Termiz Davlat Universiteti Xorijiy tillar filologiyasi fakulteti O’zga tilli guruhlarda Rus tili yo’nalishi 1-kurs guruh talabasi Ochildiyeva Nafisaning O’zbek tili fanidan tayyorlagan Taqdimoti Termiz-2021


Download 63.3 Kb.
Sana09.01.2022
Hajmi63.3 Kb.
#264478
Bog'liq
TARIX
o`tkir hoshimov, 5445 китоб, oiladagi bolalarni mexnatga o`rgatish, alisher, 7 SANOQ SISTEMALARI, 3-Мавзу, JADVALLAR, 87 sertifikatlar-converted, 87 sertifikatlar-converted, Документ, Документ Microsoft Word, Abdulxakov Rinat 121-guruh, 9 -amaliy, 3-Abdusamatov Shohzod PED003

-=90---0 ть

Mavzu: Vatan tarixi metodologiyasining umumiy xususiyatlari. REJA: 1. Vatan tarixi metodologiyasi haqida tushuncha. 2. Tarix metodologiyasi fanining shakllanish bosqichla \\АЖКУЖЫОООООО

«Tarix fani metodologiyasi» fanida eng asosiy ko'riladigan masalalar «nazariya», «metodologiya», «tarix falsafasi», «metod» (uslub) kabi bir qator tushunchalar va ilmiy qarashlar bilan bog'liq holda ochib beriladi.

«Tarix fani metodologiyasi» fanida eng asosiy ko'riladigan masalalar «nazariya», «metodologiya», «tarix falsafasi», «metod» (uslub) kabi bir qator tushunchalar va ilmiy qarashlar bilan bog'liq holda ochib beriladi.

Tarix fani metodologiyasi ilmiy bilish faoliyati bo'lib, tarixiy tadqiqotlarning amalga oshirilishi, tahlili va o'rganilishiga qa- ratilgan faoliyatdir.

Tarix nazariyasi tarix haqidagi va ayni vaqtda u yoki bu tarixiy voqealar, hodisalar va jarayonlar haqidagi umumiy tasavvurlar majmuyidir. Tarix nazariyasi har qanday holatda ham faqatgina tarixiy hodisalar haqidagi konkret tarixiy tasavvur sifatida cheklanib qolmasdan, balki tarixiy bilishning eng yuqori darajasi sanaladi. Tarix nazariyasida asosiy e'tibor tarixni real voqelik sifatida o'rganuvchi umumiy muammolar (ontologiya) hamda tarixni bilish sifatida o'rganishga (gneseologiya) qaratiladi. Metodologiya ilmiy muammolarning qo'yilishi xarakterini aniqlaydi, ularning yechilishidagi eng maqbul prinsiplar va yo'nalishlarni aniqlaydi, tadqiqot metodlarini tanqidiy baholaydi va tahlil qiladi.

Tarix fani metodologiyasi (yunon. metodos — usul, bilish yo'li, logos so'z) mustaqil fan sohasi bo'lib, tarixni bilish, anglash uslublari haqidagi tarix fani tarmoqlaridan biri hisoblanadi. Bunda uslub (metod) tarixiy tadqiqot vositasi sanaladi. Boshqa ilmiy adabiyotlarda ko'rsatib o'tilishicha, tarix (ta­rix fani) metodologiyasi maxsus tarixiy fan sohasi bo'lib, ta­rix fanining predmeti va obyektini hamda ilmiy tarixiy bilishning nazariyasini aniqlab beradi. Tarix fanining ilmiy va ijtimoiy mavqeyini, tarixning fan sifatidagi tuzilishini o'rganadi. Shuningdek, tarix fani metodologiyasi tarix fanidagi asosiy nazariy-metodologik yo'nalishlar, turli ilmiy maktablar va ularning xususiyatlarini o'rganadi.

Bir so'z bilan aytganda tarix fani metodologiyasi uslublar, tamoyillar, ilmiy tarixiy tushunchalar kabilar ko'rinishidagi konkrettarixiy tadqiqotning nazariy aks ettirilishi deb hisoblash mumkin. Tarix falsafasi tushunchasi tarix fani metodologiyasining tarkibiy qismi sifatida tushuniladi. Yangi davrda «tarix falsafasi» atamasi ham paydo bo'lgan. XIX asr oxiri XX asr boshida tarix falsafasining ko'pgina yangi yo'nalishlari vujudga kelgan. Tarixiy bilishning rivojlanishi ayni vaqtda uning metodologik asoslarining ham rivojlanishiga ta'sir ko'rsatdi.

Tarixni ilmiy jihatdan tahlil qilish, uni idrok etish, yuz ber- gan ijtimoiy-siyosiy jarayonlar orqali muayyan davrning siyosiy va ma'naviy muhitini baholash, har bir davr kishilari ruhiyati, ma'naviy axloqiy mezonlari, voqea-hodisalarga munosabatini o'rganish, uni falsafiy idrok etish tarix falsafasi tushunchasining mazmunini belgilaydi. Tarix va uni tushunish, uni anglash, uni idrok etish, uni tushuna olish va uni tushuntirib berish turli davrlarda turlicha nuqtayi-nazarlar va yondashuvlar asosida amalga oshirilganligi bois, turli davrlarda tarix va tarix fani hamda unga bo'lgan munosabat ham turlicha bo'lgan.

Tarixiy bilish avtonom xususiyatga ega bo'lib, falsafiy maktablar va falsafiy yo'nalishlarning ta'sirini bilvosita va shartli ravishda (zaruriy holatlarda) qabul qilishi mumkin. Falsafa tarix faniga bilishning uslublari va yondashuvlarinigina berishi mumkin. Tarixchilar ko'p hollarda falsafiy yo'nalishlar va ularning mohiyatini tarix fanida tadqiqotlarida keng ravishda qo'llamaydilar va shu sababli ularning uslublarni tanlashi ko'p hollarda erkinempirik (tajribadan kelib chiqqan holdagi) xususiyatga ega bo'ladi. Ko'pincha tarixchilar tadqiqot uslublarini tanlashda eklektik uslubda ham yondashadilar, ya'ni tanlangan uslublarning qanday falsafiy maktablar va yo'nalishlarga mansubligini e'tiborga olmagan holda tarixiy tadqiqot uchun zarur bo'lgan tadqiqot uslublarini tanlab oladilar va tadqiqotlarga jalb etadilar.

Ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarga qiziqish va statistik uslublarni qo'llash alohida o'rin tuta boshladi. Bu ham o'z o'rnida tarix fani tadqiqotlarida ilgarilashga intilish bo'lib, ishlab chiqarish tarixi, qishloq xo'jaligi tarixi, savdo-iqtisodiy munosabatlar tarixi tarixiy tadqiqotlarning obyektiga aylanib bordi. Asosiy e'tibor intellektual taraqqiyot, aqliy rivojlanishga qaratildi. Ulardan biri Buyuk Britaniyalik G.Bokl jahon sivilizatsiyalari tarixini yaratish maqsadida 19 ta tilni o'rganib, 20 mingdan ortiq kitobga ega bo'lgan kutubxona tashkil qildi, biroq u faqatgina ikki kitobdan iborat «Angliya sivilizatsiyalari tarixi» nomli kitobini yozishga ulgurdi. Bu kitobning ahamiyati shundaki, tarixchilar G.Bokl tomonidan yozilgan va qo'llangan uslublar va tadqiqotdagi yondashuvlarni pozitivizm yondashuvining etaloni sifatida e'tirof etdilar.

XIX asr oxirlariga kelib pozitivizm asta-sekin o'zining ilg'or qarashlarini yo'qota boshladi va tarixchilar ko'proq empirizmga e'tibor qarata boshladilar. Shunga qaramay XIX asrning ikkinchi yarmini tarix fanining rivojlanishi davri sifatida baholanadi va bunda pozitivistlarning ham o'ziga xos hissasi bo'lgan. Zamonaviy ijtimoiy fanlar sohasida tarixiy xotira tushunchasi va tamoyiliga talab kuchayib bormoqda. Tarixiy xotira masalasiga nafaqat tarixchilar, balki sotsiologlar, madaniyatshunoslar, yozuv- chilar va boshqa soha vakillari ham katta e'tibor qaratmoqdalar va unga murojaat qilmoqdalar. Zamonaviy tarix fanida tarixiy xotira alohida mavjud tamoyil emas, balki fanlararo yondashuv asosida shakllanib borayotgan alohida maxsus fan sohasiga aylanib bormoqda. Tarixiy xotira nazariyasi faol tarzda rivojlanib bormoqda.


Download 63.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling