Termiz davlat universiteti


Mavzu : Nutq turlari va shakllari


Download 225.36 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/4
Sana06.11.2021
Hajmi225.36 Kb.
1   2   3   4
                                  Mavzu : Nutq turlari va shakllari 

 

1. 


Nutq madaniyati  fanining maqsad va vazifalari. 

2. 


Adabiy nutq shakllari. 

3. 


Inson nutqiy  faoliyatining ko’rinishlari. 

4. 


Oғzaki nutqning xususiyatlari. 

5. 


Хulosa. 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 


 

                          Mavzu : Nutq turlari va shakllari 



 

  

Nutq madaniyati, nutq odobi — 1) ogʻzaki va yozma adabiy til 

meʼyorlari (talaffuz, urgʻu, soʻz qoʻllash, grammatika, uslubshunoslik 

qoidalari)ni egallash, shuningdek, turli aloqa-aralashuv sharoitlarida 

tilning tasviriy vositalaridan nutqning maqsad va mazmuniga mos 

ravishda foydalanish mahorati; 2) tilshunoslikning tilni madaniyat quroli 

sifatida mukammallashtirish maqsadida meʼyorlashtirish (tartibga solish) 

muammo larini oʻrganuvchi boʻlimi. Gʻarb tilshu-nosligida umumiy 

maʼnoda "til madaniyati" termini ham qoʻllanadi. 1-maʼnodagi "Nutq 

madaniyati" tushunchasi adabiy tilni oʻzlashtirishdagi ikki bos-qichni 

qamrab oladi: a) nutqning toʻgʻriligi va boshqa nutqiy mahorat. N u -

tqning toʻgʻriligi muayyan tilda soʻzlovchilar va yozuvchilar tomonidan 

"ideal" yoki umum tomonidan qabul qilingan va anʼanaviy saqlanib 

kelayotgan odatlar, ibrat va namunalar tarzida idrok etiladigan adabiy 

meʼyorlarga amal qilishdir. Nutqiy mahorat esa nafaqat adabiy 

meʼyorlarga amal qilish, balki oʻzaro mavjud boʻlgan variantlardan 

mazmunan eng toʻgʻri, eng aniq, uslub va vaziyat nuqtai nazaridan eng 

makbuli va ifo-dalisini tanlab olish mahoratidir (Mas, aka — oka — ako; 

kelyapti — kevotti — kelopti variantlaridan bi-rining adabiy meʼyor 

sifatida tanla-nishi). Yuksak Nutq madaniyati kishining umumiy yuksak 




madaniyatini, fikrlash madani-yatini, tilga nisbatan ongli mexr-

muhabbatini namoyon qiladi. 

Nutq madaniyati nazariyasining asosiy tushunchasi til meʼye’ridir. 2-

maʼnodagi Nutq madaniyatining asosiy vazifasi ijtimoiy til amaliyotiga 

faol taʼsir koʻrsatish maqsa-dida (tilning barcha sathlarida) obʼyektiv til 

meʼyorlarini ularning barqarorlashgan shakllarida, ziddiyatlarida, vujudga 

keluvchi tamoyillarida va boshqalarda oʻrganishdir. 

Zamonaviy Nutq madaniyati nazariy va amaliy fan boʻlib, u til 

amaliyotiga taʼsir etish maqsadida adabiy til tarixi, grammatika, 

uslubshunoslik va boshqa til-shunoslik bulimlarining yutuklari va 

xulosalarini umumlashtiradi. Nutq madaniyati na-zariyasida adabiy til 

milliy tilning oliy shakli deb eʼtirof etiladi; ba-diiy adabiyot tili oʻzining 

eng yaxshi namunalari bilan xalqning madaniyat sohasidagi yutuklari va 

anʼanalarini mustahkamlaydi va boyitadi. 

Nutq madaniyati ijtimoiy hodisa boʻlib, u jamiyat, fan va texnika, 

madaniy va adabiy hayot rivoji bilan chambarchas boglik holda taraqqiy 

etadi. Jamiyat aʼzolarining madaniy saviyasi ortgan sari nutqi ham 

jilolanib, sayqallashib, Nutq madaniyati qoidalari va meʼyorlariga muvo-

fiq holda takomillashib boradi. Nutq madaniyatining shakllanishi va 

rivojlanishida adabiyot, sanʼat, radio, televideniye va davriy matbuotning 




alohida oʻrni bor. Ayniqsa, adabiy tilni meʼyorlashtirish va Nutq 

madaniyati nazariyasini rivojlantirishda leksikografiya, xususan, izox^li, 

imlo, talaffuz, oʻquv va boshqa maxsus lugʻatlar muhim ahamiyatga ega. 

15-asrdayoq oʻzbek adabiy tilining Nutq madaniyati va uning oʻziga xos 

meʼyorlari boʻlgan — Alisher Navoiy oʻzining butun hayotiy va ijodiy 

faoliyati bilan oʻz davri Nutq madaniyatiga, nutq odobiga mislsiz hissa 

qoʻshgan boʻlsa, keyingi davrda yashagan Bobur, Muhammad Solih, 

Gulxaniy, Nodira, Ogahiy, Furqat, Muqimiy va boshqa shoirlarning 

asarlari tilida ham oʻsha davr tili va Nutq madaniyati maʼlum darajada 

aks etgan. "Yaxshi soʻz — jon ozigʻi", "Bugʻdoy noning boʻlmasa ham, 

bugʻdoy soʻzing boʻlsin", "Oʻynab gapirsang ham oʻylab gapir", "Har 

neni yemak — hayvonning ishi, har neni demak — no-donning ishi" kabi 

maqol va hikmatli soʻzlarning paydo boʻlishi ham oʻzbek xalqida Nutq 

madaniyati ga avvaldan eʼtibor kuchli boʻlganidan darak beradi. 

Oʻtgan asrning 20-yillaridan soʻng oʻzbek tilining Nutq madaniyati xalq 

tiliga yaqinlashtirilgan milliy adabiy til meʼyorlariga asoslanadi. Bu 

meʼyorlarni shakllantirish ishiga olimlar (Otajon Hoshim, T. N. 

Qoriniyoziy, S. Ibrohimov, Olim Usmon va boshqalar), adibu shoirlar 

(Qodiriy, Choʻlpon, Avloniy, Fitrat, Oybek, Gʻafur Gʻulom, Abdulla 

Qahhor va boshqalar) munosib hissa qushdilar. 




Nutq tildagi mavjud ifoda vositalaridan  foydalangan holda mavjudlikka aylangan fikr  

nutq a’zolari xarakati  jarayonida paydo bo’ladi. Ruhiy hodisa bo’lgan tilning  ifoda 

vositalari  nutq  ixtiyoriga  o’tkach  haqiqatga  aylanadi.  Demak,  nutq  faoliyatining 

mahsulotining  ma’lum shaklga kiritishdan iborat. 

 

Nutq ikki xil bo’ladi: Ichki nutq va tashqi nutq  



Nutq kishi ongida ham hosil bo’lishi mumkin. Bunda u xali  reallashmagan til 

unsurlaridan tashkil topadi. Bu ichki nutqdir. Kishilarning oғiz ochmasdan fikrlashi 

munozara yuritish, o’ylashi ichki nutqga misol bo’ladi. 

 

O’pkadan  kelgan  havoning  nutq  organlariga  ta’siri,  shu  ta’sir  natijasida 



ularning harakati bilan aniq tovushlar sifatida yuzaga keladigan nutq tashqi nutqdir. 

Nutq harakatdagi tildir. 

Nutq  tilga  tegishli  narsalarning  ma’lum  vaqt  bo’lagida  bir-biriga  qo’shadi, 

harakatga  keltiradi.  Nutq  so’z  shakllari  erkin  birikmalar,  so’z  tarkibi  va  gaplardan 

tashkil topadi. Nutq jarayoni  tugab, fikr tinglovchiga yetib borgach nutq ham tugaydi. 

Demak,  so’z shakllari, erkin so’z birikmalari, so’z tartibi, gapning turli ko’rinishlari 

nutqdir.  Тildagi  ifoda  vositalari  chegaralangan  bo’lishiga  qaramay,  nutq 

cheksizdir.Тil  vositalari  nutq  ixtiyoriga  o’tgach,  ulardan  cheksiz  miqdorda  gaplar 

tuzish mumkun. Nutq jamoadagi yolғiz shaxs tomonidan yaratiladi. Nutq jamoadagi 

alohida  kishi  yoki  kishilarga  qaratilgan  bo’ladi.Demak,  nutq  ijtimoiy  hodisadir.  U 

jamiyatdagi kishilarni birlashtirish, ma’lum maqsad sari otlantirish imkoniyatiga ega. 

Jamiyat  taraqqiyotida  nutqni  belgilovchi  rol  o’ynaydi.  Nutqsiz  kishilik    jamiyati 

bo’lishi  mumkin  emas.  Ҳamma  sinovlar  til  vositalaridan  teng  foydalanaveradilar. 



Ammo nutq unday emas. U ma’lum bir sinfdan manfaatini ko’zlab tuziladi. Demak, 

nutq sinfiy hodisadir.  

 

Insonning  nutqiy  faoliyati  uch  ko’rinishda  amal    qiladi.  Bular  so’zlash, 



muommalar  va  kimtish  so’zlash  deyilganda  so’zlovchining  ma’lumot,  maslahat 

berish, buyurish, o’ziga noma’lum narsalar haqida so’rash anglashiladi. So’zlaganda 

so’zlovchining bilimi, madaniyati, axloqi, odobi yuzaga chiqadi. 

 

So’zlash  monologik  va  dialogik  ko’rinishda  bo’lishi  mumkun.  Monologik 



nutqda  bir  kishining  mulohazalariga  qarshi  savollarsiz  yoki  javoblarsiz  yuzaga 

chiqadi.  Suhbatdosh  tomonidan  bo’linmaydi.  Dialogik  nutqqa  muloqot  qiluvchi 

shaxslar navbat bilan goh tinglovchi goh so’zlovchi bo’lib turadi. 

 

Mutolaa  o’quvchilardan  yozma  nutq  orqali  asar  muallifi,  obrazlari  bilan 



muloqotidir. Mutolaa  tufayli o’quvchi  yozma  nutqda aks  etgan  voqea hodisalardan 

xabardor bo’ladi. Ular ta’sirida xulqida qandaydir o’zgarish sodir bo’ladi. Mutolaa 

ma’lumot  olishning  eng  muhim  yo’lidir  kishi  o’qish  orqali  ma’naviy  yetuklikka 

erisha boradi. Mutoola oddiy o’qish  va ilmiy o’qish ( muhim narsalar  tashkil qilingan 

chizib o’qish parchalar   ko’chirib olish, qisqa konspekt olish, asar ustida mulohaza 

qilish  o’qish)  dan  iborat.  Oddiy  o’quvda    uchun  yozma  nutq  mazmuni  bilan 

tanishuvning  o’zi  maqsad  qilib  qo’yiladi.  Ilmiy  o’qishda  o’quvchi  asarni  tahlil 

qilishni,  undan  boshqa biror bir maqsad uchun foydalanishi,  uning mazmunining 

qayta bayon qilish kabilar maqsad qilib qo’yadi. 

 

Тa’limni  nutq  yozgani    va  yozmagani  ko’rinishlariga  ega.  Oғzaki  nutq 



so’zlovchi gapirib turgan vaqt  birligida mavjud bo’lib, bu jarayon tugash bilan nutq 


ham  tugaydi.  Ammo  nutq  ta’sirida  uyғongan  hayajon  berilgan  axborot  ma’lum 

vaqtgacha tinglovchi ongida saqlanishi uning xulqiga ta’sir etishi mumkin.  

 

Oғzaki nutq xususiyatlari sifatida quyidagilarni ko’rsatgan bo’ladi: 



1.  Oғzaki nutq tezkorlik bilan amalga oshiradi.  

Тushunchalar  bilan  «uning  libosi  bo’lgan  so’z  birgalikda»,  «Yashin  tezligida» 

ishga kela boshladi. Ba’zan tushunchani ifodalovchi so’zni o’sha tezlikda so’zlovchi 

topa  olmay  qoladi.  Unga  o’qish  yoki  o’ylagan  tushunchasi  ifodalay  olmaydigan 

so’zlarni  ishlatib  yuboradi.  Natijada,  aytilgan  nutq  ko’zlangan  maqsadni  to’liq 

ro’yobga chiqarmaydi. Bunda tinglovchi ham so’zlovchi ham zarar ko’radi. 

2. Oғzaki nutqda  so’z birikmalari va gaplarni modellari  aytilmoqchi bo’lgan 

fikrga mokand holda tezkorlik bilan tashlanadi.  Gap  qurilishning, modellarini oqil 

nazorat qilib boradi. Fikrni aytilganlarini xotirada ushlab turgan holda rivojlantirishga 

to’ғri keladi,  agar  xotira oғzaki « Dangasalik» qilsa, gap tuzilishi, so’z birikmalari 

o’zaro mantiqiy va grammatik boғlanmay qoladi. Chunki yangi qism avvalgi qism 

uni  qismi  uchun  u  bilan  moslasha  olmaydi.  Masalani  «  ustoz,  izini…  xalq  oldida  

qilgan  ulkan  xizmatlarimizdan  biz  minnatdormiz  »  misolda  so’zlovchi    tutkishni  « 

ustoz sizni …»  kimini  aytgan so’ng uni qanday rivojlantirish ustida fikr mulohazasi 

jarayonida avvalgi qismni,  avvalgi o’ylangan modelni  o’qitib qo’ygan. Shu sababli      

tushum  kelishigida  kelgan  so’z  keyingi  qismlar  bilan  grammatik    va  mantiqan  

boғlanmay qoladi.  

3.Oғzaki  nutq    tahrir  imkoniyatidan  mahrum.  U  qanday  shaklda    borlikka  

kelgan bo’lsa, shundayligicha tinglovchiga havola qilinadi. 



4. Oғzaki nutqda odatda muloqot uchun eng zarur narsalargina zuhur etiladi. 

Bu  bir  tomondan  vaqt  iqtisodi  bilan  ikkinchi  tomondan,  nutq  kuchini  tejash  bilan 

boғliq.  Shunga ko’ra unda uzundan-uzoq kirish keng izohlar kam uchraydi. 

 

Aksincha,  hodisalardan,    narsalarning  o’zaro  boғliklik  darajalari    ularning 



tinglovchi  va  so’zlovchiga  ravshanligi  darajasi  hisobga  olinadi.  Faqat  zarurat  his 

etilmagandagina avvaldan ma’lum narsalarga izoh beriladi. 

5. Oғzaki  nutq so’z boyligi jihatidan yozma nutqqa nisbatan ancha kambaғal 

bo’ladi. Unda bir xil so’zlar bir xil shakllar, bir qadar ko’proq takrorlanadi. Bu hol til 

vositalarini  tanlash qiyinchiliklari bilan boғliqdir.  

6. Oғzaki nutqda so’zlovchining  faol nutqiy harakati to’xtam, ohang, urғu, turli 

xil imo-ishoralar fikrini tinglovchiga yetib borishda ahamiyat kasb etadi.  

 

Yozma nutq oғzaki nutqdan quyidagi xususiyatlari bilan ajralib turadi. Nutqni 



yozayotganda muallif vaqt jihatidan bemalol fikrlash imkoniyatiga ega bo’ladi. U o’z 

nutqi  qismlarini  va    butun  nutqni  qayta-  qayta  tahrir  qilish,  fikr  uchun  eng  mos 

imkoniyatlarni tanlash, gap tuzilishini qulaylashtirishi mumkin. Shuning uchun ham 

yozma nutq oғzaki nutq oғzaki nutqdan ravondir. 

 

Kishilarning nutqiy faoliyati monolog, dialog, polilog ko’rinishda amalga 



oshadi. O’zbekiston istiqlolining eng buyuk ne’matlaridan biri sifatida til 

mustaqilligini ko’rsatish mumkin. Zero, til mustaqilligisiz mustaqil davlatning 

o’zini ham tasavvur etish mumkin emas. Shu ma’noda uning inson hayotida tutgan 

o’rni, beqiyos ahamiyati, muomala madaniyati, nutq odobi haqida bilim va 

ko’nikmalarga ega bo’lish muhim ahamiyatga ega. 



Nutq madaniyati inson umummadaniyatining bir qismidir. 

Nutq madaniyati tushunchasi ikki xildir: 1. Nutqning adabiy til me’yorlariga mos 

kelish darajasi bo’lsa. 2. Тilshunoslik fanining bir bo’limi, ya’ni adabiy 

tilni yanada 

takomillashtirish

, me’yorlash bilan shuғullanuvchi sohadir. 

Demak, fikrni til vositalari bilan to’ғri, aniq va ta’sirchan bayon qilishning bosh 

qoidalariga nutq madaniyati asoslari deyiladi. 

Bu kursning asosiy maqsadi ommaning umummadaniy saviyasini yuksaltirishga 

hissa qo’shish hamda maktab o’quvchilari va talabalariga nutq madaniyati tarixidan 

ma’lumot berish, ulkan notiqlar, adiblar, so’z ustalarining nutq madaniyatini 

rivojlantirish borasida qilgan ishlarini o’rganish va ularga baho berishdan iboratdir. 

Kursning vazifasi nutq madaniyati va uslubiyat masalalari bo’yicha atroflicha 

tushuncha berish, kishilarga madaniy nutq malakasini shakllantirish shu bilan birga 

yaxshi nutqni baholash va tarғib qilishdash iborat. 

Nutq madaniyati borasidagi ilmiy tadqiqotlar. Nutq madaniyati masalalari bilan 

shuғullanish o’zbek tilshunosligida 1960- yillardan boshlandi. Ayniqsa, 1969- yilda 

Тoshkentda o’zbek tili nutq madaniyatiga baғishlab o’tkazilgan 1- Respublika 

Konferensiyasida qilingan ma’ruzalar shu fan asosini belgilab berdi. Қator 

ilmiy 


maqolalar

, qo’llanmalar nashr qilindi va bu borada jiddiy izlanishlar hozir ham 

davom etmoqda. Bu sohada O’zFA Тilshunoslik instituti professorlari S.Ibrohimov, 

E.Bekmatov tadqiqotlari diqqatga sazovordir. O’zbek nutqi madaniyati va 

uslubiyatini o’rganish bo’yicha 1980- yilda «Nutq madaniyati asoslari» o’quv 



dasturi Samarqandda nashr bo’ldi va shu dastur asosida R. Kungirov, E Bekmatov , 

Yo.Тojiyevlarning «Nutq madaniyati va uslubiyat asoslari» kitobi «O’qituvchi» 

nashriyoti tomonidan 1992- yilda nashr qilindi. Shu qo’llanmaning davomi sifatida 

yangi ommabop bir qo’llanma Yo.Тojiyev va boshqalar tomonidan yozilgan bo’lib, 

1994- yilda Тoshkentda nashr qilindi. 

Bundan tashqari E

,Bekmatov, A.Boboyeva, 

M.Isomiddinova, B.Umrqulovlarning «O’zbek nutqi madaniyati ocherklari», «Fan» 

nashriyoti tomonidan 1989-yilda bosmadan chiqarildi. Nutq madaniyatiga oid 

A.Gulomov, A. Rustamov, S.Inomxo’jayev, U.Nosirov va boshqa olimlarning 

asarlari ham asarlari ham e’lon qilindi. 

Shunga qaramay

, bu sohada qilinishi lozim 

bo’lgan ishlar anchagina. Chunki nutq madaniyati umuminsoniy madaniyatining 

tarkibiy qismi bo’lib, kishilar uni yuqori darajada egallagan bo’lishlari kerak. Ayni 

zamonda bugungi mafkuraviy kurashning o’tkir quroli bo’lgan tilning har 

qachongidan ham keskir bo’lishini davr taqazo qilmoqda . 

O’zbek adabiy tili me’yorlari. Nutq madaniyati uchun adabiy til me’yori o’lchovi 

kerak bo’ladi. Хo’sh, adabiy til me’yori nima? B.N.Golovin ta’kidlashicha: «Тil 

me’yori- bu til birliklari va uning qurilishini o’zaro yaxshi tushunish zarurati tufayli 

paydo bo’lgan, undan foydalanuvchi xalq tomonidan yaratilgan amaldagi qoidalar 

yiғindisidir». Ya’ni adabiy til me’yori bu, til unsurlarining xalq o’rtasida 

ko’pchilikga ma’qul bo’lgan variantini tanlashdir. Me’yor o’zgaruvchandir. 

Umumiy va xususiy me’yor mavjud. Professor E.Bekmatov va boshqalar tomonidan 

nashr qilingan «Adabiy norma va nutq madaniyati» kitobida o’zbek adabiy tilining 

quyidagi me’yorlari qayd etilgan: 




1.   

Fonetik me’yorlar. 

2.   

Lesik-semantik me’yorlar.(so’z qo’llash) 



3.   

Тalaffuz (Orfoepik ) me’yorlar 

4.   

Aksentologik (Urғuning to’ғriligi) me’yorlar 



5.   

Grammatik me’yorlar. 

6.   

So’z yasalish me’yorlari 



7.   

Imloviy me’yorlar. 

8.   

Grafik ( yozuv) me’yorlari. 



 

9.Punktuatsion me’yorlar. 

10 Uslubiy me’yorlar. Fonetik me’yor. Ҳozirgi o’zbek adabiy tili uchun 6 ta unli, 

undosh tovushlarning qo’llanishi me’yor hisoblanadi. 

Leksik –Semantik me’yor. Ҳozirgi o’zbek tilining luғaviy me’yori deganda, so’z 

variantlarining hamma uchun tushunarli bo’lgan ko’rinishini tanlab olish 




tushuniladi. Luғaviy me’yor imlo, talaffuz va tarjima luғatlarda o’z aksini topgan 

bo’ladi. 

Тalaffuz me’yorlari. Тil birliklarining oғzaki nutq jarayonida adabiy til me’yorlariga 

muofiq kelishidir. Ammo, oғzaki nutq, ya’ni talaffuz me’yorlari o’zbek 

tilshunosligida qat’iy belgilanmagan. Тalaffuz me’yorlarni egallashda orfoepik 

luғatlarning ahamiyati katta. 

Aksentologik me’yor. Bunda urg'uni so’z va gaplarda to’g'ri qo’llash me’yori 

tushiniladi. Masalan: olma, olma, yangi, yangi, hozir, hozir so’zlarida urғuni to’ғri 

ishlatmaslik so’z ma’nosiga ta’sir qiladi. 

Grammatik me’yor. Ҳozirgi tilimizda turlovchi va tuslovchi shakllarning eng 

maqbul variantlari tanlab olingan va ular nutqda barqaror shaklda ishlatilmoqda. 

Shunga qaramay, ba’zan - ning o’rnida – ni , -lar o’rnida – la shakllarini xato 

qo’llash hollari uchraydi: Direktorni xonasida ko’rdim.Direktorning xonasida 

ko’rdim. Birinchi misolda Direktorning o’zini ikkinchisida boshqa kishini 

ko’rganlik ma’nosi anglashilmoqda. 

So’z yasalish me’yori. So’z yasovchi qo’shimchalarning fonetik tuzilishi jihatidan 

bir qolipda ishlatilishi so’z yasalish me’yori hisoblanadi. 

Imloviy (orfografik) meyor. Adabiy tilning madaniylik darajasini belgilovchi asosiy 

mezonlaridandir. 



Grafik (yozuv) me’yor. Ҳozirgi yozuvimiz lotin alifbosiga asoslangan yozuvdir. 

Bosh va kichik harflar hamda yozma va bosma shakl ko’rinishlariga ega bo’lgan 

yozuv me’yoriydir. 

Punktuatsion me’yor. O’nta tinish belgi asosida ish ko’radi .( . , : … ? ! ( ) ; « » - ) . 

Uslubiy me’yor .Adabiy tilning uslubiy me’yori til birliklarining nutqda sharoitga 

qarab eng ma’qulini qo’llashdir. 

Uslubiyat tunshunchasi . Uslubiyat va nutq madaniyati tilshunoslikning bir-biriga 

aloqador, ammo alohida mustaqil sohalaridir. Uslubiyat sohasi nutq madaniyatini 

ko’tarishga yordam beradigan omillardan biri. Uslubiyat sharoitga, mazmun va 

maqsadga ko’ra nutqni turlicha tuzish yo’llarini o’rgatadi. Uslubiyat 

kishilarda 

gapira olish malakasini

, mahoratini tarbiyalashga xizmat qiladi. 

Uslubiyatni o’zbek alfaviti, orfografiyasi, orfoepiyasini takomillashtirish ishi deyarli 

qiziqtirmaydi. Nutq madaniyati bular bilan juda qiziqadi. Ko’rinadiki nutq 

madaniyati o’z maqsad va vazifalari doirasiga ko’ra ancha keng soha bo’lib, uslubit 

anchagina tor. 

 

 



 

 




Download 225.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling