o`qitish metodikasi. T., TDPU. 2008.




Download 158 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling