Termiz davlat universiteti


Download 0.79 Mb.
Sana23.08.2020
Hajmi0.79 Mb.
#127368
Bog'liq
7.MAKTABGACHA


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI

MAKTABGACHA TA’LIM FAKULTETI



BOLALAR NUTQINI O’STIRISH fanidan

…………………………………………ning

MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDA BOLALAR NUTQINI О‘STIRISHNING VAZIFALARI

mavzusida tayyorlagan

KURS ISHI

Termiz-2020



Mundarija

Kirish

I.BOB Maktabgacha tarbiya muassasalarida bolalar nutqini rivojlantirish

1.1Maktabgacha tarbiya muassasalarida bolalar nutqini rivojlantirish

1.2 MTMsida nutqni rivojlantirish metodlari va usullari



II.BOB

Xulosa

Tavsiyalar
Kirish

Til hayotimizning ajralmas kismi bo‘lib, biz unga o‘z-o‘zidan bo‘lishi shart bo‘lgan narsa sifatida karaymiz. Tilning o‘zi nima, biz unda kanday so‘zlayapmiz, biz kanday kilib so‘zlashni o‘rganishimiz hakida esa unchalik ko‘p o‘ylab ham o‘tirmaymiz. Hammaga yaxshi ma’lumki, tilni o‘rganuvchi maxsus fan bo‘lib, uning nomi – lingvistikadir. Ushbu fan jadal rivojlanayotgani va shak-shubhasiz bu borada sezilarli yutuklarga erishganiga karamasdan hozirgi paytda shu ravshanki, biz insoniy xususiyatlarning eng «insoniysi» bo‘lgan va usiz insonning jamiyat a’zosi sifatida mavjud bo‘lishi mumkin bo‘lmagan til hakida juda kam bilar ekanmiz.

Nutkni rivojlantirish metodikasi – maktabgacha yoshdagi bolalarda nutkni rivojlantirishga yo’naltirilgan pedagogik faoliyat konuniyatlarini o’rganuvchi fandir.

Ilk yoshlardagi va maktabgacha yoshdagi bolalar tarbiyachisining bolalarga ularning o‘z ona tilini o’rgata olish kobiliyati uning kasbiy tayyorgarligining muhim ko‘rsatkichi hisoblanadi. Bolaga tabiat ato kilgan barcha akliy kobiliyatlar ona tilini o‘zlashtirish, ayniksa uni maktabgacha yoshda o’rganib olish tufayli yuzaga chikadi hamda rivojlanadi.

Bolalarning ona tilida avloddan-avlodga o‘tib kelayotgan xalk ma’naviy boyliklarini kanchalik meros kilib olishlari, tarbiyalanuvchilarning kelgusida o‘z davrining ilmiy yutuklarini o’zlashtira olishlari, ularning insoniyatning ilg‘or sheriy va estetik ideallariga sodikligi, ya’ni mustakil O‘zbekistonda demokratik jamiyatning to’lakonli kuruvchilari bo’la olishlari tarbiyachiga bog‘likdir.

1.Bolalar bog'chasida maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarga ta'Iim va tarbiya berislida eng asosiy vazifalardan biri bolalarga ona tilini o'rgatish, nutkini rivojlantirish, nutkiy munosabatga, muomalaga o‘rgatishdir.

Nutqo'stirish uslubiyoti pedagogik fan bo‘lib, maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarda nutkni shakllantirishga karatilgan pedagogik konuniyatlarni o'rganadi.

Nutq o'stirish uslubiyoti fanining asosiy vazifasi— nutk o'stirish uslubi va uslubiyotlarini, ularning eng samarali vosita- larini ilmiy-pcdagogik asoslarda ishlab chikish va bolalar bog'cha- lari tarbiyachilarini ular bilan ta’minlashdan iboratdir. Tar- biyachilar esa o'zlashtirilgan uslub va uslubiyot yordamida bola­larda zaniriy nutkiy malaka va ko'nikmalami rivojlantirishga harakat kiladilar.

Nutq o'stirish uslubiyotining maksadi bolalarning og'zaki nutkini rivojlantirishdan, atrofdagilar bilan nutkiy mulokotda bo'lish malakasini shakllantirishdan iborat.

Nutq o'stirish uslubiyoti boshka xususiy uslubiyotlar kabi kuyidagi savollarga javob beradi:

1).nimaga o'rgatish kerak (bolalarda kaysi nutkiy malakalarni tarbiyalash kerak);

2). Қандай ўргатиш керак.(болалар нутқини shakllantirishda kanday sharoit, kavsi usul va uslubivotlardan foydalanish kerak); 3) nima uchun xuddi shunday o'rgatish kerak (nutkni rivojlantirish uchun taklif etilayotgan usutlar nazariy va amaliy jihatdan kanday asoslangan).

Nutq o'stirish uslubiyoti vazifasi o‘z ichiga bir kancha maxsus xususiy vazifalarni ham kamrab olgan. Jumladan, bolalar bog'chasida bolalar nutkini rivojlantirish bo'yicha kuyidagi max­sus, xususiy vazifalar amalga oshiriladi:


  1. Bolalarni tevarak-atrof bilan tanishtirish, nutkini o'stirish, boyitish.

  2. Nutkning grammatik tomonini shakllantirish.

  3. Nutkning tovush madaniyatini tarbiyalash.

  4. So'zlashuv nutkini (dialog) shakllantirish.

  5. Hikoya kilishga o'rgatish (monologik nutkni shakllantirish).

  6. Bolalarni badiiy adabiyot bilan tanishtirish.

  7. Bolalarni boshlang'ich savodga tayyorlash.

Ushbu vazifalar har bir guruhdagi bolalarning yoshi va individual xususiyatlariga ko'ra kuyidagicha taksimlangan:

Birinchi va ikkinchi kichik guruhda.

  1. Tevarak-atrof bilan tanishtirish, nutk o'stirish, lug'atini boyitish.

  2. Nutkning grammatik tomonini shakllantirish.

  3. Nutkning tovush madaniyatini tarbiyalash.

  4. So'zlashuv nutkini (dialog) shakllantirish.

  5. Badiiy adabiyot bilan tanishtirish.

Ushbu guruhda hikoya kilishga (monolog nutkka) o'rgatish bo'yicha boshlang'ich ma’lumot berish belgilangan.

Kichik guruh bolalari tarbiyachining hikoyasini eshitib, lining savollariga javob bcra olishi, mavzulardagi rasm yuzasidan suhbatlarda ishtirok ctishi bilan birga, avval eshitgan crtak va hikoyani xotirasida tiklab, uning mazmunini buzmasdan aytib bera olishlari lozim.

O'rta va katta guruhlarda tarbiyachi bolalar nutkini rivoj­lantirish bo'yicha kuyidagi vazifalarni amalga oshirishi kerak:


  1. Bolalarni tevarak-atrof bilan tanishtirish, nutkini o'stirish, lug'atini boyitish.

  2. Nutkning grammatik tomonini shakllantirish.

  3. Nutkning tovush madaniyatini tarbiyalash.

  4. So'zlashuv nutkini (dialog) shakllantirish.

  5. Hikoya kilisliga ( monolog nutk) o'rgatish.

  6. Badiiy adabiyot bilan tanishtirish.

Maktabga tayyorlov guruhida kuyidagi vazifalar amalga oshiriladi:

  1. Bolalarni tevarak-atrof bilan tanishtirish, nutkini o'stirish, lug'atini boyitish.

  2. Nutkning grammatik tomonini shakllantirish.

  3. Nutkning tovush madaniyatini tarbiyalash.

  4. So‘zlashuv nutkini (dialog) shakllantirish.

  5. Hikoya kilisliga o'rgatish (monolog nutkni shakllantirish).

  6. Badiiy adabiyot bilan tanishtirish.

  7. Bolalarni savod o‘rgatishga tayyorlash.

Bolalarni tevarak-atrof bilan tanishtirish, nutkini o'stirish, lug'atini boyitish. Lug'at ustida ishlash bolalarni tevarak-atrof bilan tanishtirish orkali amalga oshiriladi. Bolalarni tevarak-atrofdagi buyumlar, hodisalar, o'simliklar, hayvonot dunyosi, kattalar mehnati va h. k. lar bilan tanishtirish jarayonida ularning nomla- rini, sifatlarini, xususiyatlarini, xarakterlarini so'zlar bilan aytamiz

Masalan, buyumlarning nomini anglatadigan: ko'zgu, tarok, sovun, tish va kiyim cho'tkalari, pa/os, gilam, javon, karavot, xontaxta; sabzavotlarning noniini anglatadigan: sabzi, karam, sholg'om, boclring, baklajon; o'simliklar: daraxt, gul, o't va boshkalar; mevalar: olma, nok, olcha, gilos, olxo'ri va hokazolar; uy hayvonlari: xo'roz, tovuk, ot, sigir, it, mushuk, ko'y, eshak\ ularning bolalarining nomini bildiruvchi: jo'ja, toychok, buzok, ko'zichok, uiokcha, xo'tik; harakatlarni ifodalovchi: yuvinmok, artmok, pishirmok, layyorlamok, kir yuvmok, daznwllaniok, ekmok va boshkalar; sifatlarni bildiruvchi: katta, kichik, kizil, sarik, ko'k, zangori, ok, kora, issik, sovuk, shirin, achchik va hokazo so'zlar bolalarni tevarak-atrof bilan tanishtirish jarayo­nida bolalar lug'atiga kiritiladi, bulling natijasida ularning lug'ati boyitiladi, nutki rivojlanadi.

2. Maktabgacha ta’lim umuman olganda, uzluksiz ta’limning birinchi boskichi hisoblanib, u maktabda o’kish uchun tayyor bo’lgan soғlom va tў lakonli shaxs sifatida shakllangan bolani tarbiyalashni kўzda tutadi.

Bolani maktabda muvaffakiyatli ta’lim olishga tayyorlash uchun unga ona tilining barcha boyliklarini egallab olish uchun tegishli shart-sharoitlarni yaratish zarur.

Bolalar bog’chasining asosiy vazifalaridan biri bolalarning ўz xalkining badiiy tilini o’zlashtirib olishlari natijasida ularning to’g’ri og’zaki nutkini shakllantirishdan iboratdir. Bu umumiy vazifa kuyidagi maxsus vazifalardan iborat: nutkning tovush madaniyatini tarbiyalash, lug’atni boyitish, mustahkamlash va faollashtirish, nutkning grammatik to’g’riligini takomillashtirish, og’zaki (dialogik) nutkni shakllantirish, ravon nutkni rivojlantirish, badiiy so’zga kizikishni tarbiyalash, savod o’rgatishga tayyorlash.

Bolalar nutkini rivojlantirishni tegishli dastur asosida amalga oshirish zarur. Ushbu dasturda atrof-olam hakidagi bilimlar doirasi va lug’at hajmi, har bir yosh boskichida bolalarda shakllanishi lozim bo’lgan nutkiy mahorat va ko’nikmalar belgilangan bo’lib, u shaxsning muayyan sifatlarini (kirishimlilik, xushmuomalalik, salomlilik, bosiklik) tarbiyalashni ko’zda tutishi lozim.

Nutkni rivojlantirish dasturi ilmiy asoslarga kurilgan bo’lib, u butun mazmuni bilan bola shaxsini har tomonlama rivojlantirishga karatilgan.

Nutkni rivojlantirish dasturi bola faoliyatining o’kuv, o’yin, mehnat va maishiy kabi shakllarida amalga oshadi.

Jamoat tarbiyasi sharoitida ta’lim - bola nutkini shakllantirishning yetakchi vositasi hisoblanadi.

Ona tilini o’kitish – bolalarning bilish kobiliyatini rejali, anik maksadni ko’zlagan holda rivojlantirish, ularning atrof-olam hakidagi eng oddiy bilimlarni va tegishli lug’atni o’zlashtirish, nutkiy mahorat va ko’nikmalarni shakllantirish jarayonidir. Maktabgacha yoshdagi bolalarni o’kitishning asosiy shakli – mashғulotlardir.

Didaktik maksadlar bo’yicha kuyidagi mashg’ulotlar turlarini ajratib ko’rsatish mumkin:

-yangi materialni ma’lum kilish mashg’uloti;

-bilimlar, mahorat va ko’nikmalar mustahkamlashga oid mashg’ulotlar;

-bilimlarni umumlashtirish va tizimlashtirishga oid mashg’ulotlar;

-yakuniy mashg’ulotlar yoki hisob-tekshiruv (nazorat) mashg’ulotlari.

Bolalarga ona tilini o’kitishga doir mashg’ulotlar har bir guruhda bolalarning yosh imkoniyatlarini va har bir bolaning nutkiy rivojlanganlik darajasini hisobga olgan holda amalga oshirilishi lozim. CHunki bilimlar mazmuni, ularning tarkibi, metod va usullarni tanlash, haftasiga o’tkaziladigan mashg’ulotlar soni, har bir mashg’ulotning davomiyligi shunga bog’lik bo’ladi.

1 yoshdan 3 yoshgacha bo’lgan bolalar nutkini rivojlantirishga doir mashg’ulotlarni didaktik o’yinlar, ermak o’yinlar, sahna ko’rinishlari shaklida ўtkazish tavsiya kilinadi. Ular nafakat ko’ngilochar tusga, balki albatta ta’lim tusiga ega bo’lishi lozim.

3 yoshdan 5 yoshgacha bo’lgan bolalar nutkini rivojlantirish emotsional tusga ega bўlishi lozim. Bunda ko’rgazmaviylik, o’yin usullari va didaktik ўyinlarni keng қўllash zarur.

5 yoshdan 7 yoshgacha bўlgan bolalar nutkini rivojlantirishga doir mashғulotlar muayyan vazifaga ega – ya’ni, u bolalarni maktabda ўқishga tayyorlashni kўzda tutadi.

Mashғulotlarda pedagog nutkiy vazifalardan tashkari ўқuv faoliyatini yўlga қўyish kobiliyatini shakllantirish (dikkat-e’tiborli bo’lish, pedagog topshirig’ini tinglash, tushunish va uni anik bajarish, bolalar jamoasi oldida fikr oldira olish, tengdoshining javobiga oddiy baho bera olish va h.k.) vazifasini ham bajaradi.

1.2 MTMsida nutqni rivojlantirish metodlari va usullari

.Bolalarga ona tilini ўқitish metodikasida kuyidagi metodlar guruhlarini ajratish mumkin:

Ko‘rgazmali usullar – kuzatish, uning turlari: binoni ko’zdan kechirish, ekskursiya, tabiiy buyumlarni ko’rib chikish. Pedagog kuzatishdan ob’ektni to’g’ridan-to’g’ri (gullar ochilishi, toshbaka harakati va boshk.) va vositali (agarda ob’ektni bevosita kuzatishning imkoni bo’lmasa (yovvoyi hayvonlar, shaharlik bolalar uchun kishlok aholisining mehnati, kishlok aholisi uchun shahar transporti kabi) kuzatish mumkin bo’lgan holatlarda – suratlar, fotosuratlar, kinofilmlar, diafilmlar va videofilmlar namoyishida foydalanadi.

Ko’rgazmali narsalar, hodislar ko’rgazmalai usullardan foydalanishda suhbat, mulohaza mavzusini belgilaydigan manba bo’lib xizmat kiladi. Bolalarning kabul kilish hissini so’zlash berish orkali yo’naltirayotgan tarbiyachi ko’rib chikilayotgan narsa nomini aytadi va uni tushuntirib beradi.

So‘zli usullar – kattalar va bolalarning so’zlari har kanday ko’rgazmali va amaliy metod tarkibiga kiradi. Birok, bolalarda so’zli-mantikiy fikrlashning rivojlanishi, atrofdagi narsalar va hodisalar hakidagi tasavvurlarning yig’ilishiga karab nutkni rivojlantirishning so’zli usullari mustakil metod tusini oladi. Unga badiiy asarlarni o’kish, she’r yod olish, bolalarning hikoyalari, suhbatlar va tarbiyachining hikoyalari kiradi.

So’zli usullar sof ko’rinishda bolalar bog’chasida juda kam ko’llaniladi, chunki maktabgacha yoshdagi bolalarning yosh xususiyatlari ko’prok ko’rgazmalilikka tayanishni talab kiladi. SHuning uchun deyarli barcha so’zli usullarda ko’rgazmali usullardan (narsa, o’yinchokni kiska vaktga ko’rsatish, illyustratsiyalarni ko’zdan kechirish) yoki bolalarni dam oldirish maksadida ko’rgazmali ob’ektni namoyish kilishdan foydalaniladi.

Amaliy metodlarga mashklar, o’yin metodlari kiradi va u bolalar nutkini rivojlantirishda keng ko’llaniladi. Ularning maksadi bolalarga olingan bilimlarni amaliy faoliyatda ko’llashni o’rgatish, nutkiy mahorat va ko’nikmalarni o’zlashtirishda ularga yordam berishdan iboratdir. Didaktik o’yinlardan nutkiy rivojlantirishga oid barcha vazifalarni hal etish uchun foydalaniladi. Nutkiy mashklar (mashk kilish va ijodiy mashklar) yordamida esa o’z fikrlarini anik va tushunarli kilib ifodalash, mulohaza yuritish, isbotlash hamda so’zlarni anik va tushunarli kilib talaffuz kilish shakllanadi.

Har bir metod didaktik vazifalarni hal etish – ya’ni, bolalarga yangi narsalarni tanishtirish, mahorat va ko’nikmalarni mustahkamlash, o’zlashtirilgan narsalarni ijodiy ravishda kayta ishlash uchun xizmat kiladigan usullar majmuasidir.

Metod deb bilimlarni biridan ikkinchisiga berish maksadida o’kituvchi va o‘kuvchi tomonidan amalga oshirilayotgan harakatga aytiladi.

O‘qitish usuli – bu metodning bir elementidir. Usullarni ko’rgazmaviyligi va emotsionalligiga karab so’zli, ko’rgazmali, o’yinli usullarga ajratish mumkin.

Eng ko’p tarkalgan so’zli usullardan biri – nutkiy namunadir. Nutkiy namuna – bu tarbiyachining to’g’ri, ilgaridan mashk kilingan nutkiy faoliyatidir. Nutkiy namunadan izohlash, ko’rsatmalar berish bilan birgalikda foydalaniladi. Namuna bolalarga anik, tushunarli, baland va bosik ovozda namoyish kilinadi.

Takrorlash – esda saklab kolish maksadida aynan bitta nutkiy elementdan (tovush, so’z, ibora) bir necha marta foydalanish. Takrorlash tarbiyachining o’zi yoki bola (ikki nafar bola) tomonidan hamda bolalar tomonidan jo’rovoz bo’lib amalga oshiriladi.

Tushuntirish – tarbiyachi tomonidan narsa yoki hodisa mohiyati ochib beriladi.

Ko‘rsatma berish – bolalarga kanday harakat kilish, kanday kilib natijaga erishish mumkinligi tushuntiriladi. Ko’rsatmalar o’rgatuvchi, tashkiliy va tartibga keltiruvchi bo’ladi.

So‘zli mashklar – nutkiy mahorat va ko’nikmalarga ega bo’lish hamda ularni takomillashtirish uchun bolalarning muayyan nutkiy harakatlarni ko’p marta bajarishlaridir.

Bolalar nutkini baholash – o’rgatuvchi usul bo’lib, unda bolaning javobi yoki hikoyasi hakida asoslangan mulohaza bildiriladi. Ko’pincha baholar nutkning ijobiy tomoniga taallukli bo’ladi.

Savol – so’zli murojaat bo’lib, u mavjud bilimlaridan foydalanish yoki uni kayta ishlash zarurati karshisida turgan bolaga vazifa ko’yish va uning javobini kutishni talab kiladi. Savollar mazmuniga karab tasniflanadilar: faktlarni tasdiklashni talab kiluvchi reproduktiv savollar (Nima? Kim? Kanday? Kaerda? Kaerga? Kancha? Kachon? va boshk.), akl bilan bir xulosaga kelishni talab kiluvchi nisbatan murakkab – kidiruv savollari (Nega? Nima uchun? Nimasi bilan o’xshash? va boshk.). Savollar tuzilishiga karab to’g’ridan-to’g’ri, yo’l ko’rsatuvchi va javobni aytib turuvchi savollarga bo’linadi.

Ko‘rgazmali usullar – suratni, o’yinchokni, harakatni, sahna harakatlarini (sahnalashtirishga oid o’yinlarda) ko’rsatish, tovushni yo’lga ko’yish jarayonida artikulyatsiya organlari holatini ko’rsatib berish. Ko’rgazmali usullar so’zli usullar yordamida – ya’ni, narsani ko’rsatish, uning nomini aytish, tushuntirish orkali ko’llaniladi.

O‘yin usullari – maktabgacha yoshdagi bolalar nutkini rivojlantirishda turli o’yinchoklardan foydalanish mashklar, o’yinlarni yanada jonli va emotsional kiladi, bu esa bolalarning dikkat-e’tibori oshishiga olib keladi, ayni paytda barcha nutk jarayonlari faollashadi. Har bir mashg’ulotda, ayniksa uning nihoyasida, hazil savollar berish, loflardan, o’yin kahramonlaridan (ayikcha, Buratino va boshk.) foydalanish, o’yin baholarini ko’llash (xalka yig’ish, karsaklar) mumkin. SHuningdek, musobaka elementlari («Kim ko’p so’z aytadi?», «Kim yaxshi aytadi?»), mashg’ulotlar jihozlarining chiroyliligi, yangiligi ham bolalarning nutkiy materialga nisbatan dikkat-e’tiborini oshiradi.

O‘rgatuvchilik vazifasiga karab rivojlantirish usullarini bevosita va bilvosita usullarga ajratish mumkin.



Bevosita ta’lim usuli – namuna, izoh, savol, bola javobini baholash, ko’rsatma berish va boshk. Mashg’ulot, o’kuv vazifasining maksadiga karab bir mashg’ulotda aynan bitta usulning o’zi yetakchi, boshka bevosita usullar esa – ko’shimcha usullar bo’lishi mumkin. Masalan, hikoya kilib berishga oid mashg’ulotda namuna yetakchi usul bo’ladi, boshka usullar – reja, savollar esa – ko’shimcha usul bo’ladi.

Bilvosita usullarga eslatish, maslahat berish, aytib turish, tuzatish kiritish, mulohaza bildirish, lukma tashlashlar kiradi.

Bitta mashg’ulotda butun usullar majmuasidan foydalanish tavsiya etiladi: masalan: narsalarni takkoslashni uning nomini aytish (so’z namunasi), tushuntirish, badiiy so’z va hokazolar bilan birgalikda amalga oshirish tavsiya etiladi. Pedagog mashg’ulotlarning umumiy borishini oldindan ўylab olishi, zarur ta’lim usullarini belgilab olishi zarur. Kerakli usullarning asosli va okilona tanlab olinishi ko’p jihatdan har bir mashg’ulotning muvaffakiyatini belgilaydi.



II.BOB Maktabgacha tarbiya muassasasida nutqini rivojlantirishga

doir ishlar tizimi
2.1. Maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirish qonuniyatlari.

2. «Bolajon» tayanch dasturida bolalar nutqini rivojlantirishning

ilmiy asosi.

1. Maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirish qonuniyatlari. Ma’lumki, bolaning nutqi til qonuniyatlariga to‘g‘ri amal qilish, kattalar nutqini idrok etish va o‘zining ijodiy faolligi natijasida rivojlanadi.

Shunday qilib, til va nutq maktabgacha katta yoshdagi bolaning psixologik rivojlanishi hamda dastavval xotirasi, fikrlashi, idrok etishi, hissiyoti va ehtirosini ta’minlaydigan ikkita muhim vositadir.

Birinchi qonuniyat: Ona tilidagi nutqni idrok etish qobiliyati bola nutq organlari muskullarining mashq qildirilishiga bog‘liq (shuning uchun ham so‘z, ibora va gaplarni talaffuz etishni takomillashtirish uchun nutq organlarini mashq qildirishga yetarli darajada e’tibor bermoq muhimdir).

Ikkinchi qonuniyat: Nutq ma’nosini tushunish bola tomonidan nutqning leksik va grammatik qonuniyatlarining o‘zlashtirilishiga bog‘liq.

Uchinchi qonuniyat: Nutq ifodaliligini o‘zlashtirish bolada fonetika, leksika va grammatikaning ifoda vositalarini tushunishga bo‘lgan moyillikka bog‘liq (maktabgacha katta yoshdagi bolalarni nutq ifodaliligini tushunishga o‘rgatish hamda bu hissiyotlarning bola tomonidan o‘zlashtirilishiga erishish lozim).

To‘rtinchi qonuniyat: Nutqni boyitish, avvalo, nutq ko‘nikmalarini takomillashtirishga bog‘liq (agar oldingi yosh bosqichida maktabgacha katta yoshdagi bola nutqini shakllantirish muvaffaqiyatli bo‘lgan bo‘lsa, undan keyingi nutqni boyitish jarayoni hamda uni o‘zlashtirish oson va tez boradi). Bundan tashqari, tadqiqotchilar tomonidan nutqni boyitish jadalligi tilni his etish, bilish imkoniyatlari (sezish, xotira, idrok qilish, fikrlash), iroda kuchining rivojlanishiga ham bog‘liq.

Beshinchi qonuniyat: Nutq meyorlarini o‘zlashtirish tilni his etishning rivojlanishiga

Ma’lumki, ta’limda biror-bir yutuqqa erishish tarbiyaga bog‘liq. Shuning uchun ham maktabgacha yoshdagi bolalarning madaniy xulq-odatlarini shakllantirishga muayyan darajada e’tibor berish lozim. Ularda yaxshilik, kamtarlik, adolatlilik, vijdonlilik to‘g‘risidagi axloqiy tasavvurlarni tarkib toptirish kerak. Nutqni samaraliroq rivojlantirish maqsadida bolalarning tevarak-atrof obyektlari (kishilarning hayoti va mehnati, hayvonlar, o‘simliklar olami, suv osti dunyosi) to‘g‘risidagi tasavvurlarini aniqlash va izchil, rejali tarzda kengaytira borish talab etiladi. Nutqni rivojlantirishning samaradorligini oshirish rejasida nafaqat tevarak- atrof obyektlari ustida oddiy kuzatishlar (mushohadalar) uchun, balki ularni o‘rganish uchun ham sayrlar, sayohatlar o‘tkazish muhimdir. Shu o‘rinda tevarak-atrof obyektlarini o‘rganishda nimalarga erishish mumkinligini aniqlab olishimiz lozim bo‘ladi. Buning uchun, avvalo, nutq o‘stirishga oid tevarak-atrof manbalarining o‘zini guruhlashtirish taqozo etiladi. Tevarak-atrofni o‘rganishda (tarbiyachilar yoki ota-onalar tomonidan) bolalar shunchaki kuzatmasliklari, balki predmetlarni ularning qismlari, elementlarini ko‘rib, jarayonlar, hodisalarni idrok eta borib, ular to‘g‘risida mulohaza yuritishlari ham lozim. Bunga erishish uchun tarbiyachi oldiga qiyoslash, taqqoslash, ajratish, umumlashtirish, tahlil qilish va boshqa shu kabi usullardan foydalanish vazifasi qo‘yiladi. Bundan tashqari, o‘rganish jarayonida) maktabgacha katta yoshdagi bolalarni mehnatning ular uchun qulay bo‘lgan turlari (ariqchalarni tozalash, daraxtlar tagini yumshatish, gullarni parvarish qilish)ga jalb qilish muhimdir. Bunday yondashuv shu bilan bog‘liqki, inson biron narsani o‘z qo‘li bilan bajarsa, uni ko‘proq va to‘laroq esda saqlaydi. Mazkur usul bilan maktabgacha katta yoshdagi bolalarning bog‘lanishli nutqidagi kamchiliklar narsa-predmetlarning nomlarini so‘zma-so‘z va eslash orqali to‘ldiriladi. Maktabgacha katta yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirish ko‘p jihatdan quyidagi narsalarning to‘g‘ri hal etilishiga bog‘liq:

- nutqni rivojlantirishga doir didaktik materiallar (tarbiyachi va ota-onalarning ma’lum maqsadga qaratilgan nutqi, bolalarga o‘qib yoki aytib beriladigan ertaklar, qo‘shiqlar, hikoyalar);

- ta’limning didaktik materiallarni o‘zlashtirish uchun foydalaniladigan metod va usullari;

- ta’limni tashkil etish (tevarak-atrof obyektlarini saralash, shunga bog‘liq nutq o‘stirishni rejalashtirish).

- o‘quv materialining mazmuni, uni o‘rganishning ayrim usullari hamda ularga tegishli tamoyillarga tayanib, tarbiyachi nutq o‘stirish bilan bog‘liq bo‘lgan barcha ishlarni rejalashtirmog‘i zarur.

Biz ayni muammoga oid tadqiqot ishlari olib borish jarayonida nutq o‘stirish borasida quyidagi didaktik tamoyillarga tayanib ish ko‘rish yaxshi natija beradi degan xulosaga keldik:

- nutq organlari hamda qo‘lni o‘rgatish uchun nutq materialini tushunish;

- nutq ahamiyatini tushunish hamda leksik va grammatik ko‘nikmalarni rivojlantirish;

- nutq ifodaliligini baholash. Buning uchun maktabgacha yoshdagi katta bolalarda muayyan hissiyotni rivojlantiradigan didaktik materiallarni tanlash maqsadga muvofiqdir;

- ona tiliga muhabbat tuyg‘usini rivojlantirish tamoyili (bu o‘rinda bolalarga, xususan, nutqda ona tili faktlarini qo‘llash an’anasini o‘zlashtirish bo‘yicha ta’limni tashkil etish nazarda tutiladi);

- muayyan mavzuga oid yozma nutqni og‘zaki nutq bilan qiyoslash;

- nutqning asta-sekin boyib borishi


2.2. «Bolajon» tayanch dasturida bolalar nutqini rivojlantirishning ilmiy asosi.

Maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan Davlat talablari 2008 yil 28-sentabrdagi XTV hay’at yig‘ilishining 10/4 qarori bilan tasdiqlangan. Bu Davlat talablarini amaliyotga joriy etish zarurati O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi Maktabgacha ta’lim muassasalari xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish Respublika o‘quv-metodik Markazi 4. «Bolajon» tayanch dasturi yangi takomillashtirilgan dasturning maqsad, vazifasi bugungi Davlat va jamiyat boshqaruvining erkinlashuvi

sharoitida, fuqarolik jamiyatining bo‘lg‘usi shaxslarini barkamol qilib kamolga yetkazishga bo‘lgan talab va ehtiyojini qondirish, amaldagi «Uchinchi mingyillikning bolasi» tayanch dasturining samarali mazmun-mohiyatinisaqlab qolgan holda, maktabgacha yoshdagi bolalarni yangi Davlat talablari asosida tarbiyalashga qaratilgan.

Dastur mazmuni bolalarda ilk bora milliy o‘zlikni anglash tuyg‘usini shakllantirish, milliy urf-odatlar, milliy va umummilliy qadriyatlarga hurmat-ehtiromni kuchaytirish maqsadini ko‘zda tutadi. Ushbu dastur O‘zbekiston Xalq ta’limi vazirligi YUNISEF xalqaro tashkiloti bilan hamkorlikda o‘tkazgan uch bosqichlik tajriba-validatsiya sinovlaridan samarali o‘tgan. «Bolajon» tayanch dasturi bugungi kunda maktabgacha ta’lim sohasining barcha yo‘nalishlari ushbu meyoriy hujjatlar bilan ta’minlanganligi va ular XTVning elektron saytlarida yoritilganligi bois, yangi tayyorlangan takomillashtirilgan nashrga ushbu hujjatlar kiritilmadi. «Bolajon» yangi tayanch dasturi yaxlit holatda, to‘ldirish va qo‘shimchalar bilan 12 bosma taboqni tashkil etadi. «Bolajon» yangi taomillashtirilgan tayanch dasturi maktabgacha yoshdagi bolalarga 4 yo‘nalish 3 bosqichda ta’lim-tarbiya berish maqsadini ko‘zda tutgan:

1. Jismoniy rivojlantirish, o‘z-o‘ziga xizmat va gigiyena;

2. Ijtimoiy-hissiy rivojlantirish;

3. Nutq, o‘qish, savodga tayyorgarlik;

4. Bilish jarayoni, atrof-olam to‘g‘risidagi bilimlarga ega bo‘lish va uni anglash Misol. Bolaga tavsiya etilgan ertak yoki hikoyani qayta hikoya qilib bera olishini aniqlash. «Zumrad va Qimmat», «Bo‘g‘irsoq», «Ikki echki», «Ur, to‘qmoq», «Yechki bolalari», «Toshbaqa bilan chayon» kabi ertak va hikoyatlardan uchtasini taklif etiladi. Bola ertakni eslay olmasa, shu ertaklarga ishlangan rasmlar havola qilinadi.

Bolalar hikoyasi quyidagi ko‘rsatkichlar asosida tahlil qilinadi:

- hikoyani mustaqil bayon qilish (kattalarning yordamisiz).

- matn mazmunining to‘liqligi;

- matnni bayon qilishda izchillik;

- ifoda vositalaridan foydalanish ko‘nikmasi;

- nutqning ravonligi.

Tevarak-atrofdagi narsa-predmetlarga oid matnni qayta hikoya qilib berishda bolalar nutqida quyidagi kamchiliklar uchrashi mumkin.

- bolalar ertakni yordamchi savollar bermasdan turib mustaqil hikoya qila olmaydi;

- matndagi so‘zlarga taqlid qilib so‘zlaydi;

- ba’zi muhim voqealarni tushirib qoldiradi;

- bir oz to‘xtab-to‘xtab hikoya qiladi, nutqda uzilish bo‘ladi;

- nutqda ifodalilik yetishmaydi:

- bir xil tezlikda, bir xil tovushda hikoya qiladi;

- o‘zicha ba’zi so‘zlarni qo‘shib, ma’nosiz hikoya qiladi;

- kattalar yordami vositasida hikoya qiladi;

- hikoya qilish jarayonida matn ma’nosini o‘zgartirib yuboradi;

- mantiqiy izchillikka rioya qilmaydi.

Bolalarga «Mehmonda», «Uycha», «Maktabga yo‘l» mavzulari va ularga ishlangan rasmlar tavsiya etiladi. Hikoya qilish jarayonida yo‘l qo‘ygan xatolari va yutuqlari aniqlanadi.

Mazkur MTMda bolalarning nutqini kuzatganda quyidagilar asosiy mezon sifatida olinadi:

- tavsiya etilgan matnni hikoya qilishda voqeani kattalarning

yordamisiz, mustaqil bayon eta olishi;

- matn mazmunini to‘liq ifodalay olishi;

- matn mazmunini bayon qilishda izchillikka rioya qilishi;

- ifoda vositalaridan foydalana olishi;

- nutqning ravonligi, tezligi;

- jumlalarning grammatik jihatdan to‘g‘ri tuzilganligi;

- nutq madaniyatiga rioya etishi.

Bolalarning nutqini o‘rganishning eng qulay usuli, shubhasiz, suhbat metodi hisoblanadi. Shuningdek, bolalarning tevarak-atrofda mavjud bo‘lgan narsalarni kuzatish va ularni tahlil etish, ular haqida sayrlarda uyushtirilgan savol–javoblar ham muhimdir. Shu bilan birga, bolalarning bog‘lanishli nutqini o‘rganishda ularning tarjimai holi yuzasidan olib boriladigan kuzatishlar ham muhim ahamiyat kasb etadi.



2.3 Nutqni tushunishni rivojlantirishning asosiy metodik usullari

So‘zlarni tushunishni o’rgatishda bolalarga nafakat ular karab turgan narsalarning va ularning o’zlari bajarayotgan harakatlarning nomini aytish, balki bolalarga ushbu narsalarni ataylab ko’rsatish va ularni kiziktirish zarur. Bu usul «ko’rsatib, nomini aytish» usuli deb ataladi.

Ko’pincha bolani biron-bir narsa nomini tushunishga undashda katta yoshli odam undan so’raydi: «falon narsa kaerda?», birok biz uni amaliy ish bilan mustahkamlamasak, ya’ni «ko’rsatib, nomini aytmasak», bola narsa bilan uning nomi o’rtasidagi bizga zarur bo’lgan shartli alokani o’rnata olmaydi, o’z-o’zidan u ushbu so’z ma’nosini tushunmaydi. «Falon narsa kaerda» degan savol bilan bolada u tushuna oladigan so’zlarni mustahkamlashda foydalanish mumkin. Masalan, «soat» deganimizda bola ko’zlari bilan soatni izlay boshlasa, undan soat kaerdaligini tez-tez so’rab turish lozim. Birok bu o’rinda savol emas, aynan soatni ko’rib va eshitib kabul kilish vaktlarining bir-biriga mos kelishi birlamchi ahamiyatga egadir.

Ammo katta yoshli odamning fakatgina ushbu usul mohiyatini tushunishi hali yetarli emas. Uni turli hayotiy vaziyatlarda bolaga kizikarli kilib ko’llashni ham o’rganish zarur: bunda katta yoshli odamning nutki birmuncha o’ziga xos bo’ladi. Katta yoshli odam bola bilan suhbatlashar ekan, u bolani tushunishga undayotgan so’zni hadeb bir xil ohangda kaytaravermasdan iboralarni ham aytishi lozim. Ko’rsatilayotgan narsa bilan bog’lanishi lozim bo’lgan so’zni alohida ohang, so’zdan oldin va so’zdan keyin kiska, birok ahamiyatli bo’lgan pauzalardan foydalanish, uni ko’p marta talaffuz kilish lozim. Ushbu usuldan («ko’rsatib, nomini aytish») foydalangan holda katta yoshli odam bolaga ayrim o’yinchoklar, shaxsiy gigienaga oid narsalar, ovkat yeyish bilan bog’lik buyumlar nomlarini tushunishni o’rgatishi darkor. Bolaga ko’rsatilayotgan narsa kanchalik kizikarli bo’lsa, u narsalar bilan shunchalik keng va ko’p tanishishi (ko’l tegizishi, ushlab ko’rishi, ko’lga olishi, kimirlatishi, biron narsaga urib ko’rishi, agarda taom bo’lsa – ta’mini ko’rishi) mumkin.

Gigienik jarayonlarda, kiyinish, ovkatlanish, o’ynash vaktida bolaga so’zlarni tushunishni o’rgatish uchun ko’p imkoniyatlar paydo bo’ladi.

Harakatni anglatuvchi so’zlarni («ko’rsat», «takkilat», «tashla», «karsak chal» va boshk.) tushunishni o’rgatishda bu so’zlarni ushbu harakat bola yoki katta yoshli odam tomonidan amalga oshirilayotgan paytda aytish lozim. Zarur so’zni aytishda bolaning ko’lidan ushlab, tegishli harakatni bajarib ko’rish mumkin. So’zni tushunishni mustahkamlash uchun kichkintoyga «ko’rsat» deganda katta yoshli odam nomini aytgan narsani barmog’i bilan ko’rsatishni va «ber» deganda katta yoshli odam nomini aytgan narsani olib berishni o’rgatish zarur. Bu usullarni asosan bolalar taniydigan va nomlarini tushuna boshlagan narsalarga nisbatan ko’llash mumkin. Aynan bitta so’zda uzok to’xtalib kolib ketmaslik kerak, balki uning sonini asta-sekin kengaytirib borish, ayni paytda ilgari o’zlashtirilgan so’zlarni ham unutmaslik lozim.

Til tafakkur quroli va muomala vositasi.

Til millatning noyobxazinasi bo‘lib doimo og‘zaki va yozma holda namoyon bo‘lgan. Boy, yorqin, maroqli, nutq so‘zlayotgan kim bo‘lishidan qatiy nazar, uning nuri hisoblanadi. Tilni oliyjanob imkoniyatlari nutq orqali, nutq jarayonida ochiladi. Nutq bo‘lmas ekan tilning cheksiz imkoniyatlari yuzaga chiqmay qolaveradi. So‘z va g‘azal sultoni A. Novoiy til va nutq munosabatlarini shunday izoxlaydi. «Til shuncha sharafi bilan nutqning qurolidir. Agar nutq

noma’qul bo‘lib chiqsa tilning manfaatidir».

Demak. Til qanchalik zo‘r bo‘lmasin, u nutq uchuun qurol sifatida xizmat qilarkan. Uning kuch qudrati nutq jarayonida namoyon bo‘lar ekan. Agar til o‘q bo‘lsa, nutq kamondir. O‘qning qudrati, kamonning qudratiga ham bog‘liq. Buyuk bobomiz A. Novoiy so‘zga shunday baho berganlar. «So‘zdirki, nishon berur o‘likka jondin, So‘zdirki, berur jonga xabar jonondin. Insonki so‘z ayladi judo hayvondin, Balki, guhari sharifroq yo‘q ondin». Qadimgi sharq pedagogikasining ajoyib asarlaridan biri «Qobusnoma»da ham til va nutqqa alohida e’tibor berilganki, ular hozir ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmaganini ko‘ramiz. Kaykovus barcha hunarlar ichida so‘z hunari – notiqlikni a’lo deb biladi: «Bilinki hamma xunardan so‘z xunari yaxshi». Shuning uchun ham kishi suxandon va notiq bo‘lishni takidlaydi. Muallif notiqlikni egallashning yo‘lini tinimsiz mehnat va o‘rganish deb uqtiradi.

Hikoyat: «Shunday deb eshitdimki, bir kecha Xorun ar-Rashid bir tush ko‘rdi. YA’ni, og‘zidagi hamma tishlari to‘kilib tushgan emish. Ertalab turib bir ta’birchini chaqirib bu tush ta’biri nima ekanini so‘radik., Ta’birchi dedi: Ey amir al mo‘min sening huzuringda barcha qarindosh-urug‘laring o‘ladi, sendan boshqa hech kishi qolmaydi».

Xorun ar Rashid dedi: «Mening yuzimga shunday dard anduh bilan to‘lgan so‘zni aytasanmi? Agar mening qarindoshlarim o‘lsalar men nima ish qilaman? Va qanday qilib kun kechiraman? - deb ta’birchini yuz tayoq urishga buyurdi. So‘ngra boshqa bir ta’birchini chaqirdi va tushining ta’birini so‘radi. Ta’birchi dedi: Ey amir al mo‘min, sening umring barcha qarindoshlaringning umridan uzun bo‘ladi. Xorun ar Rashid dedi: «Barcha aqlning yo‘li birdir va ikkovining ta’biri bir yerdan chiqadi, ammo yuqoridagi ta’birchining iborasi bilan keyingi ta’birchining iborasi orasidagi farq kattadir», – dedi va Xalifa keyingi ta’birchiga yuz tilla berishini buyurdi.

Ey farzand, so‘zingni yuzi va orqa tomonini bilgin, ularga rioya qilgin. So‘zlaganda ma’noli gapir, bu notiqlikning alomatidir. Agar gapirgan vaqtingda so‘zing qanday ma’noga ega ekanligini bilmasang, qushga o‘xshaysan, bunday qushni to‘ti deydilar. To‘ti ham so‘zlaydi, ammo so‘zining ma’nosi bo‘lmaydi. Shunday kishini notiq (suxango‘y) deymizki, uning har bir so‘zi xalqqa tushunarli bo‘lsin va xalqning har so‘zi unga ma’lum bo‘lsin. Bunday kishilar oqil (aqlli) lar qatoriga kiradi.

Xulosa
Nutkni rivojlantirish metodikasi – maktabgacha yoshdagi bolalarda nutkni rivojlantirishga yo’naltirilgan pedagogik faoliyat konuniyatlarini o’rganuvchi fandir.

Metodikaning asosiy vazifasi – ilmiy-psixologik asosda nutkni rivojlantirishning eng samarali vositalari, metodlari va usullarini ishlab chikish hamda bolalarda zarur nutkiy ko’nikmalarni muvaffakiyatli ravishda rivojlantirishlari uchun ular bilan bolalar bog’chalari tarbiyachilarini kurollantirishdan iboratdir.

Nutkni rivojlantirish metodikasi nazariyasi metodik amaliyot bilan birgalikda rivojlanmokda. Ayrim metodik koidalarning yashovchanligi amaliyotda tekshirib ko‘rilmokda, amaliyotning o’zi fan oldiga hali o’z yechimini topmagan muhim masalalarni ko’ymokda.

Dastlabki yosh boskichlarida bola nutkini rivojllantirishga e’tibor berish shuning uchun ham muhimki, ushbu davrda bola miyasi jadal sur’atda o’sib boradi va uning vazifalari shakllanadi. Fiziologlarga ma’lumki, markaziy asab tizimi vazifalarini aynan ularning tabiiy shakllanish davrida osongina mashk kildirish mumkin. Mashklarsiz ushbu vazifalarning rivojlanishi sekinlashadi va hatto umuman to‘xtab ham kolishi mumkin.



Foydalanilgan adabiyotlar:

  1. “Tanqidiy tahlil, qat'iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik – har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo'lishi kerak”. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev asari, Toshkent-2017yil

  2. “Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash – yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi”.O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev asari, Toshkent-2017 yil

  3. “Erkin va farovon, demokratik O'zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz”. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev asari.Toshkent-2017

  4. “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Oliy Majlisga murojaatnomasi”, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev asari.Toshkent-2018

  5. “Xalqimizning roziligi bizning faoliyatimizga berilgan eng oliy bahodir” (2-jild), O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev asari.Toshkent-2018

  6. Temurova S., Toshpo’latova G. Sinf rahbari faoliyati. - T.: “O’qituvchi”, 1985-y, 160 bet.

  7. G’aybullayev N. R. “Barkamollik - taraqqiyot kaliti”. - T.: “O’qituvchi”, 2000-y, 191 bet.

  8. Sattor Mahmud. “O’zbek udumlari”. - T., “Fan”, 2005-yil.

  9. Hasanboyeva O. “Kuni uzaytirilgan guruhlarga tarbiyaviy ishlar”, Qo’llanma. - T.: “O’qituvchi” ,1994., 123-b.

  10. Abdurahmonova E. O’yin vositasida o’quvchilarning bilimini mustahkamlash. (Boshlang’ich sinf o’qituvchilari uchun qo’llanma sifatida). T.: «O'qituvchi», 1995-y., 236 b.

  11. G’afforova T., Ye. Shodmonov, G. Eshturdiyeva. O’qish kitobi. Umumiy o’rta ta’lim maktablarining 1-sinfi uchun darslik, - T.: “Sharq”, 2013-y., 127 b.

  12. http://google.com

  13. http://book.uz

  14. http://www.ilmiy-maqola.uz

  15. http://www.dissertant.uz

  16. http://maqola.uz

Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling